Geog 1 (38-янги). p65



Yüklə 3,84 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə41/43
tarix04.02.2018
ölçüsü3,84 Kb.
#24117
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   43

142
63- §.
 
G‘arbiy va Sharqiy Sibir
G‘arbiy Sibir. G‘arbiy Sibirga shu nomdagi pasttekislik va
Kara dengizidagi bir qancha kichikroq orollar kiradi. U shi-
moldan janubga 2 500 km ga, g‘arbdan sharqqa 1 900 km ga
cho‘zilgan.
G‘arbiy Sibirning zamini paleozoy erasida vujudga kelgan
plitadan iborat. Uning usti mezozoy va kaynozoy eralarining
turli xil qalinlikdagi yotqiziqlari bilan qoplangan. Paleozoy dav-
ri yotqiziqlari G‘arbiy Sibir pasttekisligining chekka qismlarida
ko‘zga yaqqol tashlanadi. Neft va ko‘mir hududning asosiy foy-
dali qazilmalarini tashkil qiladi.
G‘arbiy Sibir hududi janubdan shimolga tomon salgina
nishab. G‘arbiy Sibir hududida uzunchoq, cho‘ziq do‘ngliklar
ko‘p. Umuman, o‘lka hududining mutlaq balandligi 300 m dan
oshmaydi.
G‘arbiy Sibir hududida qishda arktika, yozda esa mo‘tadil
mintaqaning havo massalari hukmronlik qiladi. Shu sababdan
o‘rtacha yillik havo harorati qishda –25 –30 °C ni, yozda +22 °C
ni tashkil etadi. Yillik o‘rtacha yog‘in miqdori 480 — 550 mm ga
yetadi.
Ob, Irtish, Taz va Pur kabi daryolar G‘arbiy Sibirning eng
yirik daryolaridir. Umuman, hududdagi deyarli barcha daryolar
Shimoliy Muz okeani havzasiga kiradi.
G‘arbiy Sibirning shimolida tundra-gleyli,  podzol va botqoq
tuproqlar, janubiy qismida esa unumdor qora tuproqlar tar-
qalgan. Pasttekislik hududida pakana qayin,  qutb tollari,  kedr,
pixta,  tilog‘och,  kaklik o‘ti kabi o‘simliklar o‘sadi. Hayvonlar-
dan  oq ayiq,  oq kaklik,  shimol bug‘usi,  lemming,  qutb tulkisi,
rosomaxa kabilar yashaydi.
Sharqiy Sibir. U Sibirning markaziy qismini egallab, g‘arb-
da G‘arbiy Sibir pasttekisligidan sharqda Kolima daryosining
vodiysigacha davom etadi.


143
Sharqiy Sibirning markaziy qismini egallagan qattiq va mus-
tahkam Sibir platformasi arxey erasida vujudga kelgan. Uning
g‘arbiy qismi paleozoy, sharqiy qismi esa mezozoy eralarida
ko‘tarilgan.
O‘lkaning relyefi, asosan, yassi tog‘liklardan iborat. Sharqiy
Sibirning markaziy qismida O‘rta Sibir yassi tog‘ligi joylashgan.
Uning yuzasi dengiz sathidan o‘rtacha 400 — 600 m baland.
Putorana tog‘larida balandlik 1 701 m ga yetadi.
 Sharqiy Sibir uchta — arktika, subarktika va mo‘tadil iqlim
mintaqalarida joylashgan. O‘lka iqlimining G‘arbiy Sibir iqli-
midan farqli jihati uning keskin kontinentalligidir. Bu yerda
yillik havo harorati tafovuti juda katta (qishda –20 –40 °C, yozda
+16 +18 °C). Oymyakonda qishda harorat –71 °C ga, yozda esa
+36 °C ga yetganligi qayd etilgan.
Sharqiy Sibir daryolarga boy. Yevrosiyoning yirik daryola-
ridan Yenisey, Lena, Aldan, Kolima, Taymir, Xatanga, Vilyuy,
Anabar shular jumlasidandir.
O‘lka hududida arktika sahrolari,  tundra va o‘rmon-tundra
zonalarining landshaftlari tarkib topgan. Asosiy tuproqlari tund-
ra-gleyli va torfli gleyli,  botqoq va podzol tuproqlardir. O‘lkaning
shimoliy qismida ko‘p yillik muzloq yerlar katta maydonni
egallaydi.
Sharqiy Sibirda o‘simliklardan mox va lishayniklar,  oq va
qora qarag‘ay,  tilog‘och,  Sibir yeli,  kedr,  zirk kabilar o‘sadi.
Hayvonlardan  oq ayiq,  qutb tulkisi,  bo‘ri,  o‘rmon suvsari,  oq
kaklik,  shimol itsichqoni,  yerqazir va boshqalar yashaydi.
Atama, tayanch tushuncha va nomlar
Kara, Ob, G‘arbiy Sibir, Sharqiy Sibir, tundra-gleyli tup-
roqlar, muzloq yerlar, Sibir yeli.
Nazorat uchun savollar
1. G‘arbiy Sibirda qanday havo massalari hukmronlik qiladi?
2. Sharqiy Sibir qanday iqlim mintaqalarida joylashgan?
3. Ko‘p yillik muzloq yerlar o‘lkaning qaysi qismida uch-
raydi?


144
Amaliy topshiriqlar
1. Yer po‘sti tuzilishi xaritasidan foydalanib, G‘arbiy va
Sharqiy Sibir geologik tuzilishini taqqoslang.
2. Darslik matni va mavzuli xaritalardan foydalanib, G‘ar-
biy va Sharqiy Sibir tabiatini taqqoslang.
64- §. Markaziy Osiyo
Geografik o‘rni. Markaziy Osiyo tabiiy geografik o‘lkasi
Osiyoning markaziy qismini egallaydi. Bu o‘lkada Xitoy va
Mongoliya hududidagi tog‘ va cho‘llar joylashgan.
O‘lkaning markaziy va janubiy qismidan Yer po‘stining faol
Alp-Himolay seysmik mintaqasi o‘tadi. O‘lkada keksa, lekin
yoshargan tog‘lar bilan birga eng yosh tog‘lar ham bor.
Relyefi. Markaziy Osiyo o‘lkasining relyefida, asosan, tog‘,
tog‘lik, tog‘ oralig‘idagi botiqlar va baland tekisliklar uchraydi.
Tibet tog‘ligi, Qoraqurum, Sharqiy Tyanshan yoki Xitoy Tyan-
shani, Oltoy (Mongoliya Oltoyi), Kunlun tog‘lari, Taklamakon
botig‘i, Gobi cho‘li joylashgan baland tekislik o‘lka relyefining
asosiy shakllari hisoblanadi. O‘lkaning eng baland joyi (8 611 m)
Qoraqurum tizmasidagi Chogori cho‘qqisi bo‘lsa, eng past
nuqtasi Taklamakon cho‘lidagi To‘rfon botig‘iga (–154 m)
to‘g‘ri keladi.
Iqlimi. O‘lka hududi mo‘tadil va subtropik iqlim mintaqa-
larida joylashgan. Osiyo maksimumi (qish oylarida) va Tinch
okeandan esadigan havo massalarining hissasi katta. Yillik
yog‘in-sochin Tibet tog‘ligining markazida, Taklamakon va
Gobi cho‘llarida 100 mm dan kam. O‘lkaning janubi-sharqiy
qismidagi tog‘larning (Tibet, Kunlun) sharqiy yonbag‘riga
1 000 mm va undan ko‘p yog‘in tushadi. Yanvarning o‘rtacha
harorati o‘lka shimolida –24 °C (iyulda +16 °C), markazida
(Taklamakon cho‘lida) –8 °C (iyulda +24 °C), janubida (Tibet
tog‘ligida) –20 °C (iyulda +10 °C) atrofida bo‘ladi.


Yüklə 3,84 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   43




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə