Ziyonet doc


Tarix falsafasi va milliy istiqlol



Yüklə 0,76 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə6/62
tarix26.10.2023
ölçüsü0,76 Mb.
#131171
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   62
Kitob 5346 uzsmart.uz

Tarix falsafasi va milliy istiqlol
Prezident Islom Karimov tarixga munosabatni tubdan o’zgartirish hayot 
taqozosi ekanligini dolzarb masala qilib ko’tardi. Bugun tarixga munosabatning, 
tarixnavislikning metodologiyasini, tadqiqot usuli va uslubini tubdan o’zgartirish 
xayot talabi ekanligini ko’rsatib berdi. 


14 
Yurtboshimiz o’tmishimizni qayta ko’rib chiqib, uni milliy qadriyat 
darajasiga ko’tarib, butunlay yangi nazar bilan g’alvirdan o’tkazishni kun 
tartibiga qo’ymoqda. Buning quyidagi asoslari bor: 
Birinchidan, 
bugungi O’zbekiston jahon xaritasida endigina paydo bo’lgan 
tasodifiy mamlakat emasligini, uning ildizlari nihoyatda chuqur va qadimiy 
ekanligini dunyoga ko’rsatish va farzandlarimiz ongiga singdirish. 
Ikkinchidan, 
sobiq sho’ro siyosati va kommunistik mafkura tazyiqi bilan 
soxtalashtirilgan tarixni o’z o’rniga qo’yish, tarix haqiqatini, hayot haqiqatini 
ilmiy haqiqat asosida qayta tiklash. Unga munosib baho berish orqali millatimiz 
izzatini joyiga qo’yish. 
Uchinchidan, 
shu asosda xalqimiz, ayniqsa yosh, navqiron avlodimiz 
qalbida milliy g’urur, milliy iftixor, o’z ajdodlari bilan faxrlanish tuyg’ularini 
kuchaytirish. Buyuk o’tmishga munosib buyuk millat bo’lish. Ertangi kunga katta 
ishonch va istiqlol g’oyalariga e’tiqod bilan yashashni turmush tarziga 
aylantirish. Masalaning yana ham jidtsiyroq tomoni bor. Bu bevosita 
tarixshunoslik, tarixnavislik muammosi bilan bog’liq. Hammamizga ma’lumki, 
sho’ro hukumati davrida xalqni ataylab savodsizlantirish, o’z o’tmishidan ajratib 
qo’yish, ajdodlari, naslu nasabi va bugun tarixidan bexabar qilish siyosati mavjud 
bo’lib, u davlat siyosati darajasiga kutarilgan, kommunistik mafkuraning butun 
mazmun-mohiyatini tashkil etgan edi. Shuning uchun ham yozilayotgan ilmiy 
kitoblar nuqul voqealar bayonidan iborat bo’lib, ma’lumotnoma tusini olgan edi. 
Ijtimoiy-siyosiy jarayonlarga bunday yuzaki munosabat va tarixiy sanalarnigina 
sanab o’tish kabi tarix fani metodologiyasi yaratildi. Bu metodologiyaning asosiy 
maqsadi odamlar ongini zaharlash, ular fikrini chalg’itishdan iborat edi. Shuning 
uchun ham, eng avvalo, yuz bergan voqealar va tarixiy jarayonlar nihoyatda 
jozibasiz, haroratsiz, o’quvchiga ta’sir qilmaydigan, uning qalbidan va shuuridan 
o’rin olmaydigan, aksincha, uni zeriktiradigan va oxir-oqibatda esa butun tarixdan 
ixlosini qaytaradigan qilib bayon etildi. 
Natijada millatlarni yo’q qilib tashlash, fuqarolar qalbidagi milliy g’urur, 
milliy iftixor tuyg’ularini so’ndirish, ular dunyoqarashini chegaralab qo’yish 
uchun harakat qilindi. O’ziga ham, o’tmishiyu kelajagiga ham befarqlik va 
loqaydlik bilan qaraydigan aholi qatlami «tarbiya»lab etishtirildi. 
Ana shunday noqobil va g’ayriinsoniy siyosat barbod bo’lgach, endi o’z 
tariximizni qaytadan tiklash, uni ilmiy, tarixiy va hayotiy haqiqat nuqgai 
nazaridan turib yangitdan yaratishni davlatning o’zi talab qilmoqda va bunga 
homiylik qilmoqda. O’zbekiston Fanlar akademiyasi Tarix institutining 
O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi qarori bilan tarqatib yuborilishi va 
uni qaytadan tashkil etish to’g’risidagi qarorining siyosiy qadriyatini, ma’naviy 
va ijtimoiy ahamiyatini alohida ta’kidlash joiz. Hukumat qarori va shaxsan 
Prezident Islom Karimov tashabbusi bilan Davlat va jamiyat qurilishi 
akademiyasi qoshida «O’zbekistonning yangi tarixi» markazining ochilishi 
fikrimizning yorqin dalilidir. 
Tarixnavislikda sho’ro davrida shakllangan biqiq «metodika» barcha tarixga 
qiziquvchilarni va o’rganuvchilarni qolipga solib qo’ydi. Yuz bergan hodisalar va 
ijtimoiy-siyosiy voqealar atrofida fikrlamasdan, faqat bayonchilik bilan 


15 
shug’ullanish, xabarkashlik tendentsiyasi vujudga keldi. Bora-bora bu ilmiy 
«maktab»ga aylandi. Bu nomaqbul maktabning esa nihoyatda nochoru notavon, 
g’oyaviy jihatdan buzuq, mafkuraviy jihatdan aynigan, ilmiy jihatdan 
soxtalashgan, siyosiy jihatdan yaroqsiz ilmiy uslubi va hayotdan uzilgan aqidasi 
vujudga keldi. 
Tarixga munosabatning o’zgarayotganligi va tobora jiddiy tus olayotganligi 
ijobiy hodisa. Biroq hamon shoshmashosharlik, masalaga yuzaki yondashish, har 
tomonlama puxta o’rganmasdan xulosalar chiqarish illatlari bizni tark etgani 
yo’q. Natijada ilmiy haqiqatdan uzoq, tarix haqiqati buzilgan darsliklar paydo 
bo’lmoqda. 
Oldinlari bir tomonga og’ib ketgan bo’lsak, endi boshqa tomonga 
og’yapmiz. Vaholanki, ilmda muvozanat bo’lmog’i kerak. Endi tariximizni 
tiklaymiz degan ehtiroslaru chinakam aql-idroqdan uzoq bo’lgan xissiyotlar jo’sh 
urib ketdi. Natijada palapartishlik, tarixiy dalillarning ola-quroqligi, voqealarning 
ma’lum bir tizimga solinmaganligi va tarixiy izchillikning yo’qligi ko’zga yaqqol 
tashlanmoqda. Ayrim darsliklar nuqul rivoyat va badiiy asarlardan yaxlit 
ko’chirmalar holida nashr etilmokda. 
Tarixnavisligimizdagi yana bir muammo shundaki, biz hamon mustaqil 
fikrga ega bo’lolmayapmiz. Hamon kimlarningdir soxta g’oyalariga tayanyapmiz. 
Ma’lumki, sobiq sho’ro tuzumi davrida olimlarimiz har bir fikr-muloxazasini 
marksizm-leninizm klassiklari uydirmalaridan ko’chirmalar olib «asoslab» 
berishardi. Istiqlol yillarida ham o’zlarining ilmiy jihatdan ojiz va nochor 
«fikr»lariga chetdan tirgak izlayotgan tarixchilarimiz yo’q emas. Ayniqsa, bir 
paytlar «ilmiy ateizm» fanining darg’alari hisoblangan ayrim olimlarimiz bugun 
tariximizni butkul diniy yo’singa burib yuborish bilan ovora bo’lmoqdalar. Ba’zilar 
hatto yurtimizga islom dini kirib kelgunga qadar bo’lgan davrni «majusiylik», 
«johiliyat» davri deb atay boshladi. Bobolarimizning islomgacha bo’lgan buyuk 
vatanparvarlik jasoratlariga to’la tarixiga, ulkan bunyodkorlik, yuksak 
madaniyatiga nopisand munosabat yaqqol sezilmoqda. «Johiliyat» davri atamasi 
zamirida islomgacha bo’lgan davrni kamsitish mazmuni yotmaydimi? Demak, 
xalqimiz tarixining o’ziga xos ata-malarini to’g’ri belgilash vazifasini tezroq hal 
etmog’imiz kerak. 
Bugun biz tariximizning olis-olis qatlamlariga nazar tashlar ekanmiz, hayot 
mantig’ini hisobga olmasdan tarix haqiqatini tiklay olmaymiz. Birgina misol 
keltiraylik: Samarqand, Buxoro, Xiva, Shahrisabz (Kesh), Termiz, Qarshi va 
boshqa shaharlarimizning yoshi 2700-3000 yilga borib taqalishini mutaxassislar 
e’tirof etishmoqda. Xo’sh, bizning tariximiz, ana shu zamin, ana shu 
jannatmakon tuproq tarixi bilan bog’liq bo’lgan shu o’lka xalqlarining tarixi 
shuginamikin? Axir shaharlar yoshi bilan xalqlar tarixi belgilanadigan bo’lsa, biz 
yana xato qilmayapmizmikin? Har tomonlama barkamol, dunyo xalqlari 
diqqatini o’ziga tortgan, ulkan fan va madaniyat markaziga aylangan 
shaharlarning dunyoga kelguniga qadar ham odamlar shu erda yashashgan-ku! 
Kishilik hayotining madaniylashish jarayoni, ong va tafakkurning rivojlanishi, 
insonning daholik qudrati va zakovati evolyutsiyasini nazarda tutsak, shahar 


16 
paydo bo’lgunga qadar bir necha ming yillik hayot mavjudligini nega 
unutmog’imiz kerak? 
1998 yilda buyuk mutafakkir Ahmad al-Farg’oniy tug’ilganining 1200 
yilligi nishonlandi. Ulug’ bobokalonimiz tug’ilgan va voyaga etgan ko’hna 
Shahriston xarobalaridan miloddan oldingi asrlarda yasalgan shaffof, niliy shisha 
idishlar topildi. Bejirimligi bilan ko’zimizni qamashtirayotgan bugungi guldonlaru 
billur qadahlar chiroyidan qolishmaydigan bunday shisha buyumlarini yasash 
uchun insoniyat tarixi necha asrlarni bosib o’tgan? Uning texnologiyasini ishlab 
chiqish, xom ashyo tarkibi va ranglar jilosini topish uchun qancha vaqt ketgan, 
qancha avlod yashab o’tgan? 
O’sha paytlarda hozirgidan o’n chandon mustahkam sopol quvurlar ishlab 
chiqarilganligi va shaharlar to’la kanalizatsiyalashtirilganligi xalqimiz 
tafakkurining buyukligini ko’rsatmaydimi? Ana shu tafakkurning shakllanishi 
uchun necha asr kerak bo’lgan? Bunday savollarga javob topganimizdagina tarix 
haqiqati tiklanadi. Prezident Islom Karimov tarixga ana shu nuqtai nazardan 
qaraydi va xalqimiz o’tmishini tiklashda ana shunday siyosat, ana shunday 
mantiq va falsafa lozimligini talab etmoqda. 
Tarix – tafakkur mahsuli. O’tmishimizda bo’lgan har bir hodisa ma’lum 
ma’naviy-ruhiy, ijtimoiy-siyosiy muhit ta’sirida yuz bergan. Demak, unga nazar 
solganda, voqealar zamiridagi mantiq, falsafa, ruhiyat, siyosat, iqtisod, 
qo’yingki, har bir davrning o’ziga xos shukuxiyu tashvishlari, sevinchu 
iztiroblari ko’zga yaxlitligicha yaqqol tashlansin. Ongimiz va shuurimizga 
mustaxkamroq o’rnashsin. Ana shunda kishini fikrlashga, o’tmishni idrok qilib, 
kelajakni aql yo’rig’i bilan belgilashga yordam beradi. Tarixning tafakkur mahsuli 
va ulug’ murabbiyligi, oliy qadriyat ekanligi ana shu bilan belgilanadi. 
Yuqoridagilardan kelib chiqib aytish mumkinki, tarixnavislik bevosita 
mantiq, falsafa, iqtisod, huquq, jamiyatshunoslik, siyosatshunoslik, ruxshunoslik 
va badiiyat bilan uzviy bog’langan hodisa. Bularni bir-biridan ajratish mumkin 
emas. Mabodo ana shu unsurlarning biri etishmasa, nomukammallikka yo’l 
qo’ygan, tarix haqiqati va ijtimoiy-siyosiy jarayonlar mantig’ini buzgan 
bo’lamiz. Faqat, ma’lum bir davr tarixi ustida ishlar ekanmiz, eng avvalo, 
tarixnavislik nazaridan ish tutib, boshqa unsurlardan yordamchi, to’ldiruvchi 
vosita sifatida foydalanmog’imiz lozim. Chunki, 

Yüklə 0,76 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   62




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə