Ziyonet doc



Yüklə 0,76 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə7/62
tarix26.10.2023
ölçüsü0,76 Mb.
#131171
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   62
Kitob 5346 uzsmart.uz

birinchidan, 
har bir tarixiy 
jarayon, ijtimoiy-siyosiy voqelik qandaydir siyosiy manfaat asosida dunyoga 
keladi. Ayniqsa bosqinchilik, bir hukmdor tomonidan ikkinchi bir mamlakatni 
zabt etish jo’g’rofiy-siyosiy strategik maqsad ekanligi tabiiy hol. Shuning 
uchun ham ayni ana shunday jarayonlarni o’rganayotganda, uni baholayotganda 
siyosiy mezonlar nuqgai nazaridan turib ham baholash zarur. 
Ikkinchidan, 
tarixning iqtisod bilan bog’liqligi. Davlatlar o’rtasidagi o’zaro 
nizolar va bosqinchilik harakatlari bevosita mag’lub mamlakat va xalq iqgisodiy 
imkoniyatlarini zo’ravonlik bilan o’zlashtirish, tarixan shu zaminda yashab 
kelgan xalq boyliklarini talon-toroj qilish, er osti va er usti boyliklariga egalik 
qilish maqsadining mahsulidir. Demak, xalqlar va mamlakatlar tarixi 
o’rganilganda uning iqtisodiy imkoniyatlariga e’tibor bermoq lozim. 


17 
Uchinchidan, 
tarixiy jarayonning mantiq bilan bog’liqligi muayyan bir 
hodisaning nima uchun boshqa shaklda emas, aynan shu shaklda, nima uchun 
oldinroq ham emas, keyinroq ham emas, ayni shu paytda yuz berganini o’rganish 
bilan belgilanadi. Zotan, har qanday voqea tagida mantiq yotishi shubhasiz. Aks 
holda mamlakatlar, saltanatlar orasidagi kurashlar maqsadsiz va natijasiz bo’lardi. 
To’rtinchidan, 
masalaning falsafa bilan bog’liqligi shundaki, tarixiy 
haqiqat falsafiy tafakkur orqali tahlil qilinsa, o’quvchi fikrlashga o’rganadi. 
Tarixni o’qish va tarixiy jarayonlarni o’rganish asnosvda uning mushohadasi 
kengayadi, dunyoqarashini o’zgartiradi, tafakkuri boyiydi. 
Beshinchidan, 
tarixni jamiyatshunoslikdan alohida qilib, ajratib olib 
o’rganib bo’lmaydi. Chunki, har qanday tarixiy jarayon ma’lum bir jamiyatning 
mahsuli bo’lib, uning ijtimoy-siyosiy va ma’naviy qiyofasini belgilaydi. Har 
qanday jamiyat esa odamlar tafakkuri va hukmron siyosat mahsulidir. Demak, 
ma’lum bir davrda, ma’lum bir jamiyatda yuz bergan ijtimoiy-siyosiy jarayonlar 
o’sha jamiyatda va o’sha davrda mavjud bo’lgan muhitdan kelib chiqib tahlil 
qilinmasa o’z isbotini va mantig’ini topa olmaydi. 

Yüklə 0,76 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   62




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə