O’zbekiston Respublikasi Oliy va o’rta



Yüklə 210,77 Kb.
səhifə66/74
tarix18.05.2022
ölçüsü210,77 Kb.
#87283
1   ...   62   63   64   65   66   67   68   69   ...   74
Marketing 08972

9-mavzu: Xalqaro marketing Reja:

    1. Xalqaro marketing tushunchasi.

    2. Xalqaro savdo tushunchasi.

    3. Tashqi bozorga chiqishda ta’sir etuvchi omillar.

    4. Xalqaro marketingning o’ziga xos xususiyatlari.

    5. Xalqaro marketingda iqtisodiy, siyosiy, madaniy omillar.




      1. Xalqaro marketing tushunchasi

Firmalar o’zlaring imkoniyatlari va bir qancha sabablarga ko’ra xalqaro marketing bilan shug’ullanadilar. Ayrimlarini bu ishga o’zining bozori rivojlanmaganligini undasa, ayrimlarni chet-mamlakatlarda yaratilgan ajoyib imkoniyatlar qiziqtiradi. Xalqaro marketingda uchraydigan muammolarni hisobga olgan holda, bu qarorga yaqin va kompleks ravishda yondashish kerak.


Tashqi bozorga chiqish bilan bog’liq bo’lgan masalalar. Firmalar xalqaro marketing bilan bir necha omilga ko’ra shug’ullanadi: kimdir shu firmaga tashqi bozorda savdo tashkil qilishni iltimos qiladi. Aytaylik, shu mamlakatdagi boshqa eksportyori yoki chet el importyori yoki chet el hukumati yoki firma o’zi tashqi bozarga chiqishni o’ylaydi. Balki firmaning ishlab chiqarish quvvati mamlakat ehtiyojini oshig’i bilan qondirishi mumkin yoki u chet elda yaxshi marketing imkoniyatlarini qurishi mumkin.
Firma tashqi bozorga chiqishdan oldin o’zining xalqaro marketing siyosatini aniqlab olishi zarur:
Birinchidan, o’zining umumiy savdosining necha foizini tashqariga olib chiqishga intiladi. Eksportga chiqaradigan firmalar o’z faoliyatini oz-ozdan boshlaydi. Ayrimlari keyinchalik ham bu miqdorni oshirmaydi, chetga tovar chiqarishga e’tibor qaratmaydi. Boshqalari ulkan rejalar tuzib, tashqi bozorlarga o’zining milliy bozori kabi qaraydi.
Ikkinchidan, firma marketing faoliyatini bir mamlakatda yoki birdaniga ko’p mamlakatlarda tashkil qiladi.
Uchinchidan, firma qanday mamlakatlarga chiqishni xohlashini aniqlashi lozim. Mamlakatni o’ziga jalb qiluvchi tomonlari - taklif qilinadigan tovarlar, geografik omillar, daromadlar darajasi, aholi soni, siyosiy iqlim va boshqa xususiyatlarga bog’liq.
Marketing bozorlarini tanlash ham muhim. Ularni tanlashda quyidagi hususiyatlarga e’tibor beriladi:

  1. Bozor hajmi;

  2. Bozor o’sish dinamikasi;

  3. Faoliyatdagi xarajatlar;

  4. Raqiblarning imkoniyatlari;

  5. Tavakkalchilik darajsi.


Yüklə 210,77 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   62   63   64   65   66   67   68   69   ...   74




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə