Geog 1 (38-янги). p65



Yüklə 3,84 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə6/43
tarix04.02.2018
ölçüsü3,84 Kb.
#24117
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   43

18
rest) teng. Quruqlikdagi dengiz sathidan past yerlar — cho‘k-
malar va botiqlar deb ataladi. Dengiz sathidan 200 m baland-
likkacha bo‘lgan tekisliklar pasttekisliklar deyiladi. 200 m dan
500 m balandlikkacha bo‘lgan yerlar qirlar  deyiladi. 500 m dan
1 000 m balandlikkacha bo‘lgan yerlar past tog‘lar, 1 000 m dan
2 000 m gacha bo‘lgan tog‘lar o‘rtacha tog‘lar, 2 000 m dan
3 000 m gacha bo‘lgan tog‘lar o‘rtacha baland tog‘lar, undan
yuqorilari  baland tog‘lar deyiladi. Bular quruqlikning asosiy
relyef shakllari hisoblanadi.
Okeanlar tubining relyefi ham murakkab tuzilishga ega.
Materiklarning deyarli 35 % i dengiz va okean suvlari tagida
joylashgan. Ular tekis yuzali materik sayozligi (shelf)ga to‘g‘ri
keladi va 200 m chuqurlikka qadar davom etadi. Undan pastda
qiyaroq materik yonbag‘ri yoki batial (yunoncha, chuqur)
3 000 m gacha, abissal (yunoncha, tubsiz) 6 000 m gacha va
okean  botiqlari (6 000 m dan chuqur) mintaqalari joylashgan.
Okean tubi relyefida uzluksiz davom etadigan (uzunligi 60
ming km) o‘rta okean tizmalari, vulqonli tog‘lar, cho‘kmalar,
tekislik — havza, soylik va platolar mavjud.
Atama, tayanch tushuncha va nomlar
Litosfera, platforma, geosinklinal, Yer po‘sti, relyef, tog‘,
tekislik, shelf, batial, abissal, Moxorovichich.
4- rasm. Litosferaning tuzilishi.
Cho‘kindili qatlam
Materik yer po‘sti
Okean yer po‘sti
Materik yer po‘sti
Litosfera
Tashqi mantiya
Yer po‘sti
MATERIK
OKEAN
MATERIK


19
Nazorat uchun savollar
1. Litosfera nima va qanday turlarga bo‘linadi?
3. Yer yuzasida qanday asosiy relyef shakllari tarqalgan?
Amaliy topshiriqlar
1. Darslikning 18- betidagi 4- rasm („Litosferaning tuzili-
shi“)ni daftaringizga chizing va izohlang.
2. Yozuvsiz xaritaga litosfera plitalari va asosiy relyef shakl-
larini tushiring.
7- §. Materiklar va okeanlarning
paydo bo‘lishi va rivojlanishi
Yer va litosferaning paydo bo‘lishi. Olimlarning ta’kidla-
shicha, Quyosh sistemasi va Yer Koinotda harakatlanayotgan
changsimon zarrachalar birikishidan hosil bo‘lgan. Bunday
fikrni dastlab fransiyalik olim R. Dekart 1644- yilda, keyin-
chalik germaniyalik faylasuf I. Kant 1755- yilda va fransiyalik
olim R. S. Laplas 1796- yilda aytishgan. Shuning uchun bu
giðoteza Dekart-Kant-Laplas giðotezasi deb ataladi.
Litosfera va yer po‘sti yer ichki moddalarining saralanishi
natijasida hosil bo‘lgan. Qizigan holatdagi yerning yengil mod-
dalari tepaga ko‘tarilgan, og‘ir moddalari esa pastga cho‘kkan.
Oqibatda nisbatan yengil va qattiq litosfera (yunoncha, tosh
qobiq) hamda yer po‘sti, mantiya va yadro tarkib topgan.
Materiklar va okean botiqlarining paydo bo‘lishi. Materik va
okean botiqlarining paydo bo‘lishi haqida ko‘plab giðotezalar
(ilmiy taxminlar) yaratilgan bo‘lsa-da, olimlar hanuz bir
yechimga kelmadilar. Shunday giðotezalardan biri mobilizmdir.
Mobilizm  (yunoncha,  siljiydigan, harakatlanadigan) giðo-
tezasini 1912- yilda nemis geologi A. Vegener ishlab chiqqan.
Lekin undan deyarli 9 asr avval vatandoshimiz Abu Rayhon
Beruniy (973 — 1048) materiklarning siljishi haqida shunday
degan: „Qit’alar go‘yo suv sathida suzib yurgan daraxt barg-


20
lari singari bir-biri tomon yaqinlashib yoki uzoqlashib, sekin
harakatda bo‘ladi“. Beruniyning bu fikri mobilizm giðotezasi
mohiyatining o‘zidir.
A. Vegener o‘z giðotezasini yaratishda Atlantika okeaniga
tutashgan Janubiy Amerika va Afrika qirg‘oqlarining bir-biriga
mos kelishiga asoslandi. Uning fikricha, taxminan 200 mln yil
muqaddam Yer yuzida yagona Pangeya materigi va yago-
na Pantalassa okeani bo‘lgan. Keyinchalik Pangeya ikkita yirik
materikka: Lavraziya va Gondvanaga, Pantalassa esa Paleotinch
va Tetis okeanlariga ajralgan. O‘z navbatida, 65 mln yil avval
Lavraziyadan Shimoliy Amerika va Yevrosiyo, Gondvanadan
esa Afrika, Avstraliya, Antarktida va Janubiy Amerika materik-
lari ajralib chiqqan. Ular oralig‘ida hozirgi okeanlar tarkib
topgan.
Litosfera plitalari tektonikasi. 1968- yilda amerikalik bir
guruh olimlar (L. R. Sayks, J. Oliver va b.) yangi mobilizm,
ya’ni „litosfera plitalari tektonikasi“ giðotezasini e’lon qilishdi.
Bu Beruniy, Vegener g‘oyalari asosida  yaratilgan eng so‘ng-
gi, mukammal giðotezadir. Okean tubi tadqiqotlari, kosmik
tasvirlar tahlili, aniq geodezik o‘lchovlar va boshqa manbalar-
dan olingan yangi ma’lumotlar natijasida litosfera plitalarining
turli tomonga, har xil tezlikda harakatlanayotganligi ma’lum
bo‘ldi. Bunga yuqori mantiya va astenosfera qatlamlaridagi
moddalarning uyurmali harakati sababdir (5- rasm).
5- rasm. Litosfera plitalarining harakat mexanizmi.
Mantiya
Materik yer
po‘sti
Okean yer
po‘sti
YADRO
Kengayish
Siqilish


21
Mantiya moddalarining yuqori tomonga harakatlanishi nati-
jasida litosfera plitalari bir-biridan uzoqlashadi. Natijada o‘rta
okean tizmalari paydo bo‘lib, bazaltli okean po‘sti kengayadi. Bu
hududda  darz (rift)lar, yer yoriqlari, harakatdagi vulqonlar
mavjud hamda kuchli zilzilalar bo‘lib turadi. Kengayish ho-
disasi Afrika yer yorig‘i, Baykal ko‘li, Qizil dengiz va boshqa
joylarda ham kuzatilgan.
Fan-texnika taraqqiyotining yangi ma’lumotlari asosida
materiklar va okeanlarning vujudga kelishi haqida yanada mu-
kammalroq giðotezalar yaratilishi mumkin. Hozircha litosfera
plitalari tektonikasi giðotezasi ko‘pchilik tadqiqotchi olimlar
tomonidan tan olingan.
Atama, tayanch tushuncha va nomlar
Moddalarning saralanishi, mobilizm, Beruniy giðotezasi,
Pangeya, Pantalassa, Lavraziya, Gondvana.
Nazorat uchun savollar
1. Quyosh sistemasi, Yer, litosfera qanday hosil bo‘lgan?
2. Beruniy giðotezasi qanday mazmunga ega?
3. Qaysi giðotezani ko‘pchilik tan olgan?
Amaliy topshiriqlar
1. Atlasning 5- betidagi materiklar va okeanlarning paydo
bo‘lishiga oid xaritani yozuvsiz xaritaga tushiring.
2. Materiklar va okeanlarning paydo bo‘lishiga oid giðo-
tezalarni  bir-biriga qiyoslab, daftaringizga yozing.
8- §. Gidrosfera, uning tarkibiy
qismlari
Gidrosferaning tarkibiy qismlari. Gidrosfera (yunoncha, suv
qobig‘i) geografik qobiqning asosiy tarkibiy qismi bo‘lib, yer-
usti va yerosti suvlaridan, muzliklardan, atmosferadagi suv
bug‘laridan iborat.


Yüklə 3,84 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   43




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə