Ziyonet doc



Yüklə 0,76 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə9/62
tarix26.10.2023
ölçüsü0,76 Mb.
#131171
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   62
Kitob 5346 uzsmart.uz

birinchidan, 
insoniyat tarixi rivojlanish qonuniyatlarini, ularning manbalari 
va mohiyatini o’rganish; 
ikkinchidan, 
insoniyat tarixini, jumladan, milliy tarixni ham hozirgacha 
ta’sirini 
o’tkazib 
kelayotgan 
kommunistik 
mafkura 
asosidagi 
ilmiy 
metodologiyada mavjud bo’lgan tamoyillardan voz kechib, milliy istiqlol g’oyasi 
asosida o’rgayish va davrlashtirish muammosini hal etish; 
uchinchidan, 
tsivilizatsiyalar va madaniyatlar yuzaga kelishining yaxlit 
tizimini ishlab chiqish, ular inqirozi sabablarini chuqur taxlil etish; 
to’rtinchidan, 
tarixiy jarayonning umumiy shaklini tahlil etish, ularni 
o’tmish, bugun va kelajak tizimida mantiqan o’rganish hamda insoniyat istiqboli 
haqida tasavvurlarga aniqlik kiritish; 
beshinchidan, 
tarixiy taraqqiyot omillarini diniy va dunyoviy qonuniyatlar 
nuqgai nazaridan o’rganish, nazariy jihatdan baquvvat, ilmiy va amaliy jihatdan 
asoslangan xulosalarni ishlab chiqish; 
oltinchidan, 
qadriyatlar tizimini hozirgi zamon talablari nuqgai nazaridan 
tadqiq etish va baholash; 
ettinchidan, 
insoniyat tarixida to’plangan moddiy, ma’naviy va madaniy 
qadriyatlarning tarixiy tahlil orqali mantiqiy va falsafiy asoslarini o’rganish; 


21 
sakkizinchidan, 
tarixni anglashning yangi yo’nalishlarini hozirgi zamon 
falsafiy tafakkur mezonlari asosida
 
belgilash hamda unga tayangan holda va 
ijtimoiy taraqqiyot maqsadlarini aniqlash orqali tarixning murabbiylik rolini 
oshirish; 
to’qqizinchidan, 
yaxlit insoniyat taraqqiyoti omillarini
 
va manbalarini 
o’rganish, shu asosda jahon tarixiy taraqqiyot istiqbollarini belgilash; 
o’ninchidan, 
tarix fani predmeti va metodologiyasini hozirgi zamon talablari 
asosida qayta ishlab chiqish hamda tarixni tadqiq etishning turli yo’nalishlarini, 
jumladan, siyosiy tarix, iqtisodiy tarix, ijtimoiy tarix, madaniyat tarixi, din 
tarixi, san’at tarixi, etnogenezis va boshqa yo’nalishlar bilan mushtarak hodtsa 
kompleks tadqiqotlarni olib borish orqali inson, insoniyat va uning tarixi yaxlit 
moxiyatini ochib berish; 

Yüklə 0,76 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   62




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə