Ziyonet doc



Yüklə 0,76 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə8/62
tarix26.10.2023
ölçüsü0,76 Mb.
#131171
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   62
Kitob 5346 uzsmart.uz

Oltinchidan, 
tarixning ruxshunoslik bilan bog’liqji-hatlari bevosita har bir 
davr odamlari psixologiyasi, hayotga munosabati, voqelikni idrok qilish 
qobiliyati, turmush tarzi bilan belgilanadi. Ularni hisobga olmay, chetga surib 
qo’yib, faqat sanalar sanog’i bilan shug’ullanish tarixnavislik nufuzini tushiradi, 
mavqeini pa-saytiradi. Muarrixning imkoniyatlari cheklanganligini ko’rsatadi. 
Ettinchidan, 
tarixnavislikning badiiyat bilan bog’liqligi bu bevosita 
muarrix ijodiy uslubi, uning voqea va hodisalarga yondashish usuli, tadqiqot 
ob’ektini qanchalik chuqur o’rgansa, o’z xulosalarini shunchalik yoqimli shakl va 
jozibali til bilan ifodalab berishi bilan belgilanadi. Ifodada harorat, qalb qo’ri 
bo’lishi kerak. Aks holda o’quvchini zeriktiradigan, oxir-oqibatda esa o’z o’tmishidan 
ko’nglini sovutadigan bedavo «asar» paydo bo’lib qoladi. Afsuski, bunday asarlar 
bizda oz emas. 
Endi biz muarrixlar oldida ham tadqiqotchilik, ham fuqarolik burchi turganini, 
bir elkamizda tarixga xolislik, ilmiy haqiqat bilan qarash yuki, ikkinchi elkamizda esa 
Vatan va Millat oldidagi javobgarlik, o’tmishimizni asrash, ajdodlar ruhini e’zozlash 
va kelgusi avlod oldidagi qarzdorlik yuki borligini butun vujudimiz bilan 
anglamog’imiz kerak. 
Zotan, Prezident Islom Karimov ham: «Tarix sohasida mehnat qilayotgan olim 
mutaxassislarga murojaat qilmoqchiman: sizlar millatimizning haqqoniy tarixini 
yaratib bering, toki u xalqimizga ma’naviy kuch-qudrat baxsh etsin, g’ururini 
uyg’otsin. Biz yurtimizni yangi bosqichga, yangi yuksak marraga olib chiqmoqchi 
ekanmiz, bunda bizga yorug’ g’oya kerak. Bu g’oyaning zamirida xalqi-mizning 
o’zligini anglashi yotadi. Haqqoniy tarixni bilmasdan turib esa o’zlikni anglash 
mumkin emas», – degan edi. 
Tarix falsafasi real tarixiy jarayonni tafakkur orqali anglash, tarixga inson aqli 
va fe’l-atvorining mahsuli, manfaatlar hamda qiziqishlar natijasi sifatida yondashish 
va 
tushunish, 
boshqacha 
qilib 
aytganda 
tarixiy 
jarayonning 
falsafiy 
interpretatsiyasidir. 


18 
Tarix falsafasi inson va tabiat, inson va jamiyat, odam va olam haqidagi 
falsafiy bilimlarning alohida sohasi bo’lib, unda asosan insoniyat tarixi asoslari, 
tarixiy jarayon va uning mohiyati, kishilik jamiyati taraqqiyoti bosqichlari haqida so’z 
yuritiladi, ular ilmiy-nazariy tadqiq etiladi. 
Tarixni falsafiy idrok etish elementlari qadim-qadimdayoq namoyon bo’lgan. 
Insoniyat o’tmishiga nisbatan bo’lgan ilk qiziqishlar asta-sekin qarashlar tizimiga 
aylangan. Demak, tarixni falsafiy anglash, insoniyat o’tmishi haqida mushohada 
yuritish holatlari antik falsafa va tarixnavislik shakllana boshlagan davrdayoq mavjud 
bo’lgan. U inson tafakkurining shakllanish bosqichlari, evolyutsiyasi, insoniyat 
taraqqiyoti jarayonlari bilan uzviy ravishda dinamik tarzda rivojlangan. Biroq uni 
fanga mashhur frantsuz olimi Volter (haqiqiy ismi Fransua Mari Arue) kiritgan. Ayni 
paytda tarix falsafasi turli yo’nalishlarda tadqiq etiladi. Jumladan: 
teologik (iloxiyot) tarix falsafasi nuqtai nazaridan borliq, jumladan, inson hayoti Alloh 
irodasi orqali boshqariladi, tarixni harakatga keltiruvchi kuch-Alloh irodasi sifatida 
talqin etiladi. Boshqacha qilib aytganda o’tmish Alloh irodasi orqali tushuniladi va u 
ilohiy mazmun orqali tushuntiriladi; 
metafizik tarix falsafasi hech qanday chegaralar va doiralar bilan 
cheklanmaydigan, turli shakllarga va ko’rinishlarga kiradigan tushunchalar tizimi 
hisoblanadi; 
idealistik tarix falsafasiga ko’ra esa, g’oyalar, insonning axloqiy tushunchalari, 
ma’naviy-ruhiy kechinmalari asosida tarixga munosabat bildiriladi; 
insoniyat tarixiga naturalistik yondashish tarix falsafasining yana bir yirik 
oqimidir. Unda insoniyat tarixiga va hayotiga tabiat orqali, tarixiy jarayonlarga tabiiy 
holat, tabiiy voqelik va tabiat qonuniyati sifatida qarash g’oyasi ilgari suriladi. Inson 
hissiyoti va tuyg’usi ham qaysidir darajada tabiat tomonidan boshqariladi, u qanchalik 
individuallik kasb etmasin, tabiat mo’’jizasidir. Shuning uchun tabiat orqali olamni 
anglash, o’tmishga nazar solish va uni baholash asosiy mezon qilib olinadi. 
Naturalistlar qarashlariga ko’ra inson tabiati, fe’l-atvori, xatti-harakati tabiiy holda 
yuzaga keladi va shakllanadi; 
materialistik tarix falsafasida asosan iqtisodiy omillarga katta e’tibor beriladi. Unda 
tarixni yo’naltiruvchi kuch sifatida tarixiy jarayonlar mohiyatini, voqeliklar 
mazmunini moddiy ehtiyoj va iqgisodiy zarurat orqali tushunish asos qilib olinadi; 
insoniyat tarixiga individualistik va kollektivchilik (jamoachilik) jihatlardan 
qarab fikr yuritadigan tarix falsafasi va boshqa yo’nalishlar ham mavjud. Bunda 
insonning tarixda va umuman insoniyat taraqqiyotida tutgan o’rnini aniqlashda 
individual, ya’ni yakka, aloxida shaxsning hamda jamoatchilik, odamlar guruhi yoki 
fuqarolar uyushmasining roli, vazifasi o’rganiladi. 
Tarix falsafasida, shuningdek, tarix fani tushunchasi, qonuniyatlari, tarixiy jarayon va 
inson, inson mohiyati, fe’l-atvori, xatti-harakatlari, manfaatlari, turmush tarzi, urf-
odatlari, an’analari, qarashlari va e’tiqodlari talqin etiladi. Bu bevosita insoniyat 
taraqqiyotida, tsivilizatsiyalar mohiyati va ularning «to’qnashuvi»da kishilik jamiyati 
evolyutsiyasi, inson tafakkuri va ehtiyojlari dinamikasi bilan jamiyat rivoji di-
namikasi o’rtasidagi bog’liqlik, renessans hodisasi, uning yuz berishi va inqirozi 
sabablari o’rganiladi. 


19 
Tarix falsafasi ildizlari antik davr allomalari Gerodot va Fukididning tarixiy 
harakatga doir qarashlariga borib taqaladi. Keyinchalik u Polibiy, Posidoniy, Plutarx 
qarashlarida ancha-muncha shakllandi. Avgustin esa ilohiy davlat tarixi falsafasini 
yaratdi va keyingi ming yillarda tarixiy tafakkurning shakllanishida kuchli ta’sir 
ko’rsatdi. 
XVIII asrga kelib tarix falsafasining yo’nalishlari tubdan o’zgardi. Tarixiy 
taraqqiyotda insonning ta’siri, o’rni va roli, tarixga inson qalbi, ichki dunyosi, 
ma’naviy-ruhiy olami mahsuli sifatida qarash tamoyillari shakllandi. Biroq bunda 
ham turlicha yondashishlar mavjud edi. Chunonchi, Lebnits tarixda metafizika – 
kuchlar va g’oyalar ustuvor deb tushunsa, Gegel tarihda inson aql-zakovati va 
tafakkurini ustun qo’yadi. XIX–XX asrlarda tarixni anglashda mavhum mantiq va 
tarixni bilish nazariyasi bilan bir qatorda A. Shopengauer, Ya. Burkxardt, O. 
Shpengler tarixni tushkunlik orqali anglash, A. Toynbi optimizm, marksizm 
asoschilari esa tarixiy materializm goyalarini ilgari surdi. 
Ayrim mutaxassislar falsafiy tafakkur Yunonistondan to’g’ridan-to’g’ri 
Yevropaga ko’chganini, G’arb donishmandlari qadimiy yunon falsafasi ta’sirida 
dunyoga kelganini pesh qilishadi. Biroq tarix haqiqati, tsivilizatsiyalarning davriy 
harakati buni inkor etadi. Darhaqiqat, yunon falsafasi insoniyat tafakkuri 
olamining sarchashmasi. Ana shu fayziyob falsafa vaqt o’tib Sharqqa ko’chdi. 
Sharqda rivojlanib, miqyosi kengayib, Sharq falsafiy tafakkur maktabi vujudga 
keldi va butun insoniyat tafakkur tarzini keskin o’zgartirib yubordi. Aniqroq qilib 
aytganda, G’arb ana shu buyuk maktabning baxtiyor tolibi, vorisi va 
davomchisidir. 
Shunday qilib, Sharqda tarixni falsafiy anglashning o’ziga xos 
yo’nalishlari bir necha ming yillik taraqqiyot yo’lini bosib o’tdi. Garchi u 
tarixshunoslik, tarixnavislik, manbashunoslik, falsafa va boshqa sohalar singari 
aniq bir yo’nalish sifatida shakllanmagan bo’lsa-da, ayni ana shu sohalar bilan 
birga 
demografiya, 
madaniyatshunoslik, 
aholishunoslik, 
sotsiologiya, 
ruhshunoslik va boshqa ijtimoiy fanlarning yaxlit, ularning barcha talablarini 
o’zida mujassam etgan tarixiy-badiiy, falsafiy-mantiqiy tadqiqot sifatida yuzaga 
keldi. Buni biz Beruniyning «Al-Javohir», «Tavdid» singari asarlaridan tortib 
Mirxondning «Ravzat-us-safo» hamda Amir Temur, Mirzo Ulug’bek, Alisher 
Navoiy, Zaxiriddin Bobur va boshqalarning qator asarlari misolida ko’rishimiz 
mumkin. 
Demak, Sharqda tarix falsafasi tushunchasi o’ziga xos jihatlarga ega. 
Forobiy qarashlariga ko’ra jamiyat taraqqiyotini iloxiy qonunlar boshqaradi. U 
Aristotelning jamiyat rivojlanishi haqidagi ta’limotini ilk marta juda chuqur 
taxlil etdi va uni o’z xulosalari bilan boyitdi. Beruniy esa tarixiy taraqqiyot 
bosqichlarini tabiat, astrologiya, astronomiya, kecha va kunduz, fasllar 
almashuvi orqali o’rganadi va o’zining «Hindiston», «Qadimgi xalqlardan 
qolgan yodgorliklar» asarlarida insoniyat tarixiga falsafiy nuqgai nazardan 
yondashadi, tarixni anglash, idrok etishda butunlay yangicha qarashlarni o’rtaga 
tashlaydi. Aytish mumkinki, Beruniy dunyo tarixshunosligida asotirlar, 
afsonalar va rivoyatlardan ilmiy bilish va dunyoviy ta’limotga o’tishda muhim 
hissa qo’shdi. U Gerodotdan Shopengauer va Shpenglergacha, Fukididdan 


20 
Toynbi va Yaspersgacha bo’lgan uzundan-uzoq davrda misli ko’rilmagan falsafa 
va tafakkur ko’prigini bunyod etdi. 
Sharq tarix falsafasi bir necha yo’nalishlarda ko’zga tashlanadi: jumladan, 
podsholiklar tarixi yuksak badiiy ifodalar, xarakterlar, obrazlar, munosabatlar 
orqali ochib beriladi. Voqealar taxlili ibratli xikoyatlar, pand-nasihatlar, yuksak 
axloqiy me’yorlar bilan mushtarak holda olib boriladi: Ayrim hollarda tarixga 
jug’rofiy-hududiy jihatdan yondashiladi. Sayohatnomalar orqali jamiyat tarixi 
yaratiladi, podsholiklarning boshqaruv usuli, siyosati, uning mohiyati ochib 
beriladi. 
Ma’lumki, insoniyat taraqqiyoti bevosita tafakkur va qarashlar 
taraqqiyotidir. Vaqt o’tgan sari tafakkurning yangidan-yangi qirralari ochilishi, 
o’zining beqiyos imkoniyatlarini namoyon etishi tabiiy. Ana shuning natijasida 
odam va olam, inson va tabiat o’rtasidagi munosabatlar tobora takomillashib 
borgani sayin uning yaxlit tarixida izchil rivojlanish hodisasi yuz beradi. Dastlabki 
odamlarning ibtidoiy xatti-harakatlaridan buyuk tsivilizatsiyalar va renessans 
hodisalarigacha bo’lgan inson tafakkuridagi rivojlanish hodisasi asrlar, ming 
yilliklar bilan o’lchanadigan umumjahon tarixiy taraqqiyotining yaxlit 
evolyutsiyasini qamrab oladi. 
Vaqt o’tgan sari insoniyat tafakkuri kengayib, ijtimoiy fanlar taraqqiy topib 
borgani natijasida tarix falsafasi tushunchasi atrofidagi mushohadalar ham 
kengaydi, mulohazalar ancha tiniqlashdi. Ijtimoiy fanlarning muhim yo’nalishi 
sifatida uning predmeti va tadqiqot ob’ektiga aniqlik kiritildi. Natijada u bugungi 
kungacha bo’lgan o’ziga xos, katta va salmoqli taraqqiyot yo’lini bosib o’tdi. 
Biroq ilmiy izlanishning chegarasi yo’q. Ana shu ilmiy haqiqatdan kelib chiqib, 
hozirgi zamon tarix falsafasi oldida turgan eng muhim vazifalar nimalardan iborat, 
degan haqli savol tug’iladi. Bizningcha, bu quyidagilarni qamrab oladi: 

Yüklə 0,76 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   62




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə