O’zbekiston Respublikasi Oliy va o’rta



Yüklə 210,77 Kb.
səhifə68/74
tarix18.05.2022
ölçüsü210,77 Kb.
#87283
1   ...   64   65   66   67   68   69   70   71   ...   74
Marketing 08972

2. Xalqaro savdo tushunchasi

Navbatma-navbat xalqaro marketing doirasini va xalqaro savdo tizim xususiyatlarini o’rganishi lozim.


Xalqaro savdo tizimi. Chetda faoliyat yurgizishni maqsad qilib olgan Amerika firmalari xalqaro savdo tizimi tarkibidagi chegaralar va imkoniyatlarni hisobiga olishi lozim. Chetda faoliyatni tashkil qilmoqchi bo’lgan firmalar turli xil savdo chegaralariga duch kelishadi. Shulardan eng keng tarqalgan chegaralov (to’sqin) bu bojxona haqi hisoblanadi. Qaysiki bir nechta mamlakatlar bir nechta tovarlarga soliqlar o’rnatadi. Bojxona haqi mamlakatga kirib kelayotgan tovarlar xohishini pasaytirish yoki hududidagi firmalarni raqobatlardan himoya qilib, qisqartirishi mumkin. Bundan tashqari eksportyor kvotaga duch kelishi mumkin, ya’ni mamlakatga shu tovarni kirgizish ma’lum miqdorda ruxsat berilgan, belgilangan miqdordan ortiqchasini olib kirish ta’qiqlanadi. Kvotaning maqsadi, chet el vlyutasini o’zida saqlab qolish, milliy sanoat va ishlab chiqarishni himoya qilish va ish bilan bandlikni ta’minlash.
Kvotaning yana bir foydasi embargo, ya’ni importning alohida qismlarini mamlakatda umuman ta’qiqlanadi. Savdodagi yoqimsiz holatlardan bu valyuta nazorati, ya’ni naqd pul hajmli regulyatori, bunda valyutalarni chet el valyutasiga almashtirib berish, belgilangan miqdorda bo’ladi. Ortiqcha qismini almashtirilmaydi.
Shu vaqtda bir qator mamlakatlar iqtisodiy hamjamiyat tashkil qildilar, bulardan katta ahamiyatga ega bo’lganlardan biri Evropa iqtisodiy hamjamiyati. Evropa iqtisodiy hamjamiyati a’zolari asosan §arbiy Evropa mamlakatlari, ularning maqsadi shu hamjamiyat doirasida bojxona haqlari va narxlarni pasaytirish, ish bilan bandlik va investitsiyani o’stirish. Evropa iqtisodiy hamjamiyati tashkil topganidan keyin bir qancha hamjamiyatlar tashkil topdi. Bular: Lotin Amerika erkin savdo assotsiatsiyasi; Markaziy Amerika umumiy bozori va iqtisodiy hamkorlik ittifoqi, bunga Sharqiy Evropa mamlakatlari kiradi.
Firma tashqi bozorga chiqishdan mamlakatlarning iqtisodiy, siyosiy-huquqiy va madaniy xususiyatlarga e’tibor berishi lozim.
Iqtisodiy doira. Xalqaro marketing bilan shug’ullanuvchi firma tashqi bozorga chiqishni rivojlantirganda, uni qiziqtirayotgan mamlakatlarning iqtisodiyotini o’rganishi lozim. Eksport bozori sifatidagi mamlakatlarni 2 ta xarakter xususiyatlari bilan aniqlanadi.
Birinchisi xo’jalik tarkibi. Mamlakatlarning xo’jalik tarkibi uning tovar va xizmatlarga bo’lgan ehtiyojlarni, daromad va bandlik darajasini ifodalaydi. Xo’jalik tarkibining 4ta turi mavjud:
Iqtisodiy natural xo’jalikka asoslangan mamlakatlar. Bu turdagi mamlakatlar aholisini katta qismi qishloq xo’jaligida shug’ullanadi. Yaratilgan mahsulotlarni katta qismini ularning o’zi iste’mol qiladi. Qolganlari to’g’ridan-to’g’ri boshqa tovar va xizmatlarga almashtiradi. Bu sharoitda eksportlarga kam imkoniyat yaratiladi. Bularga Bangladesh va Efiopiya misol bo’ladi.

Yüklə 210,77 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   64   65   66   67   68   69   70   71   ...   74




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə