Geog 1 (38-янги). p65



Yüklə 3,84 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə40/43
tarix04.02.2018
ölçüsü3,84 Kb.
#24117
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   43

138
Atama, tayanch tushuncha va nomlar
Yirik tabiiy geografik o‘lkalar, kichik o‘lkalar, tabiiy geo-
grafik rayonlashtirish, Yevropa o‘lkalari, Osiyo o‘lkalari.
Nazorat uchun savollar
1. Tabiiy geografik rayonlashtirish deganda nimani tushu-
nasiz?
2. Yevrosiyo qanday tabiiy geografik o‘lkalarga bo‘linadi?
Amaliy topshiriqlar
1. Tabiiy geografik o‘lkalarni daftaringizga yozing va  xari-
tadan toping.
2. Yevrosiyo tabiiy geografik o‘lkalarini ikki varaq qog‘oz-
ga chizing.
61- §. O‘rta Yevropa
Yevrosiyo materigi tarixiy geologik rivojlanishi va tabiatining
xilma-xilligiga ko‘ra ikkita — Yevropa va Osiyo qit’alariga ajra-
tilgan. Yevropa qit’asi tabiatini o‘rgangan tadqiqotchilar ham
uni ko‘plab kichik tabiiy georgafik o‘lkalarga ajratishgan.
O‘rta Yevropa kichik o‘lkasi tarkibidagi tabiiy geografik
oblastlardan biri Alp-Karpat tog‘laridir.
Alp-Karpat tog‘lari. Geografik o‘rni. Alp-Karpat tog‘lari ki-
chik o‘lkasi Yevropadagi baland, uzun va ulkan tog‘lardan hi-
soblanadi. Bu o‘lka G‘arbiy Yevropaning markaziy qismida
joylashgan. Alp tog‘ burmalanishida vujudga kelgan eng yosh
tog‘lardan hisoblanadi. O‘z navbatida, bu kichik o‘lka tabiati-
ning o‘ziga xos xususiyatlari bilan farq qiladigan mustaqil Alp
va Karpat tog‘lariga bo‘linadi.
Alp tog‘lari yoy shaklida g‘arbdan sharqqa 1 200 km maso-
faga cho‘zilgan. Alp tog‘larining eng baland joyi uning g‘arbiy
qismida joylashgan besh qirrali Monblan cho‘qqisidir (4 807 m).


139
Alp tog‘larining iqlimi mo‘tadil bo‘lib, qishi yumshoq,
yozi salqin. Yiliga 2 000 — 3 000 mm atrofida yog‘in tushadi.
Tog‘ning tepalarida doimiy qor va muzliklar hosil bo‘lgan.
Muzliklarning maydoni 4 140 kv km bo‘lib, uzunligi 15 — 27 km
gacha cho‘zilgan. Bu muzliklardan Reyn, Rona, Adije, Drava
daryolari to‘yinadi.
Alp tog‘larining shimoliy etaklari va yassi tog‘liklarida pod-
zol tuproqlar tarkib topgan. Tog‘ yonbag‘irlari buk va eman
o‘rmonlari bilan qoplangan. Bu o‘rmonlar tagida qo‘ng‘ir tup-
roqlar uchraydi.
Karpat tog‘lari O‘rta Yevropaning sharqiy qismida joylash-
gan, yoysimon shakldagi tog‘ sistemasidan iborat bo‘lib, tabiiy
xususiyatlariga ko‘ra uch qismga — G‘arbiy Karpat, Sharqiy
Karpat va Janubiy Karpat tog‘lariga bo‘linadi. Karpat tog‘la-
rining uzunligi 1 500 km, o‘rtacha balandligi 800 — 1 200 m, eng
baland joyi Baland Tatra tog‘idagi Gerlaxovski-Shtit cho‘q-
qisidir (2 655 m).
Karpat tog‘lari yangi tog‘ burmalanishlari, vulqonlar ta’si-
rida hosil bo‘lgan. Unda foydali qazilmalardan neft, gaz,
ko‘mir, temir va marganes rudalari, rangli va nodir metallar,
kaliy hamda osh tuzlari mavjud.
Iqlimi Alp tog‘larining iqlimiga qaraganda biroz kontinen-
talroq. Yanvarning o‘rtacha harorati –3 –5 °C. Tog‘ etaklarida
yoz  issiq, o‘rtacha harorat +17 +20 °C ga teng. Balandlikka
ko‘tarilgan sari harorat pasayadi. Yillik yog‘in 800 — 1 000 mm,
tog‘ tepalarida 1 200 — 2 000 mm.
Karpat tog‘lari daryolarga boy. Shimolga oqadigan Oder,
Visla daryolari Karpatdan boshlanadi.
Karpatning eng katta tabiiy boyligi tog‘ o‘rmonlaridir. Unga
o‘rmonli Karpat deb nisbat berilishi bejiz emas. Tog‘ yonbag‘irlarida
keng bargli o‘rmonlar (buk, eman, zarang, qora qarag‘ay)
tarqalgan. Eng baland joylari ham tog‘ o‘rmonlari bilan qoplangan.
Ular  planinalar (yaylovlar) deb yuritiladi. Pasttekisliklarda ah-
yon-ahyonda  pushta deb ataluvchi dashtlar saqlanib qolgan.
Karpat tog‘larida, asosan, qo‘ng‘ir ayiq, to‘ng‘iz, silovsin,
olmaxon, suvsar kabi hayvon turlari ko‘p uchraydi.


140
Atama, tayanch tushuncha va nomlar
O‘rta Yevropa, Alp-Karpat tog‘lari, o‘rmonli Karpat, plani-
nalar, pushta, Reyn, Dunay,  Tisa.
Nazorat uchun savollar
1. Alp tog‘larining tabiati qanday omillar ta’sirida tarkib
topgan?
2. O‘rmonli Karpat, planina, pushta qanday ma’nolarni
anglatadi?
Amaliy topshiriqlar
1. O‘rta Yevropa o‘lkasini yozuvsiz xaritaga tushiring.
2. Alp va Karpat tog‘lariga qiyosiy tavsif bering va dafta-
ringizga yozing.
62- §. Sharqiy Yevropa
Geografik o‘rni. Sharqiy Yevropa tekisligi Yevrosiyoda eng
yirik tabiiy geografik o‘lkalardan biri bo‘lib, uning maydoni qa-
riyb 4 mln kv km ga teng. Bu tekislik Yevropaning sharqiy qis-
mida joylashgan. Sharqiy Yevropa tekisligi turli kengliklarda joy-
lashgan bo‘lib, shimolda tabiat komplekslari tundradan boshla-
nib, janubi sharqda mo‘tadil mintaqaning cho‘l tabiatigacha
davom etadi.
Tabiiy sharoiti. Sharqiy Yevropa tekislik o‘lkasi geologik ji-
hatdan Yer po‘stining eng qadimgi, nisbatan barqaror bo‘lgan
Sharqiy Yevropa platformasida tashkil topgan. Platformaning
yuza qismi hozirgi davr dengiz va kontinental yotqiziqlari bilan
qoplangan. Sharqiy  Yevropa tekisligi xilma-xil boyliklarga ega.
Krivoy Rogdagi temir koni, Kursk magnit anomaliyasi, Pe-
chora va Donetsk havzalaridagi toshko‘mir konlari, Volga-Ural
rayoni va Pechora havzalaridagi neft konlari, Boltiqbo‘yidagi


141
yonuvchi slanes konlari bunga yaqqol misoldir. Bu o‘lkada ba-
landliklar, kryajlar, tekisliklar va pasttekisliklar keng tarqalgan.
Sharqiy Yevropa iqlimining shakllanishida Atlantika okea-
nidan esadigan iliq va nam havo massalari hamda Arktika sovuq
havo massalarining ta’siri kuchli. Shimoldan janubga va g‘arb-
dan sharqqa borgan sari iqlimning kontinentalligi orta boradi.
Tekislikning g‘arbida qish yumshoq (–6 –8 °C), sharqida sovuq
(–10 –20 °C). Yoz oylari ko‘pchilik joylarda salqin (+18 +22 °C).
O‘lkaning janubi-sharqiy qismida davomli jazirama issiq (+25
+29 °C) bo‘ladi. Yog‘inlarning yillik miqdori g‘arbdan sharq
tomonga kamayib (800 — 600 mm) boradi. Eng kam yog‘in-
garchilik (200 mm) Kaspiybo‘yi pasttekisligida kuzatilgan.
Sharqiy Yevropa tekisligi daryolarga juda boy. Tekislikning
shimolga qarab oqadigan daryolari Pechora, Mezen, Shimoliy
Dvina sersuv daryolar hisoblanadi. Janubga qarab oqadigan eng
yirik daryolar Volga, Dnepr va Ural daryolaridir.
Sharqiy Yevropa tekisligida ko‘llar ko‘p, ayniqsa, ular tekis-
likning shimoli g‘arbida keng tarqalgan. Bunga sabab Yer yuza-
sining tuzilishi va iqlim sharoitining qulayligidir.
Sharqiy Yevropa tekisligida shimoldan janubga tomon quyi-
dagi tabiat zonalari birma-bir almashinib keladi: tundra, o‘r-
mon-tundra,  tayga, aralash o‘rmonlar, keng bargli o‘rmonlar,
o‘rmon-dasht,  dasht, chalacho‘l va cho‘llar.
Atama, tayanch tushuncha va nomlar
Sharqiy Yevropa, Valday, Volga, Kursk magnit anoma-
liyasi (KMA).
Nazorat uchun savollar
1. O‘lkadagi tabiat zonalari haqida nimalarni bilasiz?
2. Sharqiy Yevropa tekisligida qanday daryolar bor?
Amaliy topshiriqlar
1. Yevropa o‘lkalarini daftaringizga sxematik tushiring.
2. Bu o‘lkadagi tabiat zonalarini tavsiflab bering.


Yüklə 3,84 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   43




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə