2- amaliy mashg’ulot Biozararlovchi zamburug’lar guruhlari



Yüklə 172,3 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə1/2
tarix24.05.2023
ölçüsü172,3 Kb.
#112582
  1   2
2-amaliy



2- Amaliy mashg’ulot 
Biozararlovchi zamburug’lar guruhlari 
 
 
Ishdan maqsad: Biozararlovchi zamburug’larni o’rganish.
 
Kerakli jihozlari: Biozararlovchi zamburug’larni rasmlari, jadvallar, 
taqdimotlar. 
Ishning mazmuni:
Zamburug’lar bir va ko’p hujayrali organizmlarning 
o’ziga xos guruhini tashkil etadi. Hozirgacha bayon etilgan zamburug’ turlarining 
umumiy soni 250 000 tadan ko’proq. Ular tabiatda yer kurrasining barcha qismlarida 
keng tarqalgan. Zamburug’lar ayniqsa har xil o’simlik substratlarida juda serob, 
paydo bo’lishi hayvonlar bilan bog’liq bo’lgan substratlarda kamroq uchraydi. Ular 
organik qoldiqlar parchalanishida va tuproq shakllanishi jarayonida faol ishtirok 
etadi.
Zamburug’lar har xil sanoat materiallarini shikastlab, katta iqtisodiy zarar 
keltiradi.
Bakteriyalardan farqli o’laroq zamburug’lar eukariot organizmlardir. Ularda 
yadro membranasi, Goldji apparati, ichki membranalarning yaxshi rivojlangan 
sistemasi va membranalar bilan chegaralangan organellalari (mitoxondriya va 
lizosomalari) mavjud.
Zamburug’larning ba’zi morfologik, fiziologik va genetik xususiyatlari ular 
biozararlanishni qo’zg’atuvchi organizmlar orasida dominant vaziyatni egallashi 
uchun imkon yaratadi.
Materiallar zararlanishi uchun atrof-muhitda mikroorganizmlar bo’lishi 
lozim. Zamburug’lar yer kurrasining barcha qismlarida, tuproq, suv va havoda juda 
keng tarqalgan. Materiallarni zararlovchi zamburug’larning ko’pchiligi yuqori 
darajadagi ko’payish energiyasiga ega. Misol uchun, quruq sporali (
Aspergillus, 
Penicillium, Trichoderma 
va 
Scopulariopsis 
turkumlariga mansub) turlar yuz ming 
va millionlab konidiya hosil qiladi. Konidiyalar shunchalik kichik va vazni shu 
qadar yengilki, ular sal harakatdagi havo bilan katta balandliklarga chiqadi va uzoq 
masofalarga tarqaladi. Mikroskopik bo’lgani uchun ular, juda kichik, ko’zga 
ko’rinmas teshikcha va kavakchalarga kiradi; bunday mikroskopik teshik va 
kavakchalar granit va temirga o’xshash qattiq va zich materiallarda juda ko’p. 
Ba’zan zamburug’lar polimer va uning tarkibiga kiruvchi komponentlari orasidagi 
choklarida qayd etiladi. Ba’zi zamburug’lar, ayniqsa g’ovak materiallar ichiga, 
tomchilab oqayotgan suv bilan kiradi. Keltirilgan misollar shuni ko’rsatadiki, 
zamburug’larni har joyda, hatto boshqa organizmlar kira olmaydigan yerlarda ham 
uchratish mumkin.
Materiallarga joylashishida zamburug’larning silliq sathga adsorbsiya qila 
olish qobiliyati katta rol o’ynaydi. Qattiq va erimaydigan substratlar 
bioemirilishining birinchi bosqichi adgeziya jarayonidir. Zamburug’lar tanasi 
mitseliydan iborat bo’lishi ular bilan atrof-muhit orasidagi munosabatlarning 
shaklini aniqlovchi muhim biologik xususiyatdir. Mitseliy substratda tez tarqalishi 
va katta maydonni egallashi mumkin. Masalan, uy zamburug’lari hosil qiladigan 
arqonchalarining uzunligi bir necha metrga yetishi mumkin. Ba’zan arqonchalar 
ozuqa sifatida qo’llanilmaydigan substratdan ham o’tadi va o’sish davrida uni 


yemiradi. Bunday hodisa, misol uchun, Varshava metrosida kuzatilgan –
Serpula 
lacrymans 
zamburug’i arqonchalarida hosil qilgan organik kislotalari bilan beton 
tayanchlarni yemirgan.
Biozararlashda mikroorganizmlar orasidagi zamburug’larning dominant roli 
ularning juda boy fermentativ apparati ta’minlaydigan metabolik xususiyatlari bilan 
bog’liq. Zamburug’lar invertaza, amilaza, proteaza, lipaza, fosfataza, tannaza, -
aminokislotalar oksidazasi, pektin fermentlari, polifeniloksidaza, katalaza, 
tsellyulazalar kompleksi va boshqa fermentlarni hosil qiladi. Boshqa 
mikroorganizmlarga nisbatan zamburug’larning fermentativ apparati juda boy. 
Uning vositasida zamburug’lar boshqa mikroorganizmlar ishlata olmaydigan 
substratlarda ham har xil kimyoviy o’zgartirishlar yuzaga keltiradi va bunday 
substratlarni o’zlashtiradi. SHu sabadan ular har qanday sanoat uskunasini o’z 
vaqtidan oldin ishdan chiqara oladi. Polifag zamburug’larning xilma-xil 
substratlarda o’sa olish qobiliyati hozirgi davrda zamburug’lar bilan zararlanish 
miqyosi o’ta xavfli darajalarga yetganidan dalolat bermoqda.
Fermentlarning keng to’plamidan tashqari, ko’p zamburug’ turlari toksin 
birikmalari hosil qilish qobiliyatiga ega. Bu esa ularning raqobat qilish qobiliyatini 
yanada oshiradi.
Materiallar uchun zamburug’lar metabolizmida hosil bo’ladigan boshqa 
birikmalar, ayniqsa organik kislotalar ham xavf tug’dradi. Misol uchun, reaktiv 
yonilg’ida o’sish jarayonida 
Cladosporium resinae 
sintez qiladigan organik (limon, 
sis-akonit, izolimon, 
-ketoglutar, shovul, sirka va dodekan) kislotalar 
samolyotlarning alyuminiy baklarida korroziya qo’zg’atadi.
Materiallar mikologik shikastlanishida zamburug’lar biologik ekstremal 
sharoitlarda o’sa olish qobiliyatining ahamiyati oz emas. Zamburug’ sporalari 
qurishga chidamli, ular quruq sharoitda 20 yil va undan ham ko’proq vaqt 
mobaynida saqlangani ma’lum. Ko’p tur zamburug’larning sporalari past harorat 
mavjud bo’lgan sharoitlardan biokimyoviy faolligini yo’qotmasdan o’tadi. Frantsuz 
fizigi Bekkerel o’tkazgan tajribalarda suyuq azot haroratida (– 190
o
S) 6 oy 
mobaynida saqlangan zamburug’lar sporalari hayotchanligini yo’qotmasdan o’sa 
olgani buning yaqqol misoli bo’la oladi.
Aspergillus fumigatus 
zamburug’i o’zining harorat, namlik va rN 
o’zgaruvchanligiga yuqori darajadagi chidamliligi bilan ajralib turadi. Misol uchun, 
reaktiv samolyot uchishi paytida o’tkazilgan kuzatuvlarda uning konidiyalari suv 
fazasida –32
o
S dan +60
o
S gacha, yonilg’ida esa –32
o
S dan +80 
o
S gacha bo’lgan 
o’zgaruvchanlikda ham hayotchanligini yo’qotmagan.
Materiallarni zararlovchi ba’zi zamburug’larning o’ziga xos xususiyati – 
atmosfera namligidan foydalanib qattiq va quruq materiallarda o’sish qobiliyatidir. 
Optik uskunalarni zararlovchi 
Aspergillus penicilloides 
va 
A. glaucus 
var. 
tonophilus 
turlari bunday kserofil turlar misoli bo’la oladi. Odatda mavjud bo’lgan 
sharoitlarda bu turlar tez o’suvchi zamburug’lar bilan raqobat qila olmaydi, ammo 
suv faolligi pastligida bu kserofil zamburug’lar dominantlik mavqesiga ega bo’ladi.
Materiallarda o’sadigan zamburug’lar duch keladigan ekstremal sharoitlardan 
yana biri – ozuqa moddalar miqdori kamligidir. Ko’p zamburug’lar ozuqa moddalar 
o’ta oz bo’lgan sharoitda o’sa oladi. Bu xususiyat oligotrof turlarga devor 


rassomchilik asarlari kabi substratlarni egallashda ma’lum darajada ustunlik beradi. 
Oligotroflar boshqa turlarga nisbatan ancha sekin o’sadi, ammo bunday qiyin 
sharoitda o’sishga o’rgangach, katta zarar yetkazadi. 
Zamburug’larning yana bir xususiyati – ularning turlari geterogenligi, ya’ni 
bir tur ichida morfologik, fiziologik, ekologik va boshqa jihatlardan farq qiluvchi 
shtammlar mavjudligidir. Tur ichidagi differentsiasiya 
A. niger 
turida ham qayd 
etilgan. Muzlagan tuproqdagi zararlangan materiallardan zamburug’ning kriofil 
shtammi ajratilgan. Bu shtamm 5-15
o
S haroratda rivojlana oladi, ayni paytda 
A. 
niger 
o’sishi uchun odatda ancha yuqoriroq harorat lozim. Geterogenlik boshqa 
turlarga ham xos. Yuqorida 
Penicillium nigricans 
zamburug’ining har xil geografik 
izolyat (ekologik variant) lari mavjudligi haqida ma’lumot berilgan edi. 
Cladosporium resinae 
zamburug’i ichida neftning har xil tarkibiy qismlarini 
o’zlashtiruvchi biokimyoviy shtammlari mavjudligi aniqlangan.
Ekologik nuqtai nazardan zamburug’lar organizmlarning juda o’zgaruvchan 
va harakatchan guruhidir. Zamburug’lar o’zgaruvchanligi mexanizmlaridan biri – 
geterokarioz. Atrof-muhit sharoitlari o’zgarishiga javoban geterokariotik mitseliyda 
u yoki bu tipga mansub yadrolar soni o’zgarishi va natijada atrof-muhitning 
o’zgargan sharoitiga zamburug’ moslashishi mumkin. To’xtovsiz yangi materiallar 
yaratilishi va yangi biotoplar paydo bo’lishi jarayonida zamburug’larning bu 
xususiyati muhim ahamiyat kasb etadi.
Mikroorganizmlar ta’sirida ro’y beradigan bioemirilishlar faqat qandaydir bir 
guruh namoyandalari emas, balki ham bakteriyalar, ham zamburug’larni o’z ichiga 
oluvchi kompleks ta’sirida amalga oshadi. Mikroorganizmlarning bir guruhi o’z 
hayoti natijasida ikkinchi bir guruh uchun substrat hozirlaydi. Bu jarayonda alohida 
mikroorganizmlar orasida yangi munosabatlar paydo bo’ladi va asta-sekin 
mikroorganizmlarning har bir alohida turining hayotchanligini saqlashi va 
moslashishini ta’minlovchi, bir-biriga bog’liq jamoalari shakllanadi. 

Yüklə 172,3 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə