Maktabgacha ta’lim fakulteti 2-kurs mts sirtqi ta’lim talabasi XudoyberganovaMadina



Yüklə 2,73 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə1/3
tarix24.12.2023
ölçüsü2,73 Mb.
#159726
  1   2   3
Maktabgacha ta’lim tashkilotlarida pedagogik amaliyot



Maktabgacha ta’lim fakulteti 2-kurs MTS sirtqi ta’lim 
talabasi XudoyberganovaMadina 
 
Maktabgacha ta’lim tashkilotlarida pedagogik amaliyot jarayonida bajariladigan 
vazifalar 
1.
 
Maktabgacha pedagogika, maktabgacha metodika fanlaridan olgan nazariy 
bilimlarini ta’lim-tarbiya jarayonga tatbiq etish.
Har bir guruhda 5 ta markazlar bo‗lib, ularning har birida izlanish va o‗yinlar uchun 
yetarli miqdordagi materiallar saqlanadi. Qurilish va konstruksiyalash markazida turli 
xil va shakldagi qurilish elementlari mavjud bo‗lib, bolalar ulardan o‗z fantaziyasiga 
tayangan xolda inshootlar bunyod etadilar: misol uchun ko‗rgan tarixiy obidalari, 
uylar, garajlar, ferma va shu kabilar. Qurilish bilan mashg‗ul bo‗lgan bolalar bu yerda 
juda ko‗p narsalarni o‗zlashtirib oladilar. U bolalarning matematik qobiliyatlarini 
rivojlantirishga, ijtimoiy ko‗nikmalarni egallashga yordamlashadi, muammolarni xal 
etish tajribasini beradi. Bu yerda, shuningdek, ijodiy yondashishni namoyon etish va 
bajariladigan ishga diqqatni jalb etishni o‗rganish mumkin. Ushbu markazga 
tarbiyachilar va bolalar xoxish-istagiga ko‗ra ko‗plab turli narsalarni – o‗yinchoq 
mashinalar, yuk mashinalari, samolyotlar, gazlama bo‗laklarini qo‗shib qo‗yish 
mumkin. Syujet-rolli o‗yinlar va dramalashtirish markazida bolalarda haqiqiy 
hayotdan olingan kichik naμia ko‗rinishlarini o‗ynashga xoxish-istak uyg‗otish uchun 
albatta kerakli kiyimlar va boshqa narsalar bo‗lishi zarur. Bular ularda atrofda nimalar 
sodir bo‗layotganini anglash, ularni ajrata olish hamda hayotda o‗z o‗rinlarini 
tushunib yetishlariga yordam beradi. Til va nutq markazida kitoblar va eshitish hamda 
yozish uchun o‗quv qurollari mavjud bo‗ladi. Bu tinch burchak bo‗lib, unda bolalar 
kitoblarni qarab chiqishlari, bir-birlariga o‗qib berishlari mumkin. Shuningdek, bu 
yerda tarbiyachi yoki ko‗ngilli yordamchi bolalarga kitobni ovoz chiqarib o’qib berishi 
mumkin. Unda bolalarga kitobchalarni o‗z qo‗llari bilan yasash, mavzu(syujet)larni 
o‗ylab topish va ijro etish, hikoyalar eshitish taklif etiladi. Ilm-fan va tabiat markazida 
boshqotirma va konstruktor kabi bolalar yig‗ishi va bo‗laklarga ajratishi mumkin 
bo‗lgan narsalar bo‗lishi lozim. Bu yerda, shuningdek, bolalarning bir xilda 
taqqoslashlari, turlicha tasniflashlari, sanashlari uchun yordam beradigan o‗yinlar ham 
bo‗lishi kerak. Bolalarning tabiat hodisalari haqida bilib olgan tushunchalari va 
ko‗chadan topilgan narsalar bilan mashg‗ul bo‗lishlari uchun foydalaniladi. San‘at 
markazi bolalarning o‗z ijodiy qobiliyatlarini sinovdan o‗tkazish va amalga oshirishga 
rag‗batlantiradi, ularga yangi materiallar bilan tanishishdan qoniqish olish 
imkoniyatlarini beradi, bolalarning sezish qobiliyatini boyitadi. Bu yerda bo‗yoq, 
qog‗oz, qaychi, bo‗rchalar, qalamlar, gazlama bo‗laklari va kesish hamda yelimlash 


uchun turli qiyqimlar mavjud. Shuningdek, tabiiy materiallar – yog‗och, barg, qum-
tuproqni ham qo‗shib qo‗yish foydadan xoli emas. Markazdagi mashg‗ulotlar ijodiy 
qobiliyat, so‗z orqali va so‗zsiz muloqot, umumiy va nozik harakatlanish, aqliy 
qobiliyatni rivojlantirishga yo‗naltirilgan. Pedagoglarning vazifasi – bolalarning 
muloqotga kirishishga bo‗lgan qiziquvchanligini rag‗batlantiruvchi muhitni yaratish 
va bolalarning o‗zgaruvchan ehtiyojlariga qarab, o‗z vaqtida kerakli sharoitlarni 
moslashtirgan xamda ularni kuzatishdan iborat. Individual yoki kichik guruhlar uchun 
topshiriqlar ota-onalar bilan suhbatlashgandan so‗ng, qaysidir ko‗nikmalarga alohida 
e‘tibor berish uchun ishlab chiqiladi. 
Bolani har tomonlama rivojlantirish uning insoniyat tajribasi, bilimlari, qobiliyati va 
madaniyatining saqlovchisi bo‗lgan kattalar bilan muloqoti tufayli insoniyatning ko‗p 
asrlik tajribasini o‗zlashtirish asosidagina amalga oshiriladi. Bu tajribani faqat insoniy 
muloqotning eng muhim vositasi - til orqaligina berish mumkin. Til – hayotimizning 
ajralmas qismi bo‗lib, biz unga o‗z-o‗zidan bo‗lishi shart bo‗lgan narsa sifatida 
qaraymiz. Tilning o‗zi nima, biz unda qanday so‗zlayapmiz, biz qanday qilib 
so‗zlashni o‗rganishimiz haqida esa unchalik ko‗p o‗ylab ham o‗tirmaymiz. 
Zamonaviy maktabgacha ta‘lim tashkilotlari – bola o‗z rivojlanishi uchun eng 
ahamiyatli sohalarda va jihatlarda kattalar va tengdoshlar bilan keng hissiy-amaliy 
o‗zaro muomala tajribasini oladigan joydir, maktabgacha ta‘lim muassasalarida bola 
o‗z ehtiyojlari, qobiliyatlari va imkoniyatlariga muvofiq holda individual 
rivojlanishiga bo‗lgan huquqini shu jarayon uchun tashkiliy-pedagogik sharoitlar 
yaratilgan holda amalga oshiradi; pedagog o‗zining kasbiy va shaxsiyat fazilatlarini 
rivojlantiradi, rahbar, bolalar va pedagoglar faoliyatining muvaffaqiyatli bo‗lishini 
ta‘minlaydi; muassasa ota-onalarning o‗z bolalari uchun ko‗zda tutgan kelajagi 
yuzasidan fikrlari xususiyatlarini inobatga oladi va ularni bolalar bilan, hamda ta‘limiy 
jarayonning barcha ishtirokchilari bilan konstruktiv-hamkorlik munosabatlarini 
ro‗yobga chiqarishga yo‗naltiradi. Bugungi kunda ta‘lim sohasida turli xususiyatdagi, 
yo‗nalishdagi va ahamiyatdagi nihoyatda ko‗p innovatsiyalar mavjud, katta yoki 
kichik ko‗lamli davlat islohotlari o‗tkaziladi, ta‘limning tashkil etilishiga, mazmuniga, 
uslubiyotiga, texnologiyasiga yangiliklar kiritiladi. Maktabgacha ta‘lim jarayonida 
innovatsion pedagogik texnologiya bu bolalarni vositalar yordamida ta‘lim 
materiallarini o‗rganish orqali nutqini rivojlantirish, o‗z fikrk erkin bayon eta olish, 
o‗zaro muloqot, tevarak-atrof bilan tanishish jarayonini yangicha talqin etishdir. 
Ma‘lumki, Maktabgacha yoshdagi bolalarga ta‘lim-tarbiya berishdan asosiy maqsad 
ularn sog‗lom, barkamol shaxs sifatida tarbiyalash va maktab ta‘limiga tayyorlashdan 
iboratdir.[1.87.] 
Maktabgacha 
ta‘lim 
jarayonida 
innovatsion 
pedagogik 
texnologiyalarni amaliyotga joriy etish usullaridan foydalanish ijobiy natija beradi. 
Ta‘lim-tarbiya tizimi markazida bola shaxsi turib, uning rivojlanishi va tabiiy 
salohiyatini tatbiq etish uchun qulay, bexatar va nizosiz sharoitlar yaratilishi ko‗zda 
tutiladi. Insonparvar shaxs texnologiyalari bu texnologiyalar bolaga hurmat va 
muhabbatni, uning ijodiy kuchlariga optimistik ishonchni targ‗ib qiladi, majburlashni 
man etadi. Maktabgacha ta‘lim tashkilotlarida markazlar faoliyatini yuqori saviyada 
tashkil etish va uning samaradorligini oshirish maqsadida tarbiyachi mashg‗ulot uchun 
berilgan vaqtdan unumli foydalanishi, turli texnologiyalar, usul va metodlardan 
foydalanib turli mashg‗ulotlarni o‗tishi, tarbiyachi bu tajribalarni puxta o‗zlashtirishi 


muhim ahamiyat kasb etadi. Shu sababali ham tarbiyachi mashug‗lotlarni o‗qitishda 
zamonaviy yondashuvlar qilish va turli mashg‗ulotlarning o‗ziga xos xususiyatlarini 
inobatga olgan holda innovatsiyalardan foydalaninib ta‘lim-tarbiya jarayonini tashkil 
etish talab etiladi va tavsif beriladi. METOD VA METODOLOGIYASI Tarbiyachi 
o‗quv materialini bolalarning yosh xususiyatlarini inobatga olgan holda ularga 
munosib tarzda yetkazadilar. Maktabgacha ta‘lim tashkilotlari pedagogik jamoasining 
o‗rni shundan iboratki, ular har bir bolaning qiziqishi, qobiliyati va ehtiyojini inobatga 
olgan holda mos keladigan maqsadlar qo‗yishlari, bolalardagi tabiiy qiziqishlarni 
qo‗llabquvvatlashlari, ularda borliqni birgalikda o‗zlashtirish ko‗nikmalarini 
shakllantirishlari kerak. Bola rivojlanishining o‗ziga xosligini inobatga olishda avvalo 
shuni tushunib yetish kerakki, barcha bolalar rivojlanishning ma‘lum bosqichlarini 
bosib o‗tadilar, biroq bunda har bir bola noyob va takrorlanmasdir. Tarbiyachilar 
bolalarni aynan bir xil, o‗xshash narsalar va faoliyat turlari bilan ta‘minlashlari uchun 
ularning o‗ziga xos, boshqalardan ajralib turadigan rivojlanish ko‗rsatkichlari 
to‗g‗risida to‗liq tasavvurga ega bo‗lishlari lozim. Shuningdek, tarbiyachilar bir xil 
yoshdagi bolalarning qobiliyatlari va qiziqishlaridagi farqlarga e‘tibor bilan 
munosabatda bo‗lishlari kerakligini mutaxassislar alohida ta‘kidlashadi. Masalan: 
Quvnoq matematika: Xon qizini sanaymiz! Buning uchun siz hovlingizdan bir nechta 
yapaloq shakldagi toshlarni bolangiz bilan birga to‗playsiz. Ularning bir nechtasiga 
Xon qizlarini rasmini chizib, ularning hollarini sanagan holda joylashtirasiz va boshqa 
toshlarga aynan usha sonlarni yozasiz. Qo‗shish, ayirish va barobar belgilarini ham 
yozib olasiz. Tayyorlagan xonqizlaringizning qo‗yilgan hollarini soni bo‗yicha 
arifmetik ishlanmalar tayyorlab farzandingiz bilan birga hisoblaysiz. Mantiqiy o‗yin: 
Raqamli moychechak Kerak bo‗ladigan jihozlar: A4 formatdagi oq qog‗oz, flamaster, 
rangli stiker qalamchalari. Oq qog‗ozga flamaster orqali moychechak tanasini chizib 
olamiz va o‗rtasiga istaganizcha sonlarni yozamiz. Alohida rangli stiker 
qalamchalariga shu sonlarni biron belgilar yordamida joylashtiramiz. Farzandingizdan 
aynan shu rangli stikerlar orqali moychechak yaproqlarini shakllantirishini so‗rang 
(belgilar va sonlar mos kelgan holda) Rasm chizamiz: Barmoqlarimiz bilan chizamiz. 
Kerak bo‗ladigan jihozlar: A4 formatdagi oq qog‗oz, rangli bo‗yoqlar, flamaster. 
Kerakli rang tanlanib uni barmoqlarimizga botiramiz va qog‗ozga bosib tushiramiz. 
Tayyor shakllarga flamaster yordamida ishlov beramiz. Xarakatli o‗yin o‗ynaymiz: 
To‗pni yumalat! Bu o‗yinda bolalarga to‗pni yumalatish va ilib olish o‗rgatiladi, 
ularda harakatchanlik xususiyatlari tarbiyalanadi. Bolalar polda doira bo‗lib o‗tiradilar 
(oyoqlarini kerib, oldinga uzatadilar yoki chordana qurib o‗tirib oladilar). Ota-onalar 
qo‗lida to‗p ko‗tarib doiraning o‗rtasida o‗tiradi. U to‗pni navbat bilan har bir bolaga 
qarab yumalatadi, bolalar ilib olgan to‗pni yana ota-onasiga yumalatadilar va mana shu 
harakatlarni o‗zlashtirib olganlaridan so‗ng, doira markazida o‗zingizning 
o‗rningizga bolalardan birontasi o‗tirishi mumkin. 



Yüklə 2,73 Mb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə