Ziyonet doc



Yüklə 0,76 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə10/62
tarix26.10.2023
ölçüsü0,76 Mb.
#131171
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   62
Kitob 5346 uzsmart.uz

o’n birinchidan
ayni paytda, xususan, biz uchun huquq tarixi, davlatchilik 
tarixi, sotsiologiya, antropologiya, insonshunoslik, inson sotsiogenezi kabi qator 
fanlar bilan bog’liq holda yaxlit tarixni idrok etish va boshqa masalalar muammo 
bo’lib qolmoqtsa. 
Ana shu vazifalarni hal etishda tarix falsafasi va tarix fani o’rtasidagi 
hamkorlik muhim ahamiyat kasb etadi. Zotan, I. Lakatos fikriga ko’ra «Tarix 
falsafasi tarix fanisiz bo’shliq. Tarix fani esa tarix falsafasisiz ko’rdir». Demak, 
ushbu g’oyadan kelib chiqib aytish mumkinki, tarix fanining taraqqiyoti tarix 
haqiqatini tiklash, tarixiy jarayonni u qaysi davrga bog’liq bo’lishidan qati nazar 
qanday yuz bergan bo’lsa shundayligicha ifodalash tarix fanining birdan-bir 
vazifasidir. Tarix falsafasining vazifasi esa tiklangan tarixiy jarayon atrofida 
falsafiy, mantiqiy fikr yuritib, mushohada etib, tarixiy tafakkur orqali voqelik 
moxiyatini to’g’ri ifodalab berish bilan belgilanadi. 
Bir qarashda tarix falsafasi bilan tarix fani boshqa-boshqa, bir-biriga daxlsiz 
yo’nalishday ko’rinadi. Zotan, real jarayonga, real voqelikka, insoniyat 
tarixidagi qaysidir hodisaga tarixchi tarixchi ko’zi bilan, faylasuf faylasuf ko’zi 
bilan qaraydi.
O’z vaqtida asotirlar ma’lum bir qabila, etnos yoki urug’ doirasida 
avloddan-avlodga uzluksiz tarzda o’tib borgan umumiy qarashlar tizimi sifatida 
mavjud bo’lsa-da, undan asta-sekinlik bilan jahon, boshqa mintaqalarda 
yashayotgan xalqlar haqidagi ma’lumotlar ham o’rin ola borgan. R. Kollingvud 
bu jarayonni o’rganar ekan, jamiyatni tarixiy anglashni teokratik tarix deb 
nomlaydi. Unda har bir rivoyat va afsonalar qatnashchilari o’sha voqealarning 
ishtirokchisi yoki tashkilotchisi emas, balki Xudo xohish-irodasini, aniqrog’i, 
amrini bajaruvchi shaxslar sifatida gavdalangan. 
Tarixchi A. Losev to’g’ri ta’kidlaganidek, asotirlardagi tarixiy davr hali bu 
to’la anglangan hodisa emas. U xuddi harakatsizday. «Bizning fikrimizcha, tarix 
uchun shaxs kerak, jamiyat kerak, shaxs va jamiyatning bir holatdan ikkinchi bir 
holatga o’tishiga ehtiyoj kerak. Asotirlar davrida esa shaxs ham, jamiyat ham
harakat ham yo’q». 
Undan keyingi taraqqiyot yo’li bevosita tarixni anglash yo’li – jahon tarixi, 
insoniyat o’tmishi va shu bilan birga aloxida-alohida xalqlar, mamlakatlar, 
qolaversa, mintaqalar doirasidagi tarixni o’rganishga olib keldi. Yanga uchinchi 


22 
ming yillikda dunyo tarixini yangicha nazar bilan o’rganish, uning butun 
silsilalari orqali kishilik jamiyati taraqqiyoti, insoniyat tafkkurining mezonlari 
hamda bizga meros qolgan buyuk tarixning yorug’ va qorong’u tomonlarini 
mumkin qadar o’rganish vazifasi zimmamizda turibdi. Yangi ming yillik 
taraqqiyot yo’li bizni o’tmish bilan ana shu tarzda bog’lab turibdi. 

Yüklə 0,76 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   62




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə