O’zbekiston Respublikasi Oliy va o’rta



Yüklə 210,77 Kb.
səhifə71/74
tarix18.05.2022
ölçüsü210,77 Kb.
#87283
1   ...   66   67   68   69   70   71   72   73   74
Marketing 08972

Tashqi bozorga chiqishda ta’sir etuvchi omillar

Xalqaro faoliyatni tashkil etish yo’nalishiga Turkiya yaqqol misol bo’ladi.Turkiya iqtisodiyoti ham eksportga mo’ljallangan, ammo chet el ishlab chiqaruvchilariga ko’p jihatlardan ochiq va ko’proq tashqi bozorlarga bog’lanib qolgan. Shu sababli mamlakatning eksport mahsulotlarni ishlab chiqarishni rag’batlantiradigan iqtisodiy siyosati chet el xususiy kapitalini jalb etishga yo’naltirilgan.Bu mamlakatlarda Turkiyada faqat eksport yo’nalishida erkin eksport-ishlab chiqarish zonalari va alohida korxonalar barpo etila boshlandi. Hozirgi davrda Turkiyada to’rtta erkin zona faoliyat ko’rsatmoqda, shunday zonalardan yana 5 tasi ish boshlash arafasida. Ularning ko’pchiligi aero va dengiz portlari yaqinida joylashgan. O’tgan yili faqat Istambulning o’zida erkin zonalardagi firmalarining savdo oboroti 2,3 mlrd. dollarga etdi. Erkin zona hududida kredit berish, soliqqa tortishda imtiyozli shartlar amal qiladi, firmalar chetdan keltiriladigan uskunalar, xom ashyo va yarim tayyor mahsulotlar uchun boj to’lovlaridan ozod qilinadi. Turkiya Markaziy bankida maxsus erkin zonalarni rivojlantirish fondi barpo etilgan. Ayniqsa, chet el investorlari uchun qulay sharoitlar yaratilganki, natijada butunlay chet el kapitaliga mansub bo’lgan firmalar soni oy sayin o’sib bormoqda. Xususiy sektor keyinchalik davlatga qaytarib bermaslik sharti bilan Chataljda gazlama va kiyim-kechak ishlab chiqaradigan korxonalar qurish va uni moliyalash huquqini oldi. Egey rayoni erkin zonasida-ikki yil muqaddam yuksak texnologiyani qo’llash asosida elektron jihozlar va aloqa vositalari ishlab chiqarish yo’lga qo’yilgan zonada to’rtta chet el firmasiga ish boshlash uchun ruxsatnoma berildi, ular turk sheriklari bilan zonaga kapital sarflarni 44 mln. dollarga etkazishni mo’ljallashmoqda, natijada ikki ming kishi ish bilan ta’minlanadi. Ekspert xulosalariga qaraganda Egey zonasidagi hamma ob’ektlar to’la ishga tushganidan keyin korxonalar keltiradigan yillik daromad 1 mlrd. dollarga yaqin bo’ladi.


Xitoyning iqtisodiy siyosati ham chet el kapitalini jalb etishga qaratilgan. Xitoyga chet el kapitalining oqib kelishi 1978 yildan boshlandi va asosiy ko’rinishi shartnoma yoki aktsionerlik qo’shma korxonalaridan iborat edi. 1978 yildan 1987 yilga qadar bu mamlakatda to’rt ming ta aktsionerlik qo’shma korxonasi (AQK) barpo etildi, ularning jami aktsiyalardagi kapital sarflari 6,7 mlrd. dollarni tashkil etdi. Hozirgi davrda jalb etilgan chet el kapital mablag’larining 30% dan ko’prog’i aktsionerlik qo’shma korxonalari hissasiga to’g’ri keladi. AQShda ishtirok etayotgan asosiy chet el mamlakatlari AQSh (70 mln. dollar) va Yaponiya (52 mln. dollar) hisoblanadi.
Iqtisodiyotni yuksaltirishda chet el kapitalining g’oyat faol o’rnini Janubi- Sharqiy Osiyoning boshqa, nisbatan kichik, mamlakatlarida ham yaqqol ko’rish mumkin. Bu mamlakatlarda 80-yillar oxiriga kelib, chet el investitsiyalarining umumiy miqdori 20 mlrd. dollardan oshib ketdi. Bu mamlakatlar chet el kapitalining bevosita ishtirokida endilikda namunaviy bo’lib qolgan zamonaviy industriyalash bosqichini jadal bosib o’tish; import o’rnini bosuvchi (importni almashtirgich) tarmoqlarni rivojlantirish (60-yillar), eksport potentsialini barpo etish (70-yillar) va ilm talab tarmoqlarni rivojlantirish (80-yillar, 90-yillarning
boshi) muammolarini muvaffaqiyat bilan hal etdi. Natijada ayrim mahsulotlar, shu jumladan, ilm talab mahsulotlar turlarini ishlab chiqarish bo’yicha yangi industrial mamlakatlar jahon xo’jaligida oldingi marralarga chiqib oldi.
Keyingi vaqtlarda chet el investitsiyalari Indoneziyada rekord ko’rsatkichga etdi. 1990 yilda uning miqdori 8,7 mlrd. dollar, ya’ni 1989 yilga nisbatan deyarli ikki baravar ko’paydi. Indoneziya iqtisodiyotiga jami investitsiyalarning salkam 22%i chet el kapitali hissasiga to’g’ri keladi.
Braziliya ham ko’p jihatlardan o’zining taraqqiyotida chet el kapitalidan minnatdor bo’lishi kerak. Braziliyada 1990 yil boshida bevosita investitsiyalar summasi 20 mlrd. dollar atrofida bo’ldi. Sanoat ishlab chiqarishi va, asosan, uning eng muhim tarmoqlari-mashinasozlik, metallurgiya, ximiya va neft ximiyasi tarmoqlarida ishlab chiqarishning 30% qo’shma va chet el korxonalari hissasiga to’g’ri keldi.
Yuqorida keltirilgan misollardan ko’rinadiki, turli mamlakatlar o’zlarining imkoniyatlariga va iqtisodiy taraqqiyot sharoitlari bo’yicha bir-biridan naqadar farq qilishiga qaramay chet el kapitali bilan munosabat masalasida ko’p umumiylikka ega. Asosiy narsa shundaki, chet el kapitali iqtisodiy va ijtimoiy taraqqiyotni jadallashtirishga turtki vazifasini bajaradi, tabiiy resurslar, ishlab chiqarish, mehnat potentsialidan, ilg’or texnologiya, uskuna-jihozlar va boshqarish usullarini joriy etish asosida yanada samarali foydalanishga yordam beradi.
Hozirgi jahon xo’jalik faoliyati birlashuvining doimo yuksalib borayotgan darajasida ko’pgina mamlakatlarda, buning ustiga faqat rivojlanayotgan mamlakatlardagina emas, rivojlangan mamlakatlarda ham, iqtisodiy o’sish chet el investitsiyalari hisobiga madad olib kuchaymoqda. Masalan, AQSh da 80-yillar oxirida iqtisodiyotdagi chet el mablag’larining umumiy miqdori 1,5 trln. dollarga etdi. AQSh ning takomillashgan qonunchilik tizimi investitsiyada faoliyatini tartibga soladi, chet el kapitalining kuchli oqimidan iqtisodiyotni yanada ko’tarish va raqobatbardoshlik quvvatini rivojlantirishda foydalanadi.
O’zbekiston Respublikasida xalqaro faoliyatni uyushtirishning uchala ko’rinishi ham rivojlanishning boshlang’ich bosqichida turibdi.
Bozor islohotlariga rag’bat beradigan «Banklar va bank faoliyati to’g’risida», «Kooperatsiya to’g’risida», «Tadbirkorlik to’g’risida», «Chet el investitsiyalari to’g’risida», «Tashqi iqtisodiy faoliyat to’g’risida» asosiy qonunlar kuchga kirdi.
Respublika tashqi iqtisodiy faoliyatining bundan keyingi taraqqiyoti qaysi yo’ldan boradi? Hozirgi vaqtda O’zbekistonning rivojlanish strategiyasi Xitoy yo’liga yaqin. Xitoy yo’li ishlab chiqarishni aktsionerlash va diversifikatsiyalashga, xalqaro faoliyatni tashkil etishda, birinchi navbatda, aktsionerlik kapitalini rivojlantirishga asoslangan iqtisodiy o’sishning evolyutsion modelidan iborat. Hozirga qadar ham bizning iqtisodiyotimizda chet el kapitali ishtirokining asosiy ko’rinishi qo’shma korxonalar barpo etishdan iborat edi. Ishlab chiqarishning umumiy inqirozi sharoitida amalda xuddi shunday qo’shma korxonalar muhim natijalarga erishmoqda, ularning soni ko’payib bormoqda. 1991 yilda 158 qo’shma korxona ro’yxatga olindi, ulardan deyarli 60 tasi yillik muomalasi 500 mln. so’mga yaqin bo’lgan operatsiyalar (harakatlar) ni boshlab
yubordi. Hamdo’stlik bozorida tovarlar va xizmatlar sotish hajmi oshib bormoqda. Ikki yil davomida bu hajm deyarli 7 baravar ko’payib, 171 mln. so’mga etdi.
Respublika xalqaro valyuta fondi a’zoligiga qabul qilindi, Xalqaro tiklanish va taraqqit bankiga kirdi (1992 yil 21 sentyabr). Bu xalqaro moliya muassasalarining maqsadi o’ziga a’zo mamlakat hukumatlariga iqtisodiyotdagi ayrim tarmoqlar samaradorligini yuksaltirishni ko’zlab qarz berish va maslahat xizmatlar bilan iqtisodiy taraqqiyotga har tomonlama yordam ko’rsatishdan iboratdir. Xalqaro moliya muassasalari eksporterlari tashqi savdoni rivojlantirish, eksport potentsialini o’stirishni respublika iqtisodiyotini barqarorlashtirishning asosiy yo’nalishlaridan biri deb baholamoqda. Korxonalarning to’g’ridan-to’g’ri jahon bozoriga chiqishi, qo’shma va aralash korxonalarni barpo etish, xalqaro kooperatsiya miqyoslarini kengaytirish bozor konyunkturasi va tegishli tashkiliy- iqtisodiy o’zgarishlarni chuqur bilishni talab etadi. Narxlarni yuqori foyda olishni ta’minlaydigan darajada o’rnatish va tutib turish talab holati va tovar sotish sharoitlari to’g’risida yuksak darajada xabardor bo’lishini taqozo etadi. Noma’lum bozorga, o’rta hol xaridorga mo’ljallangan ishlab chiqarish monopoliyalar nazoratidagi, xaridori aniq bo’lgan bozorni ko’zlab tovar ishlab chiqarish va sotish bilan almashinadi.
Ishlab chiqarishda bozorga mo’ljallangan boshqarish shakllarini takomillashtirish, milliy va jahon iqtisodiyotida mahsulot ishlab chiqarish bilan iste’mol o’rtasida puxta o’zaro bog’lanish tizimini yaratish marketing yordamida amalga oshiriladi.
Davlat-monopolistik kapitali sharoitida marketingning ahamiyati ortib boradi, chunki mahsulotni sotish muammolarining g’oyat kuchayishi aql bovar qilmaydigan inflyatsiya, valyuta-moliya, xalqaro hisob-kitoblar tizimi sohasidagi tang ahvol, iqtisodiyotni davlat-monopolistik yo’l bilan boshqarishning murakkab muammolari shuni talab etadi. Monopoliya va transmilliy kompaniyalar (TMK) texnikaviy va ishlab chiqarish imkoniyatlari bilan mahsulotni sotish sharoitlari o’rtasidagi ziddiyatlarni hal etishga intilib, bozor jarayonlarini xalqaro marketing, yordamida o’z maqsadlariga mos holda boshqarishga o’tmoqda. Marketing tizimi u yoki bu mamlakatda ishlab chiqarish xarajatlarining past darajasi va tegishli bozorlarda sotish imkoniyatlari bilan bog’liq bo’lgan afzalliklarni hisobga oladigan xalqaro ishlab chiqarish sohalarida qator TMK barpo etilishi munosabati bilan murakkab tus oladi. Masalan, 80-yillarda FRG dagi eng yirik uchta ximiya kontserni-«Xexst», «Bayer», «BASF»ning chet ellardagi investitsiyalarining 70% katta bozorga va takomillashgan infrastrukturaga ega bo’lgan rivojlangan mamlakatlarda joylashtirildi.


    1. Yüklə 210,77 Kb.

      Dostları ilə paylaş:
1   ...   66   67   68   69   70   71   72   73   74




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə