Zbekiston Respublikasi oliy va o‘rta-maxsus ta’lim vazirligi


-rasm. Qurilish oqimining barcha bo’linmalar bilan bog’liqlikdagi sxemasi berilgan



Yüklə 370,38 Kb.
səhifə7/23
tarix23.06.2023
ölçüsü370,38 Kb.
#118610
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   23
ДИССЕРТАЦИЯ Юлдашев Ш (1)

1.1-rasm. Qurilish oqimining barcha bo’linmalar bilan bog’liqlikdagi sxemasi berilgan.
Barcha harakatlanadigan bo’linmalar kerakli ish jarayonlari va operatsiyalarni ketma-ket bajara turib, yo’l bo’ylab suriladi va ma’lum bir vaqt - smena, ikki-uch smena va hokazo oralig’ida yo’lning to’liq tugallangan uchatskalarini topshiradi.
Ishlab chiqarishni ilmiy tashkillashtirish yutuqlari mashinalar saroyini oqilona taqsimlagan holda oqimlarni yaxshilash masalasini ko’tarishga imkon beradi.
Texnologik jarayonlar sifati va ularning ishonchliligi
Avtomobil yo’llarining ishonchliligi deganda yo’lning me’yoriy xizmat muddati mobaynida harakatni (berilgan foydalanish ko’rsatkichlari bilan) ta’minlab berishi tushuniladi.
Ishonchlilik nazariyasida boshlang’ich buzilmasdan ishlash, ta’mirtalablik, xizmat muddati, rad etish (otkaz) larni farqlash qabul qilingan. Avtomobil yo’lining boshlang’ich buzilmasdan ishlashi deganda qurilish tugallanib, yo’l foydalanishga topshirilgan vaqtda yo’lning haqiqiy ko’rsatkichlari talablarga javob berishi tushuniladi, ya’ni tsatik nazorat usulida belgilangan o’rtacha qiymatdan chetga chiqish yo’l qo’yilgan qiymatdan ortmaydi, notsatik nazorat usulida esa farqi SNiP “ishlarni tashkil qilish, bajarish va qabul qilish” yoki boshqa amaldagi me’yoriy hujjatlarda belgilanganidan oshmaydi.
Avtomobil yo’lining ta’mirtalabligi deganda tegishli ta’mirlash ishlarini amalga oshirish orqali uning ish qobiliyatini tiklash imkoniyati tushuniladi.
Avtomobil yo’lining xizmat muddati deganda yo’l topshirilgan vaqtdan boshlab uni qayta qurishgacha bo’lgan davr tushuniladi. Bu davr mobaynida yo’lning ishi avtomobillarning hisobiy oqimi harakatida berilgan parametrlar bilan ta’minlangan bo’ladi. Ishonchlilik nazariyasining asosiy tushunchalaridan biri rad etish bo’lib, yo’lning ish qobiliyatini to’liq yoki qisman yo’qotishidan iborat bo’lgan hodisadir. Rad etish jiddiy nuqsonlar natijasida vujudga keladi. Rad etish to’satdan va atsa-sekin, to’liq va qisman, ochiq va yopiq holda bo’ladi. Yo’l to’shamasining rad etishi (VSN 46-83) amaldagi me’yorlarda belgilangan muddatdan ilgari mukammal ta’mirlash talab qilinadigan yo’l holati hisoblanadi.
Rad etish tushunchasini hisobga olgan holda ishonchlilik - yo’l to’shamasining mukammal ta’mirlashlar o’rtasidagi butun davr mobaynidagi to’xtovsiz ishlash ehtimolidir. Yo’l to’shamasining holati mustahkamligi, ravonligi, g’adir-budurligi bilan tavsiflanadi. Eng ko’p xarajatlar yo’l to’shamasining mustahkamligini ta’minlash bilan bog’liq (ravonligi va g’adir-budurligini ta’minlashga ketadigan xarajatlarga nisbatan). Yo’l to’shamasining mustahkamligi bo’yicha ishonchlilik darajasini miqdoriy aniqlash uchun bog’liqligidan foydalaniladi
,
bu yerda: Gpr - yo’l to’shamasi maydoni xizmat muddati oxirida talab qilinadigan mustahkamligi bilan; Gum - ko’rilayotgan uchatskadagi yo’l to’shamasining umumiy maydoni.
Yo’l qurilishi sharoitlari o’zgaruvchanligining ta’sirini amaldagi omillarning ehtimollik tabiatini tavsiflaydigan ishonchlilik nazariyasi asosida hisobga olish maqsadga muvofiqdir.
Qurilayotgan yo’l poyi va yo’l to’shamasining o’zgaruvchan mustahkamlik xossalarining salbiy ta’sirini kamaytirish uchun yo’l qurilishida asoslangan mustahkamlik zahirasini ta’minlab berish kerak.
Texnologik loyihalash va texnik me’yorlash
Yo’l qurilishidagi tajriba va tadqiqotlar shuni ko’rsatdiki, yo’l kontsruktsiyasining mustahkamligini tavsiflaydigan ko’pgina ko’rsatkichlar (yo’l-qurilish materiallari va tuproqlar qatlamlarining egiluvchanlik moduli, egilganda va surilgandagi mustahkamligi, zichligi, namligi, qatlamlarning tishlashishi) tasodifiy kattaliklarni taqsimlashning oddiy qonuniga bo’ysunadi (Gauss qonuni). Bu qonun tasodifiy kattalikka bir necha omillar ta’sir ko’rsatgan holatlar uchun xos bo’lib, bunda omillarning har biri tasodifiy kattalikning umumiy o’zgarishiga nisbatan katta bo’lmagan hissasini qo’shadi.
Tasodifiy kattalik va tasodifiy kattaliklarni taqsimlash qonunlari o’quv qo’llanmasida umumiy ko’rinishda ko’rilmasligining sababi shuki, talabalar ehtimollik nazariyasi va matematik tsatitsikani «amaliy matematika» kafedrasida o’rganadilar. Misol tariqasida Gauss qonuni bo’yicha mustahkamlik ko’rsatkichlarini ko’rib chiqish natijalari keltirilgan, chunki bunday tasodifiy kattaliklar, yo’l to’shamasining turli joylaridagi mustahkamlik singari, oddiy taqsimlash qonuniga bo’ysunadi. Oddiy qonun yo’l qurilishida ko’p uchraydigan uzluksiz tasodifiy kattaliklarni taqsimlash qonuni hisoblanadi. Bu qonun uchun ikkita analitik bog’liqlik xosdir:
Me’yorlashtirilgan oddiy taqsimlashning differentsial funktsiyasi
va integral funksiya





bu yerda:




φ - ortacha kvadratli ogish;
a - Tasodifiy kattalikning matematik kutimi;
φ (i)- Laplas funksiyasi.





Yüklə 370,38 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   23




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə