2-mavzu: deviant xulq -ijtimoiy-pedagogik muammo sifatida



Yüklə 33,66 Kb.
səhifə1/4
tarix22.03.2024
ölçüsü33,66 Kb.
#183817
  1   2   3   4
2-amaliy moslashuv

2-MAVZU: DEVIANT XULQ -IJTIMOIY-PEDAGOGIK MUAMMO SIFATIDA.


Reja:
1. Deviant xulq-atvor tushunchasi.
2. Deviant xulq-atvorning yuzaga kelishi.
3. Deviant xulq-atvor turlari.


Tayanch iboralar: Deviant xatti-harakati,intizomsizlik, Delinkvent xatti-harakat, Kriminal xatti-harakat,
Irsiy,muhit,tarbiya,iisonning shaxsiy amaliy faoliyati, Biologik faktorlar, Ijtimoiy—pedagogik faktorlar, Ma`naviy—axloqiy faktorlar


1. Deviant xulq-atvor tushunchasi
Deviant xatti harakat bu psixik sogʻlomshaxslar tomonidan me`yoriy qoidalarni buzish hollaridir. Deviatsiya-bu ijtimoiy pedagogic muammo bo‘lib, inson ruhiyolamidagi, uning atrofidagi muhitning oʻzgarish hollari bilan bogʻliq.
Bu hol, ayniqsa, oʻsmir yoshdagi bolalarga xosdir. Chunki bu yosh eng qiyin va murakkab davr bo‘lib, bu yoshdagi bolalarning anatomo-fiziologik, intellektual, axloqiy va boshqa jihatlarida oʻzgarishlar roʻy beradi. Bu oʻzgarishlar oʻz navbatida ularning psixikasida o‘zgarishlar ro‘y berishiga zamin yaratadi.
Ularning ijtimoiy statusida, jamoada o‘zini tutishida oʻzgarishlar roʻy berib, ularni koʻproq; “Men kimman?”-degan savol qiynaydi. 
Deviatsiya oʻz ichiga deviant, delinkvent va criminal xatti —harakatlarni birlashtiradi. (deviantxattiharakat — bu kichik ijtimoiy munosabatlar (oila, maktab) hamda xarakter, jinsiy va yosh xususiyatlari jihatidan yaqin kichik
Ijtimoiy guruhlarga xos ijtimoiy me`yorlardan, xatti-harakatlar va qoidalardan ogʻish, chekinishning bir turidir. Ya`ni bu turdagi harakatni intizomsizlik deb ham atash mumkin.
Agressiya, chaqiriq, ishda va mehnat faoliyatida oʻzboshimchalikka yoʻl qoʻyish bolalar va oʻsmirlarning ichkilikka berilishi, daydib yurishlari, oliftagarchilik qilishlari, assotsial harakatlarga berilish kabilar deviant harakatlarning asosiy koʻrinishlaridir.
Ma`lum vaziyatlarda bolalar va oʻsmirlarning shu kabi xatti—harakatlarni namoyon etishi deviant harakatlarning tipik xususiyatidir. 

Yüklə 33,66 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə