Geog 1 (38-янги). p65



Yüklə 3,84 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə42/43
tarix04.02.2018
ölçüsü3,84 Kb.
#24117
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   43

145
10 — A. Soatov,  A. Abdulqosimov, M. Mirakmalov
O‘lkada yirik daryolar yo‘q, ammo mavjud kichik daryo-
lari Tinch va Hind okeanlariga quyiladigan daryolarning yuqo-
ri oqimidagi irmoqlaridan iborat. Suvsiz va qurib qoladigan
ko‘pgina daryolar (Tarim, Zulayho va b.) berk havzada joy-
lashgan.  Ko‘llaridan Lobnor (maydoni o‘zgarib turadi), Kuku-
Nur, Ubsu-Nur sho‘r ko‘llar bo‘lsa, Bagrashko‘l, Orin-Nur
chuchuk ko‘llardir.
Markaziy Osiyoda mo‘tadil va quruq subtropik iqlim minta-
qalarining o‘rmon-dasht (tog‘ etaklari), chalacho‘l, cho‘l zo-
nalari hosil bo‘lgan. Tog‘larning 6 000 m dan baland qismlari
qor va muzlar bilan qoplangan.
Atama, tayanch tushuncha va nomlar
Berk havza, botiq, yosh tog‘lar, To‘rfon, Chogori, Tibet,
Tyanshan, Tarim, Mongoliya Oltoyi.
Nazorat uchun savollar
1. Markaziy Osiyoning relyef shakllari qanday?
2. Markaziy Osiyo iqlimiga qanday omillar ta’sir ko‘rsatadi?
Amaliy topshiriqlar
1. Asosiy relyef shakllari va ularning nomlarini dafta-
ringizga yozing.
2. Darslik va mavzuli xaritalardan foydalanib, Markaziy
Osiyo tabiatini qisqacha tavsiflang.
65- §. Sharqiy Osiyo
Geografik o‘rni. Sharqiy Osiyo Xitoy davlatining sharqiy
qismini, Koreya  yarimorolini, Yapon orollarini egallaydi. Bu
o‘lka shimoldan janubga qarab dengiz sohillari bo‘ylab bir ne-
cha ming kilometrga cho‘zilgan.
Tabiiy sharoiti. Sharqiy Osiyoning zaminida eng qadimgi
kristall jinslardan tarkib topgan Xitoy-Koreya va Janubiy Xitoy


146
platformalari yotadi. Platformaning yuzasi Xuanxe va Yanszi
daryolari keltirgan alluvial yotqiziqlardan tashkil topgan. Bu
hudud Buyuk Xitoy tekisligiga mos keladi.
Buyuk Xitoy tekisligining shimoliy qismi iqlimi mo‘tadil
mussonli, janubi subtropik mussonli iqlimdir. Shimolda qish
quruq, sovuq (– 6 °C), janubda iliq (+3 °C) bo‘ladi. Yozi issiq,
dengiz sohillarida iyulning o‘rtacha harorati +26 °C. Yillik yog‘in
miqdori shimolda 500 mm, janubda 1 000 mm. Yog‘inning qariyb
80 % i yoz oylariga to‘g‘ri keladi. Bu tekislikdan Xuanxe, Yanszi
va boshqa daryolar oqib o‘tadi. Tekisliklarda ko‘llar va suv
omborlari ham ko‘p. Eng yirik ko‘llardan biri Tayxu ko‘lidir.
Buyuk Xitoy tekisligida unumdor qo‘ng‘ir tuproqlar hosil
bo‘lgan. Oz bo‘lsa-da,  mangra, qarag‘ay, eman, paporotnik,
magnoliya o‘simliklari uchraydi. Dehqonlar tekislikning shi-
molida yiliga ikki marta, janubida, hatto uch marta hosil
yetishtiradilar.
Sharqiy Osiyo o‘lkasining janubiy qismlarini Janubiy Xitoy
past tog‘lari egallagan. Bu kichik o‘lka balandligi 2 000 m gacha
ko‘tarilgan Nanlin va Uishan tog‘laridan tarkib topgan.
Xuanxe va Yanszi daryolari havzalarining katta maydonlarida
paxta, janubiy qismida shakarqamish, apelsin, mandarin, ana-
nas va bananlar yetishtiriladi. Bu o‘lkaning asosiy ekini sholi va
dunyoga mashhur Xitoy choyi hisoblanadi. Bundan tashqari,
bug‘doy, soya, tariqning bir turi — gaolyan ham yetishtiriladi.
Sharqiy Osiyo o‘lkasi turli xil foydali qazilmalarga boy. Ja-
nubiy Xitoy past tog‘lari qalayi va volfram foydali qazilmalari
bilan mashhur. Sharqiy Xitoyda toshko‘mir va temir rudasining
zaxirasi juda katta.
Atama, tayanch tushuncha va nomlar
Platforma, musson iqlimi, Buyuk Xitoy tekisligi, Xuan-
xe, Yanszi, Tayxu, Xitoy choyi, gaolyan.
Nazorat uchun savollar
1. Sharqiy Osiyo tabiatining xilma-xil bo‘lishiga sabab ni-
ma?
2. O‘lkada qanday tabiat komplekslari ustun turadi?


147
Amaliy topshiriqlar
1. Sharqiy Osiyo o‘lkasiga oid atama va tushunchalarning
mazmunini daftaringizga yozing.
2. O‘lkadagi asosiy foydali qazilmalarni xaritadan toping.
66- §. Janubiy Osiyo
Geografik o‘rni. Janubiy Osiyo Yevrosiyoning janubida joy-
lashgan. U tabiiy sharoiti bir-biridan tubdan farq qiladigan eng
baland Himolay tog‘ tizmalarini, yassi tog‘likdan tashkil top-
gan Hindiston yarimorolini va alluvial yotqiziqlardan hosil
bo‘lgan Hind-Gang pasttekisligini o‘z ichiga oladi.
Himolay tog‘lari. Himolay „qorlar makoni“ demakdir. U Tibet
tog‘ligi va Hind-Gang pasttekisligi oralig‘ida joylashgan bo‘lib,
uzunligi 2 400 km ga va eni 200 — 300 km ga cho‘ziladi. O‘rtacha
balandligi 6 000 m. Bu tog‘ tizmasida har biri 8 000 m dan baland
11 ta cho‘qqi bor. Eng balandi Jomolungma cho‘qqisi — 8 848 m.
Himolay tog‘lari Alp burmalanishida shakllangan bo‘lib,
yosh tog‘lar tizimiga kiradi. Alp-Himolay geosinklinal minta-
qasi shu hududdan o‘tadi. Bu mintaqa o‘ta faol bo‘lib, unda
kuchli zilzilalar bo‘lib turadi.
Himolay tog‘larining iqlimi tropik (g‘arbiy bo‘lagi) va sub-
ekvatorial (sharqiy bo‘lagi) iqlim mintaqalariga xos. Musson
shamollarining ta’siri juda kuchli. Bu holat Himolay tog‘lari
tabiatining juda xilma-xilligiga sabab bo‘lgan. Bu yerda tog‘
etaklariga xos bo‘lgan botqoqlangan terayalardan tortib, tog‘
yonbag‘irlaridagi doimiy yashil o‘rmonlarni, butazor va baland
tog‘ o‘tloqlarini hamda doimiy qorlar va muzliklarni ko‘ramiz.
Himolay tog‘larida Himolay ayig‘i, tog‘ qo‘yi, yovvoyi yak-
lar  va turli kemiruvchi  hayvonlar yashaydi.
Hind-Gang pasttekisligi. Himolay tog‘laridan janubda uzun-
ligi 3 000 km ga boradigan Hind-Gang pasttekisligi joylashgan.


148
Bu pasttekislik tog‘oldi bukilmasida vujudga kelgan va tog‘lardan
nurab tushgan jinslar bilan to‘lib borgan. Hind vodiysida tropik,
Gang vodiysida esa subekvatorial musson iqlim tarkib topgan.
Gang daryosining quyi oqimida yog‘in miqdori 2 500 mm
ga yetadi. Bu yerda yomg‘ir vaqt-vaqti bilan jala tarzida yog‘adi
va suv toshqinlari bo‘lib turadi. Lekin Hind daryosining
sharqida iqlim qurg‘oqchil, yomg‘ir juda kam yog‘adi. Hatto bu
yerdagi Tar cho‘lida yiliga 100 — 150 mm yog‘in yog‘adi.
Hind-Gang pasttekisligida musson iqlimli o‘rmonlar kam
uchraydi. Gang va Braxmaputra deltasida qalin mangrazorlar va
doimiy yashil o‘rmonlar bor. G‘arbiy qismida sho‘rxok va qumli
cho‘llar mavjud.
Hindiston yarimoroli. Hindiston yarimorolining asosi eng
qadimgi Hind platformasidan iborat. Yer yuzasining katta qis-
mi qadimgi kristall jinslardan tuzilgan. Qazilma boyliklardan te-
mir va marganes rudalari, oltin, olmos, grafit, ko‘mir va neft
konlari bor. Eng baland joyi yarimorolning janubida joylashgan
Anaymudi tog‘idir (2 698 m). Yarimorolning g‘arbida dengiz qir-
g‘og‘i bo‘ylab katta masofaga cho‘zilgan G‘arbiy Gatt tog‘lari
va sharqida Sharqiy Gatt tog‘lari mavjud.
Hindiston yarimorolining iqlimi subekvatorial musson iqlim.
Yanvarning o‘rtacha harorati +26 °C, iyun oyida +40 °C dan
oshadi.
G‘arbiy Gatt tog‘larida doimiy yashil nam tropik o‘rmonlar,
markazida  savanna o‘rmonlari va savannalar, daryo deltalarida
mangra o‘rmonlari tarqalgan.
   
Atama, tayanch tushuncha va nomlar
Terayalar, Hindiston yarimoroli, Himolay tog‘lari, Hind-
Gang pasttekisligi, G‘arbiy va Sharqiy Gatt tog‘lari.
Nazorat uchun savollar
1. Janubiy Osiyo tabiatining xilma-xil bo‘lishiga qanday
omillar ta’sir etadi?
2. Janubiy Osiyo hududida qanday iqlim mintaqalari bor?


Yüklə 3,84 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   43




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə