Mavzusida reja tarixiy davr “Qutadg‘u bilig” asarining g‘oyaviy yoʻnalishlari 3 “Qutadg‘u bilig” asari Tarixiy davr



Yüklə 5,02 Mb.
tarix22.12.2023
ölçüsü5,02 Mb.
#154369
A2


XORAZM VILOYATI
HAZORASP TUMANIDAGI
8-SON UMUMIY O`RTA TA`LIM MAKTABINING
___ -SINF O`QUVCHISI
______________________________NING
YUSUF XOS HOJIB (XI ASR)


LOYIHA ISHI
MAVZUSIDA

REJA
1.Tarixiy davr


2.“Qutadg‘u bilig” asarining g‘oyaviy yoʻnalishlari
3 “Qutadg‘u bilig” asari

Tarixiy davr
XI asrda Qashqardan (Sharqiy Turkiston, hozirgi Xitoyning Sinzyan-Uyg‘ur muxtor rayoni) Amudaryogacha bo‘lgan katta hudud Qoraxo- niylar davlati tarkibiga kirgan. Bu davlat yago- na markazlashgan hokimiyatga ega bo‘lmay, bir qancha mayda hokimliklarga bo‘lingan va ular o‘rtasida ichki nizolar avj olgan edi. Shunga qa- ramasdan, bu davrda binokorlik ishlari amalga oshirildi, hunarmandchilik va ilm-fan rivojlandi.
Turkiy tildagi yozma adabiyotning bizgacha yetib kelgan dastlabki namunalari yaratildi.
Muallif haqida
Yusuf Xos Hojib XI asrning 20-yillarida Qoraxoniylar davlatining g‘arbiy poytaxti Quz O‘rdi (Bolasog‘un) shahrida (hozirgi Qirg‘iziston hududi) tug‘ilgan. Zamonasining barcha asosiy ilmlarini atroflicha oʻrgangan, arab va fors tillarini mukammal bilgan. Ko‘p shaharlarga sayohat qilgan. 1070-yillarda “Qutadg‘u bilig” asarini tugatib, Qash- qar hukmdori Tavg‘ach Bug‘raxon binni Arslonxonga taqdim etadi.
Bu xizmati uchun unga “Xos Hojib” (eshik og‘a si) un- voni beriladi.

Qutadg‘u bilig” asari


“Qutadg‘u bilig” (“Saodatga eltuvchi bilim”) asari turkiy yozma ada- biyotdagi ilk badiiy doston bo‘lib, didaktik (pand-nasihat) yoʻnalishda yozilgan. Unda muallifning davlatni boshqarish, turli tabaqa vakillarining davlatdagi o‘rni, insoniy munosabatlar, odob-axloq haqidagi fikrlari to‘rt obraz suhbatlari orqali bayon qilinadi:
– Kuntug‘di – adolatli hukmdor;
– Oyto‘ldi – halolligi va aqli tufayli cho‘ponlikdan vazir darajasiga ko‘tarilgan inson;
– O‘gdulmish (“aql bilan ziynatlangan”) – Oyto‘ldining dono o‘g‘li, otasidan keyin saroyda uning o‘rnini egallaydi;
– O‘zg‘urmish (“hushyor qiluvchi, sergaklantiruvchi”) – O‘gdulmish- ning tarki dunyo qilgan donishmand qarindoshi.
Asar tili
“Qutadg‘u bilig” asari qadimgi turkiy tilda aruz vaznining mutaqorib bahrida (bir qisqa va ikki cho‘ziq hijo) yozilgan:
Qara bash / yag‘isi / qizil til / turur, Necha bash / yedi bu / taqi ma / yeyur. V – – / V – – / V – – / V –
Asar Qayum Kari- mov va keyinchalik Boqi- jon To‘xliyev tomoni- dan hozirgi o‘zbek tiliga o‘girilgan.


Kitobga “Qutadg‘u bilig” deb nom qo‘ydim. U qut keltirsin, o‘quvchi- ning qo‘lidan tutsin. So‘zlarimni so‘zladim, bitig bitdim. Bular ikki jahonni tutishga ham yo‘l ochsin.


So‘zimning boshida Kuntug‘di elig nomini atadim, buning sababini aytib beraman. Keyin Oyto‘ldini sanadim. U tufayli muqaddas, qutli kun- lar yorishadi.
Kuntug‘di deganimiz to‘g‘ri, odil Adolatdir. Oyto‘ldi esa qut-baxtdir. Undan keyin O‘gdulmish keladi. O‘gdulmish uquv-idrokning nomi. U kishini ulug‘laydi. Bo‘lagi O‘zg‘urmishdir. Uni Ofiyat dedim.
Barcha so‘zimni shu to‘rt narsa haqida aytdim. Ularni o‘qisang, ko‘zing ochiladi.
Sevinchda yuruvchi ey ezgu yigit, so‘zimni behuda ko‘rma, chin dil- dan eshit. Irodali bo‘l, to‘g‘ri yo‘ldan yanglishma, yigitlikni behuda o‘tka- zib yuborma, uning nafini olib qol. Yigitlikni, yoshlikni aziz tut, u qushdek tez uchib ketadi. Qanchalik qattiq ushlamagin, baribir, yigitlik qochib ketadi.
O‘zim yigitlikni sog‘inaman, uni qo‘ldan berganim uchun o‘kinaman. Ammo endigi o‘kinchdan naf yo‘q. Kimning yoshi qirqdan oshsa, unga yigitlik yillari xayrlashish uchun qo‘l uzatadi.






Yüklə 5,02 Mb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə