Geog 1 (38-янги). p65



Yüklə 3,84 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə5/43
tarix04.02.2018
ölçüsü3,84 Kb.
#24117
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   43

14
3- rasm. Geografik qobiqning shakllanishi.
Quyosh sistemasi,  5 mlrd yil
Yer sayyorasi, 4,6 mlrd yil
Yerning ichki qobiqlari, 4,6 — 4,0 mlrd yil
Yadro
Mantiya
Yer po‘sti,
litosfera
Yerning tashqi qobiqlari, 4 — 3,5 mlrd  yil
Atmosfera
Gidrosfera
Biosfera
Geografik qobiq
bir tabiat komponenti alohida rivojlanmaydi. Ular doimo bir-
birlari bilan bog‘langan va o‘zaro ta’sir etib turadi. Agar birorta
tabiat komponenti o‘zgarishga uchrasa, boshqa tabiat kom-
ponenti ham albatta o‘zgaradi. Masalan, oddiygina biror da-
raxtzorning kesilishi oqibatida quyidagi o‘zgarishlar sodir bo‘-
ladi: yerosti suvlari sathi pasayadi, u yerda yashovchi hayvonot
olami boshqa joyga ko‘chadi. Shuningdek, shamol ta’siri
kuchayib, tuproq yemirilishiga olib keladi. Shu atrofdagi ob-
havoda o‘zgarish ro‘y beradi. Kechalari salqinroq, kunduzi is-
siqroq bo‘ladi.
Bundan tashqari, geografik qobiqning tarkibiy qismlari
atmosfera, gidrosfera, biosfera va litosfera doimo bir-biri bilan
aloqada, bir-biriga o‘tib turadi. Masalan, havo tarkibidagi suv
bug‘lari gidrosfera, chang zarralari litosfera, qushlar, hasha-
rotlar biosfera elementlaridir. Suvdagi organizmlar biosfera


15
elementi bo‘lsa, undagi qum zarralari va turli qattiq jinslar,
loyqa litosfera elementidir.
Geografik qobiqda modda va energiya almashinuvi. Geo-
grafik qobiqning to‘rtta tarkibiy qismida, ya’ni atmosfera, gid-
rosfera, litosfera va biosferalarda modda va energiya almashinuvi
ikkita — gorizontal va vertikal yo‘nalishda kuzatiladi. Atmosfera
va Dunyo okeanidagi suvning harakatida va litosferadagi vul-
qonlar harakatida moddalarning ham gorizontal, ham vertikal
almashinuvi bo‘ladi. Geografik qobiqdagi modda va energiyaning
almashinuviga Yerning ichki energiyasi, Quyosh energiyasi
hamda gravitatsiya kuchi ta’sir etadi. Geografik qobiqda modda
va energiya to‘xtovsiz almashinib turadi. Bu jarayon murakkab
bo‘lib, unda sifat o‘zgarishlari sodir bo‘ladi.
Geografik qobiqda ritmik (davriy)lik. Tabiatda vaqt o‘tishi
bilan bir xil hodisalarning takrorlanib turishi ritmiklik deb ata-
ladi. Ritmiklik ikkiga bo‘linadi: sutkalik va yillik (fasliy).
Yerning o‘z o‘qi atrofida aylanishi sutkalik, Quyosh atrofida
to‘liq bir marta aylanishi yillik yoki fasliy ritmlarga sabab bo‘-
ladi. Sutkalik ritmiklikka kun bilan tun almashishi misol bo‘ladi.
Natijada, sutka davomida harorat va namlik o‘zgarib turadi.
Hayvonot olami hayotida ham ritmiklik aks etadi. Masalan, ay-
rim hayvonlar kunduzi faol bo‘lib, kechasi dam olsa, boshqa-
lari, aksincha, tunda juda faol bo‘ladi. Tog‘lardagi qor va muz-
liklar kunduzi ko‘proq eriydi. Shuning uchun daryolar tushdan
keyin sersuvroq bo‘ladi.
Fasliy ritmiklikka Yerda yil fasllarining almashinishi misol
bo‘ladi. Tabiatda ko‘p yillik ritmikliklar ham mavjud. Bularga
Quyoshdagi jarayonlar va Yer ichki kuchlari ritmikligi sabab
bo‘ladi.
Geografik zonallik va balandlik mintaqalanishi. Quruqlikda
ekvatordan qutbiy kengliklar tomon tabiat komplekslarining
birin-ketin almashinishiga zonallik deb ataladi. Unga Yerning
sharsimonligi oqibatida Yer yuziga Quyosh nurining bir tekisda
tushmay ekvatordan qutblarga tomon kamayib borishi sabab
bo‘ladi. Tog‘larda balandlik tomon tabiat komplekslarining
almashinib kelishi balandlik mintaqalanishi deyiladi.


16
Atama, tayanch tushuncha va nomlar
Nobiogen, biogen, antropogen, era, davr, bir butunlik,
zonallik, hududiylik, balandlik mintaqalanishi.
Nazorat uchun savollar
1. Geografik qobiqning rivojlanishi qanday bosqichlarga
bo‘linadi?
2. Geografik qobiqning umumiy qonuniyatlari nimalardan
iborat?
Amaliy topshiriq
1. Geografik qobiqning umumiy qonuniyatlarini va geo-
xronologik jadvalni geografiya daftaringizga yozing.
6- §. Litosfera va Yer relyefi
Litosfera (yunoncha „litos“ — tosh, qattiq, „sfera“ — qobiq)
Yer po‘sti va yuqori mantiyaning bir qismini egallaydi. Yer
po‘sti bilan yuqori mantiya oralig‘idagi chegarani 1914- yilda
yevropalik olim Moxorovichich aniqlagan. Yer po‘sti tuzilishi va
qalinligiga ko‘ra ikki  tiðga bo‘linadi. Yer po‘stining kontinental
tiði materiklarda tarqalgan bo‘lib, tekisliklarda 35 — 40 km,
yosh tog‘larda 55 — 70 km qalinlikka ega. Pomir va Hindukush-
da 60 — 70 km, Himolay tog‘larida 80 km ga boradi. Kontinen-
tal yoki materik po‘sti cho‘kindili, granitli va bazaltli qatlam-
lardan tuzilgan.
Yer po‘stida platforma va geosinklinal hududlar ajraladi.
Platformalar Yer po‘stining o‘ta mustahkam qismlari bo‘lib,
tog‘ burmalanishlari, kuchli zilzila va vulqon harakatlari kuza-
tilmaydi. Ularga Sharqiy Yevropa, Hindiston, Sibir va boshqa
platformalar tegishli. Platformalar tekisliklarga to‘g‘ri keladi.
Geosinklinal mintaqalar Yer po‘stining o‘ta serharakat joylari:
ularga kuchli zilzilalar, harakatdagi vulqonlar, tog‘ burmala-


17
nishlari xos. Tinch okean „olovli halqasi“, O‘rta dengiz, Hi-
molay, Sharqiy Afrika, Markaziy Amerika geosinklinal minta-
qalari Yer po‘stining eng faol qismlaridir.
Okean po‘sti 5 — 10 km qalinlikka ega. So‘nggi tadqiqot ish-
lari natijasida bazaltli qatlamdan pastda joylashgan va qalinligi
3,5 — 5 km bo‘lgan magmatik jinslar borligi aniqlandi. Demak,
okean po‘sti ham uchta qatlamdan tuzilgan. Lekin unda granitli
qatlam uchramaydi.
Litosfera okean tubida 50 — 60 km gacha, quruqliklarda
100 — 200 km gacha qalinlikka ega. Litosfera Yer po‘stining
yirik va yaxlit bo‘laklari — plitalaridir. Ular materik va okean
tublarini o‘rta okean tizmalariga qadar egallaydi. Yettita yirik
(6 ta materik va bitta Tinch okean) va oltita kichikroq litosfera
plitalari ajratilgan. Litosfera plitalari to‘qnashish qismlarining
juda faolligi natijasida yosh tog‘lar, harakatdagi vulqonlar,
zilzilalar hosil bo‘ladi.
„Litosfera plitalari nima sababdan gorizontal siljiydi?“ degan
savolga olimlar javob topishdi. Aniqlanishicha, bu Yer po‘sti
bilan mantiya oralig‘idagi astenosfera (yunoncha „astenos“ —
kuchsiz) qatlamining yumshoq va elastik holatdagi moddalar-
dan tuzilganligiga bog‘liq ekan. Deyarli barcha vulqon o‘choq-
lari ham astenosferaga to‘g‘ri kelishi aniqlandi. O‘rta okean
tizmalarida litosfera plitalari mantiyadan chiqayotgan mod-
dalarning halqasimon harakati hisobiga bir-biridan uzoqlashadi.
Natijada, ular orasida yangi okean po‘sti hosil bo‘ladi va
kengaya boradi (4- rasm). Òog‘larning paydo bo‘lishi harakat-
dagi vulqonlar, zilzilalar litosfera plitalarining tutashish, ya’ni
to‘qnashgan chegaralariga to‘g‘ri keladi.
Relyef  (yunoncha,  ko‘tarilaman) Yer yuzasining kattaligi,
kelib chiqishi, yoshi va rivojlanish tarixi turlicha bo‘lgan shakl-
laridir. Yer yuzasidagi barcha relyef shakllari ichki va tashqi
kuchlarning hosilasidir. Asosiy relyef shakllariga tog‘ va tekis-
liklar misol bo‘ladi. Òog‘lar quruqlikning 40 % ini, tekisliklar
esa 60 % ini egallaydi.
Yer shari quruqligining eng past nuqtasi –405 m ga (O‘lik
dengiz), eng baland nuqtasi 8 848 m ga (Jomolungma yoki Eve-
2 — A. Soatov,  A. Abdulqosimov, M. Mirakmalov


Yüklə 3,84 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   43




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə