O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi markazi r. Mavlonova, O. To‘rayeva



Yüklə 465,45 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə3/45
tarix22.05.2023
ölçüsü465,45 Kb.
#112002
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   45
PEDAGOGIKA

I QISM
I BOB.
PEDAGOGIKA VA UNING
ILMIY-TADQIQOT METODLARI
PEDAGOGIKA VA UNING BAHSI
Pedagogika nima? U nima bilan shug‘ullanadi? Nimalarni
tadqiq qiladi, degan savollar pedagogika fanini o‘rganishga kirishgan
odamning aqlini band etadi. Pedagogikaga oid darsliklarda, qomus-
larda pedagogikaning bahs tushunchasi turlicha, ayrim hollarda
bir-biridan farqlanadigan darajada talqin qilinadi. Masalan,
pedagogika — tarbiya haqidagi fan; pedagogika — o‘sib kelayotgan
yosh avlodni tarbiyalash haqidagi fan; pedagogika — umuman
insonni tarbiyalash haqidagi fan va hokazo.
Bu ta’riflardan voz kechmagan holda ta’lim-tarbiya muassasa-
larida shunga mutasaddi shaxslar tomonidan amalga oshiriladigan
tarbiyaviy faoliyatni pedagogikaning bahsi deb qabul qilish
maqsadga muvofiqdir.
Pedagogika tarbiya haqidagi fan sifatida tarbiyaning mohiyatini
tushunishni, uning qonuniyatlarini ochib berishni va shu orqali
inson manfaatlari uchun tarbiya jarayoniga ta’sir etishni nazarda
tutadi.
ÒARBIYANING IJÒIMOIY HODISA EKANLIGI
Òarbiya kishilik jamiyati ibtidosida paydo bo‘lgan va bashariyat
manfaatlari uchun xizmat qilib kelgan. Òarbiya avlodlar o‘rtasidagi
aloqani ta’minlaydi. Kattalar turmush jarayonida orttirgan tajriba-
larini o‘zidan keyingi avlodga o‘rgatib borganlar. Kichik avlod esa
o‘z faoliyati davomida duch kelgan yangi-yangi muammolarning
yechimini topish barobarida bilim va ko‘nikmalarni egallab, oldingi
avloddan meros qolgan bilimlarni yanada boyitib, o‘zidan keyingi
avlodga qoldiradi. Insoniyat tarixiy taraqqiyot mobaynida turli
ijtimoiy bosqichlarni bosib o‘tdi. Formatsiyalarning o‘zgarishi
natijasida ish va ishlab chiqarish munosabatlari taraqqiy etdi. Bu
hol tarbiya jarayonining takomillashib borishiga o‘z ta’sirini o‘tkazdi.
Jamiyat taraqqiyoti, mehnat qurollarining takomillashishi
natijasida keyingi avlodga meros qoldiriladigan tajribalar hajmi ham
o‘sib boraveradi.


6
Agar ibtidoiy jamoa tuzumi boshlarida bolalar kattalarning
mehnati jarayonida bevosita ishtirok etish bilan malaka, ko‘nikma
va bilimlarni egallab borgan bo‘lsalar, keyinchalik ibtidoiy formatsiya-
larning tabaqalanishi natijasida mehnat turlari ham o‘zgarib bordi.
Ayrim bolalarni (qabila boshliqlarining, diniy marosimlarni
boshqaradigan shaxslarning bolalarini) diniy marosimlarni ado
etishga o‘rgatish zaruriyati tug‘ildi. Shunday qilib, ibtidoiy jamoa
tuzumidayoq bolalarni tabaqalashtirish an’anasi paydo bo‘ldi.
Quldorlik davriga kelib, bu an’ana ko‘zga yaqqol tashlandi.
Masalan, qullarning bolalari og‘ir ishlarni bajarishga o‘rgatildi.
Quldorlarning bolalari esa qullar ustidan hukmronlik qilishga tayyor-
landi. Shu bois ularga saboq berish zaruriyati tug‘ildi. Bu esa o‘qitishga
maxsus, shu sohani biladigan odamlarni jalb etishni taqozo qildi.
Bu hol maktab va o‘qituvchilarga bo‘lgan zaruratni keltirib chiqardi.
Ijtimoiy formatsiyalarning keyingi ravnaqi maktablarni rivojlan-
tirishga, jamiyat taraqqiyoti talabiga javob beradigan yangi-yangi
o‘quv yurtlarining barpo etilishiga olib keldi.

Yüklə 465,45 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   45




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə