Ziyonet doc


© Namangan davlat universiteti



Yüklə 0,76 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/62
tarix26.10.2023
ölçüsü0,76 Mb.
#131171
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   62
Kitob 5346 uzsmart.uz

 
© Namangan davlat universiteti 



KIRISH
Mustaqillik xalqimiz tarixida yangi davrni boshlab berdi. Bu davr 
mobaynida mamlakatimiz turli sohalarda olib borayotgan muhim islohotlardan biri 
ta’lim tizimiga taalluqlidir. Uning bosh maqsadi mustaqil fikrlovchi shaxs, komil 
insonni tarbiyalashdan iborat. 
Tarix falsafasi va metodologiyasi fanini o’qitishdan maqsad ta’lim tizimi 
milliy dasturining asosiy g’oyalaridan kelib chiqqan holda, bakalavr talabalarga 
Tarix falsafasining rivoji, hozirgi holati, insoniyat hayotida tutgan o’rni, ijtimoiy 
fikr taraqqiyotiga qo’shgan xissasi haqida umumiy ilmiy tushunchalar berishdan 
iborat.
Shu maqsadda 
ma’ruzalar matni
da jahon falsafiy-tarixiy tafakkurining 
qadimdan to hozirgi kungacha bo’lgan rivojlanishining asosiy omillari va 
yo’nalishlarini yoritishga qaratilgan. Uslubiy qo’llanma tarixchi talabalarning 
nazariy – uslubiy saviyasini oshirishda jahonda ro’y berayotgan tarixiy 
jarayonlarni chuqur o’rganishdagi asosiy kontseptual yondashuvlar bilan 
tanishishda katta ahamiyat kasb etadi.
Hamda, «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi»da ko’rsatib o’tilgan talaba-
yoshlarning tarixiy dunyoqarashini boyitish, ularda mustaqil fikrni qaror toptirish, 
tarixni mukammal darajada bilish, insoniyat sivilizasiyasining yutuqlaridan va 
tajribasidan to’la bahramand bo’lish, umuminsoniy qadriyatlarni anglab etishga 
ko’maklashish va dunyo miqyosida mavjud bo’lgan muammolarning tarixiy 
ildizlarini izlab topish kabi dolzarb masalalarni o’rganadi. 
Tarix falsafasi va metodologiyasi mazmuni talabalarda turli xil tarix falsafasi 
maktablari, inson va uning mohiyati, tarix falsafasiningqonuniyatlari, falsafiy 
oqimlarning rivoji va yo’nalishlari to’g’risidagi ma’ruzalarni tinglab, ular haqida 
to’g’ri ilmiy xulosalar chiqara oladigan, falsafiy ta’limotlarni asosli tahlil qila 
oladigan ilmiy dunyoqarashni shakllantirishdan, XXI asrda insoniyat va dunyo 
muammolarini to’g’ri anglab etishidan iborat. 




Yüklə 0,76 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   62




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə