Qarshi muhandislik iqtisodiyot institui neft va gaz fakulteti «texnologik mashinalar va jihozlar» kafedrasi


Absorberning bosimini kamaytirib yutilgan gazni ajratib olish



Yüklə 6,47 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə11/163
tarix31.05.2023
ölçüsü6,47 Mb.
#114472
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   163
Absorberning bosimini kamaytirib yutilgan gazni ajratib olish.
Bu 
desorbsiya usuli juda oddiy bo‘lib, absorbsiya jarayoni atmosfera bosimidan 
yuqori bosimlarda olib borilganda kolonnadagi bosimni atmosfera bosimigacha 
kamaytirish natijasida yutilgan gaz desorbsiya qilinadi. Agar absorbsiya jarayoni 
atmosfera bosimida olib borilsa, u holda desorbsiya qilinuvchi komponent 
vakuum-nasos
 
yordamida tortib olinadi. Eritma tarkibidagi desorbsiya 
qilinadigan komponentni butunlay ajratib olish uchun ko‘pincha desorbsiya 
jarayonlari issiqlik berish bilan birgalikda past bosim ostida olib boriladi. 
 
ABSORBSION QURILMALARNING SXEMALARI 
Absorbsion qurilmalar ishlash rejimiga ko‘ra davriy va uzlyuksiz bo‘ladi. 
Кichik hajmli ishlab chiqarishlarda faqat davriy ishlaydigan absorbsion 
qurilmalar ishlatiladi. Zamonaviy sanoat korxonalarida ko‘pincha uzlyuksiz 
ishlaydigan qurilmalardan foydalaniladi. Gaz va suyuq fazalarning yo‘nalishiga 
ko‘ra, qarama-qarshi va to‘g‘ri yo‘nalishli absorbsion qurilmalar mavjud. Ab-
sorbsion qurilmalar ish prinsipiga asosan bir va ko‘p pog‘onali, resirkulatsiyali 
va regeneratsiyali bo‘ladi. 
4-rasmda uchta absorber ketma-ket ulangan qarama-qarshi yo‘nalishli 
qurilmaning sxemasi ko‘rsatilgan. Qurilma tarkibiga absorberlar (2) dan tashqari 
eritma yig‘gichlar (1), eritmani haydash uchun markazdan qochma nasoslar 
 (
4) 
va eritmani sovitish uchun issiqlik almashgichlar (3) kiradi. Yutuvchi suyuqlik 
gazning yo‘nalishi bo‘yicha oxirgi absorberga beriladi, yuqoridan pastga oqib, 


16 
qabul qiluvchi yig‘gichga tushadi va nasos yordamida sovitgich orqali oldingi 
absorberga yuboriladi. Shunday qilib, qarama-qarshi yo‘nalishdagi gaz va 
suyuqlikning o‘zaro ta’siri yuz beradi. 
Suyuqlikning to‘la darajadagi to‘yinishini amalga oshirish uchun hamda 
eritmadan yutilgan komponentni toza holda ajratib olish maqsadida
resirkulatsiyali absorbsion-desorbsion qurilma ishlatiladi (5-rasm). Bunday 
qurilma gaz yo‘nalishi bo‘yicha ketma-ket joylashgan ikkita absorber 1, 
eritmalar uchun yig‘gichlar (2), nasoslar
 (
3)

sovitgichlar (4), issiqlik almashgich 
(5) va desorbsiya kolonnasi (6) dan tashkil topgan. Ifloslangan gaz birinchi 
kolonnaga beriladi, suyuqlik esa absorberning tepa qismidan yuboriladi, bu 
yerda gaz bilan suyuqlik uzlyuksiz kontaktga uchraydi. 
4-rasm.
Qarama-qarshi yo‘nalishli absorbsion qurilmaning sxemasi. 
1–eritma yig‘gich; 2–absorberlar; 3–sovitgichlar; 4–nasoslar.
Ushbu qurilmada suyuqlik chegaralangan sikl bo‘yicha harakat qiladi. Bi-
rinchi kolonnada qisman tozalangan gaz ikkinchi kolonnaga yo‘naltiriladi. 
Ikkinchi kolonna ham suyuqlik bilan chegaralangan sikl bo‘yicha ta’minlanib 
turiladi. Ikkinchi kolonnaga berilayotgan eritma-ning konsentratsiyasi ma’lum 
qiymatga yetganda birinchi kolonnaning sikliga yuboriladi. 
Shunday qilib, eritmaning konsentratsiyasi birinchi kolonnadan ikkinchi 
kolonnaga o‘tganda ko‘payadi va birinchi kolonnaning siklida konsentratsiyasi 
ancha yuqori bo‘lgan eritma hosil bo‘ladi. Ushbu eritma issiqlik almashgich (5) 
da isitilib, desorbsion kolonna (6) ga yuboriladi. Desorberda suyuqlikda yutilgan 
komponent issiqlik ta’sirida bug‘latiladi. Toza issiq erituvchi yig‘gich (2) ga 
tushadi. Bu erituvchi nasos (3) yordamida issiqlik almashgich (5) va sovitgich 
(4) orqali ikkinchi kolonnaning siklida qaytariladi. Desorbsiya qilingan gaz esa 
uskunaning 
yuqorigi qismidan uzatiladi. 
Ushbu 
qurilmada 
suyuqlik 
resirkulatsiya qilinadi va faqat ayrim yo‘qotilishlarni qoplash uchun kam 
miqdordagi toza erituvchi qo‘shib turiladi, erigan komponent esa toza holda 
hosil bo‘ladi. 
Tozalangan gaz 
Toza аbsorbent 
Gaz 
Absorbentning 
uzatilishi 


17 

Yüklə 6,47 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   163




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə