O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi markazi r. Mavlonova, O. To‘rayeva



Yüklə 465,45 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə5/45
tarix22.05.2023
ölçüsü465,45 Kb.
#112002
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   45
PEDAGOGIKA

ASOSIY PEDAGOGIK ÒUSHUNCHALAR
Pedagogikada „tarbiya“ so‘zi turli ma’noda ishlatiladi.
Chunonchi, tarbiya keng sotsial ma’noda, ijtimoiy hodisa sifatida
qo‘llanilganda jamiyatning barcha tarbiyaviy vositalarini: oilani,
maktabgacha tarbiya muassasalarini, o‘quv-tarbiya muassasalarini,
mehnat jamoalari, axborot manbalarining tarbiya yo‘nalishida olib
boradigan harakatlarini o‘z ichiga oladi. Bu tarbiya vositalari o‘sib
kelayotgan yosh avlodning har tomonlama kamol topishiga xizmat
qiladi.
Pedagogik adabiyotlarda va amaliyotda „tarbiya“ so‘zi aniq, tor
yo‘nalishni belgilash uchun ham ishlatiladi. Xuddi shu ma’noda
tarbiyachi rahbarligida aniq maqsadga qaratilgan jarayon tushu-
niladi.
O‘qitish
— o‘qituvchi va o‘quvchining birgalikdagi faoliyati va
bu jarayonda bolalarning ma’lumot olishi, o‘quv ko‘nikma va
malakasini egallashi, tarbiyalanib, rivojlanib borishi nazarda tutiladi.


8
Ma’lumot
— bunda nafaqat o‘qitish, balki mustaqil bilim olish,
ommaviy axborotlar ta’sirida bo‘lish bilan birga, insonning ilmiy
tizimni egallashi, ilmiy dunyoqarashini shakllantirishi ko‘zda tutiladi.
Inson kamoloti
— bu insonning keng ma’noda ichki va tashqi
omillar ta’sirida shakllanish jarayonidir. Bu jarayonda tarbiyaning
muhim ahamiyat kasb etishi ta’kidlanadi.
Insonning shakllanishi
— bu insonning hayot yo‘li davomida
rivojlanishining o‘ziga xos shakli bo‘lib, maxsus olib boriladigan
tarbiyaviy ta’sir natijasi hisoblanadi.
Pedagogikada yana bir qancha tushunchalar mavjudki, ular
haqida boshqa boblarni o‘rganish jarayonida fikr yuritiladi.
PEDAGOGIKA FANINING ÒUZILISHI VA UNING BOSHQA
FANLAR BILAN BOG‘LIQLIGI
Fan va texnikaning tez sur’atlar bilan rivojlanishi, turli
yo‘nalishlarda bilim hajmining o‘sib borishi fanning tabaqalanib,
turli tarmoqlarga bo‘linishiga sabab bo‘lmoqda.
Yaqin o‘tmishda falsafadan ajralib chiqqan pedagogika fanida
ham ko‘pgina tarmoqlarga bo‘linish jarayoni ko‘zga yaqqol
tashlanadi. Ayrim tarmoqlar esa mustaqil fan sifatida shakllanadi.
Masalan, maktab pedagogikasi, maktabgacha tarbiya pedagogikasi.
Ayrimlari esa fan sifatida endi shakllanib kelmoqda. Kattalar peda-
gogikasi, oliy maktab pedagogikasi shular jumlasidandir. Hozirgi
zamon pedagogikasi ko‘p tarmoqli fan bo‘lib, avvalo tarbiya
ijtimoiy hodisa ekanligi jihatidan pedagogika tarixi bilan bog‘lanadi.
Pedagogikaning ko‘zi ojiz, aqli zaif, qulog‘i kar — jismoniy kam-
chiliklarga ega bo‘lgan bolalarni tarbiyalash va ularni hayotga
tayyorlash bilan shug‘ullanadigan yana bir tarmog‘i — maxsus
pedagogika (surdopedagogika, tiflopedagogika, oligofrenopedago-
gika) defektologiya bilan chambarchas bog‘liqdir.
Pedagogika fani tarmoqlariga predmetlarni o‘qitishning
qonuniyatlarini o‘rganuvchi fan — metodika ham kiradi. Shu bilan
birga, pedagogika fani boshqa fanlardan ajralgan holda rivojlana
olmaydi. Pedagogikaning tarbiya sohasidagi obyekti o‘sib kelayotgan
yosh avlod bo‘lganligi uchun pedagogika insonni o‘rganuvchi fanlar
bilan bog‘liqdir.
Inson biologik evolutsiyaning mahsuli sifatida biologiya
fanlarining o‘rganadigan obyekti hisoblanadi. Shuning uchun bu
fanlar pedagoglar o‘rganishi lozim bo‘lgan fanlar qatorida o‘quv
rejalariga kiritilgan.


9
Pedagogika fanining metodologik asosini falsafa tashkil etadi.
Chunki tarbiyaning maqsadi, ilmiy dunyoqarashni shakllantirish;
jamoa va shaxs muammolari va shu kabilar ikki fanni birlashtiradi.
Iqtisodiy va, xususan, uning bir bo‘lagi bo‘lgan xalq ta’limi
iqtisodi pedagogika bilan bog‘lanib ketadi. Chunki iqtisodchilarning
olib borgan tadqiqotlari natijasiga ko‘ra, ishlab chiqarishning yuksak
samaradorligi umumiy ta’limning yuqori darajada rivojlanganligiga
bog‘liq ekan.
Pedagogika bola tarbiyasida uning yosh va individual (psixologik)
xususiyatlarini hisobga olib boradi. Shu bois pedagogika uchun
pedagogik psixologiyaning bola xususiyatlari, ularda o‘tadigan psixik
jarayonlarning qonuniyatlari haqidagi ma’lumotlar muhimdir.
Shunga ko‘ra, pedagogikaning psixologiya fani bilan bog‘liqligi
an’anaviy tus olgan.
Keyingi vaqtlarda pedagogikaning kibernetika (muhim dinamik
tizimlarni boshqarishni o‘rganadigan fan) bilan bog‘lanishi ko‘zga
tashlanmoqda. Bu holni kibernetikaning umumiy g‘oyalaridan
ta’limda foydalanish tajribalarini dasturlashtirilgan ta’lim misolida
ko‘rish mumkin.
Pedagogikaning boshqa fanlar bilan bog‘lanish tizimida
etnografiya, xalq pedagogikasi kabilar alohida o‘rin tutadi.
Pedagogika boshqa oraliq fanlar ma’lumotlaridan tayyor holda
foydalanmaydi. Bu ma’lumotlar pedagogik nuqtayi nazardan
tanlovdan o‘tgandan keyin maqsadga muvofiqlashtirilgan holda
amalda joriy etiladi.

Yüklə 465,45 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   45




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə