Zbekiston Respublikasi oliy va o‘rta-maxsus ta’lim vazirligi


Theoretical and practical significance of the dissertation



Yüklə 370,38 Kb.
səhifə3/23
tarix23.06.2023
ölçüsü370,38 Kb.
#118610
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   23
ДИССЕРТАЦИЯ Юлдашев Ш (1)

Theoretical and practical significance of the dissertation:
mundarija

Kirish




I-BOB. AVTOMOBIL YO‘LLARINING TRANSPORT VOSITALARIGA VA AHOLIGA TA’SIRINI BAHOLASH.

1.1

Avtomobil yo‘llarining transport vositalariga ta’sir ko‘rsatuvchi sezilarli konstruksiyaviy parametrlarni o‘rganish




1.2

Avtomobil yo‘llarining transport vositalariga ta’sir ko‘rsatuvchi ekspluatasiyaviy ko‘rsatkichlari




1.3

avtomobil yo‘llarida harakatlanuvchi transport vositalarining aholiga ko‘rsatadigan faol ta’sirlari




1.4

Transport vositalarining atmosfera havosiga va aholiga ko‘rsatadigan salbiy ta’sirini o‘rganish




1.5

I-bob bo’yicha xulosa




II BOB. AVTOMOBIL YO‘LLARIGA TEGISHLI BO‘LGAN IXOTA MAYDONLARINI TANLASH USULLARI.

2.1

ixota maydonlari uchun ekiladigan ko‘chatlarni tanlash




2.2

ixota maydonlaridagi ko‘chatlarni parvarishlash va shovqin to‘sish darajasini oshirishni hisoblash




2.3

ixota maydonlaridagi ko‘chatlarning transport vositalariga ta’sirini kamaytirish




2.5

II- bob bo’yicha xulosa




III-BOB. AVTOMOBIL YO‘LLARIGA TEGISHLI BO‘LGAN IXOTA MAYDONLARINI AMALIY O‘RGANISH

3.1

ixota maydonlaridagi ko‘chatlarning ekishda ularning maydon o‘lchamlari hisobi




3.2

ixota maydonlarining shovqinga ta’sirining ko‘chat turiga bog‘liqligini baholash




3.3

bajarilgan tadqiqotning ijtimoiy va iqtisodiy samaradorligini baholash




3.4

III-bob bo’yicha xulosa




Umumiy xulosa




Foydalanilgan adabiyotlar ro’yhati




Ilovalar






KIRISH
Har qanday davlat uchun yo‘llar – taraqqiyotni belgilaydigan eng muhim omillardan biri hisoblanadi.
Mustaqil Respublikamiz halq xo‘jaligining oldida iqtisodiyotning ijtimoiy yo‘nalishini kuchaytirish, ishlab chiqarish unumdorligini oshirish, mehnat sharoitlarini yaxshilash, barcha turdagi resurslarni tejash va texnologik jarayonlarning ekologik xavfsizligini ta’minlashdan iborat bo‘lgan asosiy vazifalar, avtomobil transporti va uning asosiy tarmog‘i hisoblangan avtomobil yo‘llarining texnik holatiga ham bevosita tegishlidir.
Respublikamizda jadal sur’atlar bilan zamonaviy yo‘l-transport va muhandislik-kommunikatsiya infratuzilmasi tashkil qilinmoqda. Bugun O‘zbekiston avtomobil yo‘llari haqida gap ketganda avtomobil yo‘llari, ko‘priklar, yo‘l o‘tkazgichlar va boshqa sun’iy inshootlarning hozirgi zamon talablariga mos ravishda qurilayotganligi, Prezidentimiz va Vazirlar Mahkamasi tomonidan chiqarilayotgan farmon va qarorlarini misol qilib olishimiz mumkin.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 14fevraldagi "Yo‘l xo‘jaligini boshqarish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi Farmoniga asosan tashkil etilgan hamda 2019 yil 1fevralga qadar rasman faoliyat yuritgan O‘zbekiston Respublikasi Avtomobil yo‘llari davlat qo‘mitasiga – avtomobil yo‘llari sohasida yagona texnik siyosatni olib borish, avtomobil yo‘llari tarmoqlarini rivojlantirish va takomillashtirish istiqbollarini belgilash, avtomobil yo‘llarining xalqaro tranzit yo‘laklarini shakllantirish hamda boshqa vazifalari va faoliyat yo‘nalishlari yuklatilgan edi.
Mamlakatimiz Prezidentining 2019 yil 1fevraldagi "O‘zbekiston Respublikasi transport vazirligi faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida"gi qaroriga binoan O‘zbekiston Respublikasi Avtomobil yo‘llari davlat qo‘mitasi – O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligi huzuridagi Avtomobil yo‘llari qo‘mitasi sifatida qayta tashkil etildi.
O‘zbekistondagi jami avtomobil yo‘llar tarmog‘i qariyb 184 ming km uzunlikda bo‘lib, undan 42.676 kilometri – umumiy foydalanishdagi avtomobil yo‘llari, 116.560 km – ichki xo‘jaliklararo, qishloq, shahar va ovullarning avtomobil yo‘llari, 24.750 km esa - idoraviy inspektorlik yo‘llari tarmog‘i hisoblanadi.
O‘tgan yilllardan, masalan, 2018-yil davomida mamlakatimizda Investitsiya dasturiga asosan 280 km uzunlikdagi umumiy foydalanuvda bo‘lgan avtomobil yo‘llarida qurish va rekonstruksiya qilish ishlari bajarildi. Misol tariqasida xalqaro ahamiyatdagi M-39 avtomobil yo‘lining – Surxondaryo viloyatidan o‘tuvchi 100 km va Jizzax viloyati hududidagi 26 km qismlarida, A-380 avtomobil yo‘lining – Buxoro viloyati hududidan o‘tuvchi 40 km hamda Qoraqalpog‘iston Respublikasi hududidan o‘tuvchi 24,5 km uchastkalarida, A-373 avtomobil yo‘lining Andijon viloyati hududidan o‘tuvchi 10,5 km qismida amalga oshirilgan rekonstruksiya ishlarini sanab o‘tish mumkin. 
To‘la ta’mirlash dasturiga asosan 145,1 km umumfoydalanuvda bo‘lgan avtomobil yo‘llarida kapital ta’mirlash ishlari bajarildi.
Joriy ta’mirlash va saqlash ishlari dasturiga asosan 3 252 km umumiy foydalanuvdagi avtomobil yo‘llarida joriy ta’mirlash va saqlash (ekspluatatsiya) ishlari bajarildi.
Mintaqaviy avtomobil yo‘llari holatini zarur darajaga keltirish va ularni ekspluatatsiya qilish xususiyatlarini oshirish orqali yo‘l-transport infratuzilmasini yanada takomillashtirish, aholining hayot faoliyati uchun, ayniqsa, qishloq joylarda qulay shart-sharoitlar yaratish, shuningdek, mamlakatimiz iqtisodiyoti tarmoqlarini va hududlarini istiqbollini rivojlantirish bo‘yicha ham sezilarli ishlar amalga oshirildi. Xususan, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 14 fevraldagi "2017-2018 yillarda mintaqaviy avtomobil yo‘llarini rivojlantirish dasturini amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi qarori ijrosi yuzasidan 2021 yil davomida 3655,1 km uzunlikda mintaqaviy avtomobil yo‘llari ta’mirlandi.
2021 yilda – "Obod qishloq" davlat dasturi bo‘yicha 2 867 km ichki xo‘jaliklararo avtomobil yo‘llari, "Obod mahalla" davlat dasturi bo‘yicha esa 630 km shahar ko‘chalari va namunali uy-joylarga olib boradigan yangi yo‘llarda qurilish va ta’mirlash ishlari amalga oshirildi.
Bu ishlarni amalga oshirish uchun qo‘mita tizimidagi korxonalarning moddiy texnik bazasini yanada mustahkamlash maqsadida 713 dona yangi turdagi yo‘l qurilish texnikalari xarid qilindi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 11 sentyabrdagi "Avtomobil yo‘llarining arxitektura-landshaft qurilishi va ko‘kalamzorlashtirish tizimini takomilashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi qarori asosida Avtomobil yo‘llari davlat qo‘mitasi tarkibida "O‘zyo‘lko‘kalamzorlashtirish" unitar korxonasi va uning viloyatlardagi hududiy "Yo‘lko‘kalam" unitar korxonalari tashkil etildi. Natijada, 2021 yilgacha avtomobil yo‘llari bo‘ylab 2 mln. Donadan ortiq turli manzarali daraxt va butalar ekildi, qo‘shimcha ravishda 500 dan ortiq maxsus texnika va avtotransport vositalari sotib olindi.
2022 yilda ham yo‘l xo‘jaligida amalga oshirilayotgan ishlar jadal davom ettirilmoqda. Respublikadagi shahar ko‘chalari va boshqa aholi punktlarining ichki yo‘llarini kapital va joriy ta’mirlash ham ko‘zda tutilmoqda. Jumladan, "Obod qishloq" davlat dasturi bo‘yicha 5 450 km ichki xo‘jaliklararo avtomobil yo‘llari, "Obod mahalla" davlat dasturi bo‘yicha 600 km shahar ko‘chalarida qurilish va ta’mirlash ishlari olib borish ko‘zda tutilmoqda. Bulardan tashqari, hukumat topshiriqlari va tasdiqlangan "Yo‘l xaritalari"ga asosan 1 400 km ichki yo‘llar ta’mirlanishi ham belgilangan.

Yüklə 370,38 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   23




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə