Ziyonet doc


Tarixiy tafakkur ehtiyoji



Yüklə 0,76 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə5/62
tarix26.10.2023
ölçüsü0,76 Mb.
#131171
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   62
Kitob 5346 uzsmart.uz

Tarixiy tafakkur ehtiyoji
O’zlikni anglash, eng avvalo, o’tmishni o’rganishdan, tarixni bilishga 
extiyoj 
sezishdan 
boshlanadi. 
Darhaqiqat, 
o’zini 
anglayotgan, 
o’zini 
tushunayotgan har bir odam qanday oilada dunyoga kelgani, o’z ajdodlari kimlar 
bo’lgani, ota-bobolari nimalar bilan shug’ullanishgani va qanday umr 
kechirishganini bilib olishga intiladi. Ularning fazilatlari va meroslari bilan 
faxrlanib yashaydi. 
O’z naslu nasabini bilish, kelib chiqishini o’rganish kishining hayotda 
omonat yo tasodifiy emasligini tushunishga imkon beradi. Shu bilan birga atrof 
muxit, uni o’rab turgan olam xususida o’ylashga undaydi. 
Darhaqiqat, 
olamni 
tadqiq 
etish 
tafakkurimizni 
boyitishning, 
dunyoqarashimizni kengaytirishning yagona yo’li. Olamni anglash hissi 
insonning o’zligini anglashga, o’zligini tushunishga, olam va odam haqida 
o’ylashga da’vat etuvchi beqiyos qudrat. U jami insonga xos bo’lgan idrok va 
irodani uyg’otadigan mo’’jizaviy kuchdir. Biz olamni qanchalik keng va chuqur 
anglasak, inson va insoniyat olamiga shunchalik ko’proq qiziqamiz, uni 
tushunishga, mohiyatini anglashga, inson va hayot, insoniyat va mavjudot 
o’rtasidagi munosabatlarni o’rganishga, xullaski, insoniyat tarixi bilan qiziqishga 
harakat qilamiz. 
Ana shu xulosalarning aksi sifatida biz olamni qanchalik unutsak, o’zimizni 
shunchalik unutamiz. Bunday hodisa kishilik tarixida-turli davrlarda turli 
holatlarda yuz bergan. U odamzodni hayotni tushunish, olamni anglash va o’zini 


11 
oliy mavjudot sifatidagi qadriyatini idrok etish orqali butun insoniyat tarixini 
anglashga da’vat etadi. Bunday noyob ma’naviyruhiy extiyoj komillik va 
etuklikka intilish xissini uyg’otadi. Ana shu ichki tuyg’u insonning o’z o’tmishiga, 
o’tmishdoshlariga va ajdodlariga, ular qoldirgan merosiga qiziqish bilan 
qarashini taqozo etadi. Bunday ma’naviy-ruhiy ehgiyoj uning tarixiy
 
xotirasi 
chuqurlashishiga, tarix falsafasining paydo bo’lishiga, shu falsafa va tafakkur 
orqali o’zining hayotdagi o’rnini aniq belgilab olishiga imkon yaratadi. 
Istiqbolini ko’ra olishga rag’batlantiradi. 
Hayotda abadiy yashaydigan mavjudot yo’q. Jamiki mavjudotning ibtidosi 
va intihosi bor. Ana shu ibtido va intiho o’rtasidagi voqelik hayot tarixiga 
aylanadi. Aslini olganda hayotda faqat abadiyat va unga daxldor bo’lgan 
tafakkurgina boqiydir. Zamonlar, jarayonlar, hodisa va voqealarning bari 
o’tkinchi. Biroq, ularni bir-biri bilan bog’lab, hayot shajarasini davom ettirib 
turgan oliy xilqat – inson mavjud ekan, hayot abadiyati tarix va tafakkur 
abadiyatiga aylanadi. Shuning uchun ham vaqg o’tkinchi, tarix esa abadiydir. 
Shuning uchun ham tarixni tafakkurdan ajratib bo’lmaydi. 
Darhaqiqat, voqealar, jarayonlar shaklan o’zgaraveradi, yangi hodisalar, 
yangi voqealar hayot mazmunini o’zgartiraveradi. Turmush tarzini va, hatto, 
aqidalarni ham yangilaydi. Biroq yaxlit abadiyatga aylangan hayot va insoniyat 
shajarasi tarix abadiyatini va uzluksizligini so’zsiz ta’miilaydi. Shu zaylda 
hodisalar, voqealar va jarayonlar bir-birini inkor etib, bir-birini rad qilib davom 
etaveradi. Tarixning yaxlitligi, bir butunligi ana shu qarama-qarshiliklarni 
to’laligicha ifoda etishida! Tarix falsafasi uning konkret voqelik va hayot 
falsafasi bilan uzviy bog’likligida! 
Tarixiy tafakkur, tarixiy xotira ana shu tarzda shakllanadi. Rad etib 
bo’lmaydigan, soxtalashtirilmaydigan mutlaq haqiqatga, oliy qadriyatga 
aylanadi. Inson qalbi va ongiga esa o’z o’tmishini o’rganishga qiziqishning paydo 
bo’lishi orqali ta’sir etadi. 
Prezident Islom Karimov «O’zlikni anglash tarixni bilishdan boshlanadi. 
Isbottalab bo’lmagan ushbu haqiqat davlat siyosati darajasiga ko’tarilishi zarur», – 
der ekan, bu bilan tub islohotlarni amalga oshirish zarur bo’lib qolgan bir 
sharoitda insonni uyg’onishga, o’zligini anglashga da’vat etmoqda. Ayni 
o’zlikni anglash insonning o’z o’tmishi va ajdodlariga qiziqishidan 
boshlanishini uqtiryapti. 
Masalaning yana ham muhimroq tomoni shundaki, inson tafakkuri va 
ongini yangilash kabi tozarish jarayoniga davlatning o’zi homiylik qilmoqda. 
Unga sharoit yaratib bermoqda. Istiqlol davrida inson, nihoyat, tarixga 
ma’naviyat mezoni, milliy uyg’onish omili sifatida qaramoqda. 
Jamiyatni bir holatdan ikkinchi bir holatga o’tkazish, mavjud turmush 
tarzini sindirib tashlab, butunlay yangicha sharoitni vujudga keltirish eng 
avvalo ong va tafakkur bilan bog’liqligini alohida uqtirar ekan, Prezident Islom 
Karimov «Jamiyat taraqqiyotining asosi, uni muqarrar halokatdan qutqarib 
qoladigan yagona kuch– ma’rifatdir», degan edi. Ana shu kontseptsiya Islom 
Karimov siyosatining va bosh islohotchilik vazifasini bajarayotgan davlatimiz 
strategiyasining asosini belgilaydi. 


12 
Taraqqiyot tamoyillari, tsivilizatsiya ehtiyojlari shunday. Biz o’tmishda 
yashamasligimiz, uni takrorlamasligimiz, aksincha, uni o’rganishimiz, tadqiq 
etishimiz va aniq xulosalarga kelib yashashimiz kerak. Ayni ana shu xulosalar 
asosida istiqbolimizni belgilashimiz, o’zimizni ham, jamiyatni ham ma’naviy 
jihatdan kamolotga etkazishimiz darkor. Biz o’tmishni tiklash, tarix haqiqatini 
o’z o’rniga qo’yish orqali tafakkurimizni boyitamiz, tushunchalarimizni 
kengaytiramiz, hayot falsafasi orqali islohotlar falsafasini, islohotlar mohiyatini 
chuqurroq anglay boshlaymiz. Natijada o’z-o’zimizni isloh qilamiz, o’z-o’zimizni 
yangilaymiz. Va nihoyat, ana shu jarayon orqali jamiyaxni yangilaymiz, 
hayotni yangilaymiz. Uning mazmunini boyitamiz. Zotan, milliy istiqlol 
mafkurasining, davlatimiz olib borayotgan keng miqyosli islohotlarning oliy 
qadriyati ana shunda! 
Biz Vatanimiz tarixi va xalqimiz o’tmishini o’rganish orqali bugungi kun 
uchun mas’ullik tuyg’usini shakllantiramiz. Taraqqiyotning yangi davri ostonasida 
turganimizni va xalqimizning buyuk kelajagiga asos solishga mas’ul 
ekanligimizni, daxldorligimizni tushuna boshlaymiz. Yana bir haqiqat bor: 
o’tmish uni anglagangagina xizmat qilishini, kelajak esa uning haqiqiy 
bunyodkorigagina tegishli ekanligini anglamog’imiz kerak. Xuddi ana shu 
haqiqatni anglash uchun tarixiy tafakkur, tarixiy xotira zarur deb o’ylaymiz. 
Tarixning haqiqiy falsafasi, uning aql-zakovatimiz va ongu shuurimizga ta’siri 
xuddi ana shu g’oya bilan belgilanadi. 
Yangilanishlar davri hamisha o’tmishga qiziqishning beqiyos darajada 
o’sishidan boshlanadi. Ayni o’tmishga qiziqish odamni istiqbolga intilishga, uni 
aniq yo’nalishga sola bilishga da’vat etadi. O’tmish voqealari, tarixiy hodisalar 
bugungi xulosalarimizni tiniqlashtiradi, ertangi kunimizning, rejalarimizning 
asosini va haqiqatini ko’rsatib beradi. Ana shu nuqtai nazardan biz bugun 
tarixnavislik 
va tarixshunoslikdagi solnomachilik, 
quruq 
raqambozlik, 
bayonchilik illatlaridan butunlay qutulishimiz darkor. Tarixiy obidalarning 
ro’yxati, ularning qurilgan vaqti, shaharlarning nomlariyu jug’rofiy hududlari 
bilan kifoyalanmay, ana shu zamin va unda asrlar mobaynida yashagan xalq 
dahosi, uning qudrati va bu qudratning paydo bo’lish omillarini o’rganmog’imiz 
kerak. Zotan, buyuk kashfiyotlar, olamshumul ixtirolar, afsonaviy shaharlar, 
qudratli siyosatu dongdor davlatlar to’satdan paydo bo’lmaydi. Ularning yuzaga 
chiqishi uchun yillar tugul, asrlar mobaynida tajriba to’planadi, tafakkur 
shakllanadi. Tarixshunosliqda ana shu evolyutsion jarayon, xalqning ijtimoiy-
ma’naviy dinamikasi hisobga olinmog’i kerak. Demak, insonning tarixida keskin 
burilish yasagan, jahon tsivilizatsiyasiga quchli ta’sir o’tkazgan tafakkur 
kengliklarini, uning taraqqiyot jarayonlarini o’rganishimiz zarur. Biz bugungi va 
kelgusi avlodni xuddi ana shunday yo’l bilan tarbiyalashimiz darkor. Uning voqea 
va hodisalarga munosabatini ongi orqali, tafakkuri orqali va eng muximi, qalbi 
orqali o’tkazishimiz kerak. Toki yosh yuraqda va murg’ak tafakkurda tarix 
haqiqati abadiy qolsin, uni ezgulikka da’vat etib tursin. Buning uchun har bir 
voqea moxiyati, tarix falsafasi, hayot mantig’i mushtarak holda o’rganilmog’i 
kerak. 


13 
Jamiyatni yangilash, eng avvalo, inson tafakkurini oqibatida paydo 
bo’lgan, kurakda turmaydigan «aqida»lardan qutulamiz. O’tmishga, bugunga va 
istiqbolga kengroq qarashga, uni yaxlitligicha, butun yaxshiligiyu yomonligi, oq 
va qora tomonlari bilan bir butunligicha qamrab olishga erishamiz. Natijada eng 
adolatli, eng asosli va keng qamrovli xulosalar chiqaramiz. Mustamlakachilik 
davri talabi 
hamda sof 
ilmiy 
haqiqatdan 
uzoqlashgan tarixnavislik 
kontseptsiyasi va metodologiyasining zang bosgan temir qobiqlaridan chiqib 
ketish, har qanday soxta doiralarni sindirib, hayotga bo’lgan munosabatlarimizni 
kengaytirish imkoniga ega bo’lamiz. Tushunchalar, g’oyalar, qarashlar va 
yondashuvlar o’rtasidagi o’zaro bog’liqlikni mustahkamlash chinakam 
madaniyat, chinakam milliy ravnaq ehtiyoji ekanligini anglamog’imiz zarur. 
Tarixni tadkziq qilish va yozishda biz o’z milliy psixologiyamiz, 
an’analarimiz va milliy mushohadamizdan kelib chiqamiz. Shu bois o’zbek xalqi 
tarixini yozgan boshqa millat vakili bo’lgan ajnabiy olim bilan o’zbek olimining 
nuqtai nazari bir-biridan farq qiladi. 
Buning ikki jihati bor: birinchidan, begona qalb, begona dunyoqarash har 
qanday sharoitda ham begonaligicha qolaveradi. U hech qachon boshqa bir 
millatning milliy xususiyatlarini, uning o’tmishdagi murakkabliklari va 
ziddiyatlarini to’laligicha his qila olmaydi. 
Ikkinchidan, fan niqobidagi siyosiy o’yinlar va maqsadlar ham borki, bu 
daxshatli va millat boshiga qiron keltiruvchi mafkura bilan bog’liq. U tarix 
haqiqatini ataylab buzadi, uni hech bo’lmaganda chalkashtiradi. Bunga zid 
ravishda o’z milliy tarixnavislik an’analarimizni tiklashimiz darkor. Masalan, 
o’tmishda o’tgan ko’plab muarrixlarimiz asarlarida turli rivoyatlar, afsonalar, 
xikmatlar, xikoyatlar uchraydi. Bu narsalar tarixiy fakt va haqiqat sifatida alohida 
qimmatga ega bo’lmasa-da, ammo voqealar moxiyatini anglashimiz va tafakkur, 
mushohada tarzimizning shakllanishida muxim o’rin tutadi. 
Darhaqiqat, bizda milliy tarixnavislikning o’ziga xos maktabi mavjud. Bu 
maktab o’zining xalqchil, sodda, ravon, barcha uchun birday tushunarli bo’lgan 
uslubi va beqiyos jozibasi bilan aloxida ajralib turadi. Ana shu sehr va 
ohanrabolik o’nlab asrlar muqaddam yaratilgan qator shoh asarlar qatorida 
«Temurnoma», «Zafarnoma», «Boburnoma», «Humoyunnoma»larning beqiyos 
qiymatini va barhayotligini ta’minlab kelmoqda. 
Sho’ro davrida ham juda ko’p ilmiy tadqiqotlar olib borildi. Ammo, 
masalaning jiddiy tomoni shundaki, sho’ro davri tadqiqotchilari goh bilib-
bilmay, goh ataylab, fidoyilik va tashabbuskorlik bilan kommunistik mafkuraga 
xizmat qildilar. Natijada xalqimiz tarixini soxtalashtirdilar, uni kommunistik 
mafkura talablariga moslashtirdilar. Sho’ro hukumatining mustamlakachilik 
siyosatini amalga oshirishga butun vujudlari bilan xizmat qildilar. 

Yüklə 0,76 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   62




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə