O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi markazi r. Mavlonova, O. To‘rayeva



Yüklə 465,45 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə9/45
tarix22.05.2023
ölçüsü465,45 Kb.
#112002
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   45
PEDAGOGIKA

Aqliy tarbiya.
Inson hamisha odamlar qurshovida yashaydi,
ijtimoiy muhit sharoitida uning aqliy rivojlanishi, fikrlash qobiliyati
amalga osha boradi. Bunda insonning normal jismoniy rivojlanishi
uchun sharoitlar bo‘lishi kerak.
Insonning aqliy rivojlanishi sotsial muloqot va tarbiya ta’sirida
intensiv rivojlanib boradi. Agar tarbiyachi o‘z vaqti va o‘rnida
rejali ravishda uning bilish faoliyatiga ta’sir ko‘rsata borsagina aqliy
rivojlanish muvaffaqiyatli ko‘chadi. Demak, aqliy tarbiya deganda
tarbiyachining o‘quvchilar aqliy kuchini va tafakkurini rivojlan-
tirish, unda aqliy mehnat madaniyatini tarkib toptirishga qaratilgan
maqsad yo‘lidagi faoliyati tushuniladi.
Aqliy tarbiya ijtimoiy tarbiya tizimining bir qismi bo‘lib, uning
mazmuni barcha fanlar bo‘yicha bilimlar sistemasini bilib olishni
va shu asosda yoshlarda ilmiy dunyoqarashni tarkib toptirish,
tafakkur va nutq qobiliyatini o‘stirishdan iboratdir.
Aqliy tarbiya barcha fanlardan umumiy ma’lumot berish orqali
amalga oshiriladi. Bu jarayonda o‘quvchilarga maktab dasturlari
asosida bilim berilib, ularda xotira, diqqat, fikrlash, tasavvur qilish
kabi xislatlar taraqqiy ettiriladi.
Abu Nasr Forobiy inson aql-zakovati xususida fikr yuritib,
bunday deydi:
„1. Barcha masalani: muhokama va mulohazani tezda tushuna
oladigan, uning ma’nosini anglaydigan, so‘zlovchining maqsadi,
aytilgan fikrining chinligini tezda payqay oladigan bo‘lsin.
2. Xotirasi juda baquvvat bo‘lsin, ko‘rgan-eshitgan, sezgan
narsalarining birontasini ham esidan chiqarmay, yodda saqlab
qoladigan bo‘lsin.


15
3. Zehni shu daraja tez va o‘tkir bo‘lsinki, biror narsaning
alomatini sezishi bilan bu alomat nimani bildirishini tezda bilib
olsin.
4. So‘zlari aniq bo‘lsin, fikrini va aytmoqchi bo‘lgan mulohaza-
larini ravon va ravshan bayon eta olsin.
5. Bilim va o‘qishga muhabbati bo‘lsin, o‘rganmoqchi bo‘lgan
bilimini charchashni sezmasdan osonlik bilan o‘zlashtira olsin“
1
.
Aqliy tarbiya shaxsni har tomonlama kamol topishining asosini
tashkil etadi. U mehnat unumdorligini oshiradi va mehnatga ijodiy
munosabatni tarkib toptiradi.

Yüklə 465,45 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   45




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə