O’zbekiston Respublikasi Oliy va o’rta


Xom ashyo eksport qiluvchi mamlakatlar



Yüklə 210,77 Kb.
səhifə69/74
tarix18.05.2022
ölçüsü210,77 Kb.
#87283
1   ...   66   67   68   69   70   71   72   73   74
Marketing 08972

Xom ashyo eksport qiluvchi mamlakatlar. Bu mamlakatlar bir yoki bir nechta tabiy resurslarga bilan boy bo’ladi, lekin boshqa munosabatlar yaxshi
yo’lga qo’yilmagan. Mahsulotlarning katta qismini, shu resurslarning eksporti hisobiga oladi. Bu mamlakatlarga misol: Chili (loviya, asal), Zair (kauchuk) va Saudiya Arabiston (neft), O’zbekiston (paxta) bu mamalakatlar, yangi texnologiya, industrial va yordamchi materiallarga, yuk ortadigan tushiradigan texnikalarga va avtomobillarga yaxshi bozor hisoblanadi. Bulardan tashqari doim yashaydigan chet elliklar va amaldorlar va er egalari uchun bu bozarlarni g’arb iste’mol mahsulotlari va kreditlar bilan to’ldirish imkoniyatini beradi.
Sanoati rivojlanayotgan mamlakatlar. Sanoati rivojlanayotgan mamlakatlarda sanoatning 10-20%ni tashkil qiladi. Masalan, bu mamlakatlarga misol Misr, Filippin, Hindiston va Braziliya. Sanoati rivojlanayotgan mamlakatlar asosan,to’qimachilik xom ashyosi, og’ir mashinasozlik mahsulotlari va tobora kamayib borayotgan tayyor to’qimachilik mahsulotlari va qog’oz tovarlari va avtomobillar importiga tayanadi. Sanoatlashish boylarning kam, lekin tobora o’sib borayotgan o’rta sinfini keltirib chiqaradi. Qaysiki yangi turdagi tovarlarni talab qiluvchi, shuningdek bu ehtiyojlarning bir qismini import hisobiga qondirish mumkin.
Sanoati rivojlangan mamlakatlar. Sanoati rivojlangan mamlakatlar sanoat mahsulotlarining asosiy eksporterlari hisoblanadilar. Ular sanoat mahsulotlarini o’zaro sotishadi, shuningdek boshqa xo’jalik turidagi mamlakatlarga olib borib xom ashyo va yarim tayyor mahsulotlarga almashtirishda ko’p qirrali ishlab chiqarish faoliyati mamlakat sanoatini rivojlantiradi va bu mamlakatlar bozorlari har qanday tovarlar bilan to’la va boy bo’ladi. Bu mamlakatlarga AQSh va §arbiy Evropa mamlakatlari misol bo’ladi.
Ikkinchi iqtisodiy ko’rsatkich - bu mamlakatlarda daromadni taqsimlash xarakteri. Daromadlarning taqsimlanishi faqatgina mamlakatning xo’jalik struktura xususiyati emas, balki mamlakatning siyosiy tizimiga ham baho beriladi. Daromadlarning taqsimlanishiga ko’ra xalqaro marketingda faoliyat ko’rsatuvchi mamlakatlarni 5 ta turga ajratiladi.

  1. Oila daromadi juda past darajadagi mamlakatlar.

  2. Oila daromadi nisbatan past darajadagi mamlakatlar.

  3. Oila daromadi juda past va juda yuqoridagi mamlakatlar.

  4. Oila daromadi past, o’rtacha va yuqori darajadagi mamlakatlar.

  5. Oila daromadi nisbatan o’rtacha darajadagi mamlakatlar.


Yüklə 210,77 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   66   67   68   69   70   71   72   73   74




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə