Ziyonet doc


Tarix – inson, zamon va makon falsafasi



Yüklə 0,76 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə4/62
tarix26.10.2023
ölçüsü0,76 Mb.
#131171
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   62
Kitob 5346 uzsmart.uz

Tarix – inson, zamon va makon falsafasi
Tarixni vaqtdan ajratib bo’lmaydi. U vaqt, muddat va zamonda yuz bergan
ma’lum bir makonda vujudga kelgan voqea-hodisalar birligi. Ana shu zamon va 
makonda shakllangan an’analar, turlicha qarashlar, ma’naviy-ruhiy hodisalar, 
ijtimoiy munosabatlar zamirida xatti-xarakatlar o’z izini qoldiradi. Harakatlar 
zamirida esa ma’lum maqsad va intilishlarni o’zida mujassam etgan voqealar 
yotadi. 
Tarixning o’ziga xosligi, ijtimoiy hodisaligi ma’lum bir davr, zamon va 
makon mohiyatini o’zida mujassam etganligi bilan, uning butun fenomenini 
belgilashi bilan baholanadi. Boshqacha qilib aytganda, uning mazmun-mohiyati, 
ijtimoiy, iqgisodiy va siyosiy hodisa sifatidagi o’ziga xosligini ko’rsatadi. 
Ayniqsa, yuksak ko’tarilyshlar, sakrashlar, taraqqiyotning eng baland 
cho’qqilariga chiqqan davrlarda tarixning tsivilizatsiyani vujudga keltiruvchi 
buyuk hodisa sifatidagi fenomeni ko’zga yaqqol tashlanadi. 
Tarix inson orqali vujudga keladi va inson orqali abadiyatga aylanadi. 
Inson ongi va tafakkuri, qalbi va tuyg’ulari orqali yuzaga kelgan hodisa sifatida 
qadriyatga aylanadi. Ana shu jihatdan qaraganda inson aql-idroki, uning tafakkur 



darajasi, hayotiy falsafasi, jamiyatni taraqqiy ettirish yo’lidagi sa’y-harakatlari, 
butun bir xalq, butun bir jamiyat mentalitetini belgilaydi. Ana shu mentalitet – 
millat yoki xalqning umumiy madaniy-ma’naviy darajasi, aql-idroki va tafakkur 
maydoni nechog’ligiga qarab taraqqiyotning yoxud tanazzulning mazmun-
mohiyati ochiladi. Tarix esa ana shu o’ta murakkab, o’ta ziddiyatli, ayni paytda 
nihoyatda qudratli ruhiyat orqali, faoliyat orqali xotiraga aylanadi. Turli ijtimoiy-
siyosiy hodisalar, voqealar shu tarzda vujudga keladi va tarixiy taraqqiyot 
shajarasining bo’g’inlarini tashkil etadi. 
Qadimiy donis hma ndlarning a ytis hlaric ha, «Ko’r ko’rni etaklasa, 
ikkovi ham jarga qulaydi». Ana shu nuqtai nazardan inson tafakkuri va jamiyat 
taraqqiyoti, insonning madaniy-ma’naviy imkoniyatlari va tarixiy jarayon 
o’rtasidagi munosabatlarni aniqlab olish qiyin emas. Qariyb uch ming yillik 
tariximizning turli davrlarida xalq turli holatlarga tushganligining, buning 
sabablari va mohiyatining ildizi qaerdaligini yuqoridagi xulosalardan bilish 
mumkin. 
Shaxsning jamiyatda tutgan o’rni, uning jamiyat taraqqiyotidagi roli yana 
ham muhim ahamiyat kasb etadi. Tarix falsafasi, tarixiy tafakkur bizni ana shu 
ulkan muammolar atrofida jiddiyroq mushohada yuritishimizni taqozo etadi. 
Har qanday jamiyat taraqqiyot va tanazzul, turli ko’tarilish va pasayish 
davrlarini boshdan kechiradi. Tarix qahramonlik davrlarini, har tomonlama 
shakllangan davlatchilik va boshqaruv tizimiga ega bo’lgan holatlarni, 
mintaqalararo taraqqiyotlar o’rtasidagi aloqalar rivojlangan zamonlarni ko’rgan. 
Tsivilizatsiyaning hayotiyligi, yashovchanligi, uning uzluksiz davom etishi 
bevosita odamlarning ma’naviy darajasi, hayotiy omillarning barqarorligi, inson 
faoliyatining 
uzviyligi, 
faolliga 
va 
doimiy 
uzluksiz 
faoliyatning 
ta’minlanganligi bilan belgilanadi. 
Ana shu nuqtai nazardan qaraganda, uzoq o’tmishimizning yuksak 
tsivilizatsiyalashgan davrlar bilan tanazzulga uchragan davrlari, ularning 
mantiqiy, siyosiy va ijtimoiy asoslari, iqtisodiy zamini va siyosiy tafakkuri bilan 
yaxlit holda tadqiq etilganda uning bir butun falsafasi vujudga keladi. Bir butun 
qiyofasi yaratiladi. Shu tarzda tarix fenomeni orqali ajdodlarimiz fenomeni
millat va xalq sifatidagi mentaliteti ko’zimizga yaqqol tashlanadi. 
Umumjahon tarixini o’rganish, umuminsoniyat o’tmishini tadqiq etish 
inson 
haqidagi tushunchalarimizni 
boyitishga, inson 
faoliyati, uning 
imkoniyatlari xususidagi xulosalarimizni kengaytirishimizga yordam beradi. Biz 
insoniyat tarixini, jumladan, o’z ajdodlarimiz o’tmishini o’rganish orqali 
olamni o’rganamiz, olam haqidagi tasavvurlarimizni boyitib, xulosalarimizga 
yana xam aniqlik kiritamiz. Bizning olam va odam haqidagi tushunchalarimizni 
kengaytirishimizning yagona yo’li olamni tadqiq etish, olamni anglash, uni 
tushunishdir. 
Tarix kishilik jamiyati taraqqiyotining yaxlit moxiyatini tafakkur orqali 
idrok etiladigan suvratdir yoki tafakkur orqali ongimizda mangu chizilgan xotirot. 
Shunday ekan, biz olamni tarix orqali, insoniyat taraqqiyotining bosqichlari, 
evolyutsiyasi orqali anglaymiz. U orqali bugungi kunimizning mazmunini, 
mohiyatini tushunib olamiz, ertangi kungi maqsadlarimizni, orzu-umidlarimizni 



belgilaymiz. Shu jihatdan qaraganda biz o’zimizni olamdan ajralgan holatda 
tasavvur etolmaymiz. Boshqacha qilib aytganda, olamdan ayri tusha olmaymiz. 
Olamdan ayrilsak, o’zimizdan ayrilamiz. Olamni yo’qotsak, o’zimizni, 
o’zligimizni yo’qotamiz. Olam va odam o’rtasidagi bog’liqlik ayni olam yaxlitligi 
va odam butunligidir. Ayni ana shunday mushtaraklik ularning har ikkovini ham, 
bir-birini ham to’ldirib turadi va butun o’tmish, bugun va istiqbolni bog’lab 
turadi. Tarix xotira-sining abadiyatini, uzviyligini, davomiyligini belgilaydi. 
Tarixiy tafakkur va tarix falsafasining noyob qadriyata, buyuk sabog’i ana 
shunda. 
Tarix – inson haqidagi, odamlar haqidagi fan. Biroq u bugunning odamlari, 
kechinmalari, his-tuyg’ulari, faoliyatlari va munosabatlari xususida emas, balki 
o’tgan ajdodlarimiz turmush tarzi, ma’naviy-ruhiy kechinmalari, sodir etgan 
voqea-hodisalari, maqsad va intilishlari haqidagi fandir. 
Aslini olganda tarix faqat o’tmish haqidagi ma’lumotlar yoki xotiralar ham 
emas. Uning buyuk qudrati, tarbiyaviy kuchi, murabbiylik mohiyati o’tmishni 
o’rganish, tadqiq etish orqali bugunni baholash, bugunni anglash, bugungi 
odamlarni tushunish va ularni yo’naltirish bo-rasidagi fikrlarni, g’oyalarni o’zvda 
mujassam etganida! Agar biz tarixga ana shu nuqtai nazardan qaraydigan 
bo’lsak, uning butun ko’lamini, insoniyat va jamiyat taraqqiyotidagi rolini 
chuqurroq anglaymiz. Muarrix tarixiy sanalar, voqealar, hodisalar atrofida fikr 
yuritar ekan, u eng avvalo inson, uning dunyosi xususida o’ylashi kerak, dedik. 
Agar haqiqatan ham inson tarixning tadqiqot ob’ektiga aylansagina, u orqali, 
faqat va faqat u orqali tarixning butun ko’lamini, mohiyatini ochib bera olamiz. 
Aks holda, quruq bayonchiliqdan iborat bo’lgan ma’lumotlar to’plamlarini yana 
yarataveramiz, 
odamlarni 
bezdiraveramiz. 
Yuqoridagi 
xulosalar 
va 
mushohadalarni xisobga olib, tarixshunoslikni majoziy ma’noda insonshunoslik 
deyishimiz mumkin. 
Gegel iborasi bilan aytganda, tarix falsafasi bu dunyoqarashlar, tarixiy 
tafakkur va tarix xotirasi haqidagi fandir. U ma’naviyat fenomeni, ruhiyat 
fenomeni sifatida inson va tarixiy tafakkur o’rtasidagi bog’lyqiikni o’rganadi. 
Agar chindan ham tarixni ma’naviyat va ruhiyat fenomeniga aylantirsak, 
aniqrog’i, uni shunday idrok etib, shunday tadqiq etsak, yana va yana o’tmishni 
sana va voqealar orqali emas, inson orqali o’rganishga ehtiyoj sezamiz. Oxir-
oqibatda Inson tarixning yaratuvchisi, ishtirokchisi, dunyoga keltiruvchi eng oliy 
xilqat ekanligini va bu rad etib bo’lmas haqiqat, tengsiz qadriyat ekanligini tan 
olamiz. 
Insoniyat tarixi bu har birimizga bog’liq bo’lgan, o’zligimizni 
ko’rsatadigan, bizning olis shajaramizni, naslu nasabimizni, insoniy qadru 
qimmatimizni belgilaydigan, muqaddas va mo’’tabar voqelik. Biz uni shunday 
tushunishimiz va shunday qabul qilishimiz kerak. Agar o’tmishimizga shuvday 
munosabatda bo’lsak, ana shu yuksaklikdan turib unga qarasakkina, tarix ayni 
tafakkur mahsuliga aylangan taqdirdagina bizni ma’naviy jihatdan boyitishi
ruhiyatimizga qudrat baxsh etishi mumkin bo’ladi. Ana shu jihatdan qaraganda 
butun hayot shajarasini davom ettirayotgan, o’ziga xos tarix yaratayotgan 
odamlarning dunyoqarashlari, ma’naviy-ruhiy kechinmalari, insonlik sha’ni 


10 
nimalarga bog’liqligi, uning ildizlari qayoqlarga etib borishi va qanday 
ma’naviy sarchash-malardan ozuqa olayotganligi aniq bo’ladi va u bevosita tarix 
va tarixshunoslik bilan bog’liq ekanligi ko’zga yaqqol tashlanadi. Agar tarix 
chindan ham falsafa va tafakkur mahsuliga aylantirilsa, zamondoshlarimizning 
o’tmishi kimlarga borib taqalishi ayon bo’ladi va hayotda o’z o’rnimizni 
belgilashimizga, o’zimizning kimligimizni anglab olishimizga yordam beradi. 
Gegel ta’biriga ko’ra tarix davlatchiliqdan boshlanadi. «Xalq davlat 
qurilishisiz hech qanday tarixga ega emas», – deydi alloma. Ana shu nuqtai 
nazardan qaraganda, milliy davlatchilik tariximizning qariyb uch ming yilligini 
nishonlash arafasida turgan xalqimiz o’z taqdirini butun insoniyat taqdiri, kishilik 
tarixiy taqdiri bilan bog’liq holda ko’radi. Ayni ana shu taqdirdoshlik, ayni ana 
shu insoniyat tarixining ibtidosi bilan bog’liqlik bugun butunlay yangi jamiyat 
qurayotgan xalqimiz qiyofasini ko’rsatmoqda. O’zining qadimiy milliy 
davlatchilik 
an’analari 
bilan 
jahon 
davlatchiligi 
ilg’or 
tajribalarini 
uyg’unlashtirib, sintezlashtirgan hodda «o’zbek modeli»ni dunyoga taqtsim etib, 
dunyoni hayratta solayottan o’zbek xalqining fenomeni jahon mehvarida paydo 
bo’lmoqtsa. 
O’zbek xalqi tarixi, uning kechmishi bevosita tarix falsafasi va tarixiy 
tafakkur orqali bugun odamlarni uyg’otmoqda, ular diqqatini o’ziga tortmoqtsa. 
Zamondoshlarimiz ongi, qalbi orqali butun o’gmish o’z yutuqlari va nuqsonlari 
bilan yaxlit holda jonlanmoqtsa. Shu asosda xalqimizning ma’naviy qudratiga, 
ruhiy tayanchiga aylanmoqda, olis istiqbolni belgilashda o’ta muhim omil 
sifatida xizmat qilmoqda. 

Yüklə 0,76 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   62




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə