O’zbekiston Respublikasi Oliy va o’rta



Yüklə 210,77 Kb.
səhifə2/74
tarix18.05.2022
ölçüsü210,77 Kb.
#87283
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   74
Marketing 08972

BOB. MARKETING FANINING NAZARIY ASOSLARI

1-mavzu. Marketing fanining nazariy asoslari va marketing tizimi


Reja:



  1. Marketing tushunchasi va uning ahamiyati.

  2. Marketingni boshqarishning funktsional tizimlari va uni tashkil etishning shart-sharoitlari.

  3. Marketingni boshqarish kontseptsiyalari.

  4. Marketingni boshqarish jarayoni.




    1. Marketing tushunchasi va uning ahamiyati

Hozirgi davrdagi jahon adabiyotida marketingga berilgan yuzlab ta’riflar mavjud. Shulardan, Marketing («marketing»-ingliz tilida market-bozor va ing- qo’shimchasi harakat, faoliyat ma’nosini anglatadi) bozor harakati bilan bog’liq faoliyat ma’nosida tarjima qilinadi. Lekin bu tushunchaning ma’nosi juda kengdir. Jumladan, marketing-bu tovar va xizmatlar bozorini asosli o’rganish va oldindan baholash orqali ishlab chiqarishni tashkil qilish, sotishni uyushtirish va shu orqali foyda olish bilan bog’liq bo’lgan faoliyatdir. Marketing (marketing) tushunchasi o’zagini tashkil etadigan «bozor» (market) atamasining o’zini har xil izohlash marketing predmetini tushunishda turlicha yondashuvlarni, tartib-qoida, faoliyat, taqsimot bilan bog’liq qarashlarni yuzaga keltirdi. Shunga muvofiq marketingni taqsimot tizimi, savdo-sotiq usullari va tovarni sotish bo’yicha faoliyat majmui tarzidagi talqinlar olg’a surildi. Kezi kelganda shuni aytish lozimki, ingliz tilidan boshqa tillarda «marketing» atamasiga aniq mos keladigan atamaning o’zi yo’q. Bu balki ushbu atamaning AQShda paydo bo’lgani va keng tarqalganligi bilan bog’liq. Ingliz atamashunosligida marketing tushunchasi muayyan mazmun doirasini ifoda etadiki, bu boshqa mamlakatlardagi iqtisodiy faoliyatning xuddi shunga o’xshash sohada qabul qilingan va qo’llaniladigan atamalar mazmunidan farq qiladi. Shu sababli ko’pgina tillarda


«marketing» atamasi tarjimasiz qabul qilingan.
Shulardan kelib chiqqan holda, marketing-ayriboshlash yo’li bilan ehtiyoj va talablarni qondirishga yo’naltirilgan inson faoliyatining turi, bozordagi barcha qatnashchilarning o’zaro manfaatlariga asoslangan harakatlarini, talabni shakllantirish va qondirish uchun birlashishdir.
Marketing taraqqiyot evolyutsiyasi, mazmunining doimo boyib borishi kontseptsiyaning bir qancha ta’riflarini vujudga keltiradi. Marketingning dastlabki tadqiqotchilaridan biri R.Batler uni boshqaruvchining savdo-sotiq operatsiyalarini amalga oshirishi va uni qo’llab-quvvatlash bilan bog’liq bo’lgan faoliyati deb baholaydi. Yana bir Amerika iqtisodchisi A.Shou marketingni bir muncha kengroq tushuntirib, ishlab chiqarishni boshqarish masalalarini, mahsulotni sotish vazifalari bilan bir qatorda uni xalqqa taqsimlash muammolarini ham marketing tizimiga kiritdi. So’nggi yillarda ham marketing bo’yicha yagona tizim yaratilmadi.
Marketing - bu tovar harakatining barcha bosqichlarini o’z ichiga oluvchi, talab va taklifni o’rganish, mahsulot ishlab chiqarish dasturini yaratish, sotish va iste’mol qilish bilan bog’liq bo’lgan turli xildagi xizmatlar ko’rsatish va iste’moldan chiqqandan keyin utilizatsiyalashni tashkil qilish kabi bozor muammolarini echishda yaxlit-tizimli yondashishdir.
Marketing XIX asr oxiri XX asr boshlarida xaridor talabini qondirishga mo’ljallangan, korxonalarning ishlab chiqarish, sotish, savdo faoliyatini tashkil qilish va boshqarish tizimi sifatida paydo bo’lgan. Ishlab chiqarish tizimi va umuman xo’jalik yuritishga marketing nuqtai nazaridan yondashish xaridorga ta’sir qilishning keng jabhalarni o’z ichiga oladi. Bu bozor uchun bo’lgan raqobat kurashining o’ziga xos xususiyatlarni aniqlashga olib keladi va bozor doirasida sabab-natija aloqalarini tahlil qilishning maxsus usullarini qo’llab, xaridorlar talabi, ehtiyoji, didi va ta’bi to’g’risida axborotlar to’plab, korxona va tashkilotlar, marketing kontseptsiyasi, u yoki bu tovarga va xizmatga xaridor qiziqishini shakllantirish uchun iqtisodiy, tashkiliy, ijtimoiy yo’nalishlarni tashkil qiladi.
Shunday qilib, marketing usullaridan foydalanish korxona manfaatlarini va maqsadlarini jamiyat maqsadlari va manfaatlari bilan birlashtiradi, iqtisodiyot taraqqiyotiga mikro va makroiqtisodiy yondashuv birligini ta’minlaydi. Respublikamiz o’zining ijtimoiy maqsadlari va iqtisodiy dasturlarini faqat bozor mexanizmi orqaligina amalga oshirish mumkin. Buni bizga keyingi vaqtdagi tovar- pul munosabatlari va bozor iqtisodiyotining rivoji ham ko’rsatmoqda.


    1. Yüklə 210,77 Kb.

      Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   74




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə