Abu Rayhon Beruniy asarlarida xronologiyaga oid ma’lumotlar



Yüklə 30,36 Kb.
tarix13.10.2023
ölçüsü30,36 Kb.
#127652
Abu Rayhon Beruniy asarlarida xronologiyaga oid ma’lumotlar Maqola


Abu Rayhon Beruniy asarlarida xronologiyaga oid ma’lumotlar

Denov tadbirkorlik va pedagogika istituti
2-bosqich talabasi
Mustafoqulov Otabek Panji o’g’li
E-mail
Mustafoqulovotabek001@gmail.com
Tel:+998953333251
Denov tadbirkorlik va pedagogika istituti
2-bosqich talabasi
Saidmurodov Javohir
E-mail
Saidmurodovjavohir699@gmail.com
Tel:+998932223526
Annotatsiya: O’rta Osiyoda yetishib chiqqan buyuk allomalardan biri bu Abu Rayhon Beruniy hisoblanadi. O’rta asrlarda Abu Rayhon Beruniy ilm-fan sohasida yuksak marralarni zabt etdi.Beruniy falakiyot, riyoziyot, geodeziya, jug'rofiya va mineralogiya va tabiiy fanlarni yaxshi bilgan, shuningdek, tarixchi, xronolog va tilshunos sifatida ham ajralib turardi.

Kalit so’zlar: Abu Rayhon Beruniy, riyoziyot, mineralogiya, geodeziya, qadimgi, tarix, xronologiya, oy, calendar, xalq, metrologiya.
Abu Rayhon Beruniy Sharqning eng yorqin va 
ulug' siymolaridan biri hisoblanadi. Uning «Al-osor al-boqiya ani-l-qurun 
al-holiya» («Qadimgi xalqlardan qolgan yodgorliklar»), («Xronologiya»), 
«Qonuni Mas’udiy» asarlarida xronologiya faniga oid ko'plab ma’lumotlar 
berilgan.1
Asar Yevropada XIX asrning 2-yarmida maʼlum boʻlgan. Nemis sharqshunosi E.Zaxau 1876—78 yillarda asarning arabcha matnini, 1879-yilda ingliz tilidagi tarjimasini ("Sharq xalqlarining tarixi" nomi bilan) nashr ettirgan. Koʻpincha ilmiy adabiyotda "Xronologiya" deb ham ataladigan boʻlgan. Eronlik olim Sayrafiy 1943-yilda Tehronda fors tilida chiqargan. Asarning ruscha tarjimasi 1957-yilda, oʻzbekcha tarjimasi 1968-yilda Toshkentda Beruniy "Tanlangan asarlari" turkumida (1 jild) Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi Abu Rayhon Beruniy nomidagi Sharqshunoslik instituti tomonidan nashr qilingan.2
Abu Rayhon Beruniy «Qadimgi xalqlardan qolgan yodgorliklar» 
asarida arab, eron, so'g'd. xorazm, vunon kalendari hamda asosiy vaqt 
birliklari, turli vaqt o’lchovi tartiblari haqida batafsil ma'lumot bergan. 
Olim har bir xalqning o‘z tarixi borligini ta'kidlar ekan, ularning nafaqat 
tarixi, balki vaqt hisobi hamda kalendarlari ham bir-biridan farq qilishini 
ta'kidlaydi. Abu Rayhon Beruniy «Movarounnahr otashparastlari, ya'ni Xorazm va 
So'g'd aholisi ishlatadigan oylarni» bayon etadi, Movarounnahr]iklarning 
kalendaridagi oylarining soni va yilning, uzunligiga ko‘ra eronliklar 
kalendariga o'xshashi, faqat ovlarning boshlanishi orasida farq borligini 
ko'rsatib o’tadi. Abu Rayhon Beruniy xorazmliklar kalendaridagi oylar 
va kunlarining nomlarini ham keltirib o‘tadi. Xorazmliklar «isfandorajiy» 
(o‘n ikkinchi) oyining oxiriga qo'shiladigan ortiqcha besh kunning 
birinchisini oyning birinchi kuni nomi bilan atab, qolgan kunlarga ham 
birin-ketin keyingi kunlarning nomlarini berishlarini aniqlaganini 
ta'kidlaydi. «Qadimgi xalqlardan qolgan yodgorliklar» asaridan turkiy xalqlar 
o'n ikki hayvon nomi bilan ataluvchi muchal kalendari va ularning 
nomlari haqida ham ma’lumot olish mumkin. Qolaversa, eronliklarning 
kalendaridagi o‘n ikkita oy nomini ham shu asarda uchratish mumkin. 
Eronliklar tuzgan kalendarda har bir oy 30 kundan hisoblanib, 
qo‘shimcha 5 kun o'n ikkinchi oy oxiriga qo'shilgan. Abu Rayhon 
Beruniyning ko‘rsatishicha, bu 5 kun qadimgi eron tilida «panji», 
«andargoh» deb atalgan. Keyinchalik. bu nom arabchalashib, «andarjoh» 
deb o‘zgartirilgan. Bu besh kun «o'g’irlangan kun», deb ham atalgan, 
ular biror oy kunlari hisoblanmagan. Eronliklar ularni «obonmoh» bilan 
«ozarmoh» olrtasiga qo’yib, har bir oy kunlariga berilgan nomlardan 
boshqa nomlar bilan ataganlar. Eron kalendarida bir yil uch yuz oltmish 
besh kun boMgan. Ular chorak kunlar bir oy boMmaguncha hisobga 
olmaganlar. Bu bir yuz yigirma yilda bir marta bo'lgan. Shunda ortiqcha 
oyni yil oylari qatoriga qo‘shganlar va u o‘n uchinchi oy bo‘lgan. 0 ‘sha 
yilni kabisa yil deb, ortiqcha oy kunlarini boshqa oylar nomlari bilan 
ataganlar. Abu Rayhon Beruniyning ma’lumot berishicha, ular dastlab 
haftadan foydalanmaganlar. Olim bu haqida shunday ma'lumot beradi: 
«Dastlab haftalarni ishlatganlar g’arb tomon aholisi, ayniqsa Shorn 
va uning tevaragida yashovchilar bo'lganlar. Bunga sabab. u tomonda 
payg'ambarlar yuzaga chiqib, Tavrotd^aytilganidek, birinchi hafta va bu 
haftada olam paydo bodganidan xabar berganlar. Keyin bu odat ulardan 
boshqa millatlarga tarqalgan».3
Abu Rayhon Beruniy Misr kalendariga ham to'xtalib o’tgan. U 
Misr kalendaridagi eski va yangi oy nomlarini o‘z asarida berib o'tadi. 
Misrliklar qo'shimcha besh kunni «abag'amno» (kichik oy), kabisali yilni 
esa «anqnaqt» (alomat) deb ataganlar. Qo’shimcha kun so’nggi «musriy»
nvining oxiriga qo‘shilgan. Abu Rayhon Beruniy «Shorn mamlakati» 
iSiiriya) kalendaridagi o‘n ikki oy nomlari va to‘rt yilda bir marta 
be.sliinchi (shubat) oyga bir kun qo‘shib hisoblashlari haqida yozadi.
Ilu manbaga ko‘ra «Shorn mamlakati» kalendaridagi oy nomlari keng 
Inrqalgan, hatto arablar ham «dala ishlariga tegishli vaqtlarni» shu oylar 
biIan belgilar ekan.4
Abu Rayhon Beruniy «Qonuni Mas’udiy» asarida qadimgi arab 
kalendaridagi o‘n ikkita oy nomini keltiradi, lekin ularning faqat 
ikkiiasining lug'aviy ma’nosini berib o'tadi. «Qadimgi xalqlardan 
qolgan yodgorliklar»da zamonaviv arab kalendaridagi o'n ikkita oy va 
vetti liafta kunining nomi va o'z ta’riflari ham keltiriladi. Abu Rayhon 
Beruniyning vozishicha. arablar yahudiylardan yilga qo‘shimcha oy 
qo'shishni o'rganganlar va bu oyni «ayyom an-nasi» deb ataganlar. Abu 
Kayhon Beruniy o'z asarida milodiy yil hisobiga ham to‘xtalib o'tadi.
I i mazkur kalendarni «rumiy kalendari» deb ataydi va bu kalendarga 
hirmchi marta kabisa yilini Yuliy Sezar kiritgan, deb yozadi. Olim 
milodiy yil hisobini qadimgi xalqlarning qator yil hisoblari bilan 
qiyoslaydi. «Qonuni Ma’sudiy» asarining ikkinchi kitobi xronologiya 
masalalariga bag'ishlangan bo'lib, unda «Qadimgi xalqlardan qolgan 
vodgorliklar» asarida ko'rilgan masalalar to'ldirilib, davom ettiriladi. 
Asarda Eron, Bobil, Rum podshohi va arab xalifalari hukmronlik qilgan 
yillarining xronologik jadvallari keltirilib, ularning nomlari yunoncha 
iranskripsiyada berilgan. Shuningdek, mazkur asarda insoniyat 
lomonidan qo'llanilgan eralar, jumladan Yazdigard, Iskandar, Filipp. 
«Buxtunassar» (Nabonassar) erasini aniqlash masalalari xususida ham 
so'z boradi.5
Abu Rayhon Beruniyning «Hindiston» asarida bu o'lkada yashovchi 
xalqlarning urf-odatlari, geografiyasi va u bilan bog'liq astronomiyasi 
ko'rsatib o'tilgan. Shuningdek, olim burjlar. oy fazalarining o'zgarishi, 
hind eralari. Oy va Quyosh kalendarlari va oltmish yillik Yupiter 
davriyligi nomlarini keltirib o'tgan.6
Xulosa
Buyuk alloma Abu Rayhon Beruniy o’rta asrlarda yashab ijod qilgan. Bir qancha sohalarda ilmiy o’rganishlar olib borgan va asarlar yozgan hisoblanadi. Asarlari ichida xronologiya uchun yozgan asari “qadimgi xalqlardan yodgorliklar” hisoblanadi. “Qadimgi xalqlardan yodgorliklar “ asarida turli xalqlar vaqt o’lchov birliklarini to’g’ri tavsiflab bergan. Abu Rayhon Beruniyning asarida shuni ta’kidlash kerakki, bizga yaqin va uzoq bo’lgan xalqlarning taqvim tizimini o’rganib ularga sharhlar bitgan. Bular arab, eron, so'g'd. xorazm, yunonlarning calendar tizimi hisoblanadi. Bu calendarlarning Abu Rayhon Beruniy tomonidan o’rganilishi o’rta asr o’rta osiyo ilm-fanida yangi marraning zabt etilishi bo’ldi.
Foydalanuvchi adabiyotlar

  1. Beshimov, M. BERUNIY “QADIMGI XALQLARDAN QOLGAN YODGORLIKLAR” ASARINING AHAMIYATI. Buxoro.2021.

  2. Pirmat Shermuhamedov. "Dahoning tugʻilishi yoxud Abu Rayhon Beruniy qismati". Toshkent sh.1999

  3. Иофе В.Г.,Чориев З.У. Хронология ва метрология. - Т., 2003.

  4. Раҳмонқулова З. Хронология. - Т.: А.Навоий номидаги Ўзбекистон Миллий кутубхонаси нашриёти, 2006.

  5. A.Do’stov. Xronologiya va metrologiya. O’quv qo’llanma. Qarshi- Nasaf-2020.



1 Beshimov, M. BERUNIY “QADIMGI XALQLARDAN QOLGAN YODGORLIKLAR” ASARINING AHAMIYATI. Buxoro.2021.


2 Pirmat Shermuhamedov. "Dahoning tugʻilishi yoxud Abu Rayhon Beruniy qismati". Toshkent sh.1999



3 Beshimov, M. BERUNIY “QADIMGI XALQLARDAN QOLGAN YODGORLIKLAR” ASARINING AHAMIYATI. Buxoro.2021.


4 . Иофе В.Г.,Чориев З.У. Хронология ва метрология. - Т., 2003.



5 Раҳмонқулова З. Хронология. - Т.: А.Навоий номидаги Ўзбекистон Миллий кутубхонаси нашриёти, 2006.



6 A.Do’stov. Xronologiya va metrologiya. O’quv qo’llanma. Qarshi- Nasaf-2020.



Yüklə 30,36 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə