Geog 1 (38-янги). p65



Yüklə 3,84 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə35/43
tarix04.02.2018
ölçüsü3,84 Kb.
#24117
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   43

119
topadi, natijada ob-havo quruq va ochiq bo‘ladi, yog‘in kam
tushadi, sovuq havo hukmronlik qiladi. O‘zbekiston hududida
ham ana shunday ob-havoning kuzatilishiga Markaziy Osiyodan
kirib keladigan havo sababchidir.
Relyefning iqlimga ta’siri. Yevrosiyo Yer yuzasining tuzilishi
ham iqlimning hosil bo‘lishiga katta ta’sir ko‘rsatadi. Ayniqsa,
baland tog‘ tizmalari atmosferada harakat qilayotgan iliq va so-
vuq havo massalarini to‘sib qolib, iqlimning keskin o‘zgarishiga
sabab bo‘ladi. Bunday holni Alp, Kavkaz, Tyanshan, Himolay
tog‘lari misolida ko‘rish mumkin. Bu tog‘ tizmalari g‘arbdan
sharqqa tomon cho‘zilgan bo‘lib, shimoldan keladigan sovuq
shamollarning janubga o‘tishiga to‘sqinlik qiladi. Yevrosiyo
tog‘larida iqlim sharoiti balandlik mintaqalari bo‘yicha ham
o‘zgaradi. Balandlik iqlim mintaqalari Alp, Karpat, Kavkaz,
Tyanshan, Himolay kabi tog‘larda ko‘zga yaqqol tashlanib
turadi. Tibet va Pomir tog‘liklaridagi iqlim baland tog‘ iqlimi
bo‘lib, yozining iliqligi, qishining qattiq sovuqligi va atmosfera
yog‘inlarining juda kam yog‘ishi bilan boshqa joylardan farq
qiladi.
Atama, tayanch tushuncha va nomlar
„Sovuqlik qutbi“, Oymyakon, Cherrapunja, iqlim shakl-
lanishidagi omillar, Tibet, Pomir.
Nazorat uchun savollar
1. Yevrosiyo iqlim sharoitining kenglik bo‘ylab o‘zgarishi-
ga sabab nima?
2. Yevrosiyoning iqlimi g‘arbdan sharqqa nega o‘zgarib
boradi?
Amaliy topshiriqlar
1. Yevrosiyo iqlimi xususiyatini belgilovchi omillarni daf-
taringizga yozing.
2. Atlasning 28- betidagi iqlim xaritasini tahlil qiling.


120
  52- §. Sovuq va mo‘tadil iqlim
mintaqalari
Iqlim mintaqalari. Materikning shimoldan janubga qarab
katta masofaga cho‘zilganligi tufayli uning iqlim sharoiti juda
ham xilma-xil. Sovuq iqlim mintaqalariga arktika va subarktika
iqlim mintaqalari kiradi.
Arktika iqlim mintaqasi Yevrosiyoning Arktikadagi orolla-
rini va quruqlikning Shimoliy Muz okeaniga tutashib turgan
qismini ishg‘ol etadi. Bu yerda yil davomida sovuq arktika havo
massasi hukmronlik qiladi. Harorat yoz oylarida ham past (+1
+3 °C) bo‘ladi, qishda esa qattiq sovuq uzoq davom etadi. Yozi
juda qisqa bo‘lib, qutb quyoshi bir necha oy ufqdan biroz
ko‘tarilib turadi va quruqlik yuzasini isita olmaydi. Qishning
o‘rtacha harorati (–40 °C) past bo‘lib, qor bo‘ronlari takror-
lanib turadi. Yillik yog‘in 50 — 100 mm atrofida qor shaklida
yog‘adi. Quruqliklarning asosiy qismi muz va qor bilan qop-
langan.
Subarktika iqlim mintaqasi g‘arbda Skandinaviya yarim-
orolining shimolidan sharqda Bering dengizi sohiligacha davom
etadi. Yoz oylarida o‘rtacha harorat +4 °C dan +14 °C gacha ko‘-
tariladi. Yil davomida sovuq shamollar esib turadi, bulutli kun-
lar ko‘p bo‘ladi. Bu yerga 200 — 400 mm atrofida yog‘in tushadi.
Mo‘tadil iqlim mintaqasi Yevrosiyoning eng katta qismini
egallab olgan. U g‘arbda Atlantika okeani sohillaridan boshlanib,
sharqda Tinch okean sohillarigacha davom etadi. Mo‘tadil min-
taqa iqlim sharoitining shakllanishida Atlantika okeanidan ke-
ladigan dengiz havo massasi, materik ichkarisida tarkib topgan
kontinental havo massasi va Tinch okeandan keladigan musson
havosi muhim rol o‘ynaydi. Shuning uchun bu yerda mo‘tadil
iqlim mintaqasining dengiz,  mo‘tadil-kontinental,  kontinental va
musson iqlim  tiðlari  hosil bo‘ladi.
Yevrosiyoning g‘arbiy qismida Atlantika okeanidan keladi-
gan iliq havo massalarining ta’siri tufayli qish yumshoq, yoz


121
salqin bo‘ladi. Yanvarning o‘rtacha harorati 0 °C atrofida,
iyulniki esa +15 +20 °C ga teng. Yog‘ingarchilik yil davomida
bo‘lib turadi va uning o‘rtacha yillik miqdori 1 000 mm dan
oshadi.
Mo‘tadil mintaqaning sharqiy qismidagi Tinch okean sohil-
larida musson shamollari hukmron. Bu havo massalari fasllarga
qarab almashinib turadi va mo‘tadil mintaqaning musson iqlim
tiðini hosil qiladi. Yog‘ingarchilik, asosan, yoz oylarida bo‘ladi
(yillik yog‘in miqdorining 90 % i aprel-noyabr oylariga to‘g‘ri
keladi), qishda esa aksincha, yog‘in kam tushadi (100 mm).
Atama, tayanch tushuncha va nomlar
Sovuq mintaqalar, arktika, subarktika va mo‘tadil iqlim
mintaqalari, iqlim tiðlari.
Nazorat uchun savollar
1. Mo‘tadil iqlim mintaqasida  iqlimning qanday tiðlari
bor?
2. Bu mintaqalarda harorat va yog‘inlar miqdori uzoqlik
bo‘ylab qanday o‘zgaradi?
Amaliy mashg‘ulotlar
1. Sovuq va mo‘tadil mintaqalarini yozuvsiz xaritaga tu-
shiring.
2. Daftaringizga iqlim tiðlarini tavsiflab yozing.
53- §. Issiq iqlim mintaqalari
Yevrosiyoning issiq iqlim mintaqalari subtropik, tropik, sub-
ekvatorial (2 tadan) va ekvatorial iqlim mintaqalaridan iborat.
Subtropik iqlim mintaqasi materikning g‘arbidagi Pireney
yarimorolidan to Tinch okean sohiligacha bo‘lgan qismini
egallaydi. Yozda tropik havo, qishda esa mo‘tadil havo massalari
hukmronlik qiladi. Materik ichkarisida yozda tropik havo massa-


122
lari ta’sirida harorat +30 +35 °C gacha ko‘tariladi, havo ochiq
bo‘ladi, yomg‘ir juda kam yog‘adi. O‘rta dengiz sohillarida qish
iliq bo‘ladi. Yomg‘ir tez-tez yog‘ib turadi, havoning o‘rtacha
harorati hamma joyda 0 °C dan yuqori. Shuning uchun o‘sim-
liklar vegetatsiyasi (o‘sishi) yil davomida to‘xtamaydi. Yom-
g‘irni Atlantika okeanidan esadigan g‘arbiy nam shamollar kel-
tiradi. Bu subtropik iqlim tiði O‘rta dengizbo‘yi iqlimidir. Gru-
ziyaning Qora dengiz sohillarida ham nam subtropik iqlim
tarkib topgan.
G‘arbdan sharqqa, materik ichkarisi tomon borgan sari ha-
voning namligi kamayib, kontinentalligi orta boradi. Natijada
subtropik mintaqaning o‘rta qismida subtropik kontinental iqlim
tarkib topadi. Bu yerda yoz juda issiq va quruq, qish esa ancha
sovuq bo‘ladi. Yog‘ingarchilik kam, 100 — 150 mm atrofida
yog‘adi. O‘rta Osiyoning janubiy qismlari iqlimi ana shunday
iqlimga to‘g‘ri keladi. Ozarbayjonning Kaspiybo‘yi tekisliklari,
Turkmaniston, O‘zbekistonning janubi quruq subtropik hududga
kiradi.
Materikning sharqiy — Tinch okean sohilidagi subtropik
mintaqada mavsumiy shamollar ta’sirida subtropik musson
iqlimi vujudga keladi.
Tropik iqlim mintaqasi Arabiston yarimoroli, Eron tog‘ligi
va Hind daryosi havzasini egallaydi. Mintaqaning janubida yil
davomida quruq va issiq kontinental tropik havo massalari
tarkib topadi. Yozi juda issiq (+30 +35 °C), qishi iliq (+18
+24 °C) bo‘lib, 500 — 1000 mm atrofida yog‘in yog‘adi.
Subekvatorial iqlim mintaqasi Hindiston yarimorolining mar-
kaziy va sharqiy qismidan Tinch okeanga qadar davom etadi.
Xitoyning janubiy qismi (25° sh. k. gacha), Filiðpin orollari
ham shu mintaqaga kiradi. Bu hududlarga musson iqlim tiði
xos. Yog‘in ko‘p yog‘adi. Yer sharining eng ko‘p yog‘in yog‘a-
digan joyi bo‘lgan Cherrapunjada yillik yog‘in 12 000 mm dan
oshadi.
Ekvatorial iqlim mintaqasi Shri-Lanka oroli bilan Malakka
yarimorolining janubiy qismlari hamda Osiyoning janubi shar-


Yüklə 3,84 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   43




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə