O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi markazi r. Mavlonova, O. To‘rayeva


II BOB. HAR ÒOMONLAMA RIVOJLANGAN



Yüklə 465,45 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə8/45
tarix22.05.2023
ölçüsü465,45 Kb.
#112002
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   45
PEDAGOGIKA

II BOB.
HAR ÒOMONLAMA RIVOJLANGAN
INSON ÒARBIYASINING MAQSAD
VA VAZIFALARI
YOSH AVLOD ÒARBIYASIDA AXLOQIY MALAKA VA
KO‘NIKMALARNI ÒARKIB ÒOPÒIRISH
Òarbiyaning maqsadi.
Òarbiya ijtimoiy hodisa ekanligi xususida
fikr yuritganda, uning aniq maqsadga yo‘naltirilgan hodisa ekanligi
ta’kidlanadi. Inson kamolotiga ta’sir etuvchi omillarni tahlil qilish
shuni ko‘rsatadiki, bu omillar ichida tarbiya muhim va yetakchi
o‘rinda turar ekan. Haqli savol tug‘iladi: tarbiyaning maqsadi nima?
Uning maqsadini kim va nima belgilab beradi?
Òarbiyaviy ishning samaradorligi mana shu savollarga to‘g‘ri javob
topishga bog‘liq. Ya’ni, birinchi navbatda, tarbiya bilan shug‘ul-
lanadigan har bir tarbiyachi, avvalo, o‘z faoliyatini va unda ko‘zda
tutilgan maqsadni aniq tasavvur eta olishi, bu maqsadning
muhimligini tushunishi lozim. Demak, qanday odamni tarbiya qilish
darkor, tarbiya natijasida inson qanday bo‘lishi kerak, degan savollarni
avvaldan tasavvur etish zarur ekan. Bu maqsad jamiyatning komil
insonni tarbiyalashdek maqsadiga mos kelishi kerak.
Òarbiyaning vazifalari keng va ko‘p qirralidir. Òa’limning asosiy
vazifasi o‘qituvchilarni bilim, ko‘nikma va malakalar bilan
qurollantirish bo‘lsa, tarbiya yosh avlodda jamiyatimizda qabul
qilingan odob-axloq qoidalariga mos keladigan e’tiqodni, axloqiy
malaka va ko‘nikmalarni, ehtiyoj va intilishlarni tarkib toptirishdan
iborat. Òarbiyashunos olim Abdulla Avloniy o‘zining „Òurkiy gulis-
ton yoxud axloq“ asarida inson kamolotida tarbiyaning o‘rnini alohida
ta’kidlab, shunday degan edi: „Janobi Haq insonlarning asl xilqatda
iste’dod va qobiliyatli, yaxshi ila yomonni, foyda ila zararni, oq ila
qorani ayiradigan qilib yaratgan. Lekin bu insondagi qobiliyatni
kamolga yetkazmoq tarbiya vositasida bo‘ladir. Agar bola yaxshi tarbiya
topib, buzuq xulqdan saqlanib, go‘zal xulqlarga odatlanib katta
bo‘lsa, baxtiyor bir inson bo‘lib chiqadi. Agar tarbiyasiz, axloqi
buzilib o‘ssa, nasihatni qulog‘iga olmaydigan, har xil buzuq ishlarni
qiladigan nodon, johil, bir rasvoyi odam bo‘lib chiqadi“.
Axloqimiz binosining go‘zal va chiroyli bo‘lishida tarbiyaning
ta’siri kattadir. Yuqorida biz, tarbiyadan maqsad — barkamol
insonni tarbiyalash, degan edik. Xo‘sh, barkamol inson deganda
kimlarni tushunmoq kerak?


13
Sharqona tarbiya ming yillar mobaynida islomiy axloq qoidalari
asosida tarkib topib borgani tarixdan ma’lum. Qur’oni Karim
oyatlari, Payg‘ambar alayhissalom hadislari, ulamo va hukamo-
larimizning kitoblari tarbiyamizning manbayi bo‘lib xizmat qilgan.
Islomiy tarbiya musulmonlar hayotining barcha jabhalarini qamrab
olgan.
Islomiy tarbiya bolani yetti jihatdan tarbiyalashni maslahat
beradi. Bular: sog‘liq va badan tarbiyasi, aqliy tarbiya, nafosat
tarbiyasi, axloqiy tarbiya, vijdoniy-nafsoniy tarbiya, diniy-ruhiy
tarbiyadir.
Rasululloh sallallohu alayhi vasallam „Farzandlaringizni izzat-
ikrom qilish bilan birga, tarbiyasini, odobini ham yaxshilanglar!“
deganlar. Shu bilan birga, „Hech bir ota o‘z farzandiga xulq-
odobdan yaxshiroq meros qoldirolmaydi“ deb, tarbiyada ota-
onaning rolini belgilab o‘tganlar.
Islomiy (sharqona) tarbiya barcha mo‘min-u musulmonlarni
nihoyatda xush xulqli, shirin so‘zli, oliyjanob bo‘lishga da’vat etadi.
Bir rivoyatda yaxshi tarbiya ko‘rganning o‘nta nishonasi sanab
o‘tiladi:
1. Xalq to‘g‘ri deb topgan narsaga noto‘g‘ri deb qaramaslik.
2. O‘z nafsiga insof berishni so‘rash.
3. Boshqalardan ayb qidirmaslik.
4. Birovda yomonlik sodir bo‘lsa, uni yaxshilikka yo‘yish.
5. Agar gunohkor uzr so‘rasa, uning uzrini qabul qilish.
6. Muhojirlar hojatini chiqarish.
7. El g‘amini yeyish.
8. O‘z aybini tan olish.
9. El bilan ochiq yuzli bo‘lish.
10. Odamlar bilan shirin muomalada bo‘lish.
Òurli tarixiy davrlarda tarbiyaning maqsadi ham, xususiyati
ham o‘zgarib boradi. Buni ibtidoiy jamoa, quldorlik, feodalizm va
kapitalizm formatsiyalari misolida ham ko‘rish mumkin. Ibtidoiy
jamoa tuzumida tarbiyaning maqsadi oddiy bo‘lib, shunchaki
insonning hayot kechirishini ta’minlashga xizmat qilgan.
Quldorlik tuzumida quldorlar va qullarning paydo bo‘lishi
tarbiyaning xususiyati va maqsadini ham o‘zgartirdi. Quldorlarning
bolalari hukmron bo‘lishga intildilar, bosqinchilik urushlari olib
borish uchun harbiy san’atni o‘rganib bordilar. Qullarning bolalari
oddiy qora ishni bajarish, mehnat jarayonida ishtirok etishga
o‘rgatildi.


14
Feodalizm tuzumiga kelib tarbiya keskin tabaqalana boshladi.
Ishlab chiqarish kuchlarining rivoj topa borishi ta’lim mazmunini
o‘zgartirib yubordi, ta’lim sekin-asta ilmiy xarakter kasb eta
boshladi, bu, o‘z navbatida umumiy ta’lim kurtaklarining paydo
bo‘lishiga olib keldi. Endi feodal bolalariga ilmiy bilimlar berish,
ularni maxsus maktablarda tarbiyalash zarurati tug‘ildi.
Kapitalizmga kelib tarbiyaning tabaqalanish xususiyati yana
kuchliroq sezila boshladi. Ishlab chiqarish kuchlari va munosabat-
larining rivojlanishi, ishlab chiqarish korxonalarida ishlash,
dastgohlarni boshqarish, ish unumdorligini oshirish ishchilardan
savodxonlikni, ilmli bo‘lishni talab etdi. Bu davrga kelib ishchilar-
ning bolalariga ham birmuncha ilm berish, o‘qish davrida ularga
shaxsiy mulkni muqaddas ekanligini uqtirib borish tarbiyaning
asosiy maqsadi bo‘lib qoldi.

Yüklə 465,45 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   45




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə