Geog 1 (38-янги). p65


Subekvatorial fasliy nam o‘rmonlar zonasi



Yüklə 3,84 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə38/43
tarix04.02.2018
ölçüsü3,84 Kb.
#24117
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   43

130
Subekvatorial fasliy nam o‘rmonlar zonasi daraxt turlariga
juda boy. Zona hududida qish juda iliq bo‘ladi. Yanvarning
o‘rtacha harorati +15 +18 °C ga teng. Hayvonot dunyosi xilma-
xil. Hindistonda va Shri-Lanka orolida hozir ham yovvoyi fillarni
uchratish mumkin. Qalin o‘rmonlarda maymunlarning bir
necha turlari yashaydi.
Ekvatorial mintaqaning tabiat zonasi. Yevrosiyoning ekva-
torial mintaqasida bitta tabiat zonasi — ekvatorial nam o‘rmon-
lar zonasi shakllangan. Bu zona Malakka yarimorolida va ko‘p-
roq orollarda joylashgan. Ekvatorial nam o‘rmonlar zonasi
boshqa zonalardan yil bo‘yi namgarchilikning ko‘pligi, haro-
ratning deyarli bir xilligi bilan ajralib turadi. Ekvatorial nam
o‘rmonlarda ferralit-laterit tuproqlar hosil bo‘ladi. Ular ko‘p
yarusli qalin o‘rmonlar bilan qoplangan. O‘simlik qoplami tur-
larga boy. Malakkaning o‘zida 7,5 ming tur o‘simlik uchraydi.
Yovvoyi buqa, karkidonlar, orangutan maymunlar zonaga xos
hayvonlardir.
Atama, tayanch tushuncha va nomlar
Issiq iqlim mintaqalaridagi tabiat zonalari, tosh eman, yer-
tut daraxti, paporotnik, bambuk, piton, karkidon.
21- rasm. Mo‘tadil va issiq iqlimli mintaqalar hayvonlari.
Yo‘lbars
Panda
Yak
Fil
Piton iloni


131
Nazorat uchun savollar
1. Cho‘llar qaysi iqlim mintaqalarida uchraydi?
2. Savannalar qayerlarda tarkib topgan?
Amaliy topshiriqlar
1. Mavzuga tegishli tabiat zonalarini yozuvsiz xaritaga tu-
shiring.
2. O‘rmon-dasht zonasi bilan savannalarni bir-biriga qi-
yoslang.
   
57- §. Balandlik mintaqalari
Yevrosiyo hududining deyarli yarmi tog‘lardan iborat. Tog‘-
lardagi balandlik mintaqalarining soni va turi ularning geografik
o‘rniga, balandligiga, yo‘nalishiga, havo oqimlariga ro‘para ke-
lishiga bog‘liq. Tog‘ qaysi tabiat zonasida joylashgan bo‘lsa,
balandlik mintaqaning asosi ham shu tabiat zonasi hisoblanadi.
Balandlik mintaqalarining almashinib kelishi Himolay (38° sh. k.,
88° shq. u.), Alp (46° sh. k., 18° shq. u.) tog‘larining janubiy
yonbag‘rida aniq namoyon bo‘ladi. Himolayning tog‘ etaklarida
botqoqlashgan changalzorlar — terayalar joylashgan. Tuprog‘i
qorabalchiq-botqoq, o‘simligi baland bo‘yli (5 m gacha) o‘t
o‘simliklari, sovun daraxti, mimoza, palma va bambuklardan
iborat. Undan tepada tropik nam o‘rmonlar (ferrolit tuproqlar,
asosiy o‘simligi  dafna, palma), subekvatorial doimiy yashil
o‘rmonlar (ferralit tuproqlar, asosiy o‘simligi dub,  magno-
liya), subtropik doimiy yashil o‘rmonlar, bargini to‘kuvchi keng
bargli o‘rmonlar (o‘rmon-qo‘ng‘ir tuproqlar, yong‘oq, qayin,
zarang), igna bargli o‘rmonlar (chala-podzol tuproqlar, oqqa-
rag‘ay, tilog‘och), baland bo‘yli subalp va past bo‘yli alp o‘t-
loqlari (tog‘-o‘tloq tuproqlar), qor va muzliklar almashib ke-
ladi (22- rasm). Terayalarning iqlim sharoiti yerdan 2 — 3 marta


132
hosil olish imkonini beradi. Odatda, yozda sholi, jut, shakar-
qamish, qishda esa arpa, grechixa va bug‘doy yetishtiriladi.
Himolay va Alp tog‘laridagi balandlik mintaqalarini qiyos-
lasak, shunday xulosaga kelish mumkin: baland tog‘lardagi
mintaqalar soni qutblardan ekvator tomon ortib boradi. Agar
bunday tog‘ qutbda bo‘lsa bitta, agar taygada joylashsa uchta,
dasht zonasida joylashsa yettita balandlik mintaqasi hosil bo‘ladi.
Masalan, Kavkaz tog‘laridan qutbgacha qancha tekislik min-
taqalari bo‘lsa, shu tog‘ning shimoliy yonbag‘rida shuncha ba-
landlik mintaqalari tarkib topadi. Kavkaz tog‘ining shimoliy
yonbag‘rida dasht, o‘rmon-dasht, keng bargli o‘rmonlar, ara-
lash o‘rmonlar, igna bargli o‘rmonlar, subalp va alp o‘tloq-
lari, eng balandda qor va muzliklar almashinib keladi.
Atama, tayanch tushuncha va nomlar
Balandlik mintaqalari, Alp, Kavkaz, Himolay, teraya,
gileya, qayin, zarang, sovun daraxti, mimoza.
Nazorat uchun savollar
1. Tog‘larda balandlik mintaqalarining ko‘p yoki ozligiga
sabab nima?
22- rasm. Himolay va Alp tog‘laridagi balandlik  mintaqalari.


133
2. Himolay va Alp tog‘laridagi balandlik mintaqalarini taq-
qoslang.
3. Nega Ural tog‘ida ham kenglik zonalligi, ham balandlik
mintaqalanishi aks etgan?
Amaliy topshiriqlar
1. Himolay va Alp tog‘laridagi balandlik mintaqalarini tah-
lil qiling va daftaringizga chizing.
2. Kavkaz tog‘laridagi balandlik mintaqalarini chizmada
tasvirlang.
58- §. Yevrosiyo aholisi va
siyosiy xaritasi
Aholi soni va irqlari. Yevrosiyoda 2016- yil 1- iyul hisobi
bo‘yicha 5 mlrd 177 mln kishi yashaydi (Yevropada 740 mln,
Osiyoda 4 mlrd 437 mln). Bu dunyo aholisining asosiy qismini
tashkil etadi. Yevrosiyo aholining zichligi (1 kv km ga 96 kishiga
yaqin) va o‘sishi bo‘yicha boshqa  materiklarga nisbatan oldinda
turadi. Aholining o‘sishi O‘rta Osiyoda, Osiyoning janubi va
janubi-sharqiy qismida yuqori bo‘lsa, Yevropada ancha past.
Hindiston yarimoroli, Buyuk Xitoy tekisligi, Yevropada aholi
zich, materikning shimoliy qismi, tog‘lar va cho‘llarida juda
siyrak yashaydi.
Yevrosiyoda, asosan, yevropeoid va mongoloid irqlariga
mansub bo‘lgan aholi yashaydi. Aholining deyarli yarmi yevro-
peoid irqiga tegishli bo‘lib, Yevropa va Osiyoning janubi g‘arbi-
da tarqalgan.
Yevrosiyo xalqlari. Odatda, aholini xalqlarga ajratishda me-
zon hisoblangan tili, tarixan an’ana bo‘lib kelgan madaniy-
ma’naviy merosi (urf-odatlari), turmush tarzi hisobga olinadi.
Jumladan, tiliga ko‘ra, Yevropa qit’asida uchta yirik guruh —
german, roman, slavyan guruhlari mavjud. Osiyoda esa xitoylar
va hindlar dunyodagi eng ko‘p sonli xalqlardir. Turklar, turk-
manlar, o‘zbeklar, qozoqlar,  qirg‘izlar, ozarbayjonlar, qora-
qalpoqlar, tatarlar, boshqirdlar turkiy til guruhini tashkil etadi.


Yüklə 3,84 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   43




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə