Geog 1 (38-янги). p65



Yüklə 3,84 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə3/43
tarix04.02.2018
ölçüsü3,84 Kb.
#24117
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   43

9
bajariladigan ishlari uchun mo‘ljallangan eng muhim karto-
grafik qo‘llanmadir.
Geografik globus.  Globus — Yer sharining kichraytirilgan
modeli bo‘lib, Yerning tashqi qiyofasini hamda uning yirik
qismlari (materiklar, okeanlar, ularning bo‘laklari) nisbatini
eng to‘g‘ri va ko‘rgazmali tasvirlaydi. Globusda kartografik tas-
virning xatoliklari bo‘lmaydi.
Maktab o‘quv globuslari 1 : 83 000 000, 1 : 50 000 000,
1 : 40 000 000, 1 : 30 000 000 masshtabda tayyorlanadi.
Mashhur vatandoshimiz Abu Rayhon Beruniy (973 — 1048- y.)
XI asrda birinchi bo‘lib shimoliy yarimsharning globusini yasa-
gan.  Butun Yer sharini tasvirlagan birinchi mukammalroq glo-
busni 1492- yilda Martin Bexaym yasagan. Lekin unda Amerika,
Avstraliya va Antarktida tasvirlanmagan. Hoji Yusuf Hay’atiy
1886- yilda ishlagan globus Samarqanddagi madaniyat va san’at
tarixi muzeyida saqlanmoqda. Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zMU
geologiya va geografiya fakultetida 1984- yilda H. Hasanov rah-
barligida I. Y. Oshev yasagan ulkan „Relyefli globus“ o‘rna-
tilgan.
Hozirgi vaqtda globuslarning bir necha turlari mavjud. Bu-
lar maktab globusi, relyefli globus, osmon jismlarini tasvir-
lovchi globuslardir.
Atama, tayanch tushuncha va nomlar
Geografik xarita, masshtab, atlas, globus, Beruniy, M. Be-
xaym,  Hoji  Yusuf Hay’atiy, H. Hasanov, I. Y. Oshev.
Nazorat uchun savollar
1. Geografik xaritalar qanday turlarga bo‘linadi?
2. Geografik  xarita  masshtabiga ko‘ra qanday turlarga  bo‘li-
nadi?
3. Dastlabki atlas va globus kimlar tomonidan yaratilgan?
Amaliy topshiriqlar
1. Maktabingizdan uyingizgacha bo‘lgan masofani 
1 : 10 000
masshtabda aks ettiring.
2. Atlas va xaritalarning turlarini chizmada aks ettiring.


10
 GEOGRAFIK QOBIQ
3- §. Geografik qobiqning
chegaralari, xususiyatlari
Geografik qobiq va uning chegaralari. Atmosferaning quyi
qatlami — troposfera, litosferaning ustki g‘ovak qatlami, gid-
rosfera va biosferalarni o‘z ichiga olgan hamda  o‘zaro ta’sir etib
turadigan yaxlit qobiq Yerning geografik qobig‘i deb ataladi.
Geografik qobiqning yuqori va quyi chegarasini, uning qa-
linligini turli olimlar turlicha o‘tkazishadi va belgilashadi. Ko‘p
olimlar geografik qobiqning yuqori chegarasini troposferaning
yuqori qismidan o‘tkazishadi va uning qalinligini 30 — 35 km
deb hisoblashadi. Aniqlanishicha, geografik qobiqning yuqori
chegarasi ozon pardasiga, pastki chegarasi esa g‘ovak jinslari-
ning tag qismiga to‘g‘ri keladi. Ozon pardasi Yerdagi orga-
nizmlarni Quyoshning ultrabinafsha nurlaridan muhofaza qiladi.
Geografik qobiqning xususiyatlari. Geografik qobiqning bi-
rinchi xususiyati, uning tarkibiy qismlari — litosfera, gidro-
sfera, atmosfera va biosferalar doimiy ravishda o‘zaro aloqa-
dorlikda bo‘lishi va bir-biriga ta’sir etishidir; ikkinchi xususiyati,
modda va energiya almashinish jarayonining bo‘lib turishidir;
uchinchi xususiyati, geografik qobiqda organik hayotning, jum-
ladan, insoniyat jamiyatining mavjudligidir.
Geografik qobiqning rivojlanishiga Yerning tashqi va ichki
energiyalari ta’sir etadi. Geografik qobiqda sodir bo‘layotgan bar-
cha jarayonlarning asosiy qismi Quyosh energiyasi va kamroq
qismi Yerning ichki energiyasi ta’sirida ro‘y beradi (2- rasm).
Geografik qobiqning tuzilishida modda va energiya alma-
shinuvi muhim rol o‘ynaydi. Bunda litosfera, gidrosfera, at-
mosfera va biosferalar o‘rtasida moddalar almashinishi ro‘y be-
radi. Masalan, okean suvi 3 000 yilda bir marta yangilanadi.
Atmosferadagi namning to‘liq yangilanishi uchun atigi 10 kun
kerak bo‘ladi. Aylanma harakatdagi suv boshqa komponentlar


11
bilan bevosita aloqada bo‘lib, geografik qobiqning shakllanishida
muhim rol o‘ynaydi.
Geografik qobiqning vertikal va gorizontal tuzilishi ham
uning asosiy xususiyatlaridan hisoblanadi. Geografik qobiq-
ning vertikal tuzilishi deganda, uning tarkibiy qismlari baland-
lik bo‘ylab joylashgan holatini tushunish lozim. Geografik qo-
biqning gorizontal tuzilishi tabiat komplekslarining kenglik va
uzunlik bo‘ylab tarqalishi va almashib kelishida namoyon bo‘ladi.
Bunga iqlim mintaqalari, tabiat zonalari yaqqol misoldir.
Atama, tayanch tushuncha va nomlar
Geografik qobiq, geografik qobiqning tuzilishi: litosfera, at-
mosfera, gidrosfera, biosfera, ozon pardasi, geografik
qobiqning vertikal va gorizontal tuzilishi.
Nazorat uchun savollar
1. Geografik qobiqning o‘rtacha qalinligi va chegaralari ha-
qida so‘zlang.
2- rasm.  Geografik qobiqning tarkibiy qismlari va
ularning o‘zaro ta’siri.
Atmo-
sferaning
quyi
qismi
Bio-
sfera
Gidro-
sfera
Lito-
sferaning
yuqori
qismi
Yerning ichki energiyasi
Quyosh
 energiyasi


12
2. Geografik qobiqning xususiyatlari deganda nimani tushu-
nasiz?
3. Ozon pardasi qanday vazifani bajaradi?
Amaliy topshiriqlar
1. Darslikdagi 2- rasmni daftaringizga chizing va uni izoh-
lang.
2. Geografik qobiqning gorizontal tuzilishini xaritadan ko‘-
rib chiqing.
3. Geografik qobiqning vertikal va gorizontal tuzilishini
izohlab yozing.
4 — 5- §. Geografik qobiqning
rivojlanish bosqichlari va
umumiy qonuniyatlari
Geografik qobiqning rivojlanish bosqichlari. Olimlar geo-
grafik qobiqning rivojlanishini uch bosqichga ajratishadi: nobio-
gen, biogen va antropogen. Nobiogen bosqich — Yer taraqqi-
yotining  4,6 mlrd yildan to 570 mln yilgacha o‘tgan davrini
qamrab oladi. Bu bosqichda geografik qobiqning asosi tarkib to-
padi, ya’ni litosfera, atmosfera va gidrosfera shakllanadi. Yerda
hayot 3,8 — 3,5 mlrd yil muqaddam paydo bo‘lgan bo‘lsa-da,
ular o‘ta oddiy organizmlardan tashkil topganligi uchun geo-
grafik qobiqning rivojlanishiga sezilarli ta’sir etmagan.
Biogen bosqich — 570 mln yil muqaddam boshlangan. Bu
davrda organizmlar taraqqiy etgan (1- jadvalga qarang). Nati-
jada, biosfera shakllangan va geografik qobiqning mukammal
tizimga ega bo‘lishiga kuchli ta’sir ko‘rsatgan.
Antropogen bosqich inson paydo bo‘lgandan (2 mln yil av-
val) hozirgi kunga qadar o‘tgan davrni qamrab oladi. Ayni
paytda geografik qobiqning rivojlanishiga insonning xo‘jalik fao-
liyati (texnika inqilobi, kosmik asr) sezilarli darajada ta’sir ko‘r-
satmoqda. Bular tabiatni muhofaza qilish, ekologik, demografik
muammolarni keltirib chiqardi. Shulardan biri o‘lkamizdagi
Orolbo‘yi ekologik muammosidir.


Yüklə 3,84 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   43




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə