Mundarija: 1



Yüklə 251,78 Kb.
səhifə1/15
tarix12.06.2023
ölçüsü251,78 Kb.
#116814
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15
tuzlarning o\'simliklarga ta\'siri1







Mundarija:




1

Kirish




I BOB. Sho‘rlangan tuproqlar, ularning turlari. Sho‘rhoq va sho‘rhoqsimon, sho‘rtob va sho‘rtobli tuproqlar

1.1

SHo‘rxok va sho‘rhoksimon tuproqlar.




1.2

SHo‘rtob va sho‘rtobli tuproqlar.




1.3

SHo‘rxok va sho‘rxoksimon tuproqlarning morfologik belgilari, sho‘rlanish darajalari va sho‘rlanish tiplari bo‘yicha klassifikatsiyalari.




II BOB. Tuzlar va ularning o‘simliklarga ta’siri. O‘simliklarning tuz ta’siriga chidamliligi.

2.1

Tuzlarning o‘simliklarga ta’siri.




2.2

Ekinlarning tuz ta’siriga chidamliligi va chidamliligini oshirish yo‘llari.




2.3

Tuproq tarkibidagi tuzlarning yo‘l qo‘yiladigan miqdori.







Xulosa







Foydalanilgan adabiyotlar






KIRISH
O’zbekistonning Respublikasida yangi agrar islohatlarning amalga oshirilishi munosabati bilan qishloq xo’jaligini yildan- yilga yangi texnika, mineral o’g’itlar va o’simliklarni himoya qilish bilan taminlash yaxshilanmoqda, keng miqyosda irrigasiya va meliorasiya ishlari amalga oshirilmoqda.
Sug’oriladigan yerlardan olinadigan mahsulotlar umumiy qishloq xo’jaligidan olinadigan mahsulotlarning 95 % ni tashkil etadi. Shuning uchun sug’oriladigan yerlardan samarali foydalanish, ularni unumdorligini oshirib borish, har bir gektar yerdan kafolatlangan yuqori sifatli, arzon mahsulot olish muhim muammo bo’lib qolmoqda.
O’zbekistonda tuproqning sho’rlanishi, botqoqlanishi, eroziyasi, garmsel shamoli va suv ta’minotining pastligi, qumliklarning kuchayishi tufayli sug’oriladigan yerlardagi qishloq xo’jalik ekinlarining hosildorligi taxminan 50-60% gacha kamayib, sifatsiz va zaiflashgan bo’ladi.
Masalan, sho’rlangan yerlarda paxta va bug’doy hosildorligi 40-50 s/ga gacha bo’lsa, sho’rlangan yerlarda esa uning hosildorligi 15-20 s/ga dan oshmaydi. Tuproqning sho’rlanishi, botqoqlanishi va eroziyasi natijasida daraxtlar quriydi, o’simliklar o’sish va rivojlanishdan to’xtaydi, binolar, yo’llar, ko’priklar, gidrotexnik inshootlar yemiriladi.
Yerlarni meliorasiya qilish natijasida sho’rlanish, botqoqlanish, eroziya va boshqa barcha tabiiy va antropogen zararli oqibatlar bartaraf qilinadi.
Yerlarni meliorativ holatini yaxshilash, sug’orish ishlarini rivojlantirish, yangi yerlarni o’zlashtirish va boshqa meliorativ tadbirlar dehqonchilikning madaniy saviyasini belgilab beradi. Qishloq xo’jaligining iqtisodiy rivojlanishiga asosiy omil bo’ladi.
Sug’oriladigan yerlardan olinadigan mahsulotlar qishloq xo’jaligidan olinadigan umumiy mahsulotlarning 95% ini tashkil etadi. Shuning uchun sug’oriladigan yerlardan samarali foydalanish, tuproq unumdorligini oshirib borish, har bir gektar yerdan kafolatlangan yuqori, sifatli va arzon maxsulot olish eng muham vazifa bo’lib kelmokda. Bu vazifalarni hal qilishda meliorasiya fanining ahamiyati juda kattadir. Chunki sug’oriladigan yerlarning 55-60% i sho’rlangan va botqoqlangan, 50% i eroziyalangan, 10-12% i gipsli, karbonatli tuproqlardan iborat. Shu bilan birga sug’oriladigan yerlar tarkibida juda unumsiz Qum va qumloq, toshloq, shag’al tuproqlar keng tarqalgan. Yuqorida ko’rsatib o’tilgan yerlardan unumli foydalanish uchun meliorasiya tadbirlari zaruriy omillardir.
Respublikamizning umumiy yer maydoni 2001 yil 1 yanvardagi malumot bo’yicha 44896,9 ming gektar, shundan sug’oriladigan maydon 4 mln. 273,3 ming gektar yoki umumiy maydonning 9,5 % ni tashkil qiladi, bundan 650 ming gektar aholiga xususiy tamorqa sifatida berilgan.
So’ngi 50 yil moboynida sug’oriladigan yerlar maydoni 2,46 mln gektardan 4,28 mln gektarga yetkazildi. Faqat 1975-1985 yillar moboynida 1mln gektarga yaqin yer o’zlashtirib, 1990 yilda yer maydoni 1985-yilgacha nisbatan 1,5 barobar ortdi. Ana shu yer maydonining qariyib 50 foizini meliorativ holati yomon va shubilan bir qatorda 1990 yilgacha qadar sug’oriladigan yerlarning 75 foiziga paxta ekilishi tuproq unumdorligini pasayishiga olib keldi.
Hozirgi vaqtda O’zbekistonda (2008 y) paxta maydoni 1430 ming gektarni tashkil qilib, uning hosildorligi gektaridan 25,3 sentnerni yalpi hosil 3440 ming tonnani, sug’oriladigan yerlarda (2010 yil) g’alla esa 1310 ming gektarni, hosildorligi 50,2 sentner, yalpi hosil 7330 ming tonnani tashkil etdi.
Yana aytib o’tish kerakki Respublikamizda sug’oriladigan maydonlarining 1083,8 ming ga maydonda sizot suvlarining sathi 2 metrgacha joylashgan, mineralizasiyasi 3 g/l dan oshiq bo’lgan maydonlar 810,4 ming ga ni tashkil etmoqda. Bunday xol sug’oriladigan yerlardan bug’lanishning oshishiga, tuproqlarni ikkilamchi sho’rlanishiga va suv resurslarini ortiqcha sarflanishiga olib keladi.
Tuproqni har tomonlama yaxshilash, hosildorligi va iqtisodiy samaradorligini oshirish qishloq xo’jaligini kelgusidagi rivojining muhim masalalaridan biridir. Ishlab chiqarishning har qanday vositalaridan to’g’ri va samarali foydalanish ko’p jihatdan uning eng muhim xususiyatlarini qanchalik chuqur va har tomonlama o’rganishga bog’liq. Bu eng avvalo tuproqqa tegishli bo’lib, undan oqilona foydalanish, tuproqning unumdorligini oshirish, tuproqning sifati, bonitirovkasi, iqtisodiy bahosini, muxofazasini bilish, tuproqqa ishlov berish usullari, o’g’itlash, tuproqning fizik xossalari asosida, qulay agrotexnika muddatlaridan muayyan texnologik ketma-ketlikdan foydalanish, tuproq eroziyasiga, sho’rlanishiga, zichlanishiga va boshqalarga qarshi tadbirlar muayyan elementlar aniq qonunchilik yuli bilan boshqarishni talab qiladi.


Yüklə 251,78 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə