O’zbekiston Respublikasi Oliy va o’rta



Yüklə 210,77 Kb.
səhifə70/74
tarix18.05.2022
ölçüsü210,77 Kb.
#87283
1   ...   66   67   68   69   70   71   72   73   74
Marketing 08972

Siyosiy huquqiy doira.
Ko’pgina mamlakatlar bir-biridan siyosiy huquqiy doirasi bilan farqlanadi. U yoki bu mamlakat bilan munosabatga kirishishdan oldin 4 ta omilni hisobga olish lozim.
Chetdan sotib olishga bo’lgan munosabat. Ayrim mamlakatlar bu munosabatga ijobiy qaraydilar,bunday mamlakatlarga misol qilib Meksikani olish mumkin, necha yildan beri o’zi chet el sarmoyasini jalb qiladi, sarmoyadorlarga joy tanlashga yordam beradi va buning aksiga Hindiston kiradi. Eksporterlarga import kvotasiga bo’ysinishni talab qiladi, ularga shartlar qo’yadi, yangi tuzilayotgan korxonaning boshqaruviga o’zining fuqorolarini katta qismini kirgizishni talab qiladi. Ayrim valyutalarni blokirovka qiladi. Shunday shartlar sababli Hindistondan «IBM» va «Koka-kola» chiqib ketdi.
Siyosiy barqarorlik. Yana bir muammo-kelajakda mamlakatning barqarorligi. Mamlakatdagi siyosiy tizim izdan chiqqanda, chet el firmalarning mulkini o’zlashtirish davlat hisobiga valyuta rezervini blokirovka qilish mumkin.
Valyutalarning cheklanishi. Uchinchi omil bu valyuta almashishi bilan bog’liq bo’lgan muammolar va cheklashlarga tegishli. Davlatlar ayrim vaqtlarda o’zlarining pulini blokirovka qiladi yoki boshqa valyutalarga almashtirishni ta’qiqlaydi. Odatda sotuvchi o’zi foydalana oladigan valyutada daromad olishni hohlaydi. Eng qulayi shu valyutani o’zining mamlakat valyutasiga almashtirishi mumkin bo’lsin. Aks holda sotuvchi bu valyutaga o’ziga kerakli tovarni shu mamlakatlardan sotib oladi yoki boshqa joyda unga qulay bo’lgan valyutada sotilishi mumkin bo’lgan tovarni sotib oladi. Eng yomon sharoitda sotuvchi blokirovka qilingan valyuta bilan ishi bo’lsa, o’zining pullarini korxonasi joylashgan mamlakatlardan olib chiqib ketadi va boshqa joyda bu tovarni o’tmas tovar sifatida zararga sotadi.
Hukumat mashinasi. To’rtinchi omil bo’lib, chet el kompaniyalarini qabul qiluvchi davlatning siyosiy tizim quvvati ya’ni bojxona xizmati samarasi, bozor holati haqida etarlicha to’laroq ma’lumotlar (axborotlar) va tadbirkorlik faoliyatiga ijobiy ta’sir qiluvchi omillar.
Madaniy soha. Har bar mamlakatning o’zining urf-odatlari, qonun-qoidalari, udumlari bor. Marketing dasturini ishlab chiqishdan avval, sotuvchi boshqa mamlakat is’temolchisi bu tovarni qanday qabul qiladi, undan qanday foydalanishi bilan bog’liq bo’lgan masalalarni aniqlash lozim.
Madaniy sohani bilmaslik firmani muvaffaqiyatga erishish kafolatini pasaytiradi. Bir nechta rivojlangan amerikalik tadbirkorlar muvaffaqiyatsizlikka uchrashdi. «Kentukki fraid chiken» firmasi Gonkongda o’zining 11ta filialini ochadi. Lekin 2 yildan keyin ularning hammasi bankrot bo’ladi. Gonkong aholisiga qovurilgan jo’jani ko’p eyish noqulay bo’lgan bo’lishi mumkin.


    1. Yüklə 210,77 Kb.

      Dostları ilə paylaş:
1   ...   66   67   68   69   70   71   72   73   74




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə