Geog 1 (38-янги). p65



Yüklə 3,84 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə7/43
tarix04.02.2018
ölçüsü3,84 Kb.
#24117
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   43

22
Okean suvlari. Yer yuzasining deyarli 71 % ini okean suv-
lari egallagan. Ular dunyo suv zaxirasining 96,5 % ini tashkil
etadi. Okean suvlarining asosiy xususiyati sho‘rligi va haro-
ratidir. Okean suvlarining o‘rtacha sho‘rligi 35 ‰, ekvator
yaqinida 34 ‰, tropiklarda 36 ‰, mo‘tadil va qutbiy keng-
liklarda 33 ‰. Suvning o‘rtacha harorati +17,5 °C, Òinch
okean eng issiq +19,4 °C, eng sovuq okean Shimoliy Muz
okeani (–0,75 °C). Suvning 3 — 4 km dan chuqur qismlarida
harorat +2 °C dan 0 °C atrofida o‘zgaradi. Okean suvi sho‘r bo‘l-
ganligi uchun – 2 °C da muzlaydi.
Okean suvlari mantiyadan ajralib chiqqan degan g‘oyani
ko‘pchilik olimlar tan olishadi. Bunga sabab hozirgi paytda
mantiyadan suv ajralib chiqayotganligidir.
Yer tabiatiga xos bo‘lgan xususiyatlarning aksariyati okean
bilan bog‘liq. Okean quyosh energiyasini o‘zida to‘plovchi ak-
kumulator hisoblanadi. Okeanlar materiklarning iqlimiga, tup-
roqlariga, hayvonot olamiga va inson xo‘jalik faoliyatiga ta’sir
etadi.
Quruqlik suvlari. Daryo, ko‘l, botqoqlik, muz va yerosti
suvlari gidrosferaning quruqlikdagi suvlaridir. Ular umumiy
gidrosfera suvlarining 3,5 % qismini tashkil etadi. Shundan 2,5 % i
chuchuk suvlardir.
Daryolarning zichligi, sersuvligi iqlimga va relyefga bog‘liq.
Yog‘inlar ko‘p yog‘adigan hududlarda Amazonka, Kongo,
Missisiði, Xuanxe, Volga kabi daryolar hosil bo‘lgan. Kam yo-
g‘in yog‘adigan cho‘llarda daryolar bo‘lmaydi. Sirdaryo, Amu-
daryo, Nil kabi tranzit daryolar cho‘llarni kesib o‘tadi.
Ko‘llar kattaligi, chuqurligi, oqar yoki oqmasligi, sho‘r
yoki chuchukligi va kelib chiqishiga ko‘ra xilma-xildir.
Dunyodagi eng katta ko‘l Kaspiy ko‘li (376 ming kv km)
bo‘lib, u va Orolni kattaligi uchun dengiz deb atashgan. Berk
havzada joylashgan Kaspiy, Orol, Issiqko‘l va Balxash oqmas
ko‘llar hisoblanadi. Dunyodagi eng chuqur ko‘llar Baykal
(1 620 m) va Tanganika (1 470 m) oqar ko‘llaridir. Balxash
ko‘lining yarmi chuchuk, yarmi sho‘r. Rudolf ko‘li va O‘lik
dengiz (270 ‰) sho‘r ko‘llardir. Kelib chiqishiga ko‘ra, ko‘llar


23
tektonik (Baykal, Tanganika, Nyasa), muzlik hosil qilgan
(Finlandiyadagi ko‘pchilik ko‘llar), tog‘lardagi morena, vul-
qonli,  qayir, sun’iy, karst ko‘llarga bo‘linadi.
Suv omborlari,  kanallar yerlarni sug‘orish, elektr energi-
yasi olish, sel hodisalarining oldini olish, daryo suvlarini tar-
tibga solish, dam olish kabi maqsadlarda quriladi.
Muzliklar quruqlikning 11 % maydonini egallaydi. Muzlik-
larning 99 % i qutbiy o‘lkalarda, qoplama holatida joylashgan
(Antarktida, Grenlandiya, Arktika). Òog‘ muzliklari qor chizi-
g‘idan tepada hosil bo‘ladi. Ekvatorda qor chizig‘i 4,5 — 5 km
balandlikdan o‘tadi. Kilimanjaro vulqonini 4 500 m balandli-
gidan boshlab qor va muz o‘rab olgan. Qutblarda qor chizig‘i
dengiz sathiga baravarlashadi.
Yerosti suvlari yog‘inlarning Yer po‘stiga shimilishidan ho-
sil bo‘ladi. Lekin kelib chiqishiga ko‘ra magmatik xususiyatga ega
bo‘lgan geyzerlar ham yerosti suvlari qatoriga kiradi. Yerosti
suvlarining gidrosferadagi ulushi 1,7 % ni tashkil etadi. Ular suvli
qatlam (qum, shag‘al, tosh)larda to‘planadi. Agar suv o‘tkaz-
maydigan qatlam (gil)lar orasida joylashsa, artezian havza-
larini hosil qiladi. Deyarli barcha tekisliklarda va tog‘ oralig‘i
botiqlarida yerosti suv havzalari mavjud. Ularning ayrimlari
shifobaxsh mineral suvlardir.
Ko‘p yillik muzloq yerlar tuproq, cho‘kindi jinslar bilan
yerosti suvlarining birgalikda muzlab qolishidan hosil bo‘ladi.
Ular Shimoliy Amerika va Yevrosiyoning shimoliy qismida katta
maydonlarni egallaydi. Ularning qalinligi 0 metrdan 1 500
metrgacha boradi.
Atama, tayanch tushuncha va nomlar
Gidrosfera, yerusti suvlari, okean, dengiz, ko‘l, suv om-
borlari, daryo, muzliklar, muzloq yerlar, yerosti suvla-
ri, mineral suvlar, buloqlar, artezian suv havzalari, gey-
zerlar, qor chizig‘i.
Nazorat uchun savollar
1. Gidrosferaning tarkibiy qismiga nimalar kiradi?


24
2. Qoplama muzliklar va tog‘ muzliklari qayerlarda tarqal-
gan?
Amaliy topshiriqlar
1. Gidrosferaning tarkibiy qismlarini geografiya daftaring-
izga yozing.
2. Atlas va darslikdagi xaritalardan okeanlar, yirik dengiz,
ko‘l va daryolar nomini yozuvsiz xaritaga yozing.
9
— 10
- §. Atmosfera.
Yerning iqlim mintaqalari
Atmosfera va uning tuzilishi. Atmosfera (yunoncha, bug‘ —
havo qobig‘i) geografik qobiqning eng yuqori qismini egal-
lagan, yengil va serharakat havo qobig‘idir. U Yerning boshqa
qobiqlari bilan muntazam ravishda aloqada bo‘lib, o‘zaro ta’sir
etib turadi.
Atmosferaning quyi chegarasi Yer yuzasidan, yuqori che-
garasi 2 ming km balandlikdan o‘tadi. Atmosfera massasining
99,5 % i 80 km gacha bo‘lgan quyi qismiga to‘g‘ri keladi.
Atmosferaning gaz tarkibini birinchi bo‘lib 1774- yilda fran-
siyalik olim A. Lavuazye aniqlagan. Hozir uning tarkibida 78 %
azot, 21 % kislorod va 1 % boshqa gazlar uchraydi. Yer o‘ziga
tortish kuchi bilan havoni ushlab turadi. Shuning uchun ham
sayyoramizda atmosfera bor. Atmosfera qatlamli tuzilishga ega.
Ular bir-biridan harorati, zichligi, bosimi kabi xususiyatlari
bilan farqlanadi. Quyi qatlam — troposfera  (yunoncha,  burilish)
Quyosh nuri va Yerdan qaytgan nur hisobiga isiydi. Havo ha-
rorati dengiz sathida +14 °C bo‘lsa, troposferaning yuqori che-
garasida –55 °C gacha pasayadi. Bu qatlamga atmosfera havo
massasining 80 % i to‘g‘ri keladi. Xilma-xil jarayonlar (suvning
aylanma harakati, yog‘inlar, shamollar) shu qatlamda kuzati-
ladi. Qalinligi ekvatorda 17 km, qutblarda 8 — 9 km. Havo ha-
rorati har 100 m balandlikka ko‘tarilganda o‘rtacha 0,6 °C so-


Yüklə 3,84 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   43




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə