O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi markazi r. Mavlonova, O. To‘rayeva


SHAXSNI SHAKLLANÒIRISH VA KAMOL ÒOPÒIRISH



Yüklə 465,45 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə14/45
tarix22.05.2023
ölçüsü465,45 Kb.
#112002
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   45
PEDAGOGIKA

SHAXSNI SHAKLLANÒIRISH VA KAMOL ÒOPÒIRISH
ÒUSHUNCHASI
Shaxsni shakllantirish — uning o‘sishi, qandaydir yangi xusu-
siyat va fazilatlarga ega bo‘lish jarayonidir. „Shakllantirish“ tushun-
chasi „tarbiyalash“ tushunchasiga nisbatan kengroq bo‘lib, u shaxs
va jamoaning tarkib topishiga ta’sir ko‘rsatadigan hamma narsani,
shu jumladan, maqsadga muvofiq jarayonlar (o‘qitish, tarbiya-


22
lash, ta’lim berish) ni ham, maqsadga nomuvofiq jarayonlar
(shaxs va jamoaning o‘z ichki tabiati, atrofdagi kishilar, narsalar,
tabiat hodisalari va hokazolarning ta’siri)ni ham o‘z ichiga oladi.
„Shakllantirish“ va „tarbiyalash“ tushunchalari jiddiy chegaralansa,
insonni tabiat hodisalari tarbiyalaydi, deb bo‘lmaydi. Insonni faqat
kishilar tarbiyalaydi, tabiat hodisalari shaxsni shakllantirishi
mumkin, ammo uni tarbiyalay olmaydi.
Shaxs ijtimoiy munosabatlar, shu jumladan, tarbiya omili,
ijtimoiy, ishlab chiqarish, madaniy, ilmiy faoliyat va shaxsiy alo-
qalar omilidan iborat tashqi omillarning hamda biologik va psixo-
logik omildan iborat ichki omillarning ta’siri natijasida shakllanadi.
Shaxs shakllanishining asosi uning faoliyati bo‘lib, bu faoliyat
doimo o‘zini bajaruvchiga nisbatan shakllantiruvchi, o‘zini vujudga
keltirgan yoki tashkil etgan shaxsga nisbatan shakllanuvchi bo‘ladi.
Jamoaning shakllanishi ham tashqi omillar — ijtimoiy muno-
sabatlar, tarbiya va atrofdagi jamoalarning hamda ichki omillar —
jamoa ichidagi munosabatlar, aloqalar va hokazolarning ta’siri
natijasida amalga oshadi. Hamkorlikdagi faoliyat va jamoaviy
munosabatlar tajribasining to‘planishi jamoani shakllantiradigan
asosiy va bosh kuchdir.
Òakomillashuv — qarama-qarshiliklarning birligi va kura-
shuvidir, ana shu birlik hamda kurash natijasida ro‘y beradigan
o‘z-o‘zidan harakatlanishidir.
Shaxsning va jamoaning takomillashuvi ham qarama-qarshilik-
larning birligi hamda kurashi natijasida amalga oshadigan o‘z-o‘zidan
harakatlanishdir. Shaxs va jamoani shakllantirishda ham doimo
shaxsni va jamoani takomillashtirish nazarda tutiladi.
Shaxs va jamoa takomillashuvining samarasi ularning holatidagi
sifat o‘zgarishidir.
Shaxs takomillashuvining manbayi ziddiyatlar va ularni qon-
dirish yo‘llari o‘rtasidagi ziddiyatlardir. Jamoa takomillashuvining
manbayi ham ziddiyatlar hisoblanadi. Psixologlar juda ko‘p
ziddiyatlarni, shu jumladan, shaxslar va jamoalarning manfaatlari
o‘rtasidagi, rahbarlarning jamoaga qo‘yadigan talablari bilan
jamoaning ana shu talablarni bajarishi orasidagi ziddiyatlarni hal
qilishi kerak.

Yüklə 465,45 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   45




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə