Geog 1 (38-янги). p65


- §. „Materiklar va okeanlar



Yüklə 3,84 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/43
tarix04.02.2018
ölçüsü3,84 Kb.
#24117
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   43

5
1- §. „Materiklar va okeanlar
tabiiy geografiyasi“ kursida
nimalar o‘rganiladi?
Yer yuzida yashaydigan kishilar hayoti tabiatga juda bog‘-
langan. Inson o‘ziga kerakli bo‘lgan hamma narsani tabiatdan
oladi. Odamlar o‘zlariga kerakli bo‘lgan narsalarni tabiatdan
olish uchun mehnat qilishadi. Insonning xo‘jalik faoliyati ta’-
sirida Yer yuzi tabiatida o‘zgarishlar, ba’zan zararli o‘zga-
rishlar ro‘y beradi, tabiat ifloslanadi. Bularning oldini olish
uchun Yer yuzining turli joylarida va butun geografik qobiqda
ro‘y berayotgan o‘zgarishlarni tushunish kerak.
Buning uchun esa sayyoramizning butun tabiatini, mate-
riklar va okeanlarni, tabiat komplekslarini, ularda ro‘y bera-
yotgan tabiiy va inson ta’siridagi jarayonlarni bilishingiz zarur.
Siz bu bilimlarni qo‘lingizdagi darslikdan o‘rganasiz.
Darslik mazmunan to‘rtta bo‘limdan iborat. Bular so‘zboshi,
geografik qobiq, okeanlar tabiati, materiklar tabiatidan iborat.
Birinchi bo‘limda darslikda nimalar o‘rganilishi, darslikning
qisqacha mazmuni, atamalar, geografik xaritalar, atlaslar, glo-
buslar haqida ma’lumot beriladi.
Ikkinchi bo‘limda geografik qobiqning xususiyatlari, chega-
ralari, rivojlanish qonuniyatlari, vertikal va gorizontal tuzilishi
to‘g‘risida fikr bildirilgan.
Uchinchi bo‘limda Dunyo okeanining qismlari va ularning ma-
teriklar tabiatiga ta’siri, Dunyo okeani tabiati, jahon  xo‘jaligida
tutgan hozirgi va istiqboldagi o‘rni haqida ma’lumotlar berilgan.
To‘rtinchi bo‘limda materiklarni o‘rganish jarayonida mashhur
dengizchilar, kashfiyotchi sayyohlar haqida, materiklarning ta-
biati, materik va orollarda qanday xalqlar yashashi va hokazolar
haqida ma’lumotlar olasiz.
Materiklar, okeanlar va ularning tarkibiy qismlari. Geografik
qobiq eng yirik tabiat kompleksidir. U tabiiy geografiyaning


6
o‘rganish obyekti bo‘lib, uning tarkibiy qismlari — materik va
okeanlar ham alohida tabiat komplekslari hisoblanadi (1- rasm).
Qadimdan Yer yuzini ikkita yirik muhitga bo‘lishgan: suvli
muhit va quruqlik muhiti. Suvli muhit yaxlit, shuning uchun
uni Dunyo okeani deb atashgan.
Materik — tektonik tuzilishiga ko‘ra bir butun yirik qu-
ruqlikdir. Yer yuzida oltita materik bor: Yevrosiyo, Afrika, Shi-
moliy Amerika, Janubiy Amerika, Antarktida va Avstraliya.
Materiklarni o‘rganish Afrikadan boshlanadi. Chunki u tabiati-
ning barcha xususiyatlariga ko‘ra takrorlanmas hamda o‘ziga xos
bo‘lgan materikdir. So‘ng  Avstraliya, Antarktida, Janubiy Ame-
rika, Shimoliy Amerika va Yevrosiyo ketma-ket o‘rganiladi.
Shuningdek, Yer yuzi oltita qit’a — Afrika, Avstraliya, Antark-
tida, Amerika, Yevropa va Osiyoga ajratilgan. Qit’a — kishilik
jamiyatining taraqqiyoti davomida tarkib topgan tarixiy-mada-
niy tushunchadir.
Okeanlar. Dunyo okeanining materiklar oralig‘idagi qism-
lari  okean deyiladi. Dunyo okeani to‘rt qismga bo‘linadi: Tinch
okean (180 mln kv km), Atlantika okeani (91 mln kv km),
Hind okeani (76 mln kv km) va Shimoliy Muz okeani (14 mln
kv km). Olimlar beshinchi Janubiy okeanni ham ajratadilar.
Dengiz, qo‘ltiq, bo‘g‘izlar okeanlarning kichik qismlaridir.
1- rasm.  Geografik qobiq — tabiiy geografiyaning o‘rganish obyekti.


7
Qirg‘oq chizig‘i. Okean yoki dengiz yuzasi bilan quruqlik
yuzasi tutashgan chegara qirg‘oq chizig‘i deyiladi.
Atama, tayanch tushuncha va nomlar
Materik, qit’a, Dunyo okeani, okean, qirg‘oq chizig‘i,
geografik qobiq.
Nazorat uchun savollar
1. Yer yuzida nechta materik va qit’a bor? Okeanlar-chi?
2. Materiklar va okeanlar tabiiy geografiyasi nimalarni
o‘rganadi?
Amaliy topshiriqlar
1. Atlasdan (2 — 3- betlar) materiklar, qit’alar va ularning
qirg‘oq chiziqlarini aniqlang.
2. Materiklar va okeanlar, yirik yarimorollar va orollar,
dengizlar, qo‘ltiqlar va bo‘g‘izlar nomini yozuvsiz xa-
ritaga yozib qo‘ying.
2- §. Geografik xaritalar va ularning
turlari. Atlaslar, globuslar
Geografik xaritalar — bilim manbayi. Turli mazmundagi va
masshtabdagi xaritalardan o‘quvchilarning maqsadli foyda-
lanishi talab qilinadi. Kursning materiklar va okeanlar tabiiy
geografiyasiga oid bo‘limlarida har bir mavzuga taalluqli bo‘l-
gan xaritalar berilgan. Demak, muayyan mavzuni o‘rganish
jarayonida xaritalardan foydalanish shart.
Geografik xaritalarning tasnifi. Geografik xaritalar g‘oyat
ko‘p va xilma-xildir. Xaritalar — o‘rganish, hisobga olish, saq-
lash va boshqa maqsadlar uchun mo‘ljallangan bo‘lishi mumkin.
Xaritalar tasvirlangan hududning katta-kichikligiga, mas-
shtabiga, mazmuniga va ko‘zda tutilgan maqsadiga qarab guruh-
larga ajratiladi.
Òasvirlangan hududning katta-kichikligiga ko‘ra, xaritalar:


8
dunyo va yarimsharlar, materiklar va okeanlar, tabiiy o‘lkalar,
mamlakatlar, viloyatlar va boshqa ma’muriy birliklar xari-
talariga bo‘linadi.
Masshtabiga ko‘ra: yirik masshtabli  (1 : 10 000 dan 1 : 200 000
gacha),  o‘rta masshtabli (1 : 200 000 dan 1 : 1 000 000 gacha),
mayda masshtabli (1 : 1 000 000 va undan mayda) xaritalar bo‘-
ladi. Joy planini tuzishda ham muayyan masshtabdan (1 : 5000
va undan yirik) foydalaniladi. Lekin plan kichik hududlar
uchun tuziladi.
Mazmuniga ko‘ra, xaritalar: umumgeografik va mavzuli xa-
ritalarga bo‘linadi. Umumgeografik xaritalar hududlarning umu-
miy ko‘rinishi va geografik xususiyatlarini aks ettiradi. Bularga,
asosan, tabiiy va siyosiy xaritalar kiradi.
Mavzuli tabiiy xaritalarda ayrim tabiat komponentlari nis-
batan aniq va mukammal tasvirlanadi. Bunday xaritalarga
6- sinf atlasidagi Yer po‘stining tuzilishi, tabiat zonalari, iqlim
va boshqa xaritalarni misol qilib ko‘rsatish mumkin.
Ba’zan mavzuli xaritalarda bitta yoki ikkita emas, balki bir-
biri bilan bog‘langan bir qancha komponentlar ko‘rsatilgan
bo‘ladi. Bunday xaritalarga kompleks xaritalar deyiladi (6- sinf
atlasiga qarang).
Xaritalarning qo‘llanilish maqsadi ularning masshtabiga,
mazmuniga va jihozlash usuliga katta ta’sir ko‘rsatadi. Buni bitta
hududning bir xil masshtabli va mazmunli, lekin har xil maq-
sadli xaritalarini bir-biriga taqqoslab, yaqqol ko‘rish mumkin.
Maqsadiga ko‘ra, xaritalarni: o‘quv, ilmiy, turistik, targ‘ibot-
tashviqot kabi turlarga bo‘lish mumkin.
Geografik atlaslar ta’rifi, tasnifi va xususiyatlari. Yagona
dastur asosida bir butun (yaxlit, bo‘linmas) asar sifatida baja-
rilgan geografik xaritalarning tizimli to‘plamiga geografik atlas
deb aytiladi.
Qadimgi yunon olimi Klavdiy Ptolemeyning geografik xa-
ritalar to‘plamini (eramizning II asri) birinchi geografik atlas
deb hisoblash mumkin. Xaritalar to‘plami uchun „Atlas“ nomi
Merkator tomonidan (1595- yili) taklif etilgan. Maktab geo-
grafik atlaslari — bu o‘quvchilarning mashg‘ulot vaqtida mustaqil


Yüklə 3,84 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   43




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə