Zbekiston Respublikasi oliy va o‘rta-maxsus ta’lim vazirligi



Yüklə 370,38 Kb.
səhifə4/23
tarix23.06.2023
ölçüsü370,38 Kb.
#118610
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   23
ДИССЕРТАЦИЯ Юлдашев Ш (1)

Mavzuning dolzarbligi: O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 14 fevraldagi "2017-2018 yillarda mintaqaviy avtomobil yo‘llarini rivojlantirish dasturini amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi qarori ijrosi yuzasidan
―Uzoq muddatli istiqbolga mo‘ljallangan, mamlakatimizning salohiyati, qudrati va iqtisodiyotimizning raqobatbardoshliligini oshirishda hal qiluvchi ahamiyat kasb etadigan navbatdagi muhim ustivor yo‘nalish – bu asosiy yetakchi sohalarni modernizasiya qilish, texnik va texnologik yangilash, transport va infratuzilma kommunikasiyalarini rivojlantirishga qaratilgan strategik ahamiyatga molik loyihalarni amalga oshirish uchun faol investisiya siyosatini olib borishdan iborat.
Avtomobil yo‘llarining aholi yashaydigan joylardagi holati bo‘yicha, birinchidan, yo‘lning ravon, asfaltlangan bo‘lishi, ikkinchidan esa, transport vositalarining harakati tufayli yuzaga keladigan chang, tutun, gaz, qolaversa, shovqinlar bevosita aholiga salbiy ta’sir ko‘rsatadi. Bunday omillarni insonga, ya’ni aholiga ta’sir etishini kamaytirish maqsadida yo‘llarning chetlarida ixota maydonlarini tashkil etish, ularning ekologik dizayn asosida turlixil gul ko‘chatlari va manzarali daraxtlar ekish ishlarini amalga oshirish kerak. Buning uchun daraxt yoki gul ko‘chatlarining bo‘yi, shoxlari, suvsizlikka chidamliligi kabi parametrlarni hisobga olib, ko‘chatlarni ekish bo‘yicha aniq rejalar belgilash talab etiladi.
Tadqiqotning maqsadi va vazifalari. Ushbu ilmiy tadqiqot ishini bajarishdan maqsad, Respublikamiz aholi yashash punktlarida aholiga ta’sir etuvchi salbiy omillarni aniqlash, yo‘llarning chetlarida ihota maydonlarni tashkil etish, ularga ekiladigan gul ko‘chatlari va manzarali daraxtlarni ekish uchun zarur bo‘lgan hisoblash asosida ilmiy va amaliy tavsiyalar ishlab chiqishdir. Bu izlanish va tavsiyalarning umumiy mazmuni va yo‘nalishi quyidagilardan iborat bo‘ladi:
1. Turli iqlim va yul sharoitlarida transport vositalarining harakatlanishi davomida yuzaga keladigan zararli omillar ta’siri va uning sabablarini aniqlash.
2. Transport harakatlanishiga mo‘ljallangan yo‘llarda ihota maydonlarini tashkil etish.
3. Transport harakatlanadigan yo‘llarda tashkil etilgan ihota maydonlarini ham ekologik, ham dizayn nuqtai nazaridan ekin maydonlari ajratilgan holda ko‘chatlarni ekishni tashkil etish.

Yüklə 370,38 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   23




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə