Ta’lim jarayonida crocodile ict dasturidan foydalanish



Yüklə 204,8 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə1/2
tarix22.12.2022
ölçüsü204,8 Kb.
#97719
  1   2
ta-lim-jarayonida-crocodile-ict-dasturidan-foydalanish



TA’LIM JARAYONIDA CROCODILE ICT DASTURIDAN FOYDALANISH 
Sherzod Xazratqulovich Mavlonov 
Botir Baxtiyor o‘g‘li Abdullayev 
Guliston davlat universiteti
Annotatsiya:
Maqolada ta’lim tizimida samaradorlikka erishishning muhim 
omillaridan bo‘lgan zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalari va dasturiy 
vositalaridan biri bo‘lgan Crocodile ICT dasturi va ularning imkoniyatlari haqida 
ma’lumotlar keltirib o‘tilgan. Bugungi kunda pedagogik dasturiy vositalar yordamida 
kasbiy bilimlarni berish xaqida fikrlar bayon qilingan. 
Kalit so‘zlar:
axborot-kommunikatsiya texnologiyalari, pedagogik dasturiy 
vositalar, ta’lim tizimi, virtual tajriba. 
USE OF THE CROCODILE ICT PROGRAM IN THE EDUCATIONAL 
PROCESS 
Sherzod Khazratkulovich Mavlonov 
Botir Bakhtiyor o‘g‘li Abdullayev 
Gulistan State University 
 
Abstract: 
The article provides information about the Crocodile ICT program and 
their capabilities, one of the most important factors in achieving efficiency in the 
education system, modern information and communication technologies and software. 
Today, opinions are expressed on the transfer of professional knowledge using 
pedagogical software tools. 
Keywords: 
information and communication technologies, pedagogical software, 
education system, virtual experience 
Bugungi kunning dolzarb masalalaridan biri bo‘lgan ta’lim sohasidagi zamonaviy 
talablarga 
javob 
bera 
oladigan 
maqbul 
o‘qitish 
tizimini, 
ta’limni 
kompyuterlashtirishni, keng ma’noda esa uni axborotlashtirib, o‘rganish uchun zarur 
axborotni tanlash, uni ta’lim shakliga solish hamda bu axborotni tinglovchilarga 
yetkazish, ularni o‘zlashtirish, malaka va ko‘nikma hosil qilish davr talabidir. Aynan 
shu maqsadda yangi axborot texnologiyalari va kompyuter dasturlaridan foydalanish, 
mutaxassislarning umumiy ma’lumoti va kasbiy tayyorgarligining sifatini oshirish 
uchun jahon andazalariga javob beruvchi texnologiyalarni ta’lim jarayoniga tatbiq 
etishimiz ham muhim ahamiyat kasb etadi. Ta’lim jarayonida zamonaviy axborot 
"Science and Education" Scientific Journal
March 2021 / Volume 2 Issue 3
www.openscience.uz
323


texnologiyalaridan foydalanish ta’lim mazmuni, shakllari va usullarining o‘zgarishiga 
kuchli ta’sir ko‘rsatadi.
Uzluksiz ta’lim tizimida zamonaviy axborot texnologiyalarining qo‘llanilishi 
o‘qitish jarayonida pedagogik mahoratni oshirish zarurati faol rivojlanayotgan 
pedagogik informatikaning shakllanishiga turtki bo‘ldi. Mazkur strategik vazifalar 
bilan bir qatorda pedagogik informatika taktik yo‘sindagi vazifalar, ta’limni axborot 
bilan ta’minlash, yangi texnologiyalar negizida individuallashtirilgan ta’lim 
metodikasini ishlab chiqish, o‘quvchi va talabaning kompyuter savodxonligini 
shakllantirish va takomillashtirish vazifalarini ham hal qiladi. 
Zamonaviy kompyuterlardagi grafik interfeys, sodda muloqot vositalari va 
boshqa imkoniyatlarning mavjudligi barcha soha mutaxassislariga kompyuter bilan 
qiyinchiliksiz muloqot qilish imkonini beradi. Shu nuqtai nazardan ta’lim jarayonida 
AKTda foydalanishda pedagogik dasturiy vositalardan biri bo’lgan Yenka (Yagona 
ilmiy konstruktor) dasturiy ta’minotidir. Ushbu dasturiy ta’minot Crocodile Clips 
kompaniyasining virtual laboratoriyasi majmui umumiy nomi bo‘lib, fan va 
texnikalarning turli sohalaridagi jarayonlar va hodisalarni modellashtirish uchun 
mukammal uskunaviy vositadir. Uning tarkibiga kiruvchi Crocodile Physics, 
Crocodile Technology, Crocodile Mathematics, Crocodile Chemistry va Crocodile 
ICT dasturlari to‘g’risida to‘xtalib o‘tamiz. 
Crocodile Physics dasturi fizik jarayonlarni modellashtirish va fizikaning 
mexanika, elektr zanjirlar, optika va to‘lqin hodisalari bo‘limlariga oid tajribalar 
yaratish va kuzatish imkoniyatini beruvchi dasturdir. Fizik laboratoriya ikki qismdan 
iborat: elektrlash va magnetizm, optika va to‘lqinlar. Bu dastur fizik hodisalarni 
kuzatish, tajribalar o‘tkazish va turli murakkablik darajasidagi jarayonlarni 
modellashtirish imkoniyatini beradi. Dasturning o‘ziga xos xususiyatlari: fizik 
hodisalarni namoyish etuvchi optimal dastur bo‘lib, 50 dan ortiq qadamma - qadam 
o‘rgatuvchi darslar, 150 dan ortiq fizikaning bo‘limlariga oid tayyor modellar va fizik 
jarayonlarni kompyuterda modellashtirish imkoniyatini beruvchi sodda interfeysga 
ega. Yer sharoitida o‘tkazish qiyin bo‘lgan tajribalarni amalga oshirish va kuzatish, 
tajribada qatnashayotgan fizik kattaliklarning qiymatini juda yaxshi aniqlik bilan 
hisoblash imkoniyati, fizik hodisada qatnashayotgan fizik kattaliklar o‘rtasidagi 
grafikli bog‘lanishni hosil qilish, yaratilgan modellarni saqlash hamda qog‘ozga chop 
etish mumkin.
Crocodile Technology dasturidan barcha ta’lim muassasalarida “Elektr”, 
“Elektrotexnika”, “Sxemotexnika”, “Elektr zanjirlar nazariyasi“ fanlaridan 
qo‘shimcha pedagogik dasturiy vosita sifatida keng foydalanishlari mumkin. Dastur 
elektron konstruktor bo‘lib, u monitor ekranida elektr tuzilmalarini yig‘ish jarayonini 
xuddi haqiqiy tajribadagi singari imitatsiya qilish, elektr kattaliklarni multimetrda (uch 
o‘lchovli), ampermetr va voltmetrlarda o‘lchash imkoniyatini beradi. Dastur 
"Science and Education" Scientific Journal
March 2021 / Volume 2 Issue 3
www.openscience.uz
324


imkoniyatlari juda keng bo‘lib, undan amaliy mashg‘ulotlarda (ya’ni masalalar 
yechishda) ayniqsa, virtual laboratoriya ishlarini bajarishda keng foydalanish mumkin.
Crocodile Mathematics dasturi matematik modellarning 3D (uch o‘lchovli) 
shakllari bilan tajribalarda ishlab, statistika, ehtimollik, geometriya va koordinatalar 
haqida bilimlarni egallashga yordam beradi. Bu namoyishlarning egiluvchan uskunasi 
kabi qo‘llaniladi. Masalan, oq doska. Foydalanuvchilar qo‘shimcha holda Yenka 
dasturini bevosita qo‘llab o‘qishi, uch o‘lchovli fazoda tajriba o‘tkazishi mumkin 
bo‘ladi. O‘qituvchi o‘z darsida qo‘llashi uchun keng qamrovli tayyor dars va mashqlar 
ham mavjud. Boshlovchilar uchun dasturdan foydalanishni o‘rgatuvchi video kurslar 
tavsiya etilgan. 
Crocodile Chemistry dasturi orqali Mendeleyev davriy jadvalida mavjud barcha 
elementlarning kimyoviy va fizik xususiyatlarini o‘rganish mumkin. Bu dasturda 
kimyoviy moddalarning o‘zaro reaktsiyaga kirishish jarayonida molekulalarning 
dinamikasini kuzatish va kimyoviy jarayonlarni modellashtirish, turli reaksiyalarni 
o‘tkazishda reaktivlarning rangi, moddalar ulushini, kimyoviy reaktsiya formulalarni 
maxsus oynada ko‘rish imkoniyati mavjud. 
Crocodile ICT dasturi – bu dastur yordamida informatika fanida dasturlash 
jarayonini, aniqroq qilib aytganda algoritmlash bo‘limini o‘quvchiga aniqroq yetkazib 
berish mumkin. Ob’yektga yo‘naltirilgan dasturlashni o‘qitishda juda qo‘l keladigan 
Crocodile ICT ning oddiy interfeysi va blok sxemalari yordamida yaratilayotgan dastur 
orqali har bir buyruqni animatsiya ko‘rinishda tasvirlash mumkin.
Crocodile ICT o‘zining yaratgan dasturlarini hozirda uy sharoitida o‘qituvchi va 
o‘quvchilar bepul foydalanishlari uchun imkoniyat yaratdi. Crocodile ICT dasturi 
matematik va fizik jarayonlarni modellashtirish chiziqli, tarmoqlanuvchi, 
takrorlanuvchi va proseduralarni o‘rganish kuzatish imkoniyatini beruvchi dasturdir. 
Bu dastur algoritmning blok sxemalarni o‘rganish kuzatish, tajribalar o‘tkazish va turli 
murakkablik darajasidagi jarayonlarni modellashtirish imkoniyatini beradi. Ushbu 
dastur Crocodile ClipsLtd tomonidan 1994 yildan beri takomillashtirilib kelinmoqda. 
Dasturdan masala echishda, virtual laboratoriya ishlarini va namoyish tajribalarini 
tashkillashtirishda keng foydalansa bo‘ladi. Dastur dasturlash faning barcha bo‘limlari 
bilan ishlash, jarayonlarni chuqur o‘rganish imkoniyatini yaratadi. 
1-virtual tajriba. Misol funksiya bajarilish va sikl orqali ko‘rsatilgan bu erda qiz 
yoki o‘g‘il bolaning raqs orqali keltiriladi raqslarni turli ko‘rishigga keltirish 
qiymatlarni turli berish bilan bir xil. Start boshlandi qiz bir marta raqs tushadi va siklga 
o‘tiladi bunda bajarilish 4 marta takrorlanadi. Buning uchun berilgan qiymatlar quyida 
keltirilgan. 
"Science and Education" Scientific Journal
March 2021 / Volume 2 Issue 3
www.openscience.uz
325


Tajriba davomida kuzatiladiki, sharchaga ta’sir etuvchi kuchlar vaqtning har bir 
paytida ikkita kuchning o‘zaro qiymatlaridagi o‘zgarishlar ta’sirida ro‘y beradi. 
Sharcha pastga xarakatlanayotganda og‘irlik kuchining ta’siri kamayib, elastiklik 
kuchining ta’siri ortib boradi, aksincha sharcha yuqoriga harakatlanganda elastiklik 
kuchining ta’siri kamayib og‘irlik kuchining ta’siri ortib boradi. Dasturning o‘ziga xos 
xususiyatlari: dasturlashning algoritm (blok sxemalarni) hodisalarni namoyish etuvchi 
optimal dastur, qadamma-qadam o‘rgatuvchi darslar,algoritm bo‘limlariga oid tayyor 
modellar, matematik va fizik jarayonlarni kompyuterda modelashtirish imkoniyati, 
mustaqil modellashtirish imkoniyatini beruvchi sodda interfeys, tajribalarni amalga 
oshirish va kuzatish, dasturning kuchli instrumentariyasi, tajribada qatnashayotgan 
qiymatini juda yaxshi aniqliq bilan hisoblash imkoniyatini beradi va grafikli 
bog‘lanishni hosil qilish, yaratilgan modellarni saqlash va qog‘ozga chop etish 
mumkin. 
Bu dasturdan o‘rta maktab o‘quvchi va o‘qituvchilari, akademik listey, kollej 
talabalari va oliy ta’lim muassasalarining talaba, professor-o’qituvchilari “chiziqli”, 
“takrorlanuvchi” , “tarmoqlanuvchi”, “murakkab prosedura” dasturlash fanlarida 
qo‘shimcha pedagogik dasturiy vosita sifatida keng foydalanishlari mumkin. Bu 
dastur, kasbi kim bo‘lishidan qat’iy nazar foydalanuvchini izlanuvchanlikka, ijodiy fikr 
yuritishga, ish natijalarini tahlil qilishga o‘rgatadi. Dastur imkoniyatlari juda keng 
bo‘lib, undan amaliy va tajriba mashg‘ulotlarda (ya’ni masalalar echishda) ayniqsa, 
virtual tajriba ishlarini bajarishda keng foydalanish mumkin. 
Xulosa qilib aytganda, hozirgi vaqtda mamlakatimiz ta’lim tizimida sodir 
bo‘layotgan ijtimoiy-iqtisodiy va siyosiy hayotning yangi voqeliklari bilan bog‘liq 
o‘zgarishlar ta’lim muassasalari pedagoglarini an’anaviy o‘qitish doirasidan tashqariga 
chiqishga hamda ta’lim jarayoniga yangicha yondashishlarni topish yo‘llari haqida 
o‘ylashga majbur qiladi. Ushbu ro‘y berayotgan tub yangilanishlar har bir ta’lim 
muassasasida o‘quv jarayoni metodik ta’minotini rivojlantirishni talab etadi. 
Zamonaviy axborot va kommunikatsiya texnologiyalari yaqin yillar ichida pedagogik 
innovatsiyalarning asosiy manbai bo‘lib qoladi. 
"Science and Education" Scientific Journal
March 2021 / Volume 2 Issue 3
www.openscience.uz
326



Yüklə 204,8 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə