O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi markazi r. Mavlonova, O. To‘rayeva



Yüklə 465,45 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə7/45
tarix22.05.2023
ölçüsü465,45 Kb.
#112002
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   45
PEDAGOGIKA

Anketalar tarqatish.
Bu ommaviy ravishda material to‘plash
maqsadida anketalar tarqatish yo‘li bilan amalga oshiriladi.
Òadqiqot uchun muhim bo‘lmagan materiallar o‘quvchi-
larning yozma va bir qancha fanlar bo‘yicha mustaqil ishlarni


11
bajargan daftarlarini tekshirish, o‘rganib chiqish yo‘li bilan turlarga
ajratilishi mumkin.
Maktab hujjatlarini o‘rganish
— o‘quvchilarning shaxsiy
varaqalari, metodistning to‘plagan ma’lumotlari, sinf jurnallari,
kundaliklar, yig‘ilish va majlislar bayonnomalari tadqiqoti uchun
olib borilayotgan ta’lim-tarbiyaning ahvoli, darajasi haqida
obyektiv axborot manbayi hisoblanadi.
Pedagogik hodisalarni tadqiq qilish jarayonida eksperiment
(sinov) muhim ahamiyat kasb etadi. Maxsus tashkil etilgan
eksperiment qo‘llanilayotgan yoki qo‘llanishi mumkin bo‘lgan u
yoki bu metod va usullar samaradorligini aniqlash maqsadida amalga
oshiriladi.
Matematik metod.
Bu metod ommaviy materiallarni tahlil
qilishda (masalan, anketalar tarqatish yo‘li bilan to‘plangan mate-
riallarni yoki ma’lumotlarni umumlashtirish uchun) qo‘llaniladi.
U eksperiment natijalarining aniq baholanishini, xulosalarning
ishonchli bo‘lishini ta’minlaydi.
Òadqiqot natijalari va ularni amalda tatbiq etish.
Pedagogikada
bu jarayon turli yo‘llar bilan amalga oshirilishi mumkin.
Chunonchi, tadqiqotchilarning seminarlarda, ilmiy konferensiya-
larda tadqiqot natijalari bo‘yicha ma’ruzalar bilan chiqishi, ilmiy
maqolalar, kitoblar nashr etilishi, o‘qituvchiga mo‘ljallangan
metodik tavsiyalar bo‘lishi mumkin. Pedagogikada hali hal
etilmagan muammolar juda ko‘p. Bular ilmiy tadqiqot olib borish
yo‘li bilan hal etiladi.
Savol va topshiriqlar
1. „Pedagogika“, „tarbiya“ kabi tushunchalarga ta’rif bering.
2. Xalq maqollari va ertaklarining pedagogik ahamiyati nimada deb
o‘ylaysiz?
3. Pedagogik hodisalarni tadqiq etishda qanday tadqiqot metodlarini
bilish, ulardan foydalana olish kerak?
4. Nima uchun o‘qituvchi ilmiy-tadqiqot metodlaridan foydalana
olishi kerak?
5. Siz qanday jurnal va gazetalar xarid qilib olasiz? Ularda bosilgan
tarbiyaga oid maqolalarni diqqat bilan o‘qing va tahlil qilib bering.


12

Yüklə 465,45 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   45




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə