Mavzu: yangi o’zbekistonning ma’naviy yangilanish strategiyasi



Yüklə 50,5 Kb.
səhifə1/2
tarix23.12.2022
ölçüsü50,5 Kb.
#97773
  1   2
yangi o’zbekistonning ma’naviy yangilanish strategiyasi


MAVZU: YANGI O’ZBEKISTONNING MA’NAVIY YANGILANISH STRATEGIYASI.

REJA:

1. O’zbekiston va dunyo: hamkorlik va mustahkam aloqa.
2. Inson huquqlari va etiqod erkinligi davlatning asosiy maqsadi sifatida.
3. O’zbek jamiyati va ma’naviy institutlarning strategik rivojlanishi.

Albatta, dunyodagi jarayonlar mamlakatimiz rahbariyati tomonidan Oʻzbekistonning tashqi siyosiy kursini belgilash va amalga oshirishda chuqur tahlil qilinmoqda hamda inobatga olinmoqda. Xalqaro maydondagi vaziyat va yuzaga kelayotgan har qanday tahlikadan qatʼi nazar, davlatimiz mustaqilligi va suvereniteti, xavfsizligi va barqaror ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyoti hamda barcha fuqarolarimiz farovonligi ishonchli tarzda taʼminlanishi zarur. Oʻzbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 29 yilligini izchil ichki islohotlar va yangilangan tashqi siyosat bilan kutib olmoqda. Mamlakat ichki hayotida kuzatilayotgan ochiqlik, innovatsiya va yangilanishlar, shuningdek, iqtisodiy liberallashtirish, bozorni rivojlantirish, tadbirkorlik muhitini yaxshilash, raqamlashtirish, yangi texnologiyalarni joriy qilish, taʼlim va maʼrifat, fuqarolar faolligi va inson huquqlari himoyasiga eʼtibor – bularning barchasi, shubhasiz, mamlakatimizning tashqi siyosatiga taʼsir oʻtkazmoqda.


Aksariyat xalqaro ekspertlar va xorijiy siyosatchilar fikricha, bugun Oʻzbekiston oʻzining misli koʻrilmagan ochiqligi va jadalligi bilan ajralib turgan izchil, aniq va konstruktiv siyosat yuritmoqda. Mamlakatning iqtisodiy ochiqligi hamda investitsiyalar va biznes uchun jozibadorligi, barcha muammoli masalalarni yakdillik, oʻzaro hurmat va hamjihatlik asosida hal etishga intilish, dunyoning yetakchi davlatlari va boshqa mamlakatlari bilan muvozanatli va oʻzaro manfaatli aloqalar yuritish, siyosiy ishonch va xalqaro huquqqa rioya etilishi asosidagi oʻzaro hamkorlikka intilish – bizning xorijiy sheriklarimiz Oʻzbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev olib borayotgan tashqi siyosiy kursni aynan ana shunday tavsiflamoqda. Tashqi siyosatning aniq jabhalari haqida soʻz yuritishdan oldin mamlakatimizning ustuvor tashqi siyosiy yoʻnalishlari amalda qanday shakllanishi haqida toʻxtalmoqchiman. Ustuvor yoʻnalishlar haqida fikr bildirilganda, dunyoning turli mamlakatlari bilan ikki tomonlama aloqalar nazarda tutiladi. Bunda salmoqli siyosiy, iqtisodiy, harbiy va boshqa salohiyatga ega yetakchi davlatlarga alohida eʼtibor qaratiladi. Bu tabiiy va mutlaqo adolatlidir. Ammo tashqi siyosat qanday asosiy vazifalarga yechim topish kerakligidan ham kelib chiqish lozim. Ulardan eng muhimi davlat va jamiyatning muvaffaqiyatli ichki rivojlanishi, islohotlarni amalga oshirish, aholi turmush farovonligining oshishini taʼminlash, hayot sifatini koʻtarish uchun qulay tashqi sharoitni yaratish hisoblanadi.
Ikkinchi vazifa — Oʻzbekiston atrofida tinchlik, barqarorlik va xavfsizlik muhitini shakllantirish. Aynan mamlakatimiz joylashgan mintaqadagi xavfsizlik barqaror rivojlanishning eng asosiy shartidir. Yuqoridagilardan kelib chiqib, Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev Markaziy Osiyo davlatlari — bizning bevosita qoʻshnilarimiz bilan doʻstona, yaqin qoʻshnichilik va oʻzaro manfaatli aloqalarni rivojlantirish va mustahkamlashni asosiy ustuvor tashqi siyosiy yoʻnalish sifatida belgilab berdi. Oʻzbekiston rahbari tashabbusi asosida soʻnggi uch yilda mintaqaning barcha mamlakatlari bilan oliy darajadagi tashriflar almashinuvi amalga oshirildi. Mintaqa davlatlari yetakchilari oʻrtasidagi siyosiy muloqot oʻzaro ishonchga asoslangan muntazamlik va doimiylik kasb etdi. Bunday muloqotlar davomida Markaziy Osiyo davlatlarini qiziqtiradigan xavfsizlik, iqtisodiyot, investitsiya, turizm, madaniyat, sogʻliqni saqlash va ekologiya sohalarida mintaqaviy va xalqaro ahamiyatga molik muhim qoʻshma qarorlar qabul qilinmoqda. Natijada tarixan qisqa vaqtda Oʻzbekistonning mintaqadagi barcha davlatlar bilan munosabatlari tubdan yaxshilandi. Davlat rahbarlari oʻrtasida ochiq va ishonchli siyosiy muloqotning mustahkamlanishi natijasida mintaqadagi qoʻshnilar bilan munosabatlarda 2016-yilgacha mavjud boʻlgan koʻplab murakkab muammolarga yechim topildi. Prezidentlar oʻrtasidagi oʻzaro ishonch mustahkamlandi. Qoʻshni mamlakatlar bilan savdo-iqtisodiy, sanoat ishlab chiqarishi sohalaridagi aloqalarimiz izchil rivojlanib bormoqda. 2019-yil yakuniga koʻra, ular bilan savdo aylanmasi hajmi 5,2 milliard dollarga koʻtarildi. Pandemiya sharoitiga qaramay, 2020-yilning birinchi yarmida Oʻzbekistonning Markaziy Osiyo davlatlari bilan savdo aylanmasining umumiy hajmi 2,17 milliard dollarni tashkil etdi. Shu bilan birga, biz yaqin qoʻshnilarimiz haqida gapirganimizda, nafaqat Qozogʻiston, Qirgʻiziston, Tojikiston va Turkmanistonni, balki Afgʻonistonni ham nazarda tutamiz.
Prezident Shavkat Mirziyoyev taʼkidlaganidek, Afgʻoniston Markaziy Osiyo mintaqasining bir qismi hisoblanadi, “Oʻzbekiston va Afgʻoniston xalqlari asrlar davomida yagona madaniy-sivilizatsion makonda yashab kelgan”. Afgʻoniston hududida Beruniy, Navoiy, Bobur kabi koʻplab mutafakkir olimlarimiz yashagan va oʻzidan ulkan meros qoldirgan. Bugungi kunda Oʻzbekiston bilan Afgʻoniston oʻrtasida siyosiy, savdo-iqtisodiy va madaniy-gumanitar aloqalar rivojlanib bormoqda. Afgʻoniston xavfsizligini mamlakatimiz xavfsizligi va butun mintaqaning barqarorligi va farovonligi kafolati, deb qabul qilmoqdamiz. Davlatimiz tashqi siyosatining zamonaviy ustuvor yoʻnalishlari haqida gapirganda, Oʻzbekistonning yetakchi xorijiy davlatlar va nufuzli xalqaro tashkilotlar bilan strategik aloqalari rivojlanib borayotganiga alohida eʼtibor qaratish lozim. Oʻzbekiston taraqqiyotning tarixiy va hal etuvchi bosqichidan oʻtib bormoqda. Mamlakatda ijtimoiy-iqtisodiy va ijtimoiy-siyosiy islohotlarning misli koʻrilmagan keng koʻlamli dasturi amalga oshirilmoqda. Bu esa, oʻz navbatida, 2035-yilga kelib Oʻzbekistonning dunyoning 50 ta iqtisodiy rivojlangan mamlakati qatoriga kirishiga xizmat qiladi. Ushbu maqsadga faqat jahon iqtisodiy va moliyaviy tizimiga muvaffaqiyatli va izchil integratsiyalashuv orqali erishish mumkin.
Oʻzbekiston uchun dunyoning Rossiya, AQSH va Xitoy kabi yetakchi davlatlari, Osiyo-Tinch okeani mintaqasidagi rivojlangan mamlakatlar, xususan, Koreya Respublikasi va Yaponiya, Yevropa mamlakatlari va Yevropa Ittifoqi, arab-musulmon hamda turkiy tilli davlatlar bilan oʻzaro manfaatli, samarali va koʻp qirrali hamkorlikni rivojlantirish muhim ahamiyat kasb etadi. Albatta, qayd etilgan ustuvor yoʻnalishlar tartibiga muayyan tuzatishlar kiritish mumkin. Tashqi siyosat nafaqat puxta oʻylangan, vazmin, balki bir vaqtning oʻzida ildam va qulay boʻlishi hamda hozirgi tez oʻzgaruvchan, dunyoda yuzaga kelishini oldindan aytib boʻlmaydigan yangi muammo va tahlikalarga oʻz vaqtida va munosib javob berishi kerak.
Soʻnggi yillarda Oʻzbekiston tashqi siyosatining eng muhim yoʻnalishlarida qanday ishlar amalga oshirilgani toʻgʻrisida batafsil soʻzlab berishingizni istardik.
— Koʻp ishlar qilindi va Oʻzbekiston rahbariyati tashqi siyosatning belgilangan ustuvor yoʻnalishlarini samarali amalga oshirishga katta ahamiyat bermoqda.
Birinchidan, Prezident Shavkat Mirziyoyevning eng muhim xalqaro tashabbuslaridan biri — BMT Bosh Assambleyasining 72-sessiyasida birinchi marta eʼlon qilingan Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlarining maslahat uchrashuvlarini oʻtkazish toʻgʻrisidagi taklif amalga oshdi. Ushbu tashabbus xalqaro miqyosda keng tan olindi va mintaqa davlatlarining barcha rahbarlari tomonidan qoʻllab-quvvatlandi. Ana shunday shakldagi birinchi uchrashuv 2018-yil Ostona shahrida boʻlib oʻtdi. Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlarining Ikkinchi maslahat sammiti esa 2019-yil 29-noyabr kuni Toshkent shahrida oʻtkazildi. Ushbu tadbirning yakunlari boʻyicha Maslahat uchrashuvi qatnashchilarining tarixiy ahamiyatga ega boʻlgan qoʻshma bayonoti qabul qilindi. Unda alohida taʼkidlanganidek: “Markaziy Osiyoda mintaqaviy yaqinlashuvning hozirgi tendensiyasi — tarixiy voqelik. Siyosat, xavfsizlik, barqarorlikni saqlash va taraqqiyot sohalarida mintaqaviy hamkorlikni faollashtirish qoʻshni mamlakatlar xalqlarining tub manfaatlariga javob beradi, ular oʻrtasidagi birodarlik rishtalarining yanada mustahkamlanishi, Markaziy Osiyoning ulkan iqtisodiy va sivilizatsion salohiyatini toʻliq amalga oshirishga xizmat qiladi”. Hozirgi vaqtda mintaqa mamlakatlari XXI asrda Markaziy Osiyoni rivojlantirish maqsadida doʻstlik, yaxshi qoʻshnichilik va hamkorlik toʻgʻrisidagi besh tomonlama davlatlararo hujjatni birgalikda tayyorlamoqda.
Ikkinchidan, Oʻzbekiston tomonlar oʻrtasidagi muloqotga koʻmaklashib, Afgʻonistondagi tinchlik jarayonini qoʻllab-quvvatlash va ilgari surishda faol ishtirok etmoqda, shuningdek, Afgʻoniston iqtisodiyotini tiklash va ushbu mamlakatni mintaqaviy hamda xalqaro savdo-iqtisodiy munosabatlarga jalb qilishga yordam beradigan muhim iqtisodiy va infratuzilmaviy loyihalarni amalga oshirmoqda. Oʻzbekistonning Afgʻonistonga nisbatan siyosati Markaziy Osiyoda barqaror rivojlanish istiqbollari qoʻshni Afgʻonistonda tinchlikka erishish bilan chambarchas bogʻliqligini anglashga asoslanadi. Taʼkidlash joiz, Afgʻonistondagi tinchlik jarayoni uzoq vaqt davomida boshi berk koʻchada qolib ketdi. Bundan ham achinarlisi shundaki, Yaqin Sharq va Shimoliy Afrikadagi boshqa inqirozli vaziyatlar fonida Afgʻonistondagi urush jahon hamjamiyati eʼtiboridan butunlay chetda qoldi. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning tashabbusi bilan dunyo miqyosidagi ushbu oʻtkir muammoni xalqaro hamjamiyat kun tartibiga qayta kiritishga erishildi.
2018-yil 26-27-mart kunlari Toshkentda Afgʻoniston boʻyicha yuqori darajali xalqaro konferensiya boʻlib oʻtdi. Anjumanda Afgʻoniston Prezidenti Ashraf Gʻani, Yevropa Ittifoqining tashqi ishlar va xavfsizlik siyosati boʻyicha oliy vakili Federika Mogerini, BMT Xavfsizlik kengashiga aʼzo davlatlar vakillari ishtirok etdi. Afgʻoniston muammosini hal qilishga bagʻishlangan bunday keng qamrovli forum birinchi marta ana shunday yuqori darajada oʻtkazildi. Toshkent konferensiyasi chindan ham muvaffaqiyatli oʻtgani toʻgʻrisida gapirish uchun bir qancha sabab bor. Avvalo, Afgʻonistondagi mojaroni hal qilishga koʻmaklashish, qoʻshni davlatlar bilan yaxshi qoʻshnichilik aloqalarini yoʻlga qoʻyish Prezident Shavkat Mirziyoyevning mintaqaviy xavfsizlikni taʼminlash masalasi va afgʻon muammosini hal etishdagi strategik qarashlariga, shuningdek, davlatimiz rahbari tomonidan mamlakat tashqi siyosatining asosiy ustuvor yoʻnalishlarini aniq belgilab olinganiga asoslanadi. Amaliy jihatdan Toshkent forumi boshlanishi arafasida Prezidentimizning AQSH, Rossiya, Xitoy rahbarlari, mintaqa mamlakatlari — Hindiston, Pokiston, Eron hamda Markaziy Osiyo davlatlari va, tabiiyki, Afgʻoniston yetakchilari bilan muhim shaxsiy uchrashuvlari va maslahatlashuvlari boʻlib oʻtdi. Toshkent konferensiyasining asosiy natijasi va muvaffaqiyati afgʻon inqirozini hal qilish masalasida umumiy xalqaro yondashuvni ishlab chiqish va tasdiqlashga erishilganidadir. Bularning barchasi afgʻon muloqotiga aloqador davlatlarning mutlaq koʻpchiligi tomonidan tan olingan Toshkent deklaratsiyasida oʻz aksini topdi.
Toshkent konferensiyasi va, umuman, Oʻzbekistonning Afgʻonistonga nisbatan siyosati afgʻon mojarosini hal qilish boʻyicha xalqaro saʼy-harakatlarning faollashishiga, tinchlik jarayonini ilgari surishga qaratilgan mintaqaviy savdo-iqtisodiy va infratuzilmaviy loyihalarga ushbu mamlakatni jalb qilishga olib keldi. Shu kunlarda Afgʻoniston qator davlatlar, jumladan, Oʻzbekistonning faol koʻmagida Qatar poytaxti Dohada keng qamrovli afgʻonlararo muzokaralarni boshlashga tayyorgarlik koʻrmoqda. Qirq yillik eng shafqatsiz va halokatli urushdan keyin birinchi marta afgʻon xalqi oʻz mamlakatining tinch kelajagiga haqiqatan umid qilmoqda. Uchinchidan, Oʻzbekistonning turli qitʼalardagi koʻplab davlatlar va davlat uyushmalari bilan munosabatlari sifat jihatidan yangi bosqichga koʻtarildi. Avvalo, soʻnggi yillarda Rossiya bilan strategik sheriklik va hamkorlik sezilarli darajada mustahkamlandi. Ochiqlik hamda oʻzaro ishonchga asoslangan birgalikdagi saʼy-harakatlar natijasida savdo-iqtisodiy, investitsiya, energetika, transport, agrosanoat, ilmiy-texnikaviy va madaniy-gumanitar sohalarda oʻzaro hamkorlik koʻlamini sezilarli darajada kengaytirishga erishildi.
Rossiya Oʻzbekistonning yetakchi savdo-iqtisodiy sheriklaridan biridir. 2019-yil yakuniga koʻra, RFning mamlakatimiz tashqi savdo aylanmasidagi ulushi 15,7 foizni tashkil qildi. Oʻzbekiston Rossiyaning turli mintaqalariga toʻqimachilik, oziq-ovqat va boshqa mahsulotlarni yetkazib berishni keskin oshirdi. Iqtisodiy rivojlanishning ustuvor sohalarida qator yirik loyihalar va dasturlar muvaffaqiyatli amalga oshirilmoqda. Rossiyaning atom energetikasi mutaxassislari Oʻzbekistonda Markaziy Osiyoda birinchi atom elektr stansiyasini qurishga tayyorgarlik ishlarini boshladi.
Agar Oʻzbekiston — Rossiya munosabatlarining muhim yoʻnalishlaridan biriga aylangan madaniy-gumanitar hamkorlik haqida gapiradigan boʻlsak, Oʻzbekistonda Rossiyaning oʻnlab yetakchi universitetlari filiallari ochilganini taʼkidlash oʻrinli boʻladi. Milliy texnologik tadqiqotlar universiteti (MISiS), Milliy yadroviy tadqiqot universiteti (MIFI) hamda Moskva davlat xalqaro munosabatlar institutining birinchi xorijiy filiali shular jumlasidandir. Bularning barchasi Oʻzbekiston bilan Rossiya oʻrtasidagi sheriklik mustahkam poydevorga ega ekani va kelajakka yoʻnaltirilganidan dalolat beradi. Oʻzbekistonning dunyodagi boshqa yetakchi mamlakatlar bilan munosabatlari ham jadal va oʻzaro manfaatdorlik asosida rivojlanmoqda. Xususan, Oʻzbekiston Prezidentining 2018-yil may oyida Vashingtonga rasmiy tashrifi Amerika Qoʻshma Shtatlari bilan oʻzaro munosabatlarni yangi bosqichga olib chiqdi. Ikki davlat rahbarlari “Strategik sheriklikning yangi davri boshlanishi toʻgʻrisida”gi qoʻshma bayonotni qabul qildilar va oʻz saʼy-harakatlarini hamkorlikning oʻzaro manfaatli sohalarini rivojlantirishga yoʻnaltirdilar. Oʻzbekistonda amalga oshirilayotgan islohotlar ijobiy baholandi va qoʻllab-quvvatlandi. Bu Oʻzbekistonning reytingi va xalqaro imijiga ijobiy taʼsir koʻrsatdi.
2017-yildan buyon ikki mamlakat oʻrtasidagi munosabatlar tarixida ilk bor AQSHning yuqori martabali iqtisodiy delegatsiyalari — savdo vaziri U.Ross, Missisipi shtati gubernatori F.Brayant, AQSHning sertifikatlangan savdo missiyasi (2019-yil) tashriflari amalga oshirildi. Soʻnggi yillarda ikki mamlakat oʻrtasidagi savdo hajmi ikki baravar oshdi. Amerikalik sayyohlarning Oʻzbekistonga oqimi esa 50 foiz koʻpaydi.
AQSH Kongressida nufuzli “Oʻzbekiston boʻyicha kokus”, yaʼni respublikaning norasmiy doʻstlari guruhi tuzildi. Toshkentda keng qamrovli, jumladan, marketing va tadbirkorlik, kompyuter fanlari, media industriyasi, sogʻliqni saqlash boshqaruvi kabi akademik dasturlarni oʻz ichiga olgan Vebster universitetining filiali ¬ochildi. Shu bilan birga, Oʻzbekistonning Yevropa mamlakatlari va Yevropa Ittifoqi bilan munosabatlari deyarli barcha sohalarda sezilarli darajada mustahkamlandi.
Prezident Shavkat Mirziyoyevning Fransiya (2018-y.), Germaniya (2019-y.) va Turkiyaga (2017-y. va 2020-y.) samarali rasmiy tashriflari boʻlib oʻtdi. Taʼkidlash joiz, Turkiya bilan aloqalar anʼanaga koʻra Oʻzbekiston Tashqi ishlar vazirligining Yevropa mamlakatlari bilan hamkorlik boshqarmasi tomonidan muvofiqlashtiriladi. Mazkur tashriflar natijasida siyosiy, savdo-iqtisodiy, investitsiya, madaniy-gumanitar va boshqa sohalarda natijador kelishuvlarga erishildi. Germaniya Prezidenti F. Shtaynmayer (2019-y.) va Turkiya Prezidenti R. Erdoʻgʻonning (2018-y.) yurtimizga javob tashriflari muvaffaqiyatli amalga oshirildi. Umumiy eʼtirofga koʻra, Yevropa bilan koʻp tomonlama munosabatlarda muhim natijalarga erishildi. 2019-yil may oyida Yevropa kengashi Prezidenti D.Tusk Oʻzbekistonga birinchi marotaba tashrif buyurdi. 2017 va 2018-yillarda Tashqi ishlar va xavfsizlik siyosati boʻyicha oliy vakil F.Mogerini yurtimizga keldi. Yevropa tomoni iqtisodiyot, savdo, innovatsiya, investitsiya, transport, fan, taʼlim va sogʻliqni saqlash sohalarida oʻzaro hamkorlikni kengaytirishdan manfaatdor ekanini bildirdi. Bu Oʻzbekiston — Yevropa oʻzaro hamkorligining asosiy yoʻnalishlari haqidagi tasavvurimizga toʻliq mos keladi. 2019-yil yakuni boʻyicha Oʻzbekiston va Yevropa Ittifoqi mamlakatlari oʻrtasidagi savdo hajmi undan oldingi yilga nisbatan 60 foiz oshdi va 4 milliard dollarni tashkil etdi. Oʻzbekiston mahsulotlarini Yevropaga eksport qilish 580 million dollarni tashkil etib, bir yarim baravar koʻpaydi. Aniqki, bu sohada tomonlar hali foydalanilmagan ulkan salohiyatga ega. Shu sababli Toshkent va Bryusselda 2019-yildan beri muhokama qilinayotgan keng qamrovli Kengaytirilgan sheriklik va hamkorlik toʻgʻrisidagi yangi kelishuv doirasida savdo-iqtisodiy hamkorlikni rivojlantirish istiqbollariga jiddiy eʼtibor qaratilmoqda. Fikrimcha, ushbu munosabatlarning eng muhim jihati shundaki, Toshkentning Markaziy Osiyoda yuritayotgan ochiq va konstruktiv tashqi siyosatini qoʻllab-quvvatlagan holda Bryussel mintaqamizga nisbatan oʻz siyosatini tubdan qayta koʻrib chiqdi. Bu YEIning 2019-yilda qabul qilingan Markaziy Osiyo boʻyicha yangilangan strategiyasida oʻz aksini topdi. Mazkur hujjatda mintaqalararo oʻzaro bogʻliqlikni rivojlantirish, Markaziy Osiyo davlatlarining siyosiy barqarorligi va izchil taraqqiyotini Yevropa Ittifoqi tomonidan qoʻllab-quvvatlashga eʼtibor kuchaytirildi. Soʻnggi uch yilda Oʻzbekiston Mustaqil Davlatlar Hamdoʻstligidagi integratsiya jarayonlaridagi ishtirokini faollashtirdi. Hamdoʻstlik davlatlari bilan tarixiy, birodarlik aloqalarimizga tayanib, Toshkent MDH doirasida koʻp tomonlama va ikki tomonlama hamkorlikni yanada mustahkamlashning qatʼiy tarafdoridir. Hozirgi vaqtda Oʻzbekiston MDHning 84 organidan maqsad-vazifalari milliy manfaatlarga javob beradigan 40 dan ortigʻida ishtirok etmoqda. Soʻnggi uch yil davomida Oʻzbekiston MDH Iqtisodiy kengashi, Hamdoʻstlik Parlamentlararo Assambleyasi va MDHning 18 ta sohaviy organiga qoʻshildi. 2020-yilda Oʻzbekiston MDH tashkil topganidan buyon birinchi marotaba Hamdoʻstlik raisligini qabul qilgani va uni muvaffaqiyatli amalga oshirayotgani koʻp narsadan dalolat beradi. Tashabbuskorligi va pragmatizmi bilan ajralib turadigan Shanxay hamkorlik tashkiloti (SHHT) faoliyatida ham Oʻzbekiston faol ishtirok etmoqda. Toshkentning tashkilotdagi yangi faol kursi sharofati bilan 2017-yildan buyon Oʻzbekistonning SHHTdagi xavfsizlik, iqtisodiyot, transport, ilm-fan, turizm va madaniy-gumanitar sohalardagi hamkorlikni yanada mustahkamlashga yoʻnaltirilgan 10 dan ortiq tashabbusi amalga oshirildi. Oʻzbekiston SHHTda yangi platformalarni yaratish boʻyicha tashabbuskorga aylandi. SHHTning Oʻzbekistondagi Xalq diplomatiyasi markazi, Temir yoʻl maʼmuriyatlari rahbarlarining uchrashuvi, Samarqand shahridagi “Ipak yoʻli” xalqaro turizm universitetini tashkil etish shular jumlasidandir. Tashqi siyosatning yana bir yoʻnalishi – Osiyo-Tinch okeani mintaqasi Oʻzbekiston uchun investitsiyaviy va iqtisodiy hamkorlik va yangi bozorlarni oʻzlashtirish nuqtayi nazaridan muhimdir. Sir emaski, aynan ushbu mintaqa jahon iqtisodiyotining eng tez rivojlanayotgan markazi boʻlib, bu yerda yuqori texnologiyalarning yirik eksport va import qiluvchilari joylashgan.
Bugungi kunda Xitoy bilan siyosiy, savdo-iqtisodiy, moliyaviy, madaniy, qishloq xoʻjaligi, qurilish, ilm-fan va taʼlim sohalaridagi hamkorligimiz jadal va oʻzaro manfaatli asosda rivojlanib bormoqda. Oliy darajadagi muntazam uchrashuvlar, shu jumladan, davlat rahbarlarining 2017-2020-yillardagi muzokaralari natijasida Oʻzbekiston-Xitoy strategik sherikchiligi sifat jihatdan yangi bosqichga koʻtarildi. 2019-yilda Xitoyning Oʻzbekiston iqtisodiyotiga jalb qilingan inves¬titsiyalari hajmi 9,8 milliard dollardan oshdi, 100 million dollarga yaqin miqdorda turli grantlar jalb etildi. Koreya Respublikasi bilan hamkorligimiz ham eʼtiborga loyiqdir. Prezident Shavkat Mirziyoyevning 2017-yildagi Seulga hamda Prezident Mun Chje Inning 2019-yildagi Oʻzbekistonga qilgan davlat tashriflari yakunida turli sohalardagi oʻzaro manfaatli aloqalarni mustahkamlovchi 20 milliard dollardan ortiq qiymatdagi bitimlar imzolandi. 2019-yilda oʻzaro munosabatlar alohida strategik sheriklik darajasiga koʻtarildi, bu esa tomonlarning doʻstlik va oʻzaro ishonch munosabatlariga sodiqligi tasdigʻidir. Oʻzbekistondagi 13 ta universitet, 48 ta maktab va litseyda koreys tili oʻrgatilayotgani ham buning dalilidir.
Mamlakatimizda Janubiy Koreyaning Inxa, Puchon, Yoju va Koreya xalqaro universiteti kabi mashhur oliy oʻquv yurtlarining filiallari faoliyat yuritmoqda, yana ikkitasi ochilishi kutilmoqda. Yaponiya Osiyodagi anʼanaviy va ishonchli sheriklarimizdan biri hisoblanadi. Prezident Shavkat Mirziyoyevning 2019-yil dekabr oyida Yaponiyaga birinchi rasmiy tashrifi ushbu mamlakat bilan siyosiy, savdo-iqtisodiy, moliyaviy, investitsiyaviy, texnologik, ilmiy va madaniy-gumanitar sohalardagi aloqalarni rivojlantirishga yangicha ruh bagʻishladi. Men Afgʻoniston haqida gapirganda, Oʻzbekistonning strategik muhim mintaqa — Janubiy Osiyodagi tashqi siyosiy faolligi toʻgʻrisida eslatib oʻtgan edim. Shu bilan birga, mamlakatimizning ushbu mintaqaning asosiy aktorlari boʻlgan Hindiston va Pokiston bilan aloqalari jadallashayotgani ham alohida eʼtiborga loyiqdir. Ushbu davlatlar Oʻzbekistonning ikki tomonlama hamda Shanxay hamkorlik tashkiloti doirasidagi muhim sheriklaridir.
Oʻzbekiston Prezidentining 2018-2020-yillarda Hindistonga tashkil qilingan davlat va amaliy tashriflari, ularning yakunlari boʻyicha imzolangan 20 ta shartnoma, shubhasiz, salmoqli ahamiyatga ega boʻldi. Bugun yana 20 ga yaqin hujjat imzolash uchun tayyorlanmoqda. Hindistonning oʻsib borayotgan iqtisodiy va texnologik salohiyatini inobatga olgan holda, mazkur davlat bilan sogʻliqni saqlash, farmatsevtika, taʼlim, turizm, qurilish sohalarida, shuningdek, mintaqaning transport-logistika imkoniyatlarini rivojlantirishda hamkorlikni chuqurlashtirish istiqbollari mavjud. Hindiston uchun Oʻzbekiston va Markaziy Osiyoning boshqa mamlakatlari bozorlariga chiqish juda muhim. Biz esa, oʻz navbatida, eksport imkoniyatlarimizni kengaytirish, yangi tashqi bozorlarga chiqishdan manfaatdormiz. Bunday saʼy-harakatlarsiz zamonaviy dunyoda hech bir mintaqa yoki mamlakat rivojlana olmaydi.
Hindiston bilan anʼanaviy yaqin munosabatlar xalqaro maydonda BMT va boshqa koʻp tomonlama formatlarda, shu jumladan “Markaziy Osiyo-Hindiston” muloqoti doirasida ham rivojlantirilmoqda. Ushbu formatdagi birinchi vazirlar uchrashuvi 2019-yil yanvar oyida Samarqandda boʻlib oʻtdi. Shuni taʼkidlamoqchimanki, Oʻzbekiston ochiq tashqi siyosatini jadal ilgari surishni boshlashi bilan mamlakatimiz yetakchi davlatlar bilan “Markaziy Osiyo + Rossiya Federatsiyasi”, “Markaziy Osiyo + Xitoy Xalq Respublikasi”, “S5 + 1” (AQSH), “Markaziy Osiyo + Yaponiya”, “Markaziy Osiyo + Koreya Respublikasi”, “Markaziy Osiyo + Yevropa Ittifoqi” hamkorligi doirasida mintaqaviy muloqotning turli formatlarini rivojlantirishda sermahsul ishtirok etmoqda. Bunday formatlarning paydo boʻlishi xalqaro munosabatlar arxitekturasi, siyosiy va iqtisodiy oʻzaro bogʻliqlikning global jarayonlari, mintaqaviy va xalqaro xavfsizlik tizimini shakllantirishda Markaziy Osiyoning ahamiyati va roli oshib borayotganini koʻrsatadi. Oʻzbekistonning Pokiston bilan munosabatlari ham sezilarli darajada ilgariladi. 2017-2019-yillarda Prezident Shavkat Mirziyoyev koʻp tomonlama anjumanlar doirasida Pokiston Islom Respublikasi Prezidenti va Bosh vaziri bilan toʻrt marotaba uchrashdi. Mazkur muloqotlar doirasida iqtisodiyot, investitsiya, siyosat va xavfsizlik sohalarida muhim kelishuvlarga erishildi. Oʻzbekiston arab-musulmon dunyosi davlatlari bilan ham ishonchli va doʻstona munosabatlarni yoʻlga qoʻyishga muvaffaq boʻldi. Eʼtiborlisi, ushbu davlatlar mamlakatimizga istiqbolli investitsiya bozori sifatida katta qiziqish bildirmoqda. 2011-yil 25-aprel kuni Ashxobodda Turkmaniston, Oʻzbekiston, Eron va Oʻmon tomonidan Fors koʻrfazi va Markaziy Osiyo mamlakatlari oʻrtasida transport koridorini barpo etish boʻyicha toʻrt tomonlama bitimning imzolanishi iqtisodiy oʻzaro hamkorlik borasida eng muhim yutuqlaridan biri boʻldi. Oʻzbekiston va Yaqin Sharqni geografik yaqinlik, umumiy tarixiy, madaniy va maʼnaviy qadriyatlar birlashtirib turadi. Soʻnggi yillarda arab mamlakatlari bilan hamkorligimiz barcha yoʻnalishlarda rivojlanmoqda. Davlatimiz rahbari 2017-yil may oyida Saudiya Arabistoni, 2019-yil mart oyida Birlashgan Arab Amirliklariga tashrif buyurdi. Oʻz navbatida, Misr Prezidenti A. as-Sisi 2018-yil sentyabr oyida Oʻzbekistonda mehmonda boʻldi. Oliy darajadagi muzokaralar doirasida tomonlar barcha yoʻnalishlarda hamkorlikni kengaytirish, savdo-iqtisodiy, investitsiya, energetika, bank va moliya, qishloq xoʻjaligi, madaniy-gumanitar, turizm va boshqa sohalarda aloqalarni mustahkamlash masalalarini muhokama qildi.
Prezidentning BAAga tashrifi davomida qiymati 10 milliard dollar boʻlgan 10 ta muhim va 11 ta investitsion hujjat imzolandi. Misr Prezidentining Oʻzbekistonga tashrifi chogʻida qiymati 500 million dollarga yaqin 4 ta hukumatlararo, 7 ta idoralararo va 11 ta investitsion bitim tuzildi. Tashqi ishlar vazirliklari oʻrtasida, jumladan, 2017-2020-yillarda Saudiya Arabistoni, Kuvayt, BAA, Isroil, Marokash, Iordaniya va Misr bilan siyosiy maslahatlashuvlar muntazam oʻtkazib kelinmoqda. Umuman olganda, Oʻzbekistonning Janubiy Osiyo, Yaqin va Oʻrta Sharq mamlakatlari bilan investitsion hamkorligi hozirgi vaqtda qiymati qariyb 1,9 milliard dollar boʻlgan 60 dan ortiq loyihani qamrab oladi. Islom hamkorlik tashkiloti (IHT) bilan aloqalarga qisqa toʻxtalib oʻtmoqchiman. Prezident Shavkat Mirziyoyev 2016-yil 18-19-oktyabr kunlari Toshkentda oʻtkazilgan IHT Tashqi ishlar vazirlari kengashining 43-majlisida ishtirok etdi va Oʻzbekiston raisligi davrida tashkilot bilan hamkorlikning ustuvor yoʻnalishlarini belgilab berdi. Shuningdek, 2017-yil 10-sentyabr kuni Ostona (Nur-Sulton) shahrida oʻtkazilgan IHTning fan va texnologiyalar boʻyicha birinchi sammitida aʼzo davlatlar Prezidentimizning ilm-fan, maʼnaviyat va maʼrifatni yanada rivojlantirish boʻyicha amaliy tashabbuslarini olqishladi.
Siz Oʻzbekistonning bugungi taraqqiyoti uchun oʻta dolzarb boʻlgan mavzu — mamlakatga xorijiy investitsiyalar, texnologiyalarni jalb etish, xorijiy davlatlar bilan savdo aloqalarini rivojlantirish masalasini koʻtardingiz. TIV va mamlakatimizning xalqaro faoliyatida ishtirok etayotgan boshqa vazirlik va idoralar oldiga Oʻzbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev tomonidan qoʻyilgan ushbu eng birinchi darajali vazifa qanday bajarilmoqda?
— Investitsiya va texnologiyalarni jalb etish, mahalliy eksportni kengaytirish, tashqi bozorlarda milliy kompaniyalar brendini ilgari surish, yurtimiz iqtisodiyotining raqobatbardoshligini mustahkamlash, turizmni rivojlantirish iqtisodiy diplomatiyaning eng asosiy vazifasidir. Bugungi kunda ushbu yoʻnalish ish faoliyatimizning ajralmas qismiga aylangan.
Soʻnggi yillarda Prezident Shavkat Mirziyoyevning topshiriq va koʻrsatmalariga muvofiq, yagona tashqi siyosiy va tashqi iqtisodiy faoliyatni amalga oshirishda TIVning Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi bilan oʻzaro aloqalari kuchaytirildi. Ikkala vazirlikning birgalikdagi harakatlarini muvofiqlashtirish uchun tegishli tuzilmalar tashkil qilindi. Mahsulot va xizmatlar eksportini diversifikatsiyalash, respublikaga investitsiyalar va ilgʻor texnologiyalarni jalb qilish, sayyohlar oqimini oshirish maqsadida vazirlik va Oʻzbekistonning xorijdagi diplomatik vakolatxonalari ish uslubi va tizimiga yangi yondashuvlar joriy qilinmoqda. TIV tizimida Iqtisodiy diplomatiya departamenti tashkil etilib, u bevosita mamlakatning tashqi iqtisodiy manfaatlarini ilgari surish, xorijiy investitsiyalar va moliyaviy-texnik koʻmakni jalb etish, turizm sohasida xalqaro hamkorlikni rivojlantirish bilan shugʻullanadi. Xalqaro ishbilarmon doiralari bilan aloqalarni faollashtirish, Xalqaro valyuta jamgʻarmasi, Jahon banki, Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki, Osiyo taraqqiyot banki, Islom taraqqiyot banki va boshqa yirik xalqaro tuzilmalar bilan hamkorlikni jadallashtirish iqtisodiy diplomatiyaning muhim yoʻnalishlariga aylandi. 2020-yilning birinchi yarmida Oʻzbekiston hukumati va kompaniyalari rasmiy delegatsiyalarining dunyoning 48 davlatiga tashriflari tashkil etildi. Xorijiy davlatlarning savdo-iqtisodiy idoralari rahbarlari va vakillari bilan 250 dan ortiq uchrashuv va biznes forum oʻtkazildi. Oʻzbekistonning iqtisodiy salohiyatiga bagʻishlangan taqdimot marosimlari uyushtirildi. Oʻtgan yarim yil ichida respublikada qishloq xoʻjaligi, sanoat, qurilish, tibbiyot, farmatsevtika, taʼlim, madaniyat va boshqa tarmoqlarga 3,154 milliard dollar miqdoridagi investitsiyalar va kreditlar jalb etildi va oʻzlashtirildi. Pandemiyaning salbiy oqibatlarini kamaytirish uchun xorijiy davlatlardan 11,6 million dollar miqdoridagi insonparvarlik yordami, moliyaviy-texnik koʻmak va grantlar jalb qilindi.
Rahmat, Siz iqtisodiy diplomatiya masalalarini batafsil bayon qilib berdingiz. Shu bilan birga, mamlakatimizning tashqi siyosiy va tashqi iqtisodiy faoliyatida yangi yoʻnalishlarni rivojlantirish istiqbollari haqida ham fikrlaringizni bildirsangiz. Maʼlumki, avvallari bu masalaga kam eʼtibor berilgan.
— Ha, albatta, bunday yoʻnalishlar mavjud. Ulardan biri maʼnaviy qadriyatlari va tarixi mushtarak boʻlgan turk dunyosi mamlakatlari bilan siyosiy, iqtisodiy va madaniy-gumanitar sohalardagi munosabatlarimizdir.
Oʻzbekistonning 2019-yil 15-oktyabr kuni Turkiy tilli davlatlar hamkorlik kengashiga (TDHK, Turkiy kengash) aʼzo boʻlishi turkiy sivilizatsiyaning rivojlanishida yurtimizning tarixiy roli hamda Toshkentning koʻp tomonlama diplomatiyasi faollashuvi nuqtayi nazaridan muhim voqea boʻldi. Oʻzbekiston oʻtgan qisqa davrda Turkiy kengashdagi ishtiroki doirasida qator muhim tashabbuslarni amalga oshirishga erishdi. Xiva shahri “Turkiy dunyoning madaniyat poytaxti” deb eʼlon qilindi, TDHKning COVID-19 pandemiyasiga qarshi kurash boʻyicha muvofiqlashtiruvchi guruhi va Transport sohasida hamkorlik boʻyicha ishchi guruhi tashkil qilindi. TDHK va JSST oʻrtasida memorandum loyihasi tayyorlanmoqda. Mamlakatimizning Turkiy kengashda ishtiroki nafaqat Markaziy Osiyo, balki Kavkaz va Yevropa davlatlari bilan savdo-iqtisodiy va investitsiyaviy aloqalarning rivojlanishi va kengayishiga xizmat qiladi. Bu bilan mazkur mintaqalar transport-logistika yoʻnalishlarini oʻzaro bogʻlash uchun yangi istiqbollar yaratilmoqda, hududlararo savdoni rivojlantirish bilan birga mamlakatlarga yangi bozorlarga chiqish, transport yoʻlaklarini diversifikatsiya qilish imkoni yaratilmoqda. Biz, shuningdek, Fors koʻrfazidagi arab davlatlari hamkorlik kengashiga aʼzo davlatlar, xususan, Saudiya Arabistoni, BAA, Qatar va Oʻmon bilan savdo-iqtisodiy aloqalarni sezilarli ravishda faollashtirish ¬niyatidamiz.
Bugungi kunda respublikada yoshlarni qoʻllab-quvvatlash, ularning tarbiyasi va maʼrifati, shuningdek, barcha darajalarda taʼlim olish va malaka oshirish imkoniyatlarini kengaytirish boʻyicha muhim choralar koʻrilmoqda. Ushbu tashabbuslar xalqaro maydonda qanday amalga oshirilayotgani haqida gapirib bersangiz. Bundan tashqari, oʻzbek diplomatiyasi tizimida yoshlarni ragʻbatlantirish, yosh kadrlarni oʻqitish va tayyorlash masalalari qanday hal qilinayotgani haqida ham toʻxtalsangiz.
— Ushbu dolzarb savolingiz uchun minnatdorlik bildiraman. Davlatimiz rahbari keng maʼnoda mamlakatimiz kelajagining egalari boʻlgan yosh avlodga ulkan eʼtibor qaratmoqda. Aholisining yarmidan koʻpini yoshlar tashkil etadigan, qaysi sohaga tegishli boʻlishidan qatʼi nazar, amalga oshirilayotgan barcha islohotlarda yosh avlod, farzandlarimizning huquqlari, erkinliklari va manfaatlarini himoya qilish Prezidentimiz tomonidan ustuvor yoʻnalish etib belgilangan Oʻzbekis¬ton uchun ayniqsa muhimdir.
Jahon hamjamiyatida Oʻzbekiston Prezidentining yoshlarni islohotlar va modernizatsiya jarayonlariga jalb qilmasdan, davlatlarni rivojlantirish, xususan, insoniyat duch kelayotgan koʻplab muammolarni hal qilish mumkin emasligi haqidagi gʻoyasi keng eʼtirof etildi. Tinchlik va xavfsizlikni taʼminlash, ekstremizm va terrorizmga qarshi kurashish, iqlim oʻzgarishi salbiy taʼsirini kamaytirish, pandemiya va boshqa tabiiy ofatlar bilan kurashish shular jumlasidandir. Prezidentimiz taʼbiri bilan aytganda, ushbu masalalarning barchasi “oʻzaro kelishilgan global hamkorlikni va mavjud muammolarni hal etish jarayonlariga yoshlarni faol jalb qilishni talab etmoqda”. Islom hamkorlik tashkiloti va BMT doirasida ilgari surilgan yuqorida zikr qilingan takliflardan boshlab, yoshlarni tarbiyalash va ularga taʼlim berish masalalariga bevosita aloqador boʻlgan bugungi kunda barchaga maʼlum qator xalqaro tashabbuslar Oʻzbekiston rahbariga tegishlidir. Men yaqinda boʻlib oʻtgan “Yoshlar-2020: global hamjihatlik, barqaror taraqqiyot va inson huquqlari” mavzusidagi inson huquqlari boʻyicha Samarqand onlayn forumini nazarda tutmoqdaman. Unda taniqli xorijiy olimlar, jamoat arboblari, BMT, YUNESKO, Xalqaro mehnat tashkiloti, Xalqaro migratsiya tashkiloti, Parlamentlararo ittifoq, Yevropada xavfsizlik va hamkorlik tashkiloti, SHHT, MDH, IHT vakillari va boshqa sheriklarimiz ishtirok etdi. Keng doiradagi ushbu forum qatnashchilari Oʻzbekiston rahbarining 2017-yil BMT Bosh Assambleyasining 72-sessiyasida ilgari surgan Yoshlar huquqlari toʻgʻrisidagi xalqaro konvensiyani ishlab chiqish va qabul qilish toʻgʻrisidagi tashabbusini bir ovozdan maʼqulladi. Ushbu taklif, asosan, insoniyatning yosh avlodni qoʻllab-quvvatlash, uning erkin boʻlishi va barcha sohalarda oʻz qobiliyat va imkoniyatlarini qonuniy roʻyobga chiqarishi uchun sharoit yaratishga qaratilgan. BMT, Venetsiya komissiyasi, YEXHT rahbarlari, xalqaro ombudsmanlar va forumning boshqa taniqli ishtirokchilari taʼkidlaganidek, Samarqand forumining natijalari “kelajak uchun huquqiy vositalar”ni ishlab chiqish va ilgari surishda yoshlarni jalb qilishga hamda “barqaror rivojlanish loyihalarida ular faolligini oshirishga qaratilgan 2030-yilgacha BMTning yoshlar strategiyasi barqarorligini taʼminlash”ga xizmat qiladi.
Yoshlar huquqlari toʻgʻrisidagi konvensiyaning qabul qilinishi esa hozirgi zamonda yoshlarning qonuniy manfaatlarini eʼtirof etish va inobatga olish, dunyoda yosh avlodning har tomonlama shaxsiy va kasbiy rivojlanishiga imkon yaratadi. Savolingizning ikkinchi qismiga kelsak, respublikamiz rahbariyati tomonidan kadrlar tayyorlashning barcha tizimini takomillashtirishga yoʻnaltirilgan va Oʻzbekistonning dunyodagi eng taraqqiy etgan davlatlar qatorida mustaqil izchil rivojlanishi uchun zarur boʻlgan katta miqdordagi meʼyoriy-huquqiy hujjatlar qabul qilinganini alohida taʼkidlamoqchiman. Bu borada asosiy eʼtibor davlatimiz manfaatlarini xalqaro maydonda faol va muvaffaqiyatli ilgari sura oladigan xalqaro munosabatlar sohasida yosh mutaxassislar hamda oʻzbek diplomatiyasi uchun professional kadrlarni tayyorlashga qaratilmoqda. Oʻzbekistonning xalqaro aloqalarini kengaytirish, uning xalqaro maydondagi obroʻ-eʼtiborini va rolini mustahkamlash boʻyicha yangi vazifalarni samarali bajara oladigan diplomatik xizmat uchun malakali kadrlar tayyorlash tizimini yaratish choralari koʻrildi. Jumladan, 2018-yilda Oʻzbekiston Prezidentining "Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti (JIDU) faoliyatini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida"gi qarori qabul qilindi.
Bugungi kunda JIDU xalqaro iqtisodiyot, xalqaro munosabatlar va siyosiy fanlar, xalqaro huquq sohalarida mutaxassislar va ilmiy-pedagogik kadrlarni tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirish sohasidagi asosiy oliy taʼlim muassasasi, taʼbir joiz boʻlsa, yetakchi universitet hisoblanadi. JIDUni oʻz tizimiga olgan tashqi siyosiy mahkama rahbari sifatida shuni tasdiqlashim mumkinki, keyingi yillarda respublikaning tashqi siyosiy va tashqi iqtisodiy faoliyati sohasidagi xalqaro mutaxassislarni tayyorlash jarayonini sifat jihatidan yuqori darajaga olib chiqishga erishildi. Bunda, shu jumladan, chet el tajribasidan foydalanildi hamda universitetning oʻz ilmiy va amaliy tadqiqotlari yanada rivojlantirildi. Sodda qilib aytganda, universitetning munosib professor-oʻqituvchilari tarkibi shakllantirildi, murakkab tashqi siyosiy va tashqi iqtisodiy muammolarni hal qilish uchun zarur boʻlgan kasb malakasi, chuqur bilim va tahliliy koʻnikmalarga ega boʻlgan oʻzbek diplomatiyasining yosh bilimli kadrlari tarbiyalandi. Bugungi kunda JIDU bitiruvchilari Oʻzbekistonning xorijiy davlatlardagi elchilari, respublikaning xalqaro tashkilotlardagi vakillari, tashqi ishlar vazirining oʻrinbosarlari sifatida, shuningdek, mamlakatning boshqa muhim vazirlik va idoralarida masʼul lavozimlarda faoliyat yuritmoqda. Biz Oʻzbekiston diplomatiyasini zamonaviy talablarga javob beradigan, xalqaro maydonda Oʻzbekiston Respublikasining milliy-davlat manfaatlarini masʼuliyatli va samarali himoya qiladigan darajada takomillashtirish boʻyicha ishlarni davom ettiramiz.



Yüklə 50,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə