O’zbekiston Respublikasi Oliy va o’rta



Yüklə 210,77 Kb.
səhifə73/74
tarix18.05.2022
ölçüsü210,77 Kb.
#87283
1   ...   66   67   68   69   70   71   72   73   74
Marketing 08972

6. Xalqaro marketingda iqtisodiy, siyosiy,
madaniy omillar

Xalqaro iqtisodiy munosabatlar sohasida konkret bozordagi turli tovarlar marketingini ishlab chiqishga alohida e’tibor beriladi, uni yaratish mahsulot bo’yicha boshqaruvchiga topshiriladi. Uning vazifasi muayyan mamlakat bozori hajmi, aholisi, aholi tarkibi, oilalar tarkibi, daromadlari va ularning taqsimoti, raqobatda kutiladigan o’zgarishlar va boshqalar haqida ma’lumotlar olishdan iborat. Marketing dasturlari va rejalarining o’ziga xos zaruriy tomoni - bozor jarayonlaridagi turli o’zgarishlar yo’nalishlarini hisobga olgan holda ularning ko’p variantligidadir. Masalan, «Royal pe kijing indastriz Van Leer» golland kontsernida oylik operativ rejalarning 7 ta har xil variantlari tayyorlanadi: 1 tasi me’yordagi sharoit uchun; 3 tasi rejalashtirilgandan oborot tegishlicha 10, 20, 30%


ortib ketgan holatlar uchun; 3 tasi reja 10, 20, 30% bajarilmagan hollarda foydalanish uchun mo’ljallangan.
Yaponiyada tizimli va vaziyatli tahlil natijalariga ko’ra, rejalarga tezkorona o’zgarishlar kiritish amalga oshiriladi, bu narsa ularning bajarilmasligini qoplash uchun emas, balki jahonda o’zgarib turgan sharoitlarni hisobga olish maqsadlarida qilinadi. Iqtisodiy rejalashtirish boshqarmasida energiyaning narxi o’zgarishi, dollarga nisbatan iena kursining o’zgarishi ehtimoliga va boshqa iqtisodiy o’zgarishlarga qarab, rejaning variantlari oldindan ishlab chiqiladi.
Tashqi bozorda samarali faoliyat olib borish uchun jami marketing usullaridan ijodiy o’rnini bilib foydalanish zarur. Bu o’rinda standart yondashuvlarga mutlaqo yo’l qo’yib bo’lmaydi. Chet ellik xaridorlar bilan bevosita aloqalar olib borish yoki agentlik firmalari orqali harakat qilish; tovarlar yoki litsenziyalar eksportini ularni ishlab chiqarish huquqi bilan qo’shib olib borish; bozorda mustaqil yoki konsortsiumlar tarkibida ishtirok etish; lizingdan eksportni rag’batlantiruvchi vosita tarzida foydalanish yoki tovarlarni an’anaviy sotish bilan cheklanish - bu va shunga o’xshash ko’pgina eksport shakllari bozor kon’yunkturasi va uning rivojlanishi istiqbollarini oldindan taxminlash natijasida, bozorda shakllangan amaliyotni, eksport qilinadigan tovarlar sifatini hisobga olgan holda qo’llaniladi. Natija shunday bo’lishi, kerakki, bozorga chiqqanidan keyin bir necha yil o’tsa ham mahsulot va firma yuksak raqobatbardoshligi bilan ajralib tursin.
Monopolistik yo’sinda tashkil etilgan komplekslar doirasida mavjud bo’lgan takror ishlab chiqarish jarayonlarini, rejalashtirishning g’oyat izga tushgan tartibi boy axborot ta’minotiga asoslanadi. Kompyuterlashtirish sohasining ravnaqi bilan yirik boshqaruv axborot tizimlari keng tarqaldi. Bu tizimlarning ijtimoiy bo’linmalari-marketing tadqiqotlari bo’limi jami zarur tashqi axborotlarni olish, uni tahlil etish va asoslangan xulosalar chiqarish uchun tayyorlash bilan shug’ullanadi.
Hozir ko’pchilik yirik firmalar marketing axborot tizimlariga ega. Bu tizimlar har kuni to’ldirib boriladigan ma’lumotlar banki va hududiy qurilmalar tarmog’idan iborat.
Masalan, «Xenkel» kontsernidagi shunday tizimda firmaning 400 asosiy tovar bo’yicha muomala dinamikasi, xarajatlar, foyda haqida, mamlakat va chet ellardagi jami bozorlarda ularga bo’lgan talab dinamikasi haqida 5 mln. ma’lumot to’plangan. Hozirgi davrda tijorat asosida bozorni o’rganish bo’yicha o’z xizmatini taklif etadigan juda ko’p ixtisoslashgan firmalar va agentliklar bor. Bozor axborotlarini ayirboshlashning murakkab tizimi rivojlanmoqda. Bu tizim axborotlarning asosiy pirovard iste’molchisi bo’lgan sanoat kompaniyalarining xususiy tadqiqot ishlarini to’ldirish va engillashtirishga xizmat qiladi.
AQShdagi «Interneshn risech assoshiets» (INRA), Yaponiyadagi «Dxetro» faoliyat ko’lami va o’nlab mamlakatlarda tarmoqlangan bo’limlari tarmog’i bilan yirik xalqaro tadqiqot firmalari orasida ajralib turadi. Jahon bozorini ko’zlab ishlashda shunday firmalar xizmatidan ham foydalanish-respublikadagi korxonalar va tashkilotlarning eng muhim vazifalaridan biridir. Bozor tadqiqotlari uchun qilinayotgan xarajatlar xalqaro operatsiyalar ko’lamiga qaraganda tezroq o’smoqda. Shu tariqa axborot-tadqiqot faoliyati tijorat yutug’ining muhim, shart- sharoitiga aylanib bormoqda. Amerika marketologlarining tasdiqlashlariga ko’ra, firma vakillarining o’zaro muloqot-aloqalaridagi an’anaviy shakllar-maxsus savdo, ko’rgazma, yarmarkalar o’tmish bo’lib qolishi lozim. Yangi mahsulot haqidagi axborot (texnik tafsiloti, o’lchamlari, navi va boshqalar)lar, ishlab chiqaruvchilar va iste’molchilar to’g’risidagi ma’lumotlar, savdodagi zaxiralar va taqsimot yo’llari to’g’risidagi jami axborot savdo palatalarining ma’lumotlar bankiga joylashtiriladi. Muayyan tijorat qarorini qabul qilish-mahsulot xarid qilish, keltirish, omborga joylash, tovarlarni sotish uchun maxsus dastur yordamida ma’lumotlar bankiga murojaat qilish kifoya, elektronika qarorni tayyorlash va uni qabul qilishning uddasidan jadal chiqadi.
Marketing bo’yicha axborotlarni olishda, marketing tadqiqotlari o’tkazishda va mutaxassis kadrlar-marketologlar tayyorlashda marketing va firmalarning tashqi iqtisodiy faoliyatini rivojlantirishga yordam beradigan xalqaro va milliy tashkilotlar muhim ahamiyat kasb etadi. Xalqaro marketing tashkilotlari Evropa jamoatchilik fikri va marketing tadqiqotlari jamiyati (ESOMAR) jahondagi nufuzli tashkilot bo’lib,firmalarning marketingta doir faoliyatini rivojlantirish va marketing tadqiqotlarini o’tkazishga katta ko’mak beradi.
Ustaviga ko’ra ESOMAR yuridik shaxs, Lozanada ro’yxatga olingan va tijorat maqsadlarini ko’zlamaydi: Uning mablag’lari a’zolik badallari (60%), kongress va seminarlar o’tkazishdan tushadigan daromad (17%), o’z nashrlarini sotish (10%), banklarga qo’yilgan mablag’lardan keladigan daromad (8%), reklama faoliyatidan tushadigan mablag’ (5%)lardan tashkil topadi.
ESOMAR firmalarda marketing faoliyati bilan shug’ullanadigan mutaxassislar o’rtasida aloqalar o’rnatish, eng samarador marketing tadqiqotlarini yoyish, shuningdek, bozor faoliyatida axloq normalari, qoidalarini joriy etish va unga rioya etish maqsadlarini ko’zlaydi.
Bu tashkilotga faqat marketing sohasidagi mutaxassislar a’zo bo’lib kirishlari mumkin. A’zolik yakka tartibda va pullik. Marketing xizmati ko’rsatadigan maslahatchilar ham (66%), shu xizmatdan foydalanuvchilar ham (34%) jamiyat a’zolari qatoriga kiradi. Maslahatchilar orasida tijorat asosida
marketing masalalari bo’yicha ish olib boradigan 200 dan ortiq eng mashhur tadqiqot tashkilotlari, shuningdek, reklama agentliklari, eng yirik §arbiy Evropa va xalqaro nashriyotlar, teleradiokompaniyalar bor.
Bu jamiyat xizmatidan foydalanuvchilarning aksariyat qismi sanoat korporatsiyalari, banklar, transport va savdo kompaniyalarining oliy va o’rta bo’g’inidagi boshqaruvchilar (a’zo-foydalanuvchilarning 89%), bo’lib, ular o’z firmalarida marketing faoliyati uchun bevosita javob beradilar.
ESOMARning asosiy faoliyati har yili kongresslar va seminarlar o’tkazishdan iborat. Kongress majlislarida firmalarning marketing faoliyatidagi eng yangi usullarni tadqiq etishga bag’ishlangan 30-40 ma’ruza tinglanadi. Kongressda seminar majlislardan tashqari, marketing faoliyatining aniq bir amaliy muammolari bo’yicha ixtisoslashtirilgan xizmatlar doirasida ham majlislar uyushtiriladi. Yiliga 5-6 marta bir qadar tor masalalarga bag’ishlangan seminarlar o’tkaziladi. Ularda odatda 800-900 kishi qatnashadi. ESOMAR «Yuropion Risyoch» jurnali nashr etadi (yiliga 6 soni chiqadi). Jurnalda marketing masalalari bo’yicha nazariy va amaliy tadqiqotlar, marketing bo’yicha maxsus adabiyotlar haqida qisqa xabarnomalar e’lon qilinadi. Bundan tashqari, ESOMAR kongress va seminarlar materiallarini, xalqaro va milliy marketing tashkilotlari haqida
«ESOMAR XEND» ma’lumotnoma, marketing bo’yicha atamalar lug’atlari nashr etadi.
Evropa sanoat sohasida band bo’lgan mutaxassislar marketing uyushmasi (EVAF) xalqaro kasaba tashkiloti, bu tashkilot sanoat va savdo firmalari, davlat tashkilotlari va o’quv yurtlarida ishlayotgan va ayni paytda sanoat tovari bozorlari tadqiqoti bilan shug’ullanadigan shaxslarni uyushtiradi.
Uyushma 1965 yilda §arbiy Evropadagi 10 mamlakatda sanoat tadqiqotlari marketingi sohasida ishlaydigan bir guruh mutaxassislar tomonidan tuzilgan.
80-yillarning o’rtalarida uning tarkibida §arbiy Evropadagi 20, boshqa qitalardagi 10 mamlakatdan 700 a’zo bor edi. Hozirgi davrda uyushmaga a’zo bo’lish uchun belgilangan badal to’lanishi kerak. Avtomobillar, ximiya tovarlari, qurilish materiallari, tsellyuloza-qog’oz, to’qimachilik va boshqa mahsulot bozorlarining rivojlanish tendentsiyalarini o’rganish va oldindan taxminlash uslubiyatiga katta e’tibor beriladi. Uyushma quyidagi yo’nalishlar bo’yicha faoliyat olib boradi:
-davlatlararo, tarmoq o’quv va boshqa marketing tashkilotlari o’rtasida hamkorlikni rivojlantirish;
-firmalarning marketing faoliyati, marketing masalalari bo’yicha tadqiqot va maslaxat ishlarini boshqaruvchi rahbarlar o’rtasida aloqalarni kengaytirish;
-marketing tadqiqotlari o’tkazish sohasida mutaxassislar tayyorlash masalalari bo’yicha fikr almashuvlar standartlar va sanoat mahsulotlari sifatini takomillashtirish, marketing tadqiqotlari o’tkazishda ahloq qoidalariga rioya qilish masalalari muhokamasi;
-bozor prognozlari, statistika axborotlaridan foydalanish masalalarida tajriba, axborot, fikr-mulohazalar almashishga yordam ko’rsatish;
-a’zolarni ularga zarur axborotlar bilan muntazam ta’minlab turish.
Uyushma faoliyatining asosini kongresslar, xalqaro konferentsiyalar, xalqaro va milliy simpoziumlar o’tkazish tashkil etadi. Uyushma o’z nashrlariga ega: yiliga 4-5 marta o’tkazilgan eng so’nggi tadbirlar haqida, kelgusidagi tadbirlar o’tkaziladigan sanalar va rejalar e’lon qilinadigan byulleten; Uyushma a’zolarining nomlari va manzilgohlari, ularning faoliyat sohalari haqida axborotlar e’lon qilinadigan ma’lumotnoma (xalqaro konferentsiyalar materiallari alohida kitob holida nashr etiladi).
Amerika marketing uyushmasi 1937 yili tashkil etilgan eng yirik milliy marketing tashkilotlaridan biri, uning 50 mingdan ortiq a’zosi va 300 kasaba uyushmasi bor, ulardan 240 tasi universitetlar va kollejlarda ish olib boradi. Uyushmaning asosiy maqsadlari:
-marketingning nazariy asoslari va amaliyotini ishlab chiqish, asosiy marketing tamoyillarini ifodalab berish, marketing tadqiqotlarini o’tkazish uslublarini takomillashtirish;
-marketing bo’yicha faoliyat sohasida va boshqa muassasa xodimlari o’rtasida hamkorlikni kuchaytirishga yordam berish; marketolog mutaxassislar tayyorlash va ularning kasb mahoratini yuksaltirish;
-marketing faoliyatini amaldagi qonunchilik hamda marketing faoliyatida qabul qilingan muayyan umumaxloqiy normalarga muvofiq bo’lishini ta’minlash.
Uyushma konferentsiyalar, seminarlar, «davra suhbatlari» o’tkazish bilan bir qatorda katta noshirlik faoliyati bilan ham shug’ullanadi. Jahonga mashhur jurnallar: «Ekologiya muammolarida marketing», «Jornel of marketing», «Jornel of marketing riserch»; «Marketing nyuz» gazetasi, shuningdek, kitoblar, risolalar, marketing nazariyasi va amaliyotining aniq masalalari bo’yicha axborot materiallari nashr qiladi. Uyushmaga a’zolik yakka tartibda va marketolog mutaxassislarning malaka darajasi hamda kirish badali miqdoriga qarab tabaqalashtirilgan.
Angliya marketing tashkilotlaridan «Sanoatda marketing tadqiqotlari bo’yicha mutaxassislar uyushmasi (IMRA), «Bozor tadqiqotlari jamiyati» (MRS) va «Marketing instituti»ni sanab o’tish mumkin. Bu tashkilotlarning maqsad va vazifalariga o’z a’zolarini marketing masalalari bo’yicha axborot va sanoat tarmoqlari bo’yicha joriy iqtisodiy axborot bilan ta’minlash, ijtimoiy-iqtisodiy va boshqa tadqiqotlar o’tkazish, marketolog mutaxassislar tayyorlash kiradi. Yaponiyada Marketing akademiyasi,
Yaponiya Marketing uyushmasini tashkil etgan. Bu uyushma marketolog olimlar bilan sanoat kompaniyalari vakillari o’rtasida mustahkam foydali aloqalarni o’rnatishga, ularning korxonalarida marketing faoliyatini rivojlantirishga yordam berish maqsadlarini ko’zlaydi. Uyushma muntazam o’tkaziladigan simpozium, seminarlarda ishtirok etadi, noshirlik ishi bilan shug’ullanadi.
Notijorat yo’nalishidagi jamoatchilik tashkiloti bo’lgan Hindiston marketing va boshqaruv instituti ham xuddi shunday negizlarda ish olib boradi. Institut milliy, davlat tashkilotlari namoyondalari, hind firmalarining marketing, kollejlar, o’quv-tadqiqot muassasalari, shtatlar tashkilotlari vakillarini birlashtiradi.

Yüklə 210,77 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   66   67   68   69   70   71   72   73   74




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə