Zbekiston Respublikasi oliy va o‘rta-maxsus ta’lim vazirligi


ixota maydonlaridagi ko‘chatlarni parvarishlash va shovqin to‘sish darajasini oshirishni hisoblash



Yüklə 370,38 Kb.
səhifə14/23
tarix23.06.2023
ölçüsü370,38 Kb.
#118610
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   23
ДИССЕРТАЦИЯ Юлдашев Ш (1)

2.2. ixota maydonlaridagi ko‘chatlarni parvarishlash va shovqin to‘sish darajasini oshirishni hisoblash
Ihota maydonlariga ekilgan ko‘chatlarni parvarishlashda asosan sug‘orish va tegishli darajadagi o‘g‘itlar solish tushuniladi. Bundan tashqari daraxtlarga shakllar berish maqsadida ularni butash tushuniladi.
Avvalo yangi tashkil etilgan yoki uzoq davrdan beri daraxti bor maydonlar bir-biridan farqlanadi. Daraxtlarni ekishda shag‘al-toshli hududlar maydoni qayta ishlov berish orqali shag‘allar va toshlar qazib olinib, ular o‘rniga soz tuproqlar tashlanadi.
Avvalo yo‘l qurilishi talablariga ko‘ra yul hududi tuproq qatlamlarini zichlashni talab etadi. Agar ihota maydoniga daraxt ekiladigan bo‘lsa, daraxtlarning katta bo‘lganidan keyin, ayniqsa, yog‘in va shamol tufayli ushbu daraxtlarning ag‘anab ketishiga qarshi bu hududlar tuprog‘i ham zichlanishi kerak bo‘ladi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 14-fevraldagi "Yo‘l xo‘jaligini boshqarish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi Farmoniga asosan tashkil etilgan hamda 2019-yil 1-fevralga qadar rasman faoliyat yuritgan O‘zbekiston Respublikasi Avtomobil yo‘llari davlat qo‘mitasiga – avtomobil yo‘llari sohasida yagona texnik siyosatni olib borish, avtomobil yo‘llari tarmoqlarini rivojlantirish va takomillashtirish istiqbollarini belgilash, avtomobil yo‘llarining xalqaro tranzit yo‘laklarini shakllantirish hamda boshqa vazifalari va faoliyat yo‘nalishlari yuklatilgan edi/4/. Ishlar shu asosda amalga oshirilishi lozim.
Ko‘chatlarni ekishda transport vositalari harakatlanishi uchun belgilangan yo‘l uchastkalariga daraxtlar shoxlari chiqmasligi ta’minlanishi lozim.
Ixota maydoniga ko‘chatlarni ekish o‘lchamlari quyidagi 2.1-rasmda ko‘rsatilgan.

2.1-rasm.Yo’l qirg’og’idagi ixota maydoniga daraxt ko’chatlarini ekish o’lchamlari
A)transport yo’li; B) yo’l qirg’og’idagi ixota; C) piyodalar yo’lagi D) ixota maydoni
Ekilgan ko‘chatlarning turlari bo‘yicha birinchi ixota maydonlariga bo‘yi 5-6 metrli, ikkinchi ixota maydoniga esa bo‘yi 15-20 m li daraxtlarni ekish samarali bo‘lib hisoblanadi.
Bu ko‘chatlarning binolarga nisbatan shovqinlarni o‘tkazishini quyidagicha tushuntirilishi mumkin:
1) Transport vositalari yo‘lda harakatlanganda birinchi ixota maydoniga yaqin joylashganligi tovush to‘lqinlarining tarqalishiga daraxtlarning to‘sqinlik qilishi asosan daraxtning binoga nisbatan o‘lchamlari hisobida ko‘pi bilan 8 metr balandlikga boradi. Daraxt o‘z o‘lchami bo‘yicha, bo‘yi, o‘zining barg qoplamli diametridagi shovqinni to‘sadi;
2) Daraxtdan o‘tgan to‘lqin bino balandligidan yuqoridagi o‘lchamda o‘tadi.
Demak, daraxtning shovqin to‘sish darajasi bo‘yicha daraxtlarning shoxlari va bo‘y o‘lchamlari, qolaversa, ularning barglari o‘lchamlari inobatga olinishi lozim.




Yüklə 370,38 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   23




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə