O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi markazi r. Mavlonova, O. To‘rayeva


PEDAGOGIKANING ILMIY-ÒADQIQOÒ MEÒODI



Yüklə 465,45 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə6/45
tarix22.05.2023
ölçüsü465,45 Kb.
#112002
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   45
PEDAGOGIKA

PEDAGOGIKANING ILMIY-ÒADQIQOÒ MEÒODI
Pedagogika o‘z tadqiqot obyektiga va tadqiqot metodlariga ega.
Ilmiy tadqiqot barcha fanlar kabi pedagogika fanini ham tako-
millashib borishiga, ayrim pedagogik hodisalarni tekshirishga,
ularni to‘g‘ri hal etish yo‘llarini aniqlashga yordam beradi.
Hodisa uning taraqqiyoti davomida boshqa hodisalar bilan
bog‘liq holda o‘rganiladi. Miqdor o‘zgarishi sifat o‘zgarishiga o‘tish
daqiqalarida kuzatiladi.
ADABIYOÒLAR BILAN ISHLASH MEÒODI
Pedagogik muammolarni tadqiq etish adabiyotlarni o‘rganish-
dan boshlanadi. O‘rganiladigan hujjatlar va manbalarga xalq
maorifiga aloqador hujjatlar kiradi. Shu bilan birga, pedagogika
faniga oid bo‘lgan tarixiy-pedagogik adabiyotlar, arxiv hujjatlari,


10
pedagogik matbuot materiallari, darsliklar, o‘quv-metodik ishlan-
malar ham kiradi. Adabiyotlarni o‘rganish metodi muammolarning
qay tomonlari yaxshi ochilganligini, qaysi masalalar hal etilmagani
kabilarni bilish imkoniyatini beradi.
Adabiy manbalar bilan ishlash quyidagi metodlardan foydala-
nishni nazarda tutadi: bibliografiya tuzish, annotatsiya, konspekt-
lashtirish. Ishning maqsadidan kelib chiqqan holda yuqoridagi
usullardan biri tanlab olinadi.
Bibliografiya — bu hal etilishi lozim bo‘lgan muammoni tadqiq
etish jarayonida zarur bo‘lgan adabiyotlar ro‘yxati. Adabiy
manbalar bilan ishlash aniq ma’lumotlarni bibliografiya tuzish
yo‘li bilan rasmiylashtirishni talab etadi. Bunda ma’lumotlar
muallifning ism-sharifi, asarning nomi, nashriyot nomi (maqola-
lar uchun jurnal va gazetalarning nomi), manzili va nashr etilgan
yili ko‘rsatiladi.
ILG‘OR ÒAJRIBALARNI O‘RGANISH MEÒODI
Pedagogikaning ko‘pgina muammolarini hal etishda ta’lim-
tarbiya sohasida orttirilgan tajribalarni o‘rganish muhim ahamiyat
kasb etadi.
Ilg‘or o‘qituvchilar tajribasi bilan bir qatorda, oddiy o‘qituv-
chilarning faoliyatlari ham o‘rganib boriladi. Chunki tajribalarni
o‘rganish jarayonida muammo, yutuq va kamchiliklar aniqlanadi.
Pedagogik tajribalarni o‘rganishda kuzatish, intervyu olish,
anketalar tarqatish, o‘quvchilarning yozma va ijodiy ishlari,
pedagogik hujjatlarni o‘rganish metodlaridan foydalaniladi.
Kuzatish
— o‘rganish lozim bo‘lgan pedagogik hodisani ma’lum
maqsad nuqtayi nazaridan kelib chiqqan holda kuzatuvchi kuzatish
bayonnomasini olib boradi. Kuzatish obyektiga oid bo‘lgan aniq
faktik material tayyorlanadi. Kuzatish belgilangan aniq reja asosida
olib boriladi.
Suhbat
(fakt) dalillar to‘plash yoki kuzatish davomida to‘plan-
gan materiallarga aniqlik kiritish maqsadida olib boriladi. Suhbat
tadqiqotning mustaqil yoki yordamchi metodi sifatida qo‘llaniladi.

Yüklə 465,45 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   45




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə