O’zbekiston Respublikasi Oliy va o’rta



Yüklə 210,77 Kb.
səhifə1/74
tarix18.05.2022
ölçüsü210,77 Kb.
#87283
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   74
Marketing 08972


O’zbekiston Respublikasi Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi
Toshkent Moliya Instituti
MARKETING


O’quv qo’llanma
Toshkent-2003

O’zbekiston Respublikasi Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi


TOShKENT MOLIYa INSTITUTI
MARKETING


O’quv qo’llanma


(bakalavriat yo’nalishi uchun)


Toshkent-2003
Marketing. O’quv qo’llanma.
-T: TMI, 2004. 154 bet.


Mualliflar: Sh.To’laganova
B.Sulaymonov U.Boymatova

Ushbu o’quv qo’llanma iqtisodiyot sohasida ta’lim olayotgan talabalar uchun mo’ljallangan bo’lib, uning asosiy maqsadi qanday qilib bozor iqtisodiyoti sharoitida muvaffaqiyatli faoliyat olib borish va uning asosiy qonun-qoidalariga asosan tadbirkorlik hamda ishlab chiqarishni rivojlantirish maslalarini oydinlashtirishdir. Ya’ni, obrazli qilib aytganda, bozor iqtisodiyoti qonunlari asosida qanday qilib atrof-muhitdagi hayot bilan uyg’unlashib yashash va unda muvaffaqiyatli ishlash asosiy tamoyillari amaliy yo’nalishlarida atroflicha yoritiladi.


O’quv qo’llanma Toshkent Moliya instituti qoshidagi Oliy o’quv yurtlararo ilmiy-uslubiy Kengash majlisida muhokama qilingan va nashrga tavsiya etilgan.


27 yanvar 2004 yil 4-son majlis bayoni.
Rektorning o’quv va metodik
ishlar bo’yicha muovini: A.Vaxobov
Taqrizchilar: i.f.n., prof. I.Igamberdiev
i.f.n., dots. N.Zakirova


Toshkent Moliya instituti, 2004
Kirish

O’zbekistonda amalga oshirilayotgan «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi»ga asosan marketing yo’nalishida ta’lim olayotgan talabalarga etarli bilim berish maqsadida o’quv qo’llanmalar tayyorlash va ularni talabalarga etkazishga alohida e’tibor qaratilmoqda.


Korxona rahbarlari o’zlarining kundalik ish faoliyatida tovar iste’molchiga turli yo’llar bilan etkazib berilishi mumkinligi haqida bosh qotirishadi. Ko’pgina hollarda, pirovard iste’molchi ishlab chiqaruvchining diqqat markazida turmaydi, aksincha, uning o’rnini mahsulotni sotib oladigan firma egallaydi. O’quv qo’llanmada shu holatning sabablari va zaruriyati ochib berishga harakat qilingan.
Savdo marketingi siyosati iste’mol tovarlarini etkazib berishning ehtimol tutilgan variantlari tahlili va uning mahsulot taqsimotining hamma shahobchalarida eng yuksak xo’jalik samarasiga erishishni ta’minlaydigan maqbul variantini ishlab chiqish bilan shug’ullanadi. Shu sababli rahbariyat taqsimot yo’lini tanlashda bugungina emas, balki ertangi tijorat muhitini ham ko’zlab ish tutish zarurligi ta’kidlanadi. Sabab hozirgi davrda taqsimot jarayoni mahsulot tayorlashning tabiiy ravishda davomiga aylanib bormoqda.
O’quv qo’llanmada taqsimot yo’li aniq bir tovar yoki xizmatning ishlab chiqaruvchidan iste’molchi sari haraktida ularga mulk egasi huquqini o’ziga oladigan yoki boshqaga berishga yordam ko’rsatadigan firmalar ekanligi tushuntirilib, ularning tarkibiy qismlari keltirilgan. Shuningdek, tarkibiy qismlarning bajaradigan bir qancha vazifalari ko’rsatib o’tilgan.
Marketing fani tovar harakatini barcha bosqichlarini o’z ichiga oluvchi talab va taklifni o’rganish, mahsulot ishlab chiqarish dasturini yaratish, sotish va iste’mol qilish bilan bog’liq bo’lgan turli xildagi xizmatlar ko’rsatish va iste’moldan chiqqandan so’ng utilizatsiyani tashkil etish jarayoni kabi bozor muammolarini echish yo’llari va usullari haqida o’quv qo’llanmada yo’nalishlar ko’rsatib berilgan.
Ushbu o’quv qo’llanmada fan-texnika taraqqiyoti natijasida texnologiyalardagi o’zgarishlar, iste’molchilar ehtiyojlari, ishlab chiqarishdagi, bozorga kirish va sotishdagi raqobat, bozor kon’yukturasi, bozor segmentatsiyasi tushunchalari yoritilgan.
Shuningdek, mavzuda savdo tashkilotlarida xizmat qiluvchi xodimlar, ularning vazifalari va funktsiyalari ham ko’rsatib berilgan.


  1. Yüklə 210,77 Kb.

    Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   74




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə