Zbekiston Respublikasi oliy va o‘rta-maxsus ta’lim vazirligi


- rasm. E taqsimlashning differentsial f(E) va integral F(E) egrilari



Yüklə 370,38 Kb.
səhifə8/23
tarix23.06.2023
ölçüsü370,38 Kb.
#118610
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   23
ДИССЕРТАЦИЯ Юлдашев Ш (1)

1.2 - rasm. E taqsimlashning differentsial f(E) va integral F(E) egrilari.
1.2 - rasmda yol toshamasining egiluvchanlik modulini taqsimlashning oddiy qonunga boysunadigan differentsial va integral egrilari keltirilgan.
Oddiy taqsimlashdan foydalangan holda qurilayotgan yo’l to’shamasining mustahkamlik zaxirasini aniqlash mumkin.
Yo’l to’shamasining bir xildagi o’rtacha mustahkamligida turli sifatga ega materiallarni qo’llash natijasida variatsiya koeffitsienti deb ta’riflanadigan mustahkamlikning o’zgaruvchanligi ortadi yoki kamayadi.

bu yerda: aE/Eo’r - o’rtasha kvadratli og’ish va yo’l to’shamasi egiluvchanligining o’rtacha arifmetik moduli.





1.3-rasm. Turli koeffitsientlar variatsiyasida yo’l to’shamasi mustahkamligining ta’minlanishi

1.4- rasm. Turli koeffitsientlar variatsiyasida yo’l to’shamasi mustahkamligining ta’minlanishi
1.3 va 1.4 - rasmlarda variatsiya koeffitsientlarinig turli qiymatlarida yo’l to’shamasinig egiluvchanlik modulini differentsial taqsimlash ko’rsatilgan. Taqsimlash egrisi otsidagi shtrixlangan maydon hisobiy qiymatdan kam bo’lgan modulning paydo bo’lish ehtimoliga to’g’ri keladi.
formulaga kiritilgan o’rtacha kvadratli va o’rtacha arifmetik og’ishlarning kattaliklari quyidagicha aniqlanadi:

bu yerda: Ei- o’lchangan egiluvchanlik modulining qiymati; n - yo’l to’shamasi egiluvchanlik modulining o’lchangan qiymatlari soni.


Tashkiliy-texnologik chora-tadbirlar yordamida yo’l to’shamasi mustahkamligining o’zgaruvchanligini sezilarli darajada kamaytirish mumkin, bu esa yo’l to’shamasi egiluvchanlik modulining o’rtacha qiymatiga bo’lgan talablarni kamaytirishga, ishonchlilikni kamaytirmaslikka imkon beradi.
Masalan, agar texnologiya takomillashtirilganligi hisobiga mustahkamlik variatsiyasining koeffitsienti 20 dan 13,3% gacha (1.4-rasm) kamaysa, mustahkamlikning hisobiy qiymatiga erishish ehtimolini kamaytirmagan holda o’rtacha mustahkamlikni 22% ga kamaytirish mumkin. Bu, o’z navbatida, berilgan ishonchlilik darajasini ta’minlashga yoki proportsional tarzda o’rtacha mustahkamlikni, yo’l to’shamasini qurishga ketadigan materiallar sarfini va qurilish qiymatini kamaytirishga imkon beradi.
Ishonchlilik nazariyasi va matematik tsatitsikaning hisobiy usullari har qanday yangi jarayonlarni tadqiq qilish, masalan, ularni yaxshilash imkoniyatini aniqlash uchun qo’llanilmoqda.
Shunday tadqiqot ishlari Litvaning ilmiy xodimlari guruhi tomonidan amalga oshirilgan (texnika fanlari doktori S.YU.Rokas - rahbar, texnika fanlari nomzodlari G. CH. Sivilyavichyus, YU. G. Xritsauskas va boshqalar).
Qoplamalar tekshirilganda butun qatnov qismning kengligi bo’yicha asfaltbetonning zichligida sezilarli farq aniqlangan. Yo’l chetlaridagi zichlik asfalt yotqizish mashinasi o’tgan o’rtadagi tasmalardagiga nisbatan eng kam - o’rtacha 4,2% ga kam chiqqan. Yo’l bo’ylab tekshirilgan zichlik ham turlicha chiqqan. Bir xil emasligining sabablari aniqlangan. Masalan, ko’p zavodlarda issiq g’alvir (groxochenie) bo’sh zveno chiqqan bo’lsa, qorishma yotqizilishida qorishmani uzatish ritmi va butun qatnov qismi bo’ylab bitta asfalt yotqizish mashinasi bilan yotqizilish ehtimoli va sh.k.
Avtomobil dvigatellaridan chiqayotgan chiqindi gazlarning kamayishiga erishish maqsadida III va IV toifali yo’llar (shuningdek aholi punktlari ichidagi yo’llar) optimal tezlikdagi transport oqimi harakatini eng yaxshi tashkil etish imkoniyatini yaratish nuqtai nazaridan kelib chiqib hisob-kitob qilinishi va o’tkazilishi kerak.
Yo’llar suv oqimlarining gidrologik rejimini buzmasligi, oqmas suv havzalari va suv bosgan hududlar hosil qilmasligi kerak.
Transport oqimining shovqin darajasi sanitariya me’yorlaridan oshmasligi zarur.
Yo’l atrofidagi hududga ko’rsatiladigan salbiy ta’sirni kamaytirish maqsadida yo’l bo’yida tashqi salbiy ta’sirlarga chidamli bo’lgan yashil daraxtlardan himoya mintaqasi – ihota maydonlari yaratilishi kerak.
Avtomobil yo’llari qurilishi jarayonida buzilgan yerlar qayta tiklanishi lozim.
I va II toifali yo’llar yovvoyi hayvonlar, parrandalar va suvda yashovchilarning hayoti va ko’payishiga salbiy ta’sir ko’rsatmasligini hisobga olib loyihalanishi kerak.
Bog’lanmagan tuproqli (sahrolar) va tez-tez shamol bo’lib turadigan joylarda tuproq yuzasining barqaror holati buzilishiga yo’l qo’ymaslik kerak.

Yüklə 370,38 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   23




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə