O’zbekiston Respublikasi Oliy va o’rta


Tashqi bozorga qanday chiqish usullari



Yüklə 210,77 Kb.
səhifə67/74
tarix18.05.2022
ölçüsü210,77 Kb.
#87283
1   ...   63   64   65   66   67   68   69   70   ...   74
Marketing 08972

Tashqi bozorga qanday chiqish usullari. Firma qaysi bozorga chiqishni hal qilganidan keyin, tashqi bozorga qanday chiqishni o’ylashi lozim. Firma eksport orqali, qo’shma korxona tashkil qilish orqali yoki to’g’ridan-to’g’ri chetga investitsiya qilish orqali tashqi bozorga chiqishi mumkin. Har bir strategik yo’nalish o’ziga yarasha ulkan javobgarlik, xavf-xatar talab qiladi, lekin pirovardida katta foyda olib keladi.
Nihoyat firma xalqaro marketing faoliyatiga maxsus samarali tashkiliy strukturaviy dasturni ishlab chiqarishi zarur.
Ko’pgina firmalar tashqi bozorga chiqishni eksportdan boshlab, xalqaro firmalar tashkil qilish bilan tugatishadi. Biroq ayrimlari faoliyatlarini davom ettirib ulkan kompaniya tashkil qilishadi, qaysiki bu firmalar butun jahon marketingini boshqarishni rejalashtirgan bo’ladi.
O’zbekistonning davlat mustaqilligiga ega bo’lgan respublikada jahon iqtisodiyotiga qo’shilishdek qiyin jarayon boshlandi. O’nlab yillar mobaynida iqtisodiy siyosatda yo’l qo’yilgan xatoliklar xalq xo’jaligi tarkibida chuqur nomutanosibliklarga olib keldi. Ijtimoiy ishlab chiqarishning o’sishi deyarli faqat respublikaning resurs imkoniyatlariga mo’ljallangan bo’lib, iqtisodiy taraqqiyot muvozanatsiz va nokompleks tarzda kechdi, ijtimoiy omillar e’tiborga olinmadi, noishlab chiqarish sohasi tarmoqlarining moddiy-texnika bazasi past darajada qolib keldi.
Rivojlanishning bunday yo’li oqibatida respublikada iste’mol qilinadigan mahsulotlarning chorak qismidan ko’prog’i, shu jumladan, ishlab chiqarish maqsadlarida foydalaniladigan mahsulotlar jami hajmining 2/5 qismi boshqa mamlakatlardan keltirildi va import qilindi, ayni paytda, O’zbekistondan chetga chiqariladigan mahsulotlarning 80% dan ko’prog’ini xom ashyo-paxta va yarim tayyor mahsulotlar tashkil etdi. Umuman olganda O’zbekistonning respublikalararo eksporti yalpi milliy mahsulotning deyarli arzimas qismini, tashqi eksportning solishtirma hissasi esa 5% dan kamroqni tashkil etdi.
Tovar ayirboshlashning bunday strukturasi va respublikalararo hamda tashqi eksportning foiz nisbati respublika moliya balansi, valyuta resurslari va davlat byudjetida surunkali taqchillikni vujudga keltirdi. Shu sababli tashqi iqtisodiy faoliyat sohasida korxonalarning vazifalarini tubdan o’zgartirish, xo’jalikni tashqi bozorga yo’naltirish respublikadagi ahvolni barqarorlashtirishni ta’minlaydigan eng mas’ul iqtisodiy va sisyosiy qarorlar sirasiga kiradi.
Keyingi o’n yillik mobaynida sanoati rivojlangan mamlakatlar taraqqiyoti tarixida va uchinchi dunyo mamlakatlarida tashqi iqtisodiy faoliyatni jonlantirishda ancha tajribalar to’plandi.
Jahon amaliyotida xalqaro faoliyatni uyushtirishning uch an’anaviy shakli bor: eksport, qo’shma korxonalar va bevosita egalik. Birinchi yo’nalishdagi rivojlanishga Yaponiya yorqin misol bo’la oladi. Urushdan keyingi tanglik yillarida bu mamlakatda muhim eksport imkoniyatlariga ega bo’lgan asosiy tarmoqlarni rivojlantirishga zo’r berildi. Keyinchalik sanoat strukturasini qayta qurishda iqtisodiyotning etakchi tarmoqlarini jadal rivojlantirishga barcha vosita va resurslarni safarbar qilish yo’lida davlatning faol ta’siri katta rol o’ynadi.
Tarmoqning etakchiligini baholashning bosh mezonlari-bozorning jahon konyunkturasi ma’lumotlariga asoslanadigan eksport imkoniyati, mamlakatning o’zida tarmoq mahsulotiga talab istiqboli, tarmoqning umuman milliy iqtisodiyot taraqqiyotiga yordam berishi, sanoat ishlab chiqarishining resurs talabini xom ashyo va energiya importiga tobeligini eng kam darajaga tushirgan holda pasaytirish, mamlakat savdo balansida taqchillikni kamaytirishga yordam berish va boshqa qo’shimcha tadbirlardan iborat bo’ldi. Sanoatni boshqarish va davlat tomonidan tartibga solish yapon tizimining o’ziga xosligi rejali asoslarning uyushtiruvchilik mavqeini bozor iqtisodiyoti afzalliklari bilan samarali birga qo’shib olib borishdan iborat edi. Shunisi muhimki, mamlakat taraqqiyotining har bir davriga bu ikki tarkibiy qismning mutanosib nisbati muvofiq keladi. Yaponiya bu yo’nalishda bizning mamlakatimiz tajribasidan va umumdavlat miqyosida uzoq muddatli rejalashtirish kontseptsiyasidan foydalandi. Ammo Yaponiya davlati asosan ishlab chiqarish vositalariga egalik qilmagani sababli tartibga solishni bevosita iqtisodiy tadbirlar: eksport mahsulot savdosi daromadlariga maxsus soliq tashlamalari, foiz va dividend tarzida to’lanadigan, summadan olinadigan soliq stavkasini pasaytirish, etakchi sanoat tarmoqlarida uskunalar amortizatsiyasi muddatlarini qisqartirish, eksport bitishuvlarida ko’riladigan zararni qoplaydigan va soliqqa tortilmaydigan rezerv fondi ta’sis etish va boshqalarni qo’llash yo’li bilan olib bordi. Shuningdek, eng yangi stanok jihozlari importiga davlat subsidiya tizimi joriy qilindi, mahalliy stanoksozlik firmalarining stanoklar ishlab chiqarish bilan bog’liq bo’lgan xarajatlarining 50%i davlat tomonidan qoplandi. 80 yillarning birinchi yarmida Yaponiya jami eksport qiymatining 35-40%i imtiyozli davlat kreditlari yordamida ta’minlandi. Bu tadbirlarning barchasi ko’p jihatlardan eksportning tez o’sishiga ta’sir ko’rsatdn, uning strukturasi mehnat talab (engil sanoat), so’ngra sarmoya talab (po’lat quyuv sanoati, kemasozlik) va nihoyat ilm talab tarmoqlarning rivojlanishiga qarab o’zgarib bordi. 1950 yildan to 1980 yilga qadar Yaponiya umumiy miqdori 2 trillion iena yoki 7 mlrd. dollardan ortiq bo’lgan 26 ming chet el patent va litsenziyasini sotib oldi, xuddi shu davrda Yaponiyaning import litsenziya kelishuvlaridan ko’rgan foydasi 70 mlrd. dollarga etdi.
Yaponiya 80-yillarning ikkinchi yarmidan boshlab eksport hajmi bo’yicha jahonda uchinchi o’rinni (AQSh va FRG dan keyin) mustahkam egalladi. Jahon eksportida uning hissasi barqaror holda 10% dan ortiqroqni tashkil etadi. To’qsoninchi yillarda Yaponiya eksportining 35% AQShga, 25,3% Janubi-Sharqiy Osiyo mamlakatlariga, 17,7% Evropa hamjamiyati mamlakatlariga jo’natildi. Yaponiya eksportining 3/4 qismi shu uch asosiy yo’nalishga to’g’ri keldi. Eksport Xitoy, MDH va Sharqiy Evropa mamlakatlariga esa 3,5%, Lotin Amerikasiga 3,5%, Afrikaga 2% ni tashkil etdi. Yapon tashqi savdosiiing yana bir o’ziga xos tomonini ta’kidlab qo’yish lozim - tashqi iqtisodiy faoliyat bilan shug’ullanadigan mayda va o’rta firmalarning juda ko’pligiga qaramay, mamlakat tashqi savdo muomalasining katta hissasi mamlakatning butun iqtisodiyotini nazorat qiladigan, qudratli sanoat moliya guruhlari bilan mustahkam bog’langan: 9 ta yirik universal korporatsiya qo’lida to’plangan. 90 yillarda Yaponiya eksportining 41,8%, importining 73,6% ularning hissasiga to’g’ri keldi. Shunday qilib, tashqi savdoning
yuqori darajada monopollashganligi va boshqaruvchi hukumat organlarining etakchi korporatsiyalar bilan birlashib ketganligi uni davlat tomonidan boshqarishni osonlashtirdi.

Yüklə 210,77 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   63   64   65   66   67   68   69   70   ...   74




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə