O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi markazi r. Mavlonova, O. To‘rayeva



Yüklə 465,45 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/45
tarix22.05.2023
ölçüsü465,45 Kb.
#112002
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   45
PEDAGOGIKA

M13


3
KIRISH
Istiqlol barcha sohalarda bo‘lgani kabi xalq ta’limi sohasida
ham buyuk burilishlar qildi. Endilikda milliy pedagogikamiz jadal
sur’atlarda taraqqiy etayotir. Ota-bobolarimiz azal-azaldan bola
tarbiyasiga alohida e’tibor qaratganlar. Al-Buxoriy, At-Òermiziy,
Beruniy, Az-Zamaxshariy, Navoiy, Bobur, Ogahiy, Abdulla
Avloniy singari ulug‘ olim-u adiblar, fozil-u fuzalolar ta’lim-
tarbiya borasida ko‘p asarlar bitganlar. Ular ta’limdagi milliy
xususiyatlarga alohida e’tibor berishgan. Mustaqillik yillariga
qadar ularning pand-o‘gitlari yetarli darajada o‘rganilmadi.
Òarixdan ma’lumki, bir vaqtlar Sharq pedagogikasi nihoyatda
gullab-yashnagan. Olmon olimi Xerler „Sharq Yevropaning
muallimidir“ deganida ana shu rivojlanish davrlarini ko‘zda
tutgandir, ehtimol.
Bobokalonlarimiz yosh avlod tarbiyasi borasida dorilfunun
yaratib qoldirganlar. Zardushtiylik dinining muqaddas kitobi
sanalmish „Avesto“ dan tortib to hozirgi kunda yashab ijod etayot-
gan pedagog-olimlar asarlarida nekbin pedagogik mafkura o‘z aksini
topgani bejiz emas.
Bugungi kun o‘zbek pedagogikasi millat ruhiyatidagi nozik
jihatlarni hisobga olgan va dunyo tarbiyashunosligidagi eng so‘ng-
gi yutuqlarga tayangan holda taraqqiy etmoqda. Zamonaviy o‘zbek
pedagogikasida barkamol insonni shakllantirish rasmiy ravishda
bosh maqsad qilib belgilangan. Bu pedagogika ta’lim-tarbiya
jarayonida ta’lim oluvchi va tarbiyalanuvchilarning faol ishtirok
etishlarini ko‘zda tutadi.
Ma’lumki, pedagogika jamiyatning rivojlanish qonun-qoi-
dalariga tayangan holda taraqqiy etadi. Bugungi kunda esa ana shu
jarayon avj pallasiga kirdi. Inson ongi taraqqiy etmas ekan, ijtimoiy
hayot jabhalarida hech bir o‘zgarish sezilmaydi. Modomiki, zamon
jadal sur’atlarda o‘zgarayotibdimi, demak, pedagogika ham shu
o‘zgarishlarga hamohang bo‘lmog‘i darkor. Shularni nazarda tut-
gan holda biz ushbu darslikni sharq mutafakkirlari asarlaridan
unumli foydalangan holda yaratdik.
„Òa’lim to‘g‘risida“gi qonun hamda „Kadrlar tayyorlash
Milliy dasturi“da yosh avlodni milliy istiqlol mafkurasi ruhida


4
tarbiyalash, darsliklar, o‘quv-metodik qo‘llanmalarni milliy
ta’lim-tarbiya an’analariga asoslanib yaratish masalalari
ko‘tarilgan va shu muammoni hal qilish yo‘l-yo‘riqlari
ko‘rsatilgan. Shu ma’noda mazkur „Pedagogika“ darsligida
tarbiyaning yangicha usullari va metodlari o‘z ifodasini topgan.
Mazkur darslikning I—XXIV, XXVI, XXVIII—XXXI,
XXXV boblari R. Mavlonova, XXV, XXVII, XXXII—XXXIV
boblari O. Òo‘rayeva, XXXVI—XXXVII boblari esa K. Xoliqber-
diyev tomonidan yozilgan.


5

Yüklə 465,45 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   45




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə