Qarshi muhandislik iqtisodiyot institui neft va gaz fakulteti «texnologik mashinalar va jihozlar» kafedrasi



Yüklə 6,47 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə1/163
tarix31.05.2023
ölçüsü6,47 Mb.
#114472
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   163



О‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI 
OLIY VA О‘RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI 
 
QARSHI MUHANDISLIK – IQTISODIYOT INSTITUI 
NEFT VA GAZ FAKULTETI 
«TEXNOLOGIK MASHINALAR VA JIHOZLAR» KAFEDRASI 
«NEFTKIMYO VA NEFT - GAZNI QAYTA ISHLASH JIHOZLARI» 
fani bо‘yicha 
Ma’ruzalar matni
 
 
Qarshi-2020 



 
Tuzuvchi:
 
“Texnologik mashinalar va jihozlar” 
katta о‘qituvchi I.E.Abdiraximov
assistent F.E.Buronov 
 
 
 Taqrizchilar: 
 

Texnologik mashinalar va jihozlar”
kafedrasi dotsenti G.X.Djuraeva 
QarMII “Kimyoviy texnologiya”
kafedrasi mudiri Dots.O.Panjiev
Ushbu ma’ruzalar matni “Texnologik mashinalar va jihozlar” 
kafedrasining (bayon № ___ «___» ___ 2020 yilda) gi yig‘ilishida va Neft va 
gaz fakulteti Uslubiy Kengashi (bayon №___ «____»______2020 yilda) 
yig‘ilishida va institut ilmiy Uslubiy Kengashining (bayon № ___ “___” ___ 
2020 yilda) gi yigilishida ko’rib chiqilgan va foydalanish uchun tavsiya etilgan.



KIRISH 
Prezidentimiz Sh.M.Mirziyoyevning "2018 yilda iqtisodiyotimizda tub 
tarkibiy o‘zgarishlarni amalga oshirish, modernizasiya va diversifikasiya 
jarayonlarini izchil davom ettirish hisobidan xususiy mulk va xususiy 
tadbirkorlikka keng yo‘l ochib berish — ustuvor vazifalar" to‘g‘risidagi 
ma’ruzasida 2018-2021 yillarda oliy ta’lim muassasalarini moddiy - texnik 
bazasini modernizasiya qilish dasturi doirasida qurilish, kapital ta’mirlash va 
jihozlash bo‘yicha katta ishlarini amalga oshirilganligi to‘g‘risida gapirdi. 
Endigi navbatda sohalar bo‘yicha sifatli kadrlarni tayyorlash hamda 
tayyorlangan mutaxassislar xalqora talablar meyorlariga javob beraolishligi 
to‘g‘risidagi fikrlarni o‘z ma’ruzasida keltirgan.
Mustaqillikka erishilgandan so‘ng Respublikamiz hayotida ijobiy 
yangiliklar amalga oshirilmoqda. Mamlakatimizning boy tabiiy va ishchi kuchi 
zahiralaridan fan va texnikaning so‘ngi yutuqlariga tayangan holda foydalanib, 
yurtimiz iqtisodiyotini va xalqimizning farovonligini yanada oshirish bugungi 
kunning dolzarb masalasi hisoblanadi. 
Jahonning ko‘plab mamlakatlari iqtisodiyotiga sezilarli ta’sir ko‘rsatgan 
global moliyaviy-iqtisodiy inqiroz salbiy ta’sir oqibatlarining oldini olish turli 
darajalardagi ijtimoiy-iqtisodiy jarayonlarni amalga oshirishda o‘ziga xos 
izchillikni, 
xatti-harakatlarning 
har 
tomonlama 
o‘ylanganligi 
va 
asoslanganligini, tub islohotlarni amalga oshirishning bosqichma-bosqichligini
reja va maqsadlarga tomon harakatdagi sobitqadamlikni taqozo etadi. So‘nggi 
jahon moliyaviy–iqtisodiy krizisining mamlakatimiz iqtisodiyotiga ta‘sirini 
inobatga olgan holda O‘zbekiston Respublikasi Birinchi Prezidenti I.A.Karimov 
tomonidan mamlakat iqtisodiyotining izchil va barqaror rivojlanishini 
ta‘minlaydigan har tomonlama asoslangan chora-tadbirlar ishlab chiqilgan 
bo‘lib, u yerishilayotgan muvaffaqiyatlarning asosi hisoblanadi. 
Keyingi 
yillarda 
iqtisodiyotning 
yetakchi 
tarmoqlarini 
moddernizasiyalash, texnik va texnologik jihatdan qayta jihozlash bo‘yicha faol 
investisiya siyosatini olib borishga katta e’tibor berilmoqda.
Rivojlangan davlatlar safidan munosib o’rin olishni o’z oldiga maqsad 
qilib qo’ygan O’zbekistonimiz xalq xo’jaligining barcha tarmoqlari kabi ta’lim 
sohasida ham ilg’or texnologiyalarni joriy etish va shu orqali ta’lim mazmunini 
jahon andazalari darajasiga olib chiqishga harakat qilmoqda.

Yüklə 6,47 Mb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   163




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə